“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
381
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA UMUMINSONIY
G’OYALAR TALQINI
Yusupova Muslima Olimjon qizi,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tarbiyachisi
Alisher Navoiy – benazir ijodkor, jahon adabiyotining yirik vakili, g‘azal
mulkining sultoni. Uning yangroq ovozi hali-hanuz jaranglamoqda, ijodiy merosi esa
minglab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. U yaratib qoldirgan boy merosning
katta qismini lirika tashkil etadi. Lirik turning g‘azal, muxammas, musaddas, ruboiy
va tuyuq kabi janrlarida shoir g‘oyaviy va badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratdi.
Navoiy lirikasida oshiq, yor, rind, raqib, shayx, zohid, voiz, podshoh va boshqa
obrazlar ham bor. Oshiq va yor obrazlarida samimiy sevgi, sadoqat, vafo va boshqa
ezgu insoniy hislatlar tarannum qilinadi. Navoiy xo‘rlangan, jabrlangan xotin-qizlarni
e’zozlaydi, sharaflaydi. U yordan shikoyat qilish orqali ko‘pincha yashagan muhitining
adolatsizligi, insofsizligidan noliydi. Shuning uchun ham, Navoiy zolim yorni
adolatsiz podshohga, insofsiz amaldorga, himmatsiz davlatmandga, shafqatsiz jallodga
o’xshatadi.
Navoiyning sotsial mazmunga ega bo‘lgan g‘azallari orasida quyidagi g‘azal
alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni unda shoir o‘sha davrdagi adolatsizlikdan shikoyat
qiladi. G‘azalda shafqatsiz va mutakkabbir podsho, xudbin oshiq, jafokash kishilarning
obrazlari mavjuddir:
Shohning munglug’ mushavvashlar bila ne nisbati?
Komronlarning balokashlarga qaydin ulfati?
Mo‘r ayog‘ ostida o‘lgandin qachon topqay vuquf
Arslonkim, ko‘kka chirmashkay g‘irivi shavqati?
Yuqoridagi baytda esa shon-shuhrati bilan o‘ta mag‘rurlangan zolim
podshohlardan shoir qattiq g‘azablanadi. Yuqoridagi baytning o‘zida shavqatning
shovqin-suroni ko‘kka chirmashgan arslonning oyog‘i ostida chumolining o‘lib
ketganidan hatto xabardor bo‘lishi dargumonligi mahorat bilan tasvirlanadi. G‘azalda
qo‘llangan tazod va tadrij uzviy birlikni tashkil etgan. Davr bilan bog‘liq
muammolarning qalamga olinilishi o‘quvchining o‘sha paytlardagi muhit bilan bog‘liq
holatlar bo‘yicha tasavvurini oydinlashtiradi.
Shoirning aksariyat g‘azallarida lirik qahramon uning o‘zi. Shoir yorga atalgan
izhor va ko‘ngildagi so‘zlarni ajib bir mahorat ila ifoda etadi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
382
Quyidagi g‘azalida shoir ko‘zim hojatini yuzingni menga ochib, ravo et deya nido
qiladi:
Sunub ko‘nglimni yuzingga, murod etib hosil
Ochib yuzungni, ko‘zum hojating ravo qilsang.
Quyida esa muallifning nechalab go‘zallar orasida o‘z yorini tanlaganligiga ishora
bor:
Telbalardain garchi rad qilding meni, lek anglag‘il,
Kim pari ruxsoralardin tanglag‘onim sen mening.
Darhaqiqat, ishq va muhabbat borasida minglab she’riy va nasriy asarlar
bo‘lishiga qaramay, ularning hech biri Navoiy ijodidek yarq etib ko‘zga tashlanmaydi.
Ya’ni yor vaslini ta’riflash, uning jamoliga erishishdek ulug‘vor amalga erishish
yo‘lidagi mashaqqatlarni Navoiy singari mahurat bilan bayon etgan mutaffakkir
bo‘lmasa kerak. Aslida she’rni tahlil qilganda biz, shoir undoq deydi, bundoq deydi,
falon g‘oyani ilgari suradi, deya so‘z yuritamiz. Aslida esa, O‘zbekiston Xalq shoiri
Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda “She’r nasihat, targ‘ib-u tashviq emas, yurak
tebranishlari ekanini unutamiz.” Navoiy g‘azallarini o‘qir ekansiz, ana shu yurak
tebranishlari aks etgan sirli olamga tushib qolgandek, so‘zning sehrini tuygandek
bo‘lasiz go‘yo.
Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 638-g‘azal )
Shoir o‘z jonini junun, ya’ni telbalik vodiysiga moyil ko‘radi. Ostin-ustun bo‘lgan
hayoti va ro‘zg‘orini uni aqldan ozdirganidan telbalikni bo‘yniga oladi.
Shoirning o‘lmas gumanizm bilan ko‘kargan hayotbaxsh g‘oyalari “dunyoviy”
asarlarida qanday porlab tursa, biz bir chekkaga surib qo‘ymoqchi bo‘lgan “ilohiy”
asarlarida ham shunday kuch bilan nur taratib turadi.
Quyidagi muammoda esa insonning o‘zidan yaxshi ot qoldirmoqligini saodatga
tenglashtiriladi:
Bu gulshan ichkari yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
Navoiy haqida ko‘p va xo‘p yozilishiga qaramay, uning shu qadar boy adabiy
merosini o‘rganish asrlar davomida an’ana sifatida davom etmoqda. Navoiyni
o‘rganishdan asosiy maqad nafaqat uning jozibador tilini o‘rganish, balki o‘sha bebaho
so‘z xazinasini asrash hamdir.
Yurtimizda Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib
qilish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy nomi bilan oliygoh va
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
383
kutubxona shuningdek, ko‘plab ziyo maskanlari faoliat yuritmoqda. Bugun Navoiyga
muhabbat qo‘ygan, uning ijodini chuqur o‘rganishga kirishgan, mehnatkash va zukko
yoshlar shoir Sirojiddin Sayyid ta’biri bilan aytganda, tom ma’noda Navoiyning
nabiralaridir.
Tiriklikning bol, shiralari,
Biri ulug‘, kichik birlari,
Faxr etib yurgaydir bari,
Navoiyning nabiralari.
Hazrat bobo So‘zni o‘ylagan,
Qancha qosh-u ko‘zni o‘ylagan.
Asli ul zot Sizni o‘ylagan,
Navoiyning nabiralari.
Yurtimizda ijod maktablari o‘quvchilari hamda ijodkor yoshlarga har qancha
Navoiy hazratlarining boy merosi chuqur o‘rgatilsa, uning ma’naviy olamidan
o‘quvchi yoshlar saboq olishsa nur ustiga nurdir.