“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
269
TALABALARNING O‘QUV JARAYONIGA MOSLASHISHIDA
KOGNITIV FUNKSIYALARNING ROLI
Shokirova S.Z., Dustov K.T.
Qarshi davlat universiteti
Annotatsiya
Мақолада келтирилган маълумотлар Қарши давлат университети Биология
йўналишида таълим олаётган талабаларда когнитив функцияларнинг ўзгариб
бориш динамикасини ўрганишга қаратилган. Маълумки, талабаларда ўқув йили
мобайнида кўплаб ўзгаришлар юз бериб, шулар орасида когнитив
функциялардаги ўзгаришлар ўзига хос муҳим аҳамият касб этади. Бу ўзгаришлар
талабаларнинг ўқув жараёнига мослашиш хусусиятларини белгилаб беради.
Олинган натижаларга кўра, ўрганилган аксарият когнитив кўрсаткичлар,
жумладан, хотира, диққат ва кўрув-мотор реакция тезлиги ўқув йили мобайнида
яхшиланиб борган, сессиядан сўнг эса пасайган. Айрим ҳолатлардагина
юқоридагидан фарқ қиладиган натижалар олинган. Шунга кўра, талабаларнинг
ўқув жараёнига мослашиши когнитив функциялардаги ўзгаришлар билан
кечадиган маълум механизмларга эга экани ҳақида хулоса қилинган.
Tayanch so‘zlar:
когнитив функциялар, ўқув жараёни, кўрув хотираси,
диққат, кўрув-мотор реакция, ўқув йили, мослашиш.
РОЛЬ КОГНИТИВНЫХ ФУНКЦИЙ В АДАПТАЦИИ
СТУДЕНТОВ К ПРОЦЕССУ ОБУЧЕНИЯ
Представленная в статье информация направлена на изучение динамики
изменений когнитивных функций у студентов, обучающихся по биологическому
направлению Каршинского государственного университета. Известно, что в
течение учебного года у студентов происходит множество изменений, среди
которых особое значение имеют изменения когнитивных функций. Эти
изменения определяют особенности адаптации студентов к образовательному
процессу.
Согласно результатам, большинство изученных когнитивных параметров,
включая память, внимание и скорость зрительно-моторной реакции, улучшились
в течение учебного года и снизились после окончания сессии. Лишь в некоторых
случаях были получены результаты, отличающиеся от приведенных выше.
Соответственно, был сделан вывод о том, что адаптация студентов к процессу
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
270
обучения имеет определенные механизмы, которые сопровождаются
изменениями когнитивных функций.
Ключевые слова:
когнитивные функции, процесс обучения, зрительная
память, внимание, зрительно-моторная реакция, учебный год, адаптация.
THE ROLE OF COGNITIVE FUNCTIONS IN STUDENTS'
ADAPTATION TO THE LEARNING PROCESS
The information presented in the article is aimed at studying the dynamics of
changes in cognitive functions in students studying in the biological direction of Karshi
State University. It is known that during the academic year, students experience many
changes, among which changes in cognitive functions are of particular importance.
These changes determine the characteristics of students’ adaptation to the educational
process.
According to the results, most of the studied cognitive parameters, including
memory, attention and visual-motor reaction speed, improved during the school year
and decreased after the end of the session. Only in a few cases were results obtained
that differed from those given above. Accordingly, it was concluded that students'
adaptation to the learning process has certain mechanisms that are accompanied by
changes in cognitive functions.
Key words:
cognitive functions, learning process, visual memory, attention,
visual-motor reaction, academic year, adaptation.
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, talabalik intellektual, psixologik va jismoniy jihatdan jadal
rivojlanishni taqozo etadigan muhim davrdir. Bu davrda o‘quv faoliyati o‘ziga xos
muhim ahamiyat kasb etadi va u kognitiv funksiyalar, ya’ni diqqat, xotira, tafakkur,
tezkor qaror qabul qilish, idrok, nerv tizimining turli faoliyatlariga chuqur tasir
ko‘rsatadi [2, 4].
O‘quv faoliyati talabalardagi kognitiv funksiyalarning darajasini belgilovchi
muhim va eng asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Hozirga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘quv faoliyati keng qamrovli jarayon bo‘lib, unga
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar juda ko‘p. Xususan, sog‘lom turmush tarzi, kun tartibi, uyqu
davomiyligi, kunlik hayotiy yumushlar, oilaviy hamda ijtimoiy-sotsial muammolar,
nerv tizimining harakatchanligi, oliy nerv faoliyati tiplari va boshqa ko‘plab omillar
o‘quv jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi [5].
Dunyo miqyosida, xususan, respublikamizda ham talabalar aholining muhim
qatlamidan biri hisoblanib, ularning hayot-faoliyati bilan bog‘liq muammolarni
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
271
o‘rganish kun tartibidagi doimiy masalalardan biri bo‘lib kelgan. Oxirgi yillarda
mamlakatimizda talabalarning kunlik hayotiga, ularning o‘quv faoliyatiga turli ijtimoiy
tarmoqlar, uyali telefon, internet manbalari va boshqa taraqqiyot vositalar sezilarli
ta’sir etmoqda. Bularning barchasi talabalarda kognitiv funksiyalarga o‘z ta’sirini
o‘tkazmasdan qolmaydi. Qolaversa, talabalarga beriladigan o‘quv yuklama hajmining
ortishi, internet orqali katta hajmda ilmiy materiallarni olish imkoniyatining paydo
bo‘lishi yuqoridagi muammolarni yanada murakkablashtirmoqda [7, 9].
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, talabalarda o‘quv faoliyati davomida konitiv
funksiyalardan xotira, diqqat, ko‘ruv-motor reaksiya tezligi va boshqa
ko‘rsatkichlarning o‘zgarib borish dinamikasini o‘rgandik.
Material va metodika.
Kuzatuv va
tadqiqotlarda Qarshi davlat universiteti
biologiya yo‘nalishining 1-2-kurslarida ta’lim olayotgan 56 nafar talabalar (shundan
42 nafar qizlar va 14 nafar o‘g‘il bolalar) qatnashishdi.
Kognitiv ko‘rsatkichlar 2024-2025 o‘quv yili davomida o’rganildi. Tadqiqotlar 3
bosqichda olib borildi: o‘quv yilining boshlanishida (1-bosqich), sessiyadan oldin (2-
bosqich) hamda sessiyadan keyin (3-bosqich). Tadqiqotlar uchun quyidagi kognitiv
ko‘rsatkichlar tanlab olindi: qisqa muddatli xotira hajmi, diqqatning ko’chuvchanligi,
ko‘ruv-motor reaksiya (KMR).
Qisqa muddatli xotirani o‘rganish uchun obrazli ko‘ruv xotirasi (OKX) hamda
raqamli ko‘ruv xotirasi (RKX) hajmlari aniqlandi. Bunda tekshiriluvchilar berilgan 16
ta obraz hamda 12 ta raqamlarni 20 sekund davomida eslab qolishadi va 1 daqiqadan
so‘ng uni esga tushirib, ma’lum belgilar ichidan tanlashadi. Xotira hajmi eslab
qolingan axborotning berilgan miqdorga nisbati bilan ifodalandi. Natija foizlarda
beriladi [3].
Diqqatni o‘rganish uchun Shulte-Gorbov jadvalidan foydalanildi. Bunda qora
rangli raqamlar 1 dan 24 gacha bo‘lgan tartibda belgilab boriladi. Raqamlar qancha tez
va aniq topilsa, diqqatning barqarorligi va ko‘chuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu
ko‘rsatkich sekundlarda ifodalanadi [1].
KMRni o‘rganish uchun qizil va yashil rangga nisbatan tezkor reaksiya aniqlandi.
Buning uchun tekshiriluvchilar 1 minut davomida tasodifiy ravishda ketma-ket yonib
turadigan qizil va yashil ranglarga nisbatan darhol maxsus tugmachani bosish orqali
javob qaytarishadi. Ko‘ruv reaksiya tezligi millisekundlarda ifodalanadi [8].
Har uchchala kognitiv ko‘rsatkich psixofiziologik tadqiqotlar uchun
mo‘ljallangan Psixotest apparati yordamida aniqlandi (НС-Психотест, ООО
“Нейрософт”). Tadqiqotlar ertalab soat 8.30 dan 12.30 gacha amalga oshirildi.
Olingan natijalar Microsoft Excel dasturida qayta ishlandi va uchchala bosqich
natijalarining o‘zgarish dinamikasi tahlil qilindi.
Talabalar orasida tekshirish o‘tkazish uchun Kimyo-biologiya fakulteti
rahbariyatidan ruxsat olindi. Tekshiruvlardan oldin talabalarga tadqiqotning mazmun-
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
272
mohiyati va maqsadi tushuntirilib, ulardan tegishli tarzda rozilik olindi. Asosiy
tadqiqotni boshlashdan oldin talabalar Psixotestda har uchchala testni bir necha marta
bajarib, dastlabki sinovdan o‘tib, tegishli ko‘nikma hosil qilishdi.
Olingan natijalar va ularning tahlili.
Tadqiqotlardan olingan natijalar bir qator
o‘ziga xos holatlarni namoyon etdi. Quyidagi jadvallarda olingan natijalar keltirilgan.
1-jadval.
1-kurs talabalarida o‘quv yili davomida o‘tkazilgan tekshirish natijalari
№
Ko‘rsat-kichlar
o‘quv yili
boshlanishi
sessiyadan oldin
sessiyadan keyin
Oktabr
Yanvar
Fevral
O‘g‘il bolalar
1.
OKX, %
56,2
63,5
63,2
2.
RKX, %
55
64,7
66
3.
Diqqat, s
68,5
58
62
4.
KMR, ms
302
286
308,5
Qizlar
1.
OKX, %
59,6
89
83
2.
RKX, %
62,3
60,4
66,8
3.
Diqqat, s
65
48,3
43
4.
KMR, ms
310
299
341
2-jadval.
2-kurs talabalarida o‘quv yili davomida o‘tkazilgan tekshirish natijalari
№
Ko‘rsat-
kichlar
o‘quv yili
boshlanishi
sessiyadan
oldin
sessiyadan
keyin
Oktabr
Yanvar
Fevral
O‘g‘il bolalar
1.
OKX, %
65,6
87,4
80,7
2.
RKX, %
64,8
58,3
56,2
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
273
3.
Diqqat, s
61,4
53,3
58,3
4.
KMR, ms
299
292
312,3
Qizlar
1.
OKX, %
68,8
90,7
72,5
2.
RKX, %
59,4
60,2
72,2
3.
Diqqat, s
59,2
44
50,3
4.
KMR, ms
314
319,7
329
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, tekshiriluvchilarda o‘quv yili davomida kognitiv
funksiyalar o‘ziga xos tarzda o‘zgargan. 1-kursdagi o‘g‘il bolalarda ko‘ruv
xotirasining har ikkala turi o‘quv yili mobaynida yaxshilanib borgan. Qizlarda ham
deyarli shunga o‘xshash holat, faqat raqamli ko‘ruv xotira hajmi sessiyadan oldin biroz
pasayib, keyin yana oshgan. Ushbu kursdagi tekshiriluvchilarda diqqat jinsga nisbatan
farq qiladi. Jumladan, o‘g‘il bolalarda diqqat o‘quv yili mobaynida yaxshilanib borgan,
sessiyadan keyin esa yomonlashgan. Qizlarda esa sessiyadan keyin ham yaxshi holatda
saqlanib qolgan. Ko‘ruv-motor reaksiya tezligi har ikkala jins vakillarida bir xil
qonuniyat asosida o‘zgargan, ya’ni o‘quv yili davrida yaxshilanib borgan, sessiyadan
keyin esa pasaygan: o‘g‘il bolalarda o‘quv yili boshlanishi, sessiyadan oldin va
sessiyadan keyingi davrlarda mos ravishda 302, 286 va 308,5 ms hamda qizlarda o‘quv
yili boshlanishi, sessiyadan oldin va sessiyadan keyingi davrlarda mos ravishda 310,
299 va 341 ms.
1-kurs talabalarida xotira hamda diqqat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qizlardagi
natijalar o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqoriroq, KMR esa o‘g‘il bolalarda yaxshiroq ekani
ma’lum bo‘ldi.
2-kurs talabalarida ham 1-kurslardagiga o‘xshash natijalar olingan, biroq bunda
ayrim farqli jihatlar ham mavjud. Jumladan, 2-kurs o‘g‘il bolalarda o‘quv yili
davomida OKX yaxshilangan (1, 2 va 3-davrlarda mos ravishda 65,6, 87,4 va 80,7
ms), RKX esa, aksincha, yomonlashgan: (1, 2 va 3-davrlarda mos ravishda 64,8, 58,3
va 56,2 ms). Qizlarda esa OKX yaxshilanib borib, sessiyadan keyin pasaygan, RKX
esa o‘quv yili davrida yaxshilanib borgan.
Diqqatning ko‘chiruvchanligi 2-kurs o‘g‘il bolalarda ham, qizlarda ham
boshlang‘ich kurslardagi kabi o‘quv yili davomida yaxshilanib, sessiyadan keyin
pasaygan. KMR esa o‘g‘il bolalarda yaxshilanib borib, sessiyadan keyin pasaygan,
qizlarda esa barcha bosqichlarda uzluksiz yaxshilangan.
2-kurslarda ham har ikkala jins vakillari o‘rtasidagi farqlar 1-kurs
tekshiriluvchilar bilan bir xil.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
274
Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, har ikkala kurs tekshiriluvchilarda
kognitiv ko‘rsatkichlar dinamikasida umumiy qonuniyatlar mavjud. Xususan,
aksariyat holatlarda xotira, diqqat va KMR ko‘rsatkichlari, ko‘pchilik
tekshiriluvchilarda o‘quv yili mobaynida yaxshilanib borgan va sessiya, ya’ni
imtihonlar topshirilganidan keyin pasayib ketgan. Ayrim holatlardagina bundan istisno
holatlar mavjud. Buni o‘quv jarayonidagi topshiriqlar, ularning bajarilish sur’ati hamda
sessiya davrining o‘ziga xos ta’siri bilan izohlash mumkin. Ya’ni aksariyat talabalar
o‘quv yili mobaynida ko‘plab topshiriqlarni bajarishadi, sessiya davriga kelib ularda
ma’lum darajada ruhiy zo‘riqish kuzatiladi. Bu esa, o‘z navbatida, kognitiv
funksiyalarning sezilarli darajada pasayishiga yoki izdan chiqishiga olib keladi.
Muhimi, biz olgan natijalar shu kabi boshqa tadqiqot natijalariga mos keladi [5-7].
Shunga ko‘ra, talabalarda kognitiv funksiyalar o‘quv yili mobaynida ma’lum
qonuniyat asosida o‘zgaradi va bu holat o‘quv jarayoniga moslashishning zaruriy
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi, deyishga asos bor.
Xulosa.
Biz o‘tkazgan tadqiqotlar talabalarning o‘quv jarayoniga moslashish
mexanizmlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Talabalarda o‘quv yili
mobaynida kognitiv funksiyalarning o‘zgarib borishi ko‘plab omillarga chambarchas
bog‘liq. Shunga muvofiq, bu boradagi tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish va
olingan natijalarni umumlashtirgan holda tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar
1.
Методика Горбова «Красно-чёрная таблица» / Альманах психологи-ческих тестов. М.,
– С. 117-118.
2.
Иванов В.И. Роль индивидуально-типологических особенностей студентов в адаптации к
учебной деятельности. Дисс. канд. биол.наук. Кемерово – 2002.
3.
Шапарь В.Б., Тимченко А.В., Швыдченко В.Н. Практическая психология.
Инструментарий. — Ростов н/Д: издательство «Феникс», 2002. — 688 с.
4.
Рыжкова Ю.П. Дезадаптпвные состояния у студентов университета и их комплексная
коррекция. Автореферат дисс. на соискание ученой степени канд. биол. наук. Белгород –
2008.
5.
Севрюкова Г.А., Коновалова Г.М. Функциональное состояние и регуляторно-адаптивные
возможности организма человека. Монография. Волгоград – 2015.
6.
Шеметова Е.Г. Динамика роботоспособности студентов вуза в процессы обучения.
Тамбов. Грамота, 2017. №2(68).
7.
Ефимова Н.В. Психофизиологичиские особенности умственной роботоспособности
студентов первого курса динамике учебного года. Автореферат дисс. на соискание ученой
степени канд.биол.наук. Челябинск – 2019.
8.
Игнатова Ю.П. и др. Зрительно-моторные реакции как индикатор функционального
состояния центральной системы. Ульяновский медико-биологический журнал. №3, 2019.
9.
Otashev D.R. Talabalarning o'quv jarayonlariga psixofiziologik moslashuvi. Ilm-fan va
innovatsiya. Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi to’plami (2023). 41-43 betlar. in-
academy.uz/index.php/si