Mualliflar

  • Amirov Muxtor Uktamovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97759

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Gidrotexnika inshooti suv omborlari evakuatsiya gidrodinamik avariyalar halokatli suv bosishlari toshqin.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqola gidrotexnik inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va halokatlarda harakat qilish usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofazalanish usullari keltirib o‘tilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

325

SUV OMBORLARIDA SODIR BO‘LISHI MUMKIN

BO‘LGAN FAVQULODDA VAZIYATLAR VA

ULARDAN MUHOFAZALANISH USULLARI

Amirov Muxtor Uktamovich

Toshkent davlat transport universiteti

muxtor_amirov@tstu.uz

tel: 93-703-87-63

Annotatsiya:

Ushbu maqola gidrotexnik inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin

bo‘lgan avariya va halokatlarda harakat qilish usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofazalanish usullari
keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Gidrotexnika inshooti, suv omborlari, evakuatsiya, gidrodinamik

avariyalar, halokatli suv bosishlari, toshqin.

Abstract:

This article is devoted to methods of action in the event of accidents

and disasters that may occur in hydraulic structures, and describes possible emergency
situations and methods of protection against them.

Key words:

Hydraulic engineering structure, reservoirs, evacuation,

hydrodynamic accidents, catastrophic flooding, flood.


Gidrotexnika inshootlarning buzilishi juda katta hududularni, jumladan: shaharlar

va aholi yashash joylarni, sanoat tarmoqlarini va moddiy resurslarni suv ostida
qolishiga olib kelishi mumkin, oqibatda juda katta ham ma’naviy, ham moddiy
zararlarni olib kelishiga sabab bo‘ladi. Suv urib ketgan inshootlar, avtomobil va temir
yo‘llar, elektr va aloqa uzatish simlarining zararlanishi, chorva mollari, qishloq xo‘jalik
ekinlari hosili, ekinzorlar va boshqalarnnig nobud bo‘lishi, xom ashyo, yoqilg‘i, oziq-
ovqat mahsulotlari, o‘g‘itlar va boshqa resusrlarni yaroqsiz holga kelishi, aholini
xavfsiz hududga vaqtincha evakuatsiya qilish harajatlari, yerlarning hosildorlik
qatlamining yuvilib ketishi, suv bosgan hududlarda oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-
darmon va boshqa kerakli mahsulotlarni olib kelish harajatlari va boshqa salbiy
talofatlarga olib keladi.

Buzilishiga olib keluvchi ta’sirlar: tabiiy ofatlar (zilzila, ko‘chki, jala);

yemiruvchi kuchlar: suv oqimi, baliq-cho‘kindilar, statistik va dinamik kuchlar, metall
zichlashishi, yerning yuvilishi, loyihalash va qurilishdagi xatoliklar, ishlatish
qoidalarini buzilishi, terroristik harakatlar. Terrrorchilik va qo‘poruvchilik harakat
sharoitida yoki favqulodda vaziyat jarayonida gidrotexnik inshootlar ma’lum xavf
tug‘diradi.

Gidrotexnika inshootlarni muhofaza qilish favqulodda vaziyatni oldini olishning

eng asosiy omillaridan bo‘lib, avvalo gidrotexnika inshootni to‘g‘ri loyihalash, qurish


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

326

va ulardan to‘g‘ri foydalanish, belgilangan ishlarni va ta’mirlash ishlarni vaqtida
bajarish, qirg‘oqni mustahkamlash va tub mahkamlash ishlarini vaqtida o‘tkazishi
lozim.

Suv chiqarishni vaqtga muvofiq qayta taqsimlash yo‘li bilan suvning maksimal

zahirasini va maksimal sarflanishini kamaytirish, qo‘shimcha suv omborlari yordamida
toshqin suvlar oqimini tartibga solib turishi kerak.

Bulardan tashqari gidrotexnika inshoot ahvolini doim kuzatib turish (uskuna-

jihozlar va yuksak malakali mutaxassislar yordamida), FVDT tarkibiga kiruvchi
funksional kichik tizimlari va organlarini sohaga aloqali faoliyatini tizimli nazorat qilib
turish, gidrotexnik inshoot zonasini begona kishilar kirishidan ishonchli qo‘riqlash
ishlarini olib borish talab etiladi. Falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo‘lishi
ehtimolini oldindan aytish tahminlarini tuzish uchun gidrometeorologik sharoitni
muntazam kuzatib borish eng muhim masala hisoblanadi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-son

Qarori

“O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar,
magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv
ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv
manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari” belgilab qo‘yilgan.

Suvni muhofaza qilish zonalarini va suv inshootlarining sanitariya muhofazasi

zonalari (okruglari)ni belgilash tartibini, shuningdek, suv resurslari ifloslanishi,
bulg‘anishi va tugashining oldini olish uchun bu zonalarda xo‘jalik faoliyati tartibini
boshqarib boradi.

Suv omborlari va boshqa suv havzalari atrofiga, shuningdek, daryolar, magistral

kanallar va kollektorlar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari va kirg‘oqbo‘yi
mintaqalar belgilanadi; xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalari atrofida sanitariya
muhofazasi zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi; mineral suvlar va
boshqa davolash vositalari manbalari atrofida sanitariya muhofazasi okruglari
belgilandi.

Suvni muhofaza qilish zonalarining belgilanishi suv omborlari va xo‘jalik-

ichimlik suv ta’minoti, davolash va aholining madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan boshqa suv manbalarining zonalari va sanitariya muhofazasi
okruglarini belgilash zaruriyatini istisno etmaydi.

Suvni muhofaza qilish zonalari va sanitariya muhofazasi zonalari (okruglari)

tabiatni muhofaza qilish organlari va tegishli suv inshootlaridan foydalanuvchi
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning takliflari bo‘yicha belgilandi. Hozirda “Suvni muhofaza qilish
zonalari” deb ataladi.

Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha ishlar gidrologik,

gidrogeologik, muhandislik-geologiya, sanitariya-epidemiologiya, agroxo‘jalik,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

327

tuproq, geobotanik va topografik qidiruvlar va tadqiqotlar ma’lumotlaridan
foydalanilgan holda loyiha tashkilotlari mutaxassislari tomonidan bajariladi.

Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini

belgilash:

Suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi suv omborlari va boshqa suv

havzalarining vazifasidan, ularga tutash yerlarning tavsifi va ulardan xo‘jalik jihatdan
foydalanishdan, joyning relefidan kelib chiqqan holda belgilanishi va quyidagicha
bo‘lishi kerak:

katta suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 1,1 dan 10 kub

kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 300 — 500 metr;

o‘rtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,6 dan 1 kub

kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 200 — 300 metr;

kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,2 dan 0,5 kub

kilometrgacha bo‘lgan) atrofida — 100 — 200 metr;

juda kichik suv omborlari va suv havzalari (sig‘imi 0,1 kub kilometrdan kam

bo‘lgan) atrofida — 100 metrgacha.

Daryolarning suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash:

Daryolar, soylar va

irmoqlarning suvni muhofaza qilish zonalari kengligi geomorfologik, gidrogeologik
sharoitlar hisobga olingan holda, tutash yerlardan foydalanish xarakteri hamda o‘rtacha
ko‘p yillik sarfga ko‘ra quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:

katta daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) — 300—500 metr;
o‘rtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) —

100 — 300 metr;

kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) — 50 —

100 metr;

juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha bo‘lgan soylar) —

50 metragacha.

Suvni muhofaza qilish zonasining kengligi daryoning butun uzunligi bo‘ylab

uning har bir bo‘lagida suv sarfiga bog‘liq ravishda har xil belgilanadi.

Daryo va soylarning qirg‘oqlari bo‘yicha suvni muhofaza qilish zonasi doirasida

qirg‘oq mintaqasi ajratib ko‘rsatiladi. Bu mintaqada xo‘jalik faoliyati yuritish qat’iy
cheklab qo‘yiladi hamda u yoki bu sanoat-fuqaro qurilishi, uy-joy, ijtimoiy-maishiy va
madaniy inshootlar qurish taqiqlanadi. Daryo va soylar qirg‘oqbo‘yi mintaqasining
kengligi suvning o‘rtacha ko‘p yillik kesimiga ko‘ra aniqlanadi hamda daryolarda
ularga tutashib ketgan ekin maydonlariga va qirg‘oq qiyaliklari tikligiga bog‘liq
ravishda quyidagi hajmlarda belgilanadi:

shudgor va ko‘p yillik daraxtzor joylarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha bo‘lsa

— 35 — 55 metr va 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 55 — 100 metr;

pichanzor va yaylovlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 25 — 35 metr

va 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 35 — 50 metr;


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

328

o‘rmon va daraxtzor-changalzor maydonlarda qiyaliklar tikligi 3 gradusgacha

bo‘lganda — 35 — 55 metr va 3 gradusdan ortiq bo‘lganda — 55 — 100 metr.

Magistral kanallar va kollektorlarning suvni muhofaza qilish zonalari va

qirg‘oq bo‘yi mintaqalarini belgilash:

Suvning holatiga ta’sir ko‘rsatishning oldini

olish maqsadida sekundiga 50 kub metrdan ortiq suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan
magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 kub metrdan ortiq bo‘lgan
magistral kollektorlar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi.

Magistral kanallar va kollektorlar suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi

geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar, tutashib ketgan yerlardan foydalanish
xarakteri hisobga olingan holda belgilanadi hamda ajratib olish mintaqasi chegarasidan
quyidagi hajmlarda qabul qilinadi:

sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan

magistral kanallar, loyiha hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 dan 20 kub metrgacha
bo‘lgan kollektorlar uchun — 100 metr;

sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan

magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 20 dan 50 kub metrgacha
bo‘lgan kollektorlar uchun — 200 metr;

sekundiga 150 kub metrdan ortiq suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan magistral

kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 50 kub metrdan ortiq bo‘lgan
kollektorlar uchun — 300 metr.

Halokatli suv bosish

Haloqatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko‘rsatkichlari suv omborining

o‘lchamlariga, to‘g‘onning balandligiga, urib ketgan to‘lqinning tezligi va
balandligiga, yer yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.

Suv bosish zonasi – hududning gidrotexnika inshootlariga tutash va suv ostida

qolishi mumkin bo‘lgan qismi.

- urib ketgan to‘lqin zarbidan saqlanish uchun shoshilinch choralar ko‘riladi

(balandlik joyga, pishiq inshoot ustiga chiqiladi, bordiyu to‘lqin yetib kelib qolsa-
uning ichiga sho‘ng‘iladi);

- oldindan tayyorlab quyilagan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmassa

idishlar osilgan najot kamarini) taqib olinadi;

- agar odam imorat ichida (cherdakda va boshqa joyda) qolgan bo‘lsa, qaerdaligini

belgilab, qutqaruvchilar mo‘ljal olishi uchun signal (kunduzi umuman bayroq-yaxshisi
oq bayroq, kechasi esa fonus) osib quyiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgust kunidagi

“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat
qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 242-sonli Qarorida aholi
va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oldini olish, ular yuzaga
kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish maqsadida:


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

329

- suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish

xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi ehtimollarini
prognozlashtirish.

- suv xo‘jaligi ob’ektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik

foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish
maqsadida chiqarib yuborish.

- suv omborlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik

tizimlarini yaratish.

- FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv

bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish
hamda toshqinlar suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid
kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etish, ishlab chiqish va
amalga oshirish.

- suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining holatini

nazorat qilish.

- suv omborlarining gidrologik rejimi, toshqinlar va halokatli suv bosishlari

monitoringini olib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor

funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi
sanitariya-veterinariya va agrokimyoviy vaziyat, kutilayotgan toshqinlar hamda
to‘g‘onlar va suv omborlarining gidrotexnika inshootlari va boshqa suv manbalarining
urib ketishi bilan bog‘liq halokatli suv bosishlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash
FVDT ning asosiy vazifalari qilib belgilangan.

Ogohlantirish chora-tadbirlari.

Agar

siz

gidrouzelga tutashgan hududda

yashasangiz, hududni halokatli suv bosish maydoni ta’sir doirasida tushishi-
tushmasligini aniqlang. Yashayotgan joyingiz yaqinida tepaliklar joylashganligini,
ularga olib boruvchi qisqa yo‘llarni bilib oling.

Masalan, gidrotexnika inshoooti ob’ektida suv toshqini bo‘lganda mana bunday

axborot beriladi: “Diqqat barchaga!!! Favqulodda vaziyatlar vazirligi (shahar bo‘lim
yoki boshqarmasi)dan gapiramiz Fuqarolar! Suv toshqini sodir bo‘ldi. Zudlik bilan
belgilangan evakuatsiya yig‘uv maskaniga yig‘ilishingiz so‘raladi”.

1-rasm

. Aholiga xabar berish vositalari.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

330

Radioeshittirish va televideniye (jo‘r ovoz bo‘ladigan radiouzatgichlarni ham

qo‘shib) aholiga xabar berish va ommaviy axborotni yetkazishning asosiy vositalari
hisoblanadi.

Yorish to‘lqini ta’siri va joyning halokatli suv bosishda harakat qoidalarini,

umumiy va qisman evakuatsiya tartibi qoidalarini o‘rganib, oila a’zolaringizni ham
tanishtiring. Evakuatsiya qilinganlarni to‘plash joyini aniqlab oling. Evakuatsiya
vaqtida olib ketiladigan hujjatlar va mulkingiz ro‘yxatini tuzing.

Qayiq, sol, boshqa suzuvchi vositalar va ularni yasash uchun qo‘l ostida mavjud

materiallar turgan joylarni eslab qoling.

Gidrodinamik avariya xavfi bo‘lganda harakat qilish

Aholi va hududlarni muhofaza qilish choralariga quyidagilar kiradi:
- oldindan aytilgan to‘g‘ri taxminlarning doimo mavjud bo‘lishi;
- yaxshi yo‘lgan quyilgan axborot xizmatining mavjudligi;
- doimo va samarali ishlab turadigan xabar berishning cheklangan tizimi bo‘lishi;
-gidrotexnik inshoot xodimlarining uyushqoqligi, bilimdonligi, intizomliligi;
- ehtimoli bor halokatli suv bosish hududida istiqomat qiluvchi aholining

favqulodda vaziyatdagi hatti-harakatlarga tayyorgarlik ko‘rganligi;

- fuqaro muhofazasi rahbarlar tarkibining gidrotexnik inshootda falokatlar va

halokatlar oldini olish hamda bunday hodisalar ehtimolini paydo bo‘lgandagi va sodir
bo‘lgandagi faoliyat masalalari yuzasidan tayyorgarlik ko‘rganligi (zamonaviy
vositalar va usullar yordamida sharoitni bilib va tez oldindan taxminlay olish hamda
unga baho bera bilish, asosli qarorlarga kela olish va ularni turmushga tezkorlik bilan
tadbiq eta bilish);

- muhofaza tadbirlarini bevosita o‘tkazish;
- gidrotexnik inshootda falokat xavfi tug‘ilgani haqida aholiga xabar berish;
- suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan hududlardan aholini va moddiy boyliklarni

barvaqt evakuatsiya qilish;

- suv bosish ehtimoli bor zonadagi korxona, tashkilot, muassasalar ishini qisman

cheklash yoki to‘xtatish hamda moddiy boyliklarni muhofaza qilish;

- darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziq-ovqat va

ichimlik suv zahiralarni o‘zi bilan olish;

- boshqa narsalarni yo‘qolmaydigan qilib saranjomlab quyish;
- barcha energiya iste’mol qiladigan narsalarni o‘chirib quyish;
- chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib quyish.

Gidrodinamik avariyalar vaqtidagi toshqinda harakat qilish

To‘satdan suv bosishi xavfi paydo bo‘lganda yorish to‘lqini zarbidan saqlanish

uchun zudlik bilan yaqin oradagi balandlikdan joy oling, kattaroq daraxtga yoki
mustahkam binoning tepa qavatiga chiqib oling. Suvda bo‘lgan vaqtingizda esa yorish
to‘lqini yaqinlashayotgan bo‘lsa to‘lqin asosining chuqur joyiga sho‘ng‘ing.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

331

Suvda bo‘lgan vaqtingizda suzib yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida quruq

joyga, yaxshisi suv bosmagan hududga yetib olishi mumkin bo‘lgan yo‘lga yoki damba
ustiga chiqib oling.

Uyingizni suv bosgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib, uyda odamlar borligini

bildirish uchun kunduzi bo‘lsa, oynadan tashqariga yorqin rangdagi matodan bayroq
ilib, kechqurun bo‘lsa fonar yordamida signal bering. Ma’lumot olish uchun
radiopriyomnikni avtonom tarmoq yordamida ishlatib qo‘ying.

Qimmatbaho buyumlaringizni yuqori qavatlarga va chordoqqa joylashtirib

quying. Oziq-ovqat va ichimlik hisobini, ularning kelayotgan suv ta’siridan
muhofazasini tashkil eting hamda ularni tejab ishlating.

Aholini evakuatsiya (ko‘chirish) qilish gidrotexnika inshootlari buzilishi xavfi

tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yohud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda
(toshganda), shuningdek, ob’ektlarni kundalik faoliyatining turmush kechirish
sharoitini ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi.

Aholini evakuatsiya (ko‘chirish) qilish cheklangan yoki mahalliy tasnifda bo‘lishi

mumkin. Oldindan o‘tkaziladigan evakuatsiya (ko‘chirish) qilish evakuatsiya
qilinadigan aholini yig‘ilish punkti yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish – hududiy
prinsipda). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini (ko‘chirish) qilish
hududiy prinsipga binoan 1 yoki 2 bosqichda evakuatsiya (ko‘chirish) orqali punkti
o‘tkaziladi.

Evakuatsiyaga tayyorlanayotib, hujjatlar, birinchi navbatda zarur narsalarni,

kiyim-kechak, suv o‘tkazmaydigan poyabzal, qo‘l ostida mavjud qutqaruv vositalari
(havo bilan shishiriladigan to‘shaklar, yostiqlar)ni oling.

O‘zingizcha mustaqil evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazmang. Bunday harakat faqat

suv bosmagan hududni ko‘rganda, sharoitning og‘irlashishi xavfi tug‘ilganida, tibbiy
yordam olishning iloji bo‘lmagan hollardagina amalga oshirilishi mumkin.

Gidrodinamik avariyadan so‘ng harakatlar

Binoga kirishdan oldin to‘siq va devorlarning shikastlanmaganligiga ishonch

hosil qiling. Xonalarni yig‘ilib qolgan gazdan xalos qilish uchun shamollating.
Xonalarni to‘liq shamollatmaguncha ochiq olov manbalaridan foydalanmang, gaz
ta’minoti tizimi sozligini tekshirib ko‘rishdan o‘zingizni tiying. Elektr simlari, gaz
ta’minoti tizimi, ichimlik suv va maishiy chiqindi tarmoqlarining sozligini tekshiring.
Ularnnig sozligi va ishga yaroqliligi to‘g‘risida mutaxassislar xulosa berganlaridan
so‘ngina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi. Barcha eshik va derazalarni ochib,
xonalarni quriting. Suvda qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang.





background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

332

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1 .O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi

“O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar,
magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv
ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv
manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida” 174-son

Qarori

2. O‘zbekiston Respublikasi “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi

Qonuni 1999-yil 20-avgust. Toshkent shahri.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-mart kunidagi

“O‘zbekiston katta to‘g‘onlar milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
88-sonli Qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgust

kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bunday
vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»

gi 515-

sonli Qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi

instituti “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning
huquqiy asoslari (me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami) I tom. “Adolat-2007”
To‘ychiev T.B., Tursunov Q.T.

6. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2004

yil. A.Azizxo‘jaev, M.Aminov, T.Daminov...

7. Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi.

Toshkent-2008 y FMI. A.T.Ortiqov, S.Z.Xalilov.

8. Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). «Безопасность

жизнедеятельности» современная актуальность изучения науки. Ta’lim fidoyilari,
4(1), 153-160.

9. Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). Рассмотрение мер по

обеспечению личной безопасности и здоровья в сфере безопасности
жизнедеятельности. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 149-152.



Bibliografik manbalar

.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy-sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida” 174-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 1999-yil 20-avgust. Toshkent shahri.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-mart kunidagi “O‘zbekiston katta to‘g‘onlar milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 88-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgust kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi 515-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari (me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami) I tom. “Adolat-2007” To‘ychiev T.B., Tursunov Q.T.

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2004 yil. A.Azizxo‘jaev, M.Aminov, T.Daminov...

Tinglovchilar uchun fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent-2008 y FMI. A.T.Ortiqov, S.Z.Xalilov.

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). «Безопасность жизнедеятельности» современная актуальность изучения науки. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 153-160.

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). Рассмотрение мер по обеспечению личной безопасности и здоровья в сфере безопасности жизнедеятельности. Ta’lim fidoyilari, 4(1), 149-152.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари