“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
106
ZAMONAVIY INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION VA
INTEGRATSION USULLARINING SAMARADORLIGI
Mirzayeva Zilola Maxammadjon qizi
Namangan davlat unversiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu tezisda ingliz tili fanini innovatsion texnologiyalar va
integratsion metodlar orqali o‘rgatish va ularda bu tilni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish
omillarining ilmiy-nazariy tomonlari yuzasidan fikrlar bildirilgan va shu bilan birga
o’qitishning samaradorligi haqida gapiriladi.
Kalit so’zlar:
mustaqil o‘qitish texnologiyalari, chet tillarni o‘rgatish
metodologiyasi, nutqiy va kommunikativ kompetensiyalar, munosabat bildirish,
mustaqil fikrlash, muloqot qilish, kreativ va innovatsion yondashuvlar.
Аннотация:
В данной диссертации излагаются идеи о научных и
теоретических аспектах преподавания английского языка с помощью
инновационных технологий и интегрированных методов, а также факторы,
стимулирующие интерес к изучению этого языка, и в то же время обсуждается
эффективность обучения.
Ключевые слова:
технологии самостоятельного обучения, методика
обучения иностранным языкам, речевые и коммуникативные компетенции,
экспрессия, самостоятельное мышление, коммуникация, творческие и
инновационные подходы.
Abstract:
This thesis presents ideas on the scientific and theoretical aspects of
teaching English through innovative technologies and integrated methods and the
factors that stimulate interest in learning this language, and at the same time discusses
the effectiveness of teaching.
Keywords:
independent learning technologies, foreign language teaching
methodology, speech and communicative competencies, expression, independent
thinking, communication, creative and innovative approaches.
KIRISH
Har qanday ta’limning sifati va samaradorligi maqsadning belgilanishidagi
aniqlik darajasiga bog‘liq. Ingliz tili o‘qitishda amaliy (ustuvor), umumta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar e’tirof etilgan. Mamlakatimizda ta’limning
barcha bosqichlarida ingliz tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p
madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi
uchun ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iborat.
Rivojlangan demokratik davlatlarda to‘plangan tajribalar va ayni paytda shiddat bilan
o‘zgarib borayotgan hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda ingliz
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
107
tili kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani
egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida o‘rgatiladi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilardan boshlab
ta’lim bosqichlaridagi o‘quvchi va talabalarga ingliz tilini dars jarayonida innovatsion
texnologiyalar asosida o‘rgatish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Respublikamizda
dunyodagi davlatlar bilan turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha serqirra hamkorlik
qilish, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy ishlarda aloqalar o‘rnatish, ayniqsa bir-birini
anglash va tushunish, qadrlash, e’zozlash, hurmat qilish singari insoniy tuyg‘ular rivoji
ingliz tilini o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 11-iyuldagi
PF-5763-son “ Oliy va o‘rta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida:
- “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy bilim va yuksak
maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish; -
-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur
o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini taʼminlash;
-taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy etishning
xalqaro amaliyotga muvofiq taʼlim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari va fan
dasturlarini takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-
kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o‘quv jarayonini sifat
jihatidan yangilash;
-oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot
natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy
taʼlim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash,
ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash” kabi qator vazifalar belgilangan.
Har bir o‘qituvchi ingliz tili o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxs
sifatida shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va uni egallashga sharoit yaratadi. Til
o‘rganish asosida o‘quvchi, talabalarda fanni o‘rganib ingliz tilining grammatikasini
bilgan holda erkin muloqot qilishi, mustaqil holatda fikr bildira olishi, tafakkur qilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ingliz tili darslarini ilg‘or zamonaviy
usullar, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab darsni tashkil qilish
ularning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda, og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirishda o‘rni salmoqli sanaladi.
Talaba yoshlarga ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ulardagi
mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, qo‘llab-quvvatlash ishlarini olib borish bu tilni
tezroq o‘rganishga yordam beradi. Shuning uchun o‘quvchilarni ingliz tilini
o‘rganishga oid quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
108
turli elekron manbalar bilan ta‘minlash ishlarini olib borish;
taʼlim muassasalarida til o‘rganish bo‘yicha metodik ta’minotni yaratish;
mavjud o‘qitilayotgan darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirish;
dars jarayoniga kuchli va malakali mutaxassislarni jalb qilish;
o‘quv jarayoniga yangi taʼlim texnologiyalarining yetarli darajada joriy
etish;
o‘qitishda o‘quvchilarni rag‘batlantirish ishlariga e’tibor qaratish va
baholash tizimi sifatini nazorat qilish.
Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan
mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z
buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning
ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”
Ingliz tili darslarining sifat va samaradorligini nazoratga olish, olingan
ma’lumotlarni asosiy qismini kundalik hayotda nutq ko‘rinishlarida o‘sganlida
namoyon bo‘ladi. Darsda innovatsion texnologiyalardan foydalanish til o‘qitish va
o‘rgatish vositasi sifatida baholash ko‘plab ijobiy natijalarni, afzalliklarni yuzaga
kelishiga yordam beradi.
Innovatsiya (inglizcha “innavatsion”) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovotsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog va talaba faoliyatiga yangilik,
o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda ahamiyatli jihatga ega.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarning tafakkuri, tasavvurlari,
dunyoqarashi, qiziqishlarini orttirish bo‘yicha olib borilgan ishlarda o‘z ifodasini
topadi. Makkartining taʼkidlashicha, “chet tillarini o‘qitish metodologiyasi o‘tgan
yarim asr davomida juda rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima, audio-
lingvistik tuzilish, global audiovizual, induktiv/deduktiv, funksional, g‘oyaviy,
situatsion, kommunikativ, immersiya, o‘rganish/olish, tavsiya va boshqalarda olib
borilgan”. Binobarin, dars jarayonida audiovizual vositalardan foydalanish natijasida
xotirada so‘zlarning semantik ma‘nosini yodda saqlash va leksik birliklarni qo‘llash
ko‘nikmasi takomillashadi. Ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, innovatsion
yondashuvlar va interaktiv metodlar talaba-yoshlarning yuqori darajada bilimli, keng
darajada yuqori malakaga ega bo‘lishini taʼminlaydi . Shuni aytish lozimki, o‘quvchilar
ingliz tilini o‘rganishlari uchun bu tilning grammatikasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma,
malakalarga ega bo‘lishi uchun ular, avvalo, o‘z ona tilisining grammatikasini yetarli
darajada bilishi va jonli nutqda to‘liq rioya qilishi bilan xarakterlanadi.
XULOSA
Demak, talabalarga ingliz tilini innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlar
orqali o‘rgatish ularda bu tilni o‘rganish uchun, mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma,
malakalar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
109
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas
qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik
hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til
o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy
ta‘limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik
institutlarda, o‘quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o‘rganishga yordam
beruvchi asosiy ma‘lumot to‘plamlari bilan tanishgan holda o‘rganadilar. Bugungi
kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o‘quv materiallarining katta
to‘plamlari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. D. B. Muminova., D. I. Normatova Nofilologik institut talabalari uchun ingliz
tili grammatikasidan uslubiy qo’llanma.– Toshkent 2016.56-bet.
2. Саломов Ғ. Тил ватаржима. -Тошкент., “Фан”, 1966., -239-бет.
3. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “Chet tilini o'qitishda
yordamchi vositalardan foydalanish”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.
4. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish” Toshkent — 2012.
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar:
J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013.
6. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari talabalari
uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012.