Mualliflar

  • Xudoyberdiyeva Madina Shuhratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97777

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Jadid Cho’lpon Fitrat poetic ijtimoiy-falsafiy obraz she’riyat janr ma’rifat ifoda obrazlilik ramz o‘ziga xoslik She’riy asar adabiy janr tuyg‘u va kechinma lirik qahramon.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur ishda XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotida yangi bosqichni boshlab bergan jadid adabiyotining yirik vakillari Cho‘lpon va Fitrat she’riyatida poetik obrazlarning ijtimoiy mazmun bilan boyishi, jamiyat muammolari bilan chambarchas bog‘lanishi tahlil etilgan. Jadidlar poetikasida an’anaviy timsollar yangi ijtimoiy-estetik ma’no kasb etgani, shoirlar obrazlar orqali xalqning ozodlikka, ma’rifatga, adolatga intilishlarini ifoda etgani ko‘rsatib berilgan. Ishda Cho‘lponning "Uyg‘on", "Ko‘r ung‘on" kabi she’rlari hamda Fitratning "Tanqidiy nazar", "Ilm yo‘li" singari asarlari tahlili asosida poetik obrazlarning zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashuvi yoritilgan. Shuningdek, poetik timsollar – Vatan, xalq, zulmat, nur, ko‘z, yurak kabi obrazlar orqali ijtimoiy fikrning shakllanishi va kengayish jarayoni o‘rganilgan. Ish adabiy tahlil va ijtimoiy kontekst asosida olib borilib, o‘zbek she’riyatining ijtimoiy-falsafiy yuksalishida Cho‘lpon va Fitrat ijodining o‘rni yoritiladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

228

JADID SHE'RIYATIDA POETIK OBRAZLARNING IJTIMOIYLASHUVI

CHO'LPON ,FITRAT SHE'RIYATI MISOLIDA

Xudoyberdiyeva Madina Shuhratovna

Termiz davlat pedagogika institute

Annotatsiya

. Mazkur ishda XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotida yangi

bosqichni boshlab bergan jadid adabiyotining yirik vakillari Cho‘lpon va Fitrat
she’riyatida poetik obrazlarning ijtimoiy mazmun bilan boyishi, jamiyat muammolari
bilan chambarchas bog‘lanishi tahlil etilgan. Jadidlar poetikasida an’anaviy timsollar
yangi ijtimoiy-estetik ma’no kasb etgani, shoirlar obrazlar orqali xalqning ozodlikka,
ma’rifatga, adolatga intilishlarini ifoda etgani ko‘rsatib berilgan. Ishda Cho‘lponning
"Uyg‘on", "Ko‘r ung‘on" kabi she’rlari hamda Fitratning "Tanqidiy nazar", "Ilm yo‘li"
singari asarlari tahlili asosida poetik obrazlarning zamonaviy tafakkur bilan
uyg‘unlashuvi yoritilgan. Shuningdek, poetik timsollar – Vatan, xalq, zulmat, nur,
ko‘z, yurak kabi obrazlar orqali ijtimoiy fikrning shakllanishi va kengayish jarayoni
o‘rganilgan. Ish adabiy tahlil va ijtimoiy kontekst asosida olib borilib, o‘zbek
she’riyatining ijtimoiy-falsafiy yuksalishida Cho‘lpon va Fitrat ijodining o‘rni
yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Jadid, Cho’lpon, Fitrat, poetic, ijtimoiy-falsafiy, obraz, she’riyat,

janr, ma’rifat, ifoda, obrazlilik, ramz, o‘ziga xoslik, She’riy asar, adabiy janr, tuyg‘u
va kechinma, lirik qahramon.

Annotation

. This paper explores the socialization of poetic imagery in early 20th-

century Uzbek Jadid literature, focusing on the poetry of Cho‘lpon and Fitrat. It
analyzes how traditional poetic symbols were imbued with new socio-aesthetic
meanings and how both poets used imagery to express the people’s aspirations for
freedom, enlightenment, and justice. Through close readings of Cho‘lpon’s poems such
as

"Uyg‘on"

(“Awaken”) and

"Ko‘r ung‘on"

(“The Blind Awakened”), as well as

Fitrat’s works like

"Tanqidiy nazar"

(“A Critical View”) and

"Ilm yo‘li"

(“The Path of

Knowledge”), the paper highlights the transformation of poetic forms in connection
with contemporary social consciousness. Key symbols such as homeland, people,
darkness, light, eyes, and heart are examined as carriers of social meaning. This
research demonstrates how Jadid poetry became a vehicle for socio-political reflection,
emphasizing the significant role of Cho‘lpon and Fitrat in elevating the philosophical
and civic depth of Uzbek poetry.

Keywords:

Jadid, Cholpon, Fitrat, poetic, socio-philosophical, image, poetry,

genre, enlightenment, expression, imagery, symbol, originality, poetic work, literary
genre, feeling and experience, lyrical hero.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

229

Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy yuksalish yo‘lidagi imkoniyatlarini

kengaytirish, XX asr boshlarida yashab o‘tgan ma’rifatparvar ijodkorlar adabiy
merosini holisona o‘rganishga e’tibor kuchaytirildi. Prezidentimiz Sh. M.
Mirziyoevning: “Ulug‘ ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan
noyob asarlar, xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot,
farmatsevtika, me’morlik, tarix, adabiyot, san’at, ilohiyot, falsafa va boshqa sohalarga
oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki, jahon ahlining bebaho boyligi
hisoblanadi”

1

. Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza

Hakimzoda Niyoziy singari shoirlar ijodida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar o‘ziga
xos tarzda qo‘llanilgan. Ular she’rlarida bu poetik obrazlarning yangilanishi ko‘zga
tashlanadi.

Adabiyotshunos N.Afoqova aytganidek: “Jadid adabiyoti - an’ana va yangilik

kesishgan chorrahada maydonga kelgan adabiyotdir... Ammo eskilik va yangilik aynan
jadid adiblari ijodida – she’riyatda ro‘baro‘ keldi” [Afoqova N. 2006, 9]. Buni biz
poetik obrazlar misolida yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, mazkur davrda Turkiston milliy-taraqqiyparvarlik harakati –

jadidchilikning muhim markaziga aylangan edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi
taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda
qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi juda
murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Davrning ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar
ana shunday murakkab va qiyin sharoitlarda ham ezgu maqsadlaridan bir qadam ortga
chekinmay ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etishga jiddu jahd qildilar.
Chunki ular faqat ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat bilangina ozodlikka, taraqqiyotga
erishish mumkinligini yaxshi anglaganlar. Hurlikka erishmagan xalq esa taraqqiyotdan
ham begona bo‘ladi. “Kamolotning yagona omili o‘z aqliga, o‘z mulkiga, o‘z
mehnatiga egalikdir”, degan edi yirik jadidshunos olim Begali Qosimov “Mustaqillik
o‘zlikni tanimoqdir” nomli maqolasida. Akademik Naim Karimov jadidlarining bu
olijanob tashabbus va harakatlari haqida shunday degan edi: “Bu voqea, garchi o‘sha
davrda kutilgan natijani bermagan bo‘lsa-da, yetmish nafar o‘zbekistonlik talabaning
Germaniyadagi o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi o‘z davrida qanday katta aks
sado bergan bo‘lsa, hozir ham o‘zbek jamiyatini shunchalik haya-jonlantirib keladi”.

Lekin afsuski, millat ziyolilari, jadidlar va butun xalq umidi bo‘lgan bu talabalar

taqdiri sovet davlati va mustabid tuzum tufayli fojiali yakun topti. Butun millat orzusi
va ezgu maqsadlari uchun vatanlariga qaytgan, qator sohalarning rivoji yo‘lida xizmat
qilishni boshlagan sobiq talabalar qirib tashlandi. Omon qolganlari esa o‘zga
mamlakatlar taraqqiyotiga hissa qo‘shdilar

2

.

1

Yoqubova Sevinchoy, Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri,

2

D.H. Nabiyev, Fidoyi ma’rifatparvarlar faoliyati – ilmiy tadqiqotlar ko‘zgusida, To‘plam, 2023-yil “Nasaf” NMIU, 2023-

yil


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

230

Professor Begali Qosimov shoir va dramaturg Ibrohim Davronning

“Adabiyotimiz va shoirlarimiz” (TVG, 1909, 47-son.) nomli maqolasini yangi estetik
qarashlar nuqtai nazaridan tekshirar ekan, shunday xulosaga keladi: “Muallif (I.
Davron – U. J.) shoirning ijtimoiy tushunchasini, davr ehtiyojlarini his etish va qondira
olish darajasini iqtidor mezoni qilib olmoqda” [21, 92-b]. Shunga yaqin qarashni biz
Hoji Mu’inda ham uchratamiz: Professor Begali Qosimov shoir va dramaturg Ibrohim
Davronning “Adabiyotimiz va shoirlarimiz” (TVG, 1909, 47-son.) nomli maqolasini
yangi estetik qarashlar nuqtai nazaridan tekshirar ekan, shunday xulosaga keladi:
“Muallif (I. Davron – U. J.) shoirning ijtimoiy tushunchasini, davr ehtiyojlarini his
etish va qondira olish darajasini iqtidor mezoni qilib olmoqda”

3

.

Guftan az she’r naguftan a’lo,
Maqsud az she’r biboshad ma’no...
(Yа’ni she’r aytishdan maqsad, mazmun-ma’no bo‘lmas ekan, uning aytilganidan

aytilmagani yaxshi.) [21b]. Cho‘lponning “Adabiyot nadir?” deb nomlangan
maqolasida:

“Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotining taraqqiysig‘a chalishmag‘on va adiblar

yetishtirmag‘on millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum o‘lub, sekin-
sekin inqiroz bo‘lur”, degan jumlalarni o‘qiymiz.

Ko‘rinadiki, mavjud estetik qarashlardan qoniqmaslik (Ahmad Tabibiy) badiiy

asarda davr muammolarini ko‘rish istagi (I.Davron), badiiy asar qimmatini yangi
mazmunda deb bilish (H.Mu’in), adabiyot ravnaqini jamiyat, millat taraqqiyoti bilan
bir butunlikda talqin etish (Cho‘lpon) yangi estetikaning ilk bosqichi uchun xos
xususiyat bo‘lgan. Qisqa fursatda bunday qarashlar estetik bahs tusini oldi. Matbuot
bahs maydoniga aylandi

4

.

Ushbu fikrlarga shuni ilova qilish mumkinki, 10 yillarda Avloniyga zamondosh

boshqa adiblar ijodida ham bu yo‘lda ma’lum urinishlar bo‘lgan. Masalan, Cho‘lpon
o‘zining badiiy adabiyot haqidagi fikrlari tajassum topgan maqolalaridan birini
“Adabiyot nadir?” deb nomlangan. Demak, adabiyot istilohini maxsus tor ma’noda
qo‘llagan. Ashurali Zohiriy “Ona tili” nomli maqolasida (“Sadoyi Farg‘ona”. 1914, 13
aprel) “... kitob, risola, gazeta, jurnal va boshqalarga bir so‘z bilan “adabiyot (litrotur)
deyiladir”, deb yozadi. Bu bilan istilohning tor va keng ma’nolarini bir butunlikda
talqin etadi. Fitrat “She’r va shoirliq” maqolasida “...adabiyotdagi eng katta hunarimiz
bo‘lg‘on taqlidchilikdan turk she’rining boshini saqlamoq lozim”, deb yozganida,
shubhasiz, adabiyot istilohini maxsus ma’nosida qo‘llangan [16]. Demak, 20-yillarda

3

Uzoq Jo‘raqulov, Jadid estetikasining shakllanishi, To‘plam, 2023-yil “Nasaf” NMIU, 2023-yil

4

Uzoq Jo‘raqulov, Jadid estetikasining shakllanishi, To‘plam, 2023-yil “Nasaf” NMIU, 2023-yil


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

231

tom ma’noda adabiyotning tor lug‘aviy ma’nosi belgilandi deyishimiz uchun yetarli
asoslar bor

5

.

Umuman, yangi milliy estetikaning shakllanishi, an’anaviy estetika va jadid

adabiyoti poetikasiga doir nazariy tamoyillarni belgilash yo‘lidagi jiddiy harakatlar
o‘tgan asrning 10- yillaridan boshlanib 20-yillarning oxiriga qadar izchil va qizg‘in
davom etdi. Milliy ziyolilar, adabiyotshunoslar, ijodkorlarning birortasi bu dolzarb
muammoga befarq qaramadilar. Adabiyot taraqqiyotining milliy ma’naviyat rivoji,
yangi adabiyot tashakkuli uchun muhim ekaniga urg‘u berdilar

6

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Cho‘lpon.

Tanlangan asarlar.

2 jildlik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011.

2.

Fitrat A.

Saylanma.

– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1990.

3.

Shukurov N.

Jadidchilik va o‘zbek adabiyoti.

– Toshkent: Fan, 1994.

4.

Usmonov M.

O‘zbek she’riyati taraqqiyoti tarixidan.

– Toshkent: Fan, 1974.

5.

Yo‘ldoshev S.

Cho‘lpon poetikasi.

– Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2003.

6.

Sodiqov A.

Fitrat va uning adabiy merosi.

– Toshkent: Fan, 1995.

7.

Homidov A.

Jadid adabiyoti va ma’rifatchilik harakati.

– Toshkent: Ma’naviyat,

2007.

8.

Qosimov B.

O‘zbek adabiyoti tarixi.

2-qism. – Toshkent: O‘qituvchi, 2009.

9.

G‘aniyeva H.

Cho‘lpon: hayoti va ijodi.

– Toshkent: Fan, 1985.

10.

To‘xtaboyev M.

Jadidlar merosi va hozirgi davr.

– Toshkent: Ma’naviyat, 2015.

5

Uzoq Jo‘raqulov, Jadid estetikasining shakllanishi, To‘plam, 2023-yil “Nasaf” NMIU, 2023-yil

6

Uzoq Jo‘raqulov, Jadid estetikasining shakllanishi, To‘plam, 2023-yil “Nasaf” NMIU, 2023-yil

Bibliografik manbalar

Cho‘lpon. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011.

Fitrat A. Saylanma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990.

Shukurov N. Jadidchilik va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Fan, 1994.

Usmonov M. O‘zbek she’riyati taraqqiyoti tarixidan. – Toshkent: Fan, 1974.

Yo‘ldoshev S. Cho‘lpon poetikasi. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2003.

Sodiqov A. Fitrat va uning adabiy merosi. – Toshkent: Fan, 1995.

Homidov A. Jadid adabiyoti va ma’rifatchilik harakati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.

Qosimov B. O‘zbek adabiyoti tarixi. 2-qism. – Toshkent: O‘qituvchi, 2009.

G‘aniyeva H. Cho‘lpon: hayoti va ijodi. – Toshkent: Fan, 1985.

To‘xtaboyev M. Jadidlar merosi va hozirgi davr. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015.