Mualliflar

  • G‘aniyeva Muattarxon Nodirbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97750

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: pedagogik kvalimetriya diagnostik madaniyat baholash kompetensiyasi bo‘lajak o‘qituvchi kvalimetrik yondashuv metakognitiv ko‘nikmalar.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogik kvalimetriya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan. Diagnostik madaniyat o‘qituvchining baholash, tahlil qilish va o‘quv jarayonini optimallashtirish bo‘yicha kasbiy salohiyatini ifodalaydi. Pedagogik kvalimetriya esa ushbu jarayonlarda mezonli, tizimli va obyektiv yondashuvni ta’minlovchi nazariy-metodik asos sifatida e’tirof etiladi. Maqolada shuningdek, raqamli texnologiyalarning diagnostik jarayonga integratsiyasi, metakognitiv kompetensiyalarning o‘rni va kvalimetrik ko‘rsatkichlarning o‘qituvchilik tayyorgarligidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu nazariy yondashuvlar ta’lim sifati va o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi bilan bog‘liq muhim jihatlarni ochib beradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

366

KVALIMETRIYA ASOSIDA TALABALARDA O‘Z-O‘ZINI

BAHOLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

G‘aniyeva Muattarxon Nodirbek qizi

Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxasisligi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya

: Mazkur maqolada pedagogik kvalimetriya asosida bo‘lajak

o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan.
Diagnostik madaniyat o‘qituvchining baholash, tahlil qilish va o‘quv jarayonini
optimallashtirish bo‘yicha kasbiy salohiyatini ifodalaydi. Pedagogik kvalimetriya esa ushbu
jarayonlarda mezonli, tizimli va obyektiv yondashuvni ta’minlovchi nazariy-metodik asos
sifatida e’tirof etiladi. Maqolada shuningdek, raqamli texnologiyalarning diagnostik
jarayonga integratsiyasi, metakognitiv kompetensiyalarning o‘rni va kvalimetrik
ko‘rsatkichlarning o‘qituvchilik tayyorgarligidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu nazariy
yondashuvlar ta’lim sifati va o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi bilan bog‘liq muhim
jihatlarni ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

pedagogik

kvalimetriya,

diagnostik

madaniyat,

baholash

kompetensiyasi, bo‘lajak o‘qituvchi, kvalimetrik yondashuv, metakognitiv ko‘nikmalar.

Abstract:

This article explores the theoretical foundations of developing diagnostic

culture among future teachers through pedagogical qualimetry. Diagnostic culture is viewed
as a set of professional competencies enabling teachers to analyze, assess, and improve the
educational process. Pedagogical qualimetry is regarded as a methodological tool that
ensures systematic, criteria-based, and objective approaches to assessment. The article also
discusses the integration of digital technologies into diagnostic practices, the role of
metacognitive skills, and the significance of qualimetric indicators in teacher preparation.
These theoretical approaches shed light on important aspects of educational quality and
professional reflection.

Keywords:

pedagogical qualimetry, diagnostic culture, assessment competence, future

teacher, qualimetric approach, metacognitive skills.

Аннотация:

В статье рассматриваются теоретические основы формирования

диагностической культуры будущих учителей на основе педагогической
квалиметрии.

Диагностическая

культура

трактуется

как

совокупность

профессиональных компетенций, позволяющих учителю анализировать, оценивать и
совершенствовать учебный процесс. Педагогическая квалиметрия представлена как
методологическая основа, обеспечивающая системный, критериальный и
объективный подход к оценке. Также обсуждаются интеграция цифровых технологий
в диагностическую практику, роль метакогнитивных навыков и значимость
квалиметрических показателей в профессиональной подготовке учителя.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

367

Представленные теоретические подходы раскрывают ключевые аспекты качества
образования и профессиональной рефлексии педагога.

Ключевые слова:

педагогическая квалиметрия, диагностическая культура,

оценочная компетентность, будущий учитель, квалиметрический подход,
метакогнитивные навыки.

KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimida individual yondashuv, ta’lim sifatini oshirish va o‘quv

jarayonida talabaning faol ishtirokini ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, pedagogik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlash jarayonida nafaqat nazariy bilim, balki kasbiy-madaniy kompetensiyalar,
xususan, diagnostik madaniyat va refleksiv yondashuvning shakllanishi muhim ahamiyat
kasb etadi [2], [4].

O‘z-o‘zini baholash madaniyati — bu shaxsning o‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘zining

bilim va ko‘nikmalar darajasini real holatda baholash, xatolarni aniqlash va tuzatishga tayyor
bo‘lishi, o‘z ustida ishlashga motivatsiyalangan bo‘lishidir [3], [5]. Ushbu madaniyatni
shakllantirish o‘quvchining mustaqilligini, tashabbuskorligini va refleksiv tafakkurini
rivojlantirish orqali sodir bo‘ladi. Biroq bu madaniyat o‘z-o‘zidan shakllanmaydi — uni
maqsadli va tizimli tarzda rivojlantirish lozim [6].

Shu nuqtai nazardan qaralganda, pedagogik kvalimetriya zamonaviy ta’lim

jarayonining metodik va texnologik bazasini tashkil etuvchi muhim ilmiy-amaliy yo‘nalish
sifatida namoyon bo‘lmoqda [4], [1]. Pedagogik kvalimetriya — bu o‘quv-tarbiya
jarayonida ta’lim sifati, shuningdek, ta’lim ishtirokchilarining (jumladan, o‘qituvchilar va
talabalar) faoliyat samaradorligini aniq, o‘lchovli va tizimli baholashga doir nazariy asoslar
va amaliy metodlar majmuidir [1], [4], [7]. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning individual
yutuqlari, o‘zlashtirish darajasi va rivojlanish dinamikasini o‘lchash imkonini beradi. Bu
holat aynan o‘z-o‘zini baholash kompetensiyasini shakllantirish uchun metodik asos bo‘lib
xizmat qiladi [8], [10] Bugungi kunda pedagogik kvalimetriya doirasida o‘z-o‘zini baholash
uchun samarali vositalar (reyting tizimlari, baholash matritsalari, diagnostik xaritalar,
refleksiya jurnallari va boshqalar) ishlab chiqilgan bo‘lib, ular talabalarning kasbiy
shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda [4], [5], [6]. Ayniqsa, ushbu yondashuv orqali
bo‘lajak o‘qituvchilarda tahliliy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z bilimlarini
monitoring qilish va strategik rejalashtirish kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi [2], [7].

Shuningdek, ta’limning zamonaviy modeli talabaning passiv iste’molchi emas, balki

faol ishtirokchi sifatida shakllanishini taqozo etadi [9]. Bu esa talabaning o‘z bilim,
ko‘nikma va kompetensiyalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirishni
talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, o‘z-o‘zini baholash madaniyatini rivojlantirish jarayonida
talabaning o‘z shaxsiy rivojlanish traektoriyasini belgilashga, o‘zining kuchli va zaif


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

368

tomonlarini aniqlashga va ularni bartaraf etish strategiyasini ishlab chiqishga imkon
yaratiladi [8], [10].

Qolaversa, milliy ta’lim tizimida baholashning an’anaviy uslublari asosan tashqi

nazoratga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarning ichki refleksiyasi, o‘z-o‘zini kuzatish va
rivojlantirishga nisbatan e’tibor sust bo‘lib qolmoqda [5], [6]. Bu holat, ayniqsa, pedagogik
kadrlar tayyorlashda ularning kasbiy avtonomiyasi va tanqidiy fikrlashini cheklaydi.
Kvalimetrik yondashuv esa, aksincha, talabaning ichki motivatsiyasi, tanqidiy tahlil va o‘z
ustida ishlashga bo‘lgan ehtiyojini uyg‘otish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirishni
rag‘batlantiradi [4], [9]. Yana bir muhim jihat shuki, o‘z-o‘zini baholash madaniyati faqat
individual rivojlanish emas, balki ta’lim muhitida ochiqlik, ishonch va hamkorlik muhitini
shakllantirishda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi [10]. Talaba o‘z natijalarini baholay
olish orqali guruhdagi o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilaydi, o‘qituvchining tahliliy mulohazalariga
nisbatan munosabat bildiradi va o‘z fikrini asoslay oladigan yetuk mutaxassis sifatida
shakllanadi [7].

Pedagogik kvalimetriya orqali talabalarda o‘z-o‘zini baholash madaniyatini

shakllantirish – bu nafaqat baholash vositalarini takomillashtirish, balki ta’lim jarayonining
maqsadga yo‘naltirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan va sifatga yo‘naltirilgan modelini
qurishning zaruriy bosqichidir [1], [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirish

uchun pedagogik kvalimetriya asosidagi texnologiya ishlab chiqish asosiy vazifa sifatida
belgilandi. Tadqiqotning metodologiyasi sifatida pedagogik baholash nazariyasi va
diagnostik yondashuv asoslari tanlandi.

Pedagogik kvalimetriya — ta’lim jarayonidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlik

bilan o‘lchash va baholash tizimidir. Bu tizim o‘quvchilarning o‘rganish jarayonidagi yutuq
va kamchiliklarni aniq ko‘rsatishga imkon beradi hamda o‘qituvchilarga ta’lim sifatini
oshirish uchun asos yaratadi. Kvalimetriya usullari baholashni yanada ob’ektiv va ishonchli
qiladi. Diagnostik madaniyat esa o‘qituvchining o‘z faoliyatini baholash, talabalarning bilim
va ko‘nikmalaridagi xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish ko‘nikmalarini ifodalaydi. Bu
madaniyat talabaning o‘rganish jarayonidagi kamchiliklarini aniqlash va o‘quv jarayonini
shunga moslashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini baholash va refleksiya qilish
diagnostik madaniyatning muhim qismidir.

Ilmiy

manbalarni

o‘rganish

natijasida,

Xutorskoy

(2003)

pedagogik

kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘z-o‘zini baholashning ahamiyatini ta’kidlaydi. Unga
ko‘ra, baholash jarayoni o‘quvchining faolligini oshiradi va mustaqil fikrlashga
rag‘batlantiradi. Sadler (1989) esa formatif baholash konsepsiyasini ilgari surib,
baholashning o‘rganish jarayonidagi rolini kengaytirdi.Shuningdek, Sycheva va Maksimov
(2018) pedagogik kvalimetriya yordamida baholash sifatini oshirish va ta’lim jarayonini
yaxshilash usullarini taklif qilganlar. Ular baholash mezonlarini aniq belgilash va test


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

369

sinovlarini raqamlashtirish orqali o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda yangi
imkoniyatlar yaratishni ko‘rsatishgan.O‘zbek olimlari, jumladan Sa’farov va Xasanboeva
(2019) ham pedagogik baholash tizimini sifatli tashkil etish va diagnostik madaniyatni
rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratishgan. Ularning fikricha, diagnostik madaniyatni
shakllantirishda o‘qituvchilarning baholash jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi, o‘z-o‘zini
baholash va talabalarning faol ishtiroki muhimdir.

Shunday qilib, tadqiqot metodologiyasi sifatida pedagogik kvalimetriya tamoyillari

asosida baholash tizimini yaratish va uni bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini
shakllantirish uchun samarali vosita sifatida qo‘llash tanlandi. Diagnostik madaniyatni
shakllantirish jarayonida shuningdek, pedagogik faoliyatda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar orqali baholash jarayonini avtomatlashtirish, interaktiv testlar va onlayn
monitoring vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning o‘zini baholash imkoniyatlarini
kengaytiradi hamda ularning qiziqish va faolligini oshiradi (Alimov, 2020).Bundan tashqari,
diagnostik madaniyatni rivojlantirishda pedagoglarning metakognitiv ko‘nikmalari ham
katta rol o‘ynaydi. Bu ko‘nikmalar o‘qituvchilarga o‘zining baholash faoliyatini tahlil qilish,
xatolarni aniqlash va o‘quv jarayonini optimallashtirish imkonini beradi (Ergasheva, 2019).

Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, diagnostik madaniyatni shakllantirish uchun

pedagogik didaktik strategiyalar, jumladan, problemaga yo‘naltirilgan o‘qitish, loyiha
asosidagi o‘rganish va reflektiv mashg‘ulotlar muhim vositalardir (Kuznetsova, 2018).
Ushbu metodlar talabalarning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, mustaqil
fikrlashni rivojlantirish va o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat
qiladi.

Tadqiqotda, shuningdek, diagnostik madaniyatni shakllantirish uchun malaka oshirish

va doimiy professional rivojlanish tizimining muhimligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning
doimiy ravishda yangi baholash usullari bilan tanishib borishi, o‘z tajribasini tahlil qilishi va
professional hamjamiyatlarda fikr almashishi sifatni yaxshilashga olib keladi (Rahmonov,
2021). Shu bilan birga, o‘quv jarayonida baholashning xilma-xilligi diagnostik madaniyatni
shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’limda formatif, summativ, diagnostik va normativ
baholash shakllarini uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning bilim darajasini yanada aniqroq
aniqlash imkonini yaratadi (Novikov, 2017).Xulosa qilib aytganda, pedagogik kvalimetriya
asosidagi diagnostik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi nafaqat nazariy asoslarga,
balki amaliy usullar va zamonaviy pedagogik yondashuvlarga ham tayangan holda ishlab
chiqilishi lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqot davomida pedagogik kvalimetriya va diagnostik madaniyat tushunchalari

o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi aniqlashtirildi. O‘qituvchilik faoliyatida
diagnostik madaniyat nafaqat baholash malakalarini, balki ta’lim jarayoniga tanqidiy va
reflektiv yondashuvni ham o‘z ichiga oladi. Bu madaniyat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

370

ishlashdagi individual yondashuvni belgilaydi, o‘quv faoliyatidagi muammolarni o‘z
vaqtida aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish imkonini beradi.

Pedagogik kvalimetriya esa ushbu jarayonda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. U

ta’lim sifatini baholashda aniqlik, ob’ektivlik va tizimlilikni ta’minlaydi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, kvalimetrik yondashuvlar yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini
mezonli tarzda aniqlash, baholash vositalarini standartlashtirish va o‘quv jarayonini
natijaviylashtirish imkoniyatlari mavjud. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarning baholashga oid
kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki,
diagnostik madaniyatni shakllantirishda o‘z-o‘zini baholash, tanqidiy fikrlash va o‘z
faoliyatini tahlil qilish elementlari yetakchi o‘rin egallaydi. Bu madaniyatni rivojlantirish
uchun pedagogik jarayonda formatif baholash, ilg‘or refleksiya usullari, portfoliolar,
diagnostik testlar va monitoring texnologiyalaridan foydalanish lozim. Shu bilan birga,
kvalimetriya asosidagi baholash tizimi bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quvchilardagi individual
farqlarni hisobga olishga yo‘naltirilgan didaktik yondashuvlarini ham kuchaytiradi.

Yuqoridagi nazariy yondashuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki,

pedagogik kvalimetriya va diagnostik madaniyat o‘zaro bog‘liq ikki konseptual tushuncha
sifatida pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu yondashuvlar
ta’lim sifati, baholash mezonlari va o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda yagona,
tizimli va samarali texnologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, ularni o‘qituvchilikka
tayyorlov tizimiga integratsiyalash zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga javob beradi. Pedagogik
kvalimetriya va diagnostik madaniyatning o‘zaro integratsiyasi o‘qituvchilik kasbining
zamonaviy modelini shakllantirishda muhim konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy ta’lim jarayoni o‘qituvchidan nafaqat bilim berishni, balki har bir talabaning
shaxsiy o‘sishini tahlil qilish, baholash va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishni talab
qiladi. Bunday yondashuv, avvalo, diagnostik madaniyatning yuqori darajasini talab etadi

Tadqiqotlar

shuni ko‘rsatadiki, diagnostik madaniyatning shakllanishida

metakognitiv ko‘nikmalar – ya’ni o‘z fikrlash jarayonini kuzatish, baholash va boshqarish –
alohida o‘rin tutadi. Bu ko‘nikmalar o‘qituvchining faqatgina dars o‘tishini emas, balki
ta’lim jarayonining sifat jihatlarini doimiy tahlil etib borishini ta’minlaydi [1].Bundan
tashqari, P. Black va D. Uilyam tomonidan ishlab chiqilgan “Black Box” modeli asosida
diagnostik baholashning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilinganda, o‘qituvchilarning
baholash faoliyati bevosita o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada
oshirishi aniqlangan [2]. Bu model diagnostik madaniyatni baholash, aks ettirish va ta’lim
strategiyasini qayta tuzish vositasi sifatida ko‘radi.

Shuningdek, diagnostik faoliyatni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali

baholash tizimining obyektivligi, izchilligi va tahliliy xususiyatlari yanada kuchayadi.
Zamonaviy elektron platformalar, masalan, Learning Analytics yoki e-portfolio tizimlari
orqali talabalar yutuqlari muntazam monitoring qilinadi va bu malaka diagnostikasini ancha
osonlashtiradi [3]. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchi malakasining rivojlanishida kvalimetrik


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

371

ko‘rsatkichlarni qo‘llash zaruriyatini oshiradi.Yuqoridagi dalillar diagnostik madaniyatni
shakllantirishda faqat baholash vositalarini o‘rgatish emas, balki o‘qituvchining analitik
tafakkurini, reflektiv yondashuvini va individuallashtirilgan ta’limga tayyorligini
shakllantirish zarur ekanini ko‘rsatadi. Shu bois, pedagogik kvalimetriya – bu faqat baholash
metodologiyasi emas, balki o‘qituvchining kasbiy madaniyati, uning metodik erkinligi va
sifatli ta’lim ko‘rsatkichlarining tayanch mezonidir.

XULOSA

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik kvalimetriya asosida bo‘lajak

o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim talablariga javob
beruvchi muhim vazifalardan biridir. Diagnostik madaniyat o‘qituvchining baholash, tahlil
qilish, refleksiya va qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Pedagogik
kvalimetriya esa bu jarayonlarda ilmiy asoslangan, mezonli va tizimli yondashuvni
ta’minlaydi.Kvalimetrik yondashuvlar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash kompetensiyasi shakllanadi. Bu esa
o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirish, samarador o‘qituvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
o‘quv jarayonining natijadorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Diagnostik
madaniyat va pedagogik kvalimetriya o‘zaro uyg‘unlashgan holda o‘qituvchining
professional madaniyati va kasbiy refleksiyasining shakllanishiga xizmat qiladi.

Shu asosda, pedagogik kadrlarga ta’lim berish jarayonida kvalimetrik bilim va

ko‘nikmalarni chuqur egallashga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasida yuz berayotgan tizimli
o‘zgarishlar o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga yangicha yondashuvlarni talab
qilmoqda. Xususan, diagnostik madaniyatni shakllantirish jarayoni o‘qituvchining shaxsiy
va kasbiy rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi murakkab psixopedagogik holat sifatida
qaralmoqda. Bu jarayon faqat baholash faoliyatiga emas, balki o‘qituvchining didaktik
qarorlar qabul qilish, o‘z pedagogik strategiyasini tahlil qilish, o‘quvchilarning ehtiyojlariga
moslashish qobiliyatiga ham asoslanadi.

Zamonaviy ta’limda o‘qituvchining diagnostik funksiyasi mustaqil kasbiy faoliyat

yo‘nalishiga aylanmoqda. Bu esa uni mustahkamlash uchun metodik va texnologik
yondashuvlar tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi. Pedagogik kvalimetriya ushbu ehtiyojni
qondirishga xizmat qiluvchi nazariy-metodik asos bo‘lib, o‘qituvchining analitik
salohiyatini, ob’ektiv fikrlashini va shaxsiy pedagogik faoliyatini modellashtirish
qobiliyatini rivojlantirishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, hozirgi kunda o‘qituvchi
faoliyatida ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish (data-informed decision making)
tamoyili tobora ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa diagnostik madaniyatni rivojlantirishda
raqamli texnologiyalar, ta’limiy analitika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni
zarur etadi. Bunday muqobil texnologiyalar, ayniqsa, o‘qituvchining o‘ziga xos baholash
uslubi, refleksiya darajasi va shaxsiylashtirilgan yondashuvlarini shakllantirishda yangi
imkoniyatlar yaratadi. Shu boisdan, pedagogik kvalimetriya va diagnostik madaniyatni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

372

integratsiyalashgan holda o‘qituvchilik ta’limi dasturlariga kiritish nafaqat metodik
sifatlarga, balki ta’limdagi insonparvarlik, adolat va shaffoflik kabi qadriyatlarga ham
xizmat qilishi lozim. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimining ijtimoiy ahamiyatini oshiradi,
o‘qituvchi faoliyatini jamiyat uchun mas’uliyatli va samarali yo‘nalishga aylantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Селевко, Г.К. Педагогические технологии на основе личностной ориентации
образования / Г.К. Селевко. – М.: Народное образование, 2005. – 256 с.
2. Хуторской, А.В. Компетентностный подход в образовании: методология и
проектирование / А.В. Хуторской. – М.: ИОСО РАО, 2003. – 112 с.
3. Ильин, Е.П. Мотивация и мотивы / Е.П. Ильин. – СПб.: Питер, 2011. – 512 с.
4. Сафаров, Ш.М. Pedagogik kvalimetriya asoslari: monografiya / Sh.M. Saʼfarov. –
Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. – 224 b.
5. Хужаева, Н.Х. O‘z-o‘zini baholash madaniyatini shakllantirishda diagnostik yondashuv
/ N.X. Xujaeva // O‘zbekiston pedagogik axborotnomasi. – 2023. – №4. – B. 87–93.
6. Қурбонов, А. Олий таълимда инновацион ўқитиш технологиялари / А. Қурбонов. –
Тошкент: “Илм Зиё”, 2022. – 190 б.
7. Biggs, J., & Tang, C. Teaching for Quality Learning at University. 4th ed. – McGraw-Hill
Education, 2011. – 389 p.
8. Sadler, D.R. Formative assessment and the design of instructional systems / D.R. Sadler
// Instructional Science. – 1989. – Vol. 18, №2. – P. 119–144.
9. Anderson, L.W., & Krathwohl, D.R. A taxonomy for learning, teaching, and assessing: A
revision of Bloom’s taxonomy of educational objectives. – New York: Longman, 2001. –
352 p.
10. OECD. Assessment for Learning: Formative Assessment. – Paris: OECD Publishing,
2005. – 84 p.
Flavell, J.H. (1979). Metacognition and cognitive monitoring: A new area of cognitive–
developmental inquiry. American Psychologist, 34(10), 906–911.
11. Black, P. & Wiliam, D. (1998). Inside the Black Box: Raising Standards Through
Classroom Assessment. Phi Delta Kappan, 80(2), 139–148
12. Siemens, G. & Long, P. (2011). Penetrating the fog: Analytics in learning and education.
EDUCAUSE Review, 46(5), 30–40.


Bibliografik manbalar

Селевко, Г.К. Педагогические технологии на основе личностной ориентации образования / Г.К. Селевко. – М.: Народное образование, 2005. – 256 с.

Хуторской, А.В. Компетентностный подход в образовании: методология и проектирование / А.В. Хуторской. – М.: ИОСО РАО, 2003. – 112 с.

Ильин, Е.П. Мотивация и мотивы / Е.П. Ильин. – СПб.: Питер, 2011. – 512 с.

Сафаров, Ш.М. Pedagogik kvalimetriya asoslari: monografiya / Sh.M. Saʼfarov. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. – 224 b.

Хужаева, Н.Х. O‘z-o‘zini baholash madaniyatini shakllantirishda diagnostik yondashuv / N.X. Xujaeva // O‘zbekiston pedagogik axborotnomasi. – 2023. – №4. – B. 87–93.

Қурбонов, А. Олий таълимда инновацион ўқитиш технологиялари / А. Қурбонов. – Тошкент: “Илм Зиё”, 2022. – 190 б.

Biggs, J., & Tang, C. Teaching for Quality Learning at University. 4th ed. – McGraw-Hill Education, 2011. – 389 p.

Sadler, D.R. Formative assessment and the design of instructional systems / D.R. Sadler // Instructional Science. – 1989. – Vol. 18, №2. – P. 119–144.

Anderson, L.W., & Krathwohl, D.R. A taxonomy for learning, teaching, and assessing: A revision of Bloom’s taxonomy of educational objectives. – New York: Longman, 2001. – 352 p.

OECD. Assessment for Learning: Formative Assessment. – Paris: OECD Publishing, 2005. – 84 p.

Flavell, J.H. (1979). Metacognition and cognitive monitoring: A new area of cognitive–developmental inquiry. American Psychologist, 34(10), 906–911.

Black, P. & Wiliam, D. (1998). Inside the Black Box: Raising Standards Through Classroom Assessment. Phi Delta Kappan, 80(2), 139–148

Siemens, G. & Long, P. (2011). Penetrating the fog: Analytics in learning and education. EDUCAUSE Review, 46(5), 30–40.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари