Mualliflar

  • Bahronov Diyorbek Xoliq o‘g‘li
  • Abduvohidov Xalililloh

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97751

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Tibbiyot muhandislari – bu tibbiy uskunalar va tizimlarni ishlab chiqish o‘rnatish sozlash texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bilan shug‘ullanadigan mutaxassislardir. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Annotasiya

Annotatsiya: O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida katta o‘zgarishlar va modernizatsiya jarayonlari olib borilmoqda. Yangi tibbiy texnologiyalarni joriy etish, diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish maqsadida tibbiyot muhandislariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshmoqda. Ushbu maqolada tibbiyot muhandislarining sog‘liqni saqlash sohasidagi ahamiyati va ularning dolzarbligi tahlil qilinadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

361

O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA TIBBIYOT

MUHANDISLARIGA BO‘LGAN TALAB VA EHTIYOJ

Bahronov Diyorbek Xoliq o‘g‘li

Andijon mashinasozlik instituti

Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi

K-77-21 guruh 4-kurs talabasi

+998 93 854 39 40

Ilmiy rahbar:

Abduvohidov Xalililloh

Annotatsiya:

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida katta o‘zgarishlar va

modernizatsiya jarayonlari olib borilmoqda. Yangi tibbiy texnologiyalarni joriy etish,
diagnostika

va

davolash

usullarini

takomillashtirish

maqsadida

tibbiyot

muhandislariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshmoqda. Ushbu maqolada tibbiyot
muhandislarining sog‘liqni saqlash sohasidagi ahamiyati va ularning dolzarbligi tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Tibbiyot muhandislari – bu tibbiy uskunalar va tizimlarni ishlab

chiqish, o‘rnatish, sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bilan
shug‘ullanadigan mutaxassislardir. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Tibbiy uskunalarni loyihalash va ishlab chiqish: Tibbiyot muhandislari

zamonaviy diagnostika va davolash uskunalarini loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.
Uskunalarni o‘rnatish va sozlash: Yangi tibbiy uskunalarni o‘rnatish va to‘g‘ri
ishlashini ta'minlash.Texnik xizmat va ta'mirlash: Muntazam texnik xizmat ko‘rsatish
va uskunalarni ta'mirlash orqali ularning uzluksiz ishlashini ta'minlash. Xodimlarni
o‘qitish: Tibbiyot xodimlarini yangi uskunalarni ishlatish bo‘yicha o‘qitish va
yo‘riqnoma berish.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot muhandislariga bo‘lgan talab bir

nechta sabablar tufayli ortmoqda: Sog‘liqni saqlash tizimining modernizatsiyasi:
O‘zbekiston hukumati sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta
sa'y-harakatlar olib bormoqda. Yangi tibbiy texnologiyalarni joriy etish va tibbiy
uskunalarni yangilash jarayonida tibbiyot muhandislari muhim rol o‘ynaydi.Yangi
tibbiy uskunalar talabi: Zamonaviy kasalxonalar va klinikalar soni oshib bormoqda, bu
esa yangi tibbiy uskunalarni joriy etishni talab qiladi. Ushbu uskunalarni samarali
ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot muhandislariga ehtiyoj ortadi.
Texnik xizmat va ta'mirlash: Tibbiy uskunalar muntazam texnik xizmat va ta'mir talab
qiladi. Mahalliy tibbiyot muhandislarining mavjudligi uskunalarning uzluksiz
ishlashini ta'minlaydi va xorijiy mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Ta'lim
va malaka oshirish: O‘zbekistonda tibbiyot muhandislarini tayyorlash bo‘yicha ta'lim


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

362

dasturlari va kurslarining soni ko‘paymoqda. Bu sohada kadrlar tayyorlashning
yaxshilanishi tibbiyot muhandislariga bo‘lgan talabni qondirishga yordam beradi.

Tibbiyot apparatlarini ishlash printsiplarini chuqur o‘rganish ularning

imkoniyatlarini to‘liq ishga solish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash
imkonini beradi. Diagnostik uskunalar bilan bog‘liq har qanday xatolik bemorlarga
zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun, texnik xizmat ko‘rsatish va apparatlarning
ishonchliligini ta’minlash tibbiyot muassasalarida xavfsizlikni ta’minlashda muhimdir.
To‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatish va muntazam manitoring qilish orqali apparatlarning
uzluksiz va xavfsiz ishlashi ta’minlanadi.Tibbiyot texnologiyalari tez rivojlanib, yangi
va zamonaviy diagnostik uskunalar bozorga chiqmoqda. Yangi texnologiyalar va
apparatlar bo‘yicha bilimlarni oshirish, ularni to‘g‘ri va samarali ishlatishni ta’minlash
muhimdir.

Hozirgi kunda ilg‘or tibbiyot texnalogiyalari ko‘pligi sababli ayrim shifokorlar va

bemorlar nimani tanlash va qaysi biri yaxshiroq degan savolga duch kelmoqda.Ushbu
maqolada diagnostika sohasidagi apparatlardan to‘g‘ri maqsadda foydalanish va
bemorlarning kassaliklaridan kelib chiqib aniq tekshirish usuliga yuborish orqali
bemorni sog‘ligi va moddiy mablag‘ini saqlab qolishiga e`tibor qaratilgan qaratilgan

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot muhandislarining dolzarbligi ortib

bormoqda. Yangi tibbiy texnologiyalarni joriy etish, kasalxonalar va klinikalarni
zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, tibbiy uskunalarga texnik xizmat
ko‘rsatish ehtiyojlari tibbiyot muhandislarining rolini yanada muhim qiladi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va samarali ishlashini
ta'minlash uchun tibbiyot muhandislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish
muhim ahamiyatga ega.

Joriy holatdagi foyda va xarajatlar:

Tibbiyot muhandisi mavjud bo‘lmagan

xolat. Tibbiyot muhandisi tibbiy muassasa uchun qanday tibbiyot qurilmasini sotib
olishlik tog‘i ekanligini oldindan biladi. Joriy holatda aholi soni va muassasa
joylashgan hudud hisobga olinmagan holatda tibbiyot qurilmasi sotib olingan jarayon.

1-Aparatdan olinadigan yillik daromad: 2,920,000,000 USZ

2-Umumiy texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash xarajatlari: 1,460,000,000

3-Jihozning energiya sarfi:

60,000,000

4-Umumiy xodimlar ish haqi: 120,000,000
5-Noto‘g‘ri diagnostika natijasida yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlar:

292,000,000

-

Yillik umumiy daromad: 2,920,000,000

-

Yillik umumiy xarajatlar: 1,932,000,000

-

Yillik umumiy foyda: 988,000,000

Tibbiyot muhandisi bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
1- Tibbiyot markazi uchun Biotibbiyot muhandisi xodimini jalb qilish.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

363

Oylik ish haqi: 10,000.000 / yillik 120,000,000

2-Texnik Xizmat Ko‘rsatish Jadvalini Belgilash /

Yuklatilgan vazifa Aparat

o‘rnatgan kampaniya va Tibbiyot markazi muhandisi.

Muntazam texnik xizmat ko‘rsatish: Diagnostika vositalari uchun turli vaqt

oralig‘ida muntazam texnik xizmat ko‘rsatish jadvalini belgilash.

Misol uchun:
Har oyda: Umumiy tekshiruv va tozalash.
Har uch oyda: Batafsil diagnostika va kalibrlash.
Har yilda: To‘liq texnik xizmat va zarur ehtiyot qismlarni almashtirish.

Yillik texnik xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan xarajat: 100,000,000

3-Hujjatlashtirish va Hisobotlar /

Yuklatilgan vazifa tibbiyot markazi

muhandisi. Texnik xizmat ko‘rsatish jurnalini yuritish: Har bir xizmat ko‘rsatish
jarayonini hujjatlashtirish va natijalarni qayd qilish. Hisobotlar tayyorlash: Bajarilgan
texnik xizmatlar bo‘yicha muntazam hisobotlar tayyorlash va boshqaruvga taqdim
etish.

4-Xodimlar uchun O‘qitish Rejasini Tuzish /

Yuklatilgan vazifa Tibbiyot

markazi va Tibbiyot muhandisi Boshlang‘ich o‘qitish: Yangi xodimlarni ishga
kirishishdan oldin zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalar bilan ta'minlash. Davriy
o‘qitish: Mavjud xodimlar uchun muntazam ravishda o‘qitish sessiyalarini o‘tkazish
(masalan, har 6 oyda yoki yilda bir marta).

O‘qitish Mazmuni Nazariy bilimlar: Diagnostika vositalarining ishlash

prinsiplari, texnik xizmat ko‘rsatish talab va tartiblari. Amaliy ko‘nikmalar:
Diagnostika vositalarini ishlatish, ularni kalibrlash, texnik xizmat ko‘rsatish
amaliyotlari. Xavfsizlik choralari: Diagnostika vositalari bilan ishlashda xavfsizlik
qoidalari va xavfsizlik choralarini ko‘rish.

Xodimlar yillik o‘qitish uchun ketgan xarajatlar: 500,000,000

5-Sertifikatlash

Imtihonlar va baholash: O‘qitish dasturining oxirida xodimlarni

bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun imtihonlar o‘tkazish.

Sertifikatlar berish:

Muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlarga sertifikatlar berish, bu ularning malakasini
tasdiqlaydi

6-Monitoring Tizimi Talablarini Aniqlash /

Yuklatilgan vazifa Tibbiyot

muhandisi Vositalar ro‘yxati: Monitoring qilinishi kerak bo‘lgan barcha diagnostika
vositalarini ro‘yxatga olish. Monitoring parametrlari: Har bir vosita uchun kuzatib
borilishi kerak bo‘lgan asosiy parametrlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash (masalan,
ishlash harorati, ishlash vaqti, aniqlik darajasi).

4-Hujjatlashtirish /

Yuklatilgan vazifa Tibbiyot muhandisi Monitoring jurnali:

Monitoring jarayonida yig‘ilgan barcha ma'lumotlarni va amalga oshirilgan chora-
tadbirlarni hujjatlashtirish. Texnik xizmat ko‘rsatish tarixi: Har bir diagnostika
vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish tarixi va bajarilgan ishlar ro‘yxatini yuritish.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

364

3-Iqtisodiy samaradorlikni aniqlash:

Kerakli xodimlarni jalb qilish va muxum

bo‘lgan joylarga investitsiyalar kiritish orqali tamirlash xarajatlarini kamaytirish orqali
tejaladigan mablag‘ni hisoblash.

1. Kredit summasi: 4,000,000,000
2. Yillik foiz stavkasi: 3%
3. Muddat: 3 yil
4,000,000,000 ------ 100%
120,000,000=x ------ 3%
4,000,000,000+120,000,000= 4,120,000,000:3= 1,373,000,000
Bu yerda:
- ( 1,373,000,000) - yillik to‘lov
- ( 4,000,000,000) - kredit summasi
- ( 3% ) - yillik foiz stavkasi
- ( 3 ) - to‘lov muddatining yillari
Yangi apparat narxi (YAN): 4,000,000,000 UZS (32-kesimli Tamografiya)
Yangi apparat xarajatlari (YAX) 300,000,000 USZ
Aparatdan olinadigan yillik daromad: 3,285,000,000 USZ
1-bemor tekshiruvu 300,000 va kuniga 30- bemor qabuli kunlik daromad

9,000,000 x 365 = 3,285,000,000 USZ

1-

Yillik texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari: 100,000,000

2-

Xodimlar yillik o‘qitish uchun ketgan xarajatlar: 500,000,000

3-

Jihozning energiya sarfi:

40,000,000

4-

Marketing va Media uchun: 300,000,000

5-

Umumiy xodimlar ish haqi: 252,000,000

-

Yillik umumiy daromad: 3,285,000,000

-

Yillik umumiy xarajatlar: 1,192,000,000

-

Yillik umumiy foyda: 2,093,000,000

-

Apparatning yillik muddatli to‘lovi:

1,373,000,000

-

Yillik sof foyda:720,000,000

Xulosa

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot muhandislarining dolzarbligi ortib

bormoqda. Yangi tibbiy texnologiyalarni joriy etish, kasalxonalar va klinikalarni
zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, tibbiy uskunalarga texnik xizmat
ko‘rsatish ehtiyojlari tibbiyot muhandislarining rolini yanada muhim qiladi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va samarali ishlashini
ta'minlash uchun tibbiyot muhandislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish
muhim ahamiyatga ega. Umumiy holda, tibbiyot vositalarining ishonchliligini
ta'minlash chora-tadbirlari iqtisodiy samaradorlikka sezilarli darajada ijobiy ta'sir
ko‘rsatishi mumkin. Bu nafaqat texnik xizmat xarajatlarini kamaytiradi, balki davolash


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

365

natijalari yaxshilanib, tibbiyot muassasasining obro‘si va daromadi oshishiga olib
keladi.

Adabiyotlar:

1. Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyasi: O‘quv qo llanma / S.U marov, E .B
ozorov, O .Jabborova; - Т .: “Iqtisod-Moliya”, 2018. - 216 b.
2. Umarova M.A., Shakarov F.Q. «Tibbiyot texnikalarining elementlari va qismlari».
O‘quv-uslubiy ko‘rsatma - Toshkent: ToshDTU, 2021.-90 b.
3. https://www.teknikservis.com/uz/
4. https://t.me/Biotibbiyot_muhandisligi_uz
5.

http://srcyrl.suppliermed.com/info/what-is-the-difference-between-ct-scans-and-mr-

62279697.html

6.

https://neurologystatus.ru/uz/raznica-mezhdu-mrt-i-tomografiei-chto-takoe-

kompyuternaya-tomografiya-i-mrt-v.html

Bibliografik manbalar

Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyasi: O‘quv qo llanma / S.U marov, E .B ozorov, O .Jabborova; - Т .: “Iqtisod-Moliya”, 2018. - 216 b.

Umarova M.A., Shakarov F.Q. «Tibbiyot texnikalarining elementlari va qismlari». O‘quv-uslubiy ko‘rsatma - Toshkent: ToshDTU, 2021.-90 b.