Mualliflar

  • Nuriddinova Maysara Ikramovna
  • Muhammadqodirova Nozimaxon Botirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97729

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: fikrlash faoliyati boshlang‘ich ta’lim kichik yoshdagi o‘quvchilar didaktik talablar ta’lim metodlari interfaol usullar kuzatuvchanlik tahlil qilish mantiqiy fikrlash rivojlantiruvchi ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik talablar tahlil qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarning aqliy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning tafakkurini shakllantirish, kuzatuvchanlik, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik metodlar va yondashuvlarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

91

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA KICHIK YOSHDAGI

O’QUVCHILARNING FIKRLASH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHIGA

QO’YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR

ДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К РАЗВИТИЮ МЫСЛИТЕЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ НА УРОКАХ

ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК

DIDACTIC REQUIREMENTS FOR DEVELOPING THE THINKING ACTIVITY

OF YOUNG STUDENTS IN NATURAL SCIENCE LESSONS

Nuriddinova Maysara Ikramovna

UZFPI Maktabgacha va bochlang’ich ta’lim fakul’teti

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi dotsenti

Muhammadqodirova Nozimaxon Botirjon qizi

UZFPI magistranti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash

faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik talablar tahlil qilinadi. Kichik
yoshdagi bolalarning aqliy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning tafakkurini
shakllantirish, kuzatuvchanlik, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik metodlar va yondashuvlarning o‘rni
yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol usullardan samarali foydalanishning
ahamiyati ko‘rib chiqiladi

.

Kalit so‘zlar:

fikrlash faoliyati, boshlang‘ich ta’lim, kichik yoshdagi o‘quvchilar,

didaktik talablar, ta’lim metodlari, interfaol usullar, kuzatuvchanlik, tahlil qilish,
mantiqiy fikrlash, rivojlantiruvchi ta’lim.

Аннотация:

В статье анализируются дидактические требования,

способствующие развитию мыслительной деятельности младших школьников
на уроках в начальных классах. Рассматриваются современные педагогические
методы и подходы, направленные на развитие интеллектуального потенциала,
формирования логического мышления, наблюдательности и аналитических
навыков у детей младшего школьного возраста. Особое внимание уделяется
эффективному применению интерактивных методов в образовательном
процессе.

Ключевые слова

: мыслительная деятельность, начальное образование,

младшие школьники, дидактические требования, методы обучения,
интерактивные методы, наблюдательность, анализ, логическое мышление,
развивающее обучение.

Annotation:

This article analyzes the didactic requirements for developing

thinking activity in young learners during primary school lessons. It highlights modern


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

92

pedagogical methods and approaches aimed at enhancing children's intellectual
abilities, shaping logical thinking, and improving observation and analytical skills.
Special attention is given to the effective use of interactive techniques in the
educational process.

Keywords:

thinking activity, primary education, young learners, didactic

requirements, teaching methods, interactive techniques, observation skills, analysis,
logical thinking, developmental education.

Kirish:

Respublikamizda amalga oshiriliyotgan ishtimoiy - iqtisodiy, texnik

taraqqiyotning bugungi zamonaviy bosqichi ta’lim - tarbiya tizimi oldiga demо
kratik jamiyatda erkin yashay oladigan, huquqiy madaniyati shakillangan, ishtimoiy
munosabatlarga kirishimli, umuminsoniy qadryatlarga yo’nalgan ishtimoiy faol,
ma’naviy jihatdan etuk yoshlarni tarbiyalash vazifasini qo’yadi.

Maskur vazifalar tarbiyaviy ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Jamiyatda kishi

mavqeyining ortib, shaxsga e’tiborning kuchayotgan bir davrda ushbu maqsadlarini
ro’yobga chiqarish ma’naviy-ma’rifiy ishlarga yangicha yondoshuvni talab etadi.
Shuning uchun ham, sungi yillarda ta’lim jarayoni bilan birga tarbiyaviy ishlarga ham
innovatsion yondoshuvni amalga oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Hozirgi kunda o’quvchilarni zamon talabiga mos o’qitish, tarbiyalash,

rivojlantirish bilan bir qatorda ta’limini ularning individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu jamiyatga o’z qarashlari shakillangan,
keng fikrga ega, ijodkor, qobilyatli egalagan bilimlarini hayotga tadbiq eta oladigan,
davr talabiga mos yashaв, mehnat qiladigan, madaniyatli, odob-ikromli, odamgarchilik
xususiyatlariga ega bo’lgan, jismoniy jihatdan barkamol yoshlarni tarbiyalash talabini
qo’ymoqda.

Dars ta’lim-tarbiya jarayonining markazi hisoblanadi. Shuning uchun ham davr

talabiga mos kadrlar tayyorlashda maktabning o’rni katta ekanligi hammamizga
ma’lum. Shu boiс maktabda darsga alohida ahamiyat qaratiladi va o’qituvchining
zamon talabiga mos dars o’qitishi talab etiladi.

Adabiyotlar tahlilin va metodlar:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

fikrlash faoliyatini rivojlantirish masalasi zamonaviy ta’lim tizimida dolzarb
mavzulardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy-nazariy va amaliy
tadqiqotlar asosida kichik yoshdagi o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirishda dars
mazmuni, didaktik vositalar va metodik yondashuvlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb
etadi.

Fikrlash jarayonining psixologik asoslari haqida L.S. Vygotskiy o‘zining

“Pedagogik psixologiya” asarida chuqur ilmiy asoslar beradi. U o‘quvchilarning
fikrlash faoliyatini rivojlantirishda “yaqin rivojlanish zonasi” konsepsiyasini ilgari
suradi va bunda o‘quvchining mustaqil fikrlashdan ko‘ra ko‘mak orqali yangi tafakkur


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

93

darajalariga ko‘tarilishi mumkinligini isbotlaydi. Bu qarashlar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari bilan ishlashda dars mazmuni va metodik yondashuvlarga o‘ziga xos
talablar qo‘yishni taqozo etadi.(1)

Rus olimi V.V. Davydovning faoliyatga asoslangan yondashuvi ham bolalar

tafakkurini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, kichik maktab
yoshida nazariy fikrlashni shakllantirish mumkin bo‘lib, buning uchun o‘quv jarayoni
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida tashkil etilishi kerak. Bu yondashuv
o‘quvchilarning mustaqil tahlil qilish, umumlashtirish va xulosa chiqarish
qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.(2)

Mahalliy pedagog olimlar, xususan, T. Tillaevning “Didaktika” asarida didaktik

tamoyillar va ularga qo‘yiladigan talablar chuqur tahlil etilgan. Muallif ta’lim
jarayonini tashkil etishda samaradorlik, rivojlantiruvchanlik va izchillik tamoyillariga
asoslanish zarurligini qayd etadi. Ayniqsa, rivojlantiruvchi o‘qitish g‘oyasiga tayanib,
dars davomida o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiruvchi topshiriqlardan
foydalanish muhimligi ta’kidlanadi.(3)

Shuningdek, R. Raxmonov va M. Allayevalarning “Boshlang‘ich ta’lim

metodikasi” nomli darsligi kichik yoshdagi o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish
bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Bu asarda fikrlashni shakllantirishga
xizmat qiluvchi dars shakllari, o‘quv topshiriqlari va interaktiv metodlar keng
yoritilgan.(4;5)

Zamonaviy tadqiqotlar ham mazkur masalaga dolzarblik baxsh etmoqda.

Jumladan, Sh. Yusupovaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash faoliyatini
rivojlantirishning samarali yo‘llari” nomli maqolasida tahliliy, mantiqiy va ijodiy
fikrlash turlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashq va topshiriqlar tavsiya etiladi.
G. Nurmatovaning ilmiy maqolasida esa didaktik talablar asosida dars mazmunini
tanlash, uni tizimli tashkil etish orqali o‘quvchilarning tafakkurini bosqichma-bosqich
rivojlantirish usullari bayon qilingan.(7, 8).

X.Toshxo‘jayevning “Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar” nomli

monografiyasi esa interfaol metodlar yordamida fikrlashni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan yondashuvlarni taqdim etadi. Unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘quvchilar tafakkuriga ta’siri va darsda ulardan foydalanish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.(5)

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kichik yoshdagi o‘quvchilarning fikrlash

faoliyatini rivojlantirish uchun dars jarayonida psixologik yondashuv, didaktik
tamoyillar, metodik vositalar va innovatsion texnologiyalarning uyg‘unligi
ta’minlanishi zarur. Shu bois, boshlang‘ich sinf darslariga qo‘yiladigan didaktik
talablar nafaqat bilim berishga, balki o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

94

Uzoq davrlar mobaynida dars jarayonini tashkil etish nazariyasi ishlab chiqilgan

bo’lsada, uni amalga oshirishda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Masalan,
o’quvchining o’zi mustaqil ravishda ishlashi, bilimlarni o’zi mustaqil egallab olish
qobilyati hali to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, ya’ni, dedak olimlar ta’kidlaganidek “Yomon
o’qituvchi haqiqatni beradi, yaxshi o’qituvchi esa shu haqiqatni o’zi egallab olish
yo’lini ko’rsatib beradi”.

Dars ko’proq o’quvchilarning mavjud bilimlarni egallashga yo’naltiradi.

Tashqaridan qaraganda bu yondoshuv to’g’ri bo’lib ko’rinsada bu masala atroflicha
tahlil qilinganda asosan tashqi ko’rinishga e’tibor qaratilib, ichki tuzilishida
o’quvchilarning bilim olishi, o’y-fikrlash qobiliyati hisobga olinmaydi. O’quvchi
o’zining oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun harakat etadi. O’quvchilarning
faolligi etiborga olinadi-da, biroq amalga oshirilmaydi. To’g’ri tashkil etilmagan dars
o’quvchilarning o’qish-bilim faolligini nazorat qilish imkoniyatini yarata olmaydi. Har
xil metod va usullarni amalda qo’llash imkoniyati yo’q. darsning borishidagi yo’l
qo’yilayotgan kamchilkilarni nazarga olib, ko’pchillik педагог олимлар dars borishini
mustaqil tuzib, o’quvchining faolligi, topqirligi, ijodkorligiни тa’qiqlamaslik zarur
deyishadi. Bu fikrni to’g’ri talqin etish lozim: “Ta’qiqlamaslik kerak” deganda,
darsning borishini хohlagancha tashkil eaver, deb tushunmaslik kerak. Darsning
borishini uning to’riga, maqsadiga, mazmuniga, bolalarning imkoniyatiga qarab tashkil
etilishi shart.

Jamiyatimizda bo’layotgan o’zgarishlar o’qish metodikasiga nazariy va amaliy

jihatdan davr talabiga mos darsni tashkil qilishni talab etmoqda. Shuning uchun ham,
taniqli olimlar bilan metodistlar, ijodkor o’qituvchilar bugungi dars qanday bo’lishi
kerak, u oldingi o’tilgan darsdan nimasi bilan farq qilishi lozim degan savolga javob
qidirmoqda. Shundan kelib chiqib, o’quv-tаrbiya jarayonining mazmuni ham
yangilandi, maktyabgacha ta’lim-tarbiya jarayonining sifatiga o’quv jarayoninig
sifatiga, o’quv jarayonini tashkil etishga e’tibor kuchaydi.

Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnalogiyalar, ilg’or texnologiyalarning

qo’llanishi, mashg’ulotlarning rang-barang qiziqarli tarzda tashkil etilganligiга olib
kelish bilan o’quv materiallarini chuqur O’zlashtirishga ham keng imkoniyatlar
yaratadi. Shunday ekan, har bir o’qituvchi o’qitishning ilg’or, samarali usullarini izlash
yoхud an’anaviy usullardan ijodiy foydalanishнi taqozo qiladi.

Boshlang’ich sinf tabiiy fanlar darslarida o’quvchilarga jonli va jonsiz tabiat

to’g’risida aniq bilimlar berish ularning o’zoro bog’liqligini ochib berish, odam
organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma’lumotlar berish, tabiatda
kuzatishlar o’tkazish o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantirish, tabatdan oqilona
foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insoning mehnat faoliyati
bilan tanishtirish, jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

95

tarbiyalash kabi masalalar yoritиladi. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat
bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsаtish g’oyat muhimdir.

Albatta, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash faoliyatini rivojlantirish

bo‘yicha didaktik talablar va tabiiy fanlar misolida dars tahlili muhim mavzulardan
biridir. Quyida bu mavzu asosida batafsil izoh va dars tahlilini ko‘rib chiqamiz.

1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning fikrlash faoliyati xususiyatlari

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun fikrlash quyidagi xususiyatlarga ega:

Ko‘rgazmali-obraziy fikrlash

ustun bo‘ladi.

Abstrakt fikrlash hali to‘liq shakllanmagan.

Tajriba asosida bilimlarni o‘zlashtirish samarali bo‘ladi.

O‘yin, tajriba, mushohada orqali o‘rganish osonroq.

Yangi bilimni mavjud bilimlar bilan bog‘lab tushunadi.

2. Didaktik talablar (tabiiy fanlar kontekstida

)

Boshlang‘ich sinfda tabiiy fanlar darslarini tashkil qilishda quyidagi

didaktik

talablar

ga amal qilish kerak:

Didaktik talablar

Mazmuni

Ko‘rgazmalilik

Darsda rasmlar, maketlar, video lavhalar, jonli

namoyishlardan foydalanish.

Faollashtiruvchi

metodlar

Savol-javob, muammo qo‘yish, tajriba o‘tkazish,

kichik guruhlarda ishlash.

Bosqichma-bosqichlik

Mavzuni soddadan murakkabga qarab tushuntirish.

Amaliy

faoliyatga

yo‘naltirish

Tajriba, kuzatish, loyihalash ishlari orqali bilimni

mustahkamlash.

Integratsiya

Tabiiy fanlarni matematika, adabiyot, texnologiya

darslari bilan bog‘lash.

Shaxsiy yondashuv

Har bir o‘quvchining bilish qobiliyatiga qarab

individual ish berish.

3. Dars tahlili: Tabiiy fanlar (3-sinf) mavzusi asosida
Mavzu: O‘simliklarning o‘sishiga suv va yorug‘likning ta’siri
Dars maqsadi:

O‘quvchilar o‘simliklar hayoti uchun suv va yorug‘likning zarurligini tushunadi.

Tajriba asosida kuzatish olib boradi va xulosa chiqaradi.

Fikrlash, solishtirish va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Dars tuzilmasi va tahlili

1. Kirish qismi (10 daqiqa)

O‘qituvchi savol beradi: "Uyda gulni sug‘ormasak nima bo‘ladi?"

Ma’naviy-axloqiy bog‘lanish:

Atrof-muhitga mehr, o‘simliklarga e’tibor.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

96

Ko‘rgazma:

Ikki dona bir xil gul ko‘rsatiladi – biri suvli va yorug‘likda,

ikkinchisi esa quruq joyda.

Fikrlashni rivojlantiruvchi usul:

Muammo qo‘yish va taxmin qilish.

2. Asosiy qism (20 daqiqa)

Tajriba o‘tkazish:

3 xil idishga urug‘ solinadi:

1.

Suvli va yorug‘likda

2.

Suvli, lekin qorong‘ida

3.

Quruq va yorug‘likda

Har bir guruh bu urug‘larga kuzatuv olib boradi.

O‘quvchilar o‘z xulosalarini yozib boradi.

Metodlar:

Tajriba,

kuzatish,

guruhlarda

ishlash.

Fikrlashga ta’siri:

Sabab-oqibatni aniqlash, taxminni sinash, umumlashtirish.

3. Yakuniy qism (10 daqiqa)

Har bir guruh natijalarni taqdim etadi.

O‘qituvchi xulosani umumlashtiradi.

“Agar men bog‘bon bo‘lsam...” mavzusida mini-insho (fikr ifodasi) yoziladi.

Metod:

Refleksiya,

muloqotli

yozma

topshiriq.

Fikrlashga ta’siri:

Fikrni ifodalash, o‘z xulosasini asoslash.

4. Xulosa

Bu darsda quyidagi fikrlash faoliyatini rivojlantiruvchi metodlar qo‘llanildi:

Metod

Maqsadi

Foydasi

Muammo

qo‘yish

Diqqatni

faollashtirish

O‘quvchini

mustaqil

fikrga

undaydi

Tajriba

Bilimni

malda

sinash

Tahlil qilish va umumlashtirishga

olib keladi

Guruhli ish

Hamkorlikda

o‘rganish

Tanqidiy va ijtimoiy fikrlashni

rag‘batlantiradi

Refleksiya

Fikrni ifodalash

O‘quvchi o‘z o‘rganish jarayonini

anglaydi

Bugungi kunda tabiatshunoslik darslarining samaradorligini oshirishda fanlararo

bog’lanish uslublaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo’lib, boshlang’ich sinf
tabiatshunoslik darslarida integratsion usullardan foydalanishning asosiy negizi
hisoblanadi.

Ma’lumki hozirgi zamonda tabiatni muhofaza qilish, ekologik ta’lim va

tarbiya berish masalalari eng asosiy va dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Asosan boshlang’ich sinflarda bu masalalarni qanday hal etish, qaysi metodlardan
foydalanish, qaysi fanlarda bu tushunchalarni bolalarga etkazish hozirgacha o’z
yechimini topolmay kelyapti.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

97

Ushbu muammolarni hal etishda fanlar aro bog’lanish muhim rol o’ynaydi.

Ayniqsa hozirgi kunda uning asosini tabiiy fanlar bo’yicha bilimlar tashkil etib ularni
integratsion usullar bilan yoritish maqsadga muvoffiq bo’lar edi.

Bunday yondoshishda fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun

zarur bo’gan bir qator ijtimoiy – iqtisodiy, axloqiy estetik, g’оya va tushunchalarni
kиrиtish ko’zda tutilgan. Shu bois, boshlang’ch sinf o’quvchilariga tabiatni muxofaza
etish tushunchalarini rivojlantirishda integrativ darslardan foydalanish,ayniqsa
fanlararo bog’lanish darslari katta ahamiyatga ega. Masalan, darslarni ona tili
darslariga bog’lanib, ko’zatish natijalarini umumlashtirish, tabiat hodisalarini va
ularning mavsumiy o’zgarishlarini mavzuli insho tarzida yozdirish mumkin. Bunda
o’quvchilar tabiat haqidagi tushunchalarni bayon qilish, tirik organizmlarga
g’amxurlik, ularga yordam berish zarurligiga o’zlarining munosabatlarini ham
yozadilar.

Bu bilan bir qatorda tabiiy fanlar darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish ham

katta ahamiyatga ega. Ayniqsa 1-2 sinflarda “tabiiy fanlar” fanini o’qitishda to’rli
didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir”.

Didaktik o’yinlar orqali o’qituvchilar bolalarga tabiat jismlari, tabiat hodisalari

haqida ma’lumot berib bu bilan birgalikda ularning faolligini oshirishadi va fanga
nisbatdan qiziqishlarini o’yg’otishadi.

Xulosa;

Shunday qilib, o’quv metodik adabiyotlarning tahlillari va zamon

talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda quyidagi
talablarga amal qilinsa maqsadga muвоfiq bo’lar edi deb hisoblashimiz mumkin.

Eng avvalo,

bu sinfda mustaqil (erkin) psixоlogik muhit, o’quvchilarga hurmat-

ehtirom ishonch va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish
lozim.

Ikkinchidan,

o’quv faoliyatining oliy motivini keltirib chiqarish, faqat

o’quvchilarga o’quv materallarining ahamiyatinigina bildirib qolmasdan, ularga bilim
olishning o’qituvchi tamonidan taklif qilingan metodlariga e’tiborni qaratish lozim.

Uchnchidan,

o’quvchilarni bilim olishni kafolatlovchi ishonchli metod va usullar

bilan tanishtirish (tushuncha, o’zlashtirilgan bilimni amalda qo’llay olishga qaratilgan
metod va usullar bilan tanishtirish). Bu o’quvchilarning yaхshi o’qishiga, ta’lim-
tarbiya olishda faollikka, ijodkorlikka olib boradigan foydali yo’nalishlardan biri
bo’lib hisoblanadi;

To’rtinchidan

, darsni o’quvchilarning mustahkam, yaхshi bilim olishga (bilim

olish bu nazariy olgan bilimlarni hayotda qo’llay bilish degan so’z) yo’naltirish. Bu
esa o’quvchining o’z bilimi va kuchiga ishonchni yanada oshirishiga olib keladi;

Beshinchidan,

barcha o’quvchilarning yuqori darajada bilim olib, (Davlat ta’lim

standarti asosida) uni yangi sharoitda qo’llay olish imkoniyatlariga sharoit yaratish.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

98

Darsda o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatini to’g’ri xulosali tashkillashtira olish va
ularning o’z mehnatining mevasidan qanoatlana oladigan sharoitlar yaratish.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan materiallar asosida aytish mumkinki tabiiy

fanlar darslari orqali o’quvchilar o’zlari yashayotgan tevarak atrof, tabiat jismlari,
tabiat hodisalari va tabiat qonuniyatlari haqida birlamchi tushunchalarga ega
bo’lishadi. Ularni asrab avaylash, muhofaza etish uchun harakat qilishadi. Bu esa ularni
vatanparvarlik ro’hida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar ro‘yxati;

1.

Vygotskiy L.S.

Pedagogik psixologiya

.–Toshkent: O‘qituvchi, 2000.– 320 b.

2.

Davydov V.V.

Faoliyat nazariyasi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining

fikrlashini rivojlantirish

. – Moskva: Pedagogika, 1986. – 256 b.

3.

Tillaev T.

Didaktika

. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 280 b.

4.

Raxmonov R., Allayeva M.

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2018. – 312 b.

5.

Toshxo‘jayev X.

Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar

. – Toshkent:

Ilm Ziyo, 2021. – 198 b.

6.

Petrovskiy A.V., Yaroshevskiy M.G.

Psixologiya: Lug‘at

. – Moskva: Politizdat,

1990. – 480 b.

7.

Yusupova Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash faoliyatini
rivojlantirishning samarali yo‘llari //

Xalq ta’limi

. – 2022. – №3. – B. 45–49.

8.

Nurmatova G. Didaktik talablar asosida o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish //

Pedagogik mahorat

. – 2021. – №4. – B. 28–31.

9.

Hasanboyeva G.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishda

darsning tuzilishi va metodikasi

. – Andijon: AndMIU nashriyoti, 2020. – 140 b.

10.

Zunnunova D. Rivojlantiruvchi ta’limda o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish //

Ta’lim va rivojlanish jarayoni

. – 2020. – №2(7). – B. 56–61.

Bibliografik manbalar

Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya.–Toshkent: O‘qituvchi, 2000.– 320 b.

Davydov V.V. Faoliyat nazariyasi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashini rivojlantirish. – Moskva: Pedagogika, 1986. – 256 b.

Tillaev T. Didaktika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 280 b.

Raxmonov R., Allayeva M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – 312 b.

Toshxo‘jayev X. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021. – 198 b.

Petrovskiy A.V., Yaroshevskiy M.G. Psixologiya: Lug‘at. – Moskva: Politizdat, 1990. – 480 b.

Yusupova Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash faoliyatini rivojlantirishning samarali yo‘llari // Xalq ta’limi. – 2022. – №3. – B. 45–49.

Nurmatova G. Didaktik talablar asosida o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish // Pedagogik mahorat. – 2021. – №4. – B. 28–31.

Hasanboyeva G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishda darsning tuzilishi va metodikasi. – Andijon: AndMIU nashriyoti, 2020. – 140 b.

Zunnunova D. Rivojlantiruvchi ta’limda o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish // Ta’lim va rivojlanish jarayoni. – 2020. – №2(7). – B. 56–61.