“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
108
TIL O‘RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINING
AHAMIYATI VA UNING SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Ro‘ziqulova Sevinch Abror qizi
ToshDO‘TAU Ona tili ta‘limi fakulteti, 3-kurs
Maknuna835@gmail.com +998773720
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab darsliklarida tinglab tushunish
ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, metodlari va yondashuvlari tahlil qilinadi.
Maqolada tinglab tushunishni shakllantirish uchun takrorlash mashqlari, sinonim va
antonim so‘zlar ustida ishlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi samarali metodlar
haqida ham so‘z boradi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga murojaat qilinib, tinglab
tushunish ko‘nikmalarini mustahkamlashda faol eshitish, tanqidiy fikrlash va mustaqil
tahlil qilish ko‘nikmalarining muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shu bilan birga, o‘zbek
tilidagi tinglab tushunish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf
etish yo‘llari yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Tinglab tushunish ko‘nikmasi, metodlar, til o‘rganish jarayoni,
kommunikativ ko‘nikmalar, fonetik aniqlik, diqqatni jamlash, audio materiallar,
interaktiv metodlar, leksik boyitish, samarali ta’lim usullari, faol eshitish, tanqidiy
fikrlash, mustaqil tahlil, ilg‘or tajribalar, ta’limda innovatsiyalar, o‘zbek tilidagi
qiyinchiliklar, pedagogik yechimlar.
Annotation:
This article analyzes the importance, methods, and
approaches to developing listening comprehension skills in school textbooks. It
discusses repetition exercises, working with synonyms and antonyms, as well as
effective methods used in foreign countries to enhance listening comprehension.
Referring to the experience of developed countries, the article highlights the
significance of active listening, critical thinking, and independent analysis in
strengthening listening skills. Additionally, it addresses the main problems
encountered in the process of listening comprehension in the Uzbek language and
suggests ways to overcome them.
Keywords:
Listening comprehension skills, methods, language learning process,
communicative skills, phonetic accuracy, concentration, audio materials, interactive
methods, vocabulary enrichment, effective teaching methods, active listening, critical
thinking, independent analysis, advanced practices, innovations in education,
challenges in the Uzbek language, pedagogical solutions.
Bugungi kunda to‘rtta ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib
borilmoqda, darslik qo‘llanmalar va bir necha o‘quv materiallar yaratilmoqda. Bu
borada, ko‘plab olimlar ilmiy ishlar qilishgan. Jumladan, Gulshan Asilova Maktab
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
109
darsliklarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish juda ham muhimk omil
hisoblanadi. Tinglab tushunish til o‘rganishda eng murakkab ko‘nikmalardan biri
hisoblanadi. Bu jarayonda o‘rganuvchi nafaqat so‘zlarning ma’nosini anglab yetishi,
balki ular orasidagi bog‘lanishlarni, gaplarning umumiy mazmunini tushunishi kerak.
U tinglab tushunish haqida shunday deydi: “Tinglab tushunishni rivojlantirish uchun
autentik audio materiallardan foydalanish muhimdir, chunki ular o‘rganuvchiga
haqiqiy nutqning xususiyatlarini o‘rgatadi va nutq madaniyatini shakllantiradi.”
1
Negaki, til o‘rganish jarayonida eshitish orqali o‘rganish va amaliy jarayonlarda
qo‘llasdh juda keng ahamiyat kasb etadi. Hattoki, u o‘zining ona tili bo‘lsa ham bu
ko‘nikmasiz tilning grammatik jarayonlarini va nozik xususiyatlarini o‘rgana olmaydi.
Tinglab tushunish ko‘nikmasi adabiy til me’yorlarini chuqurroq o‘rganishda,
yurtimizning barcha hududlaridagi sheva elementlarini farqlashga yordam beradi.
Tinglab tushunish topshiriqlarini bajarish jarayonida diqqali bo‘lishni va yozma
savodxonlik kabi ko‘nikmalarni ham anchagina rivojlantiradi. Topshiriqlar o‘quvchi
uchun tezkorlikda fikrlash va mantidiy, tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni ham
sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqolada, maktab darsliklarida qanday tinglab
tushunish topshiriqlari mavjudligi va yondashuvlar borligi, ularning turlari haqida
kengroq ma’lumot berilib, tinglash ko‘nikmalarini qanday oshirish haqida ham
tavsiyalar beriladi.
Amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto o‘zbek tili ona tili bo‘lgan
o‘quvchilarning o‘zida ham tinglab tushunish jarayonida turli muammolar uchraydi.
Eng asosiy muammolardan biri — o‘quvchilarning fonetik jihatdan so‘zlarni noto‘g‘ri
talaffuz qilishi va talaffuzdagi farqlarni farqlay olmasligidir. Masalan, “oʻ” bilan “u”,
“e” bilan “i”, “h” bilan “x” tovushlari orasidagi farqlarni to‘g‘ri anglay olmaslik,
matnni noto‘g‘ri tushunishga olib keladi. Bu holat ayniqsa murakkab matnlar, badiiy
ifodalar yoki ilmiy nutqlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Tinglab
tushunish
ko‘nikmasini shakllantirishda dastlabki bosqichda to‘g‘ri talaffuz qoidalarini o‘rgatish
muhim hisoblanadi. O‘quvchilar orasida fonetik savodxonlikni shakllantirish uchun
takrorlash mashqlari, diqqat va xotira mashqlari, tovushlar va urg‘u bilan bog‘liq
amaliy topshiriqlar joriy qilinishi kerak. Ayniqsa, sinonim va antonim so‘zlar ustida
ishlash, matnlardagi hazil va mutoyibalarni ilg‘ay olish, ilmiy iboralarni anglab olish
orqali o‘quvchining mantiqiy fikrlash darajasi ortadi. Tinglab tushunish faqat fonetik
bilimlar bilan cheklanmaydi. Bu jarayonda o‘quvchining mantiqiy tafakkuri, tasavvur
qilish qobiliyati, e’tiborini jamlash darajasi, eshitilgan ma tnni muayyan kontekstda
anglay olishi va asosiy g‘oyani ajrata olishi ham muhim ahamiyatga ega. Misol uchun,
badiiy matn tinglanganda o‘quvchi unda tasvirlangan joy, odamlar, holatlarni ko‘z
oldiga keltira olishi, tasavvur orqali kontekstni to‘liq anglay olishi zarur. Bu esa o‘z
1
Asilova G. Tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda autentik materiallarning o‘rni, Toshkent, 2023, №4, B. 45–
52.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
110
navbatida o‘quvchining tili, tafakkuri va emotsional idrokini rivojlantiradi. Masalan,
Yaponiyada o‘quvchilarga qisqa ilmiy yoki badiiy matnlarni tinglatib, ularni og‘zaki
ravishda qayta hikoya qilish, voqealarni rasmga aylantirish, eshitgan voqealar asosida
dramatik sahnalar yaratish kabi topshiriqlar keng qo‘llaniladi. Bu usullar o‘quvchilarni
diqqatli bo‘lishga, eshitilgan matnni qayta ishlashga, mantiqiy tahlil qilishga o‘rgatadi.
Shuningdek, bu orqali xotira va tezkor fikrlash qobiliyati ham mustahkamlanadi.
Ayniqsa, o‘zbekona tag ma’no anglash – bu xalqimizga xos bo‘lgan nozik fahm-
farosatni, donishmandlikni va zukkolikni ifodalaydi. Bu jarayonda diqqatni jamlay
olish, asosiy g‘oyani ajrata bilish va mantiqiy xulosa chiqarish muhim o‘rin tutadi.
Tanqidiy fikrlash esa o‘z fikriga ega bo‘lish, har qanday axborotni shubha bilan emas,
balki tahlil orqali baholashdir.
Rasm yoki jadval asosida eshitilgan matnni tahlil qilish
: Bu multimodal
fikrlashni rivojlantiradi. Yondashuvlar va topshiriqlar har doim o‘quvchilarning
yoshiga, qiziqishiga va til darajasiga mos bo‘lishi zarur. Shu bilan birga ular amaliy
hayotga bog‘langan, real hayotdagi nutq namunalariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarisiz zamonaviy ta’limni tasavvur qilish qiyin.
Ayniqsa ona tilida tinglab tushunishni o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalar ulkan
imkoniyatlar yaratadi. Bu texnologiyalar orqali o‘quvchilar real nutqni tinglaydi,
interaktiv mashqlar bajaradi, audiovizual materiallar orqali bilimini chuqurlashtiradi.
Tinglab tushunish materiallari
odatda audiomatnlar, dialoglar, suhbatlar,
ma’ruzalar, intervyular, hikoya yoki ertaklar shaklida bo‘ladi. Bu materiallar
o‘quvchining yoshiga, til darajasiga va dars mavzusiga qarab tanlanadi. Ularning
samaradorligi ularning
davomiyligi, eshitish tezligi, talaffuz sifati
va
mazmuniy
to‘liqligiga
bog‘liq. Xalqaro tinglab tushunish ko‘nikmasini baholash tizimini
ko‘radigan bo‘lsak, unda shunday talablar mavjud.
Xalqaro standartlar (CEFR, IELTS, TOEFL) asosida
Xalqaro
miqyosda til o‘rgatishda keng qo‘llaniladigan standartlardan biri bu
CEFR (Common
European Framework of Reference for Languages)
hisoblanadi. Bu tizimda tinglab
tushunish materiallari foydalanuvchi darajasiga qarab ajratiladi:
1.
A1–A2
daraja uchun tinglov materiallari 1–2 daqiqa davom etadi, talaffuz
aniq va sekin bo‘lishi kerak. Tezlik 90–110 so‘z/minut atrofida bo‘ladi.
2.
B1–B2
daraja uchun esa materiallar 3–5 daqiqagacha cho‘ziladi, tezlik esa
120–150 so‘z/minut bo‘ladi.
3.
C1–C2
daraja materiallari 5–10 daqiqa davom etishi mumkin, tezlik esa
real hayotga yaqin bo‘lib, 160–180 so‘z/minutni tashkil etadi.
4.
IELTS
imtihonining Listening bo‘limida 4 ta bo‘lim bo‘lib, har bir bo‘lim
7–9 daqiqa davom etadi. Umumiy audio material 30 daqiqani tashkil etadi.
Bu materiallar turli ijtimoiy vaziyatlar, akademik muhit yoki suhbat shakllarini
qamrab oladi. Nutq tezligi o‘rtacha 140–160 so‘z/minut bo‘lib, talaffuz Britaniya ingliz
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
111
tiliga asoslanadi.
TOEFL
imtihonida esa ma’ruzalar va suhbatlar 3–5 daqiqalik
segmentlardan iborat bo‘lib, umumiy tinglash qismi 41–57 daqiqa davom etadi. Bu
testlarda amerika ingliz tili asosida talaffuz beriladi. Ushbu xalqaro tizimlarda
audio
sifati
juda muhim hisoblanadi. Materiallar studiyada yoziladi, fon shovqinlar deyarli
yo‘q, talaffuz toza va aniqligi yuqori darajada bo‘ladi. Shuningdek, ba’zan real
hayotdagi vaziyatlarni simulyatsiya qilish uchun sun’iy shovqinlar ham qo‘shiladi
(masalan, telefon qo‘ng‘irog‘i, ko‘chadagi shovqinlar, transport ovozi va boshqalar).
2
Darsliklarda kuzatilgan ijobiy jihatlar (yutuqlar): (5-sinf darsligi misolida)
Mavzuga mos audiodarslar mavjudligi
: 5-sinf darsiligida berilgan tinglab
tushunish topshiriqlari xalqaro standardlar asosida tuzilgan bo‘lib, topshiriqlar
jadvallar asosida o‘quvchi yoshi va darajasi inobatga olingan holda berilgan. Rang
barang jadvallar asosidagi bu topshiriqar o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi va
ma’nodosh so‘zlarni o ‘quvchiga anglatish, zaruriy ko‘nikmalarni anglatish va til
nozikliklarini anglatishga urg‘u beradi. Ba’zan ushbu ma’nodosh so‘zlarni farqlashda
kattalar ham qiynaladi. Ko‘rishimiz mumkinki, to‘g‘ri, noto‘g‘ri savol turlari ham
noodatiy ko‘rinishda taqdim etilgan. O‘zbek tilida ko‘p ishlatiladigan, ammo bolalar
murakkab bo‘lgan so‘zlarni mazmuna anglash, tinglash jarayonida tafakkur qilish,
mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undaydi.
Turli topshiriq turlari:
Matnni tinglab tushunishga oid topshiriqlar bir xil
emas, bu o‘quvchilarda turli usullar bilan eshitgan ma’lumotni qayta ishlashga imkon
yaratadi.
Real hayotga yaqin suhbatlar:
Ayrim darsliklarda real hayotdagi dialoglarga
2
https://www.britishcouncil.org/exam/ielts
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
112
o‘xshash tinglov matnlari keltirilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarda kommunikativ
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tinglab tushunish jarayonini rivojlantirish uchun tavsiyalar
:
1. 1.
Tayyorlov bosqichi
a) Matn yoki audio material haqida oldindan qisqacha ma’lumot
berish (kontekst yaratish)
b) Muhim yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganish.
c) Audio material mavzusi haqida savollar berish orqali e’tibor va qiziqishni
oshirish.
d) Matnni 2x tezlikda eshitish, 1.5 tezlikda topshiriqni bajarish.
2. Asosiy bosqich:
a) Matnni yaxshiroq anglash uchun detal va ma’lumotlarga e’tibor
berish.
b) Savollar, topshiriqlar orqali tinglangan ma’lumotni qayta ko‘rib
chiqish.
C) Yangi so‘zlar va grammatik tuzilmalarni tahlil qilish.
.
3.Baholash va tahlil bosiqchi:
a)
Tinglab tushunish natijalarini tekshirish uchun testlar va imtihonlar
o‘tkazish. b) O‘quvchilar bilan birga xatolarni tahlil qilish va ularni tuzatish
usullarini o‘rgatish.
Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini rivojlantirishga, lug‘at va
nutq tushunishini mustahkamlashga xizmat qilad. Kelgusida, tinglab tushunish
topshiriqlarining sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, ularni o‘quvchilarning
yosh va bilim darajasiga to‘liq moslashtirish, maktablarda audio texnika bilan
ta’minlash va o‘qituvchilarni ushbu ko‘nikmani o‘qitish bo‘yicha yanada malakali
qilish zarur. O‘quvchi 2X tezlikda audiolarni eshitgan paytda uning fikrlashi va
tushunish ko‘mikmasi rivojlanib, normal holatda tez ishlagan paytda juda katta
natijalarga erishish holati kuzatiladi. Kundalik hayotda audio materiallarini ko‘proq
eshitib yurish ko‘proq ma’lumot olish bilan birgalikda, diqqatli bo‘lish va tinglash
ko‘nikmasini yaxshilashga yordam beradi. Har bitta tinglab tushunish topshiriqlarini
bajarib bo‘lgandan so‘ng xatolar bilan ishlash uning darajasini yana ham oshirishga
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, tinglab tushunish topshiriqlari maktablarda til o‘rganish
jarayonining ajralmas qismiga aylangan va uning ahamiyati kundan-kunga ortib
bormoqda. Mavjud yutuqlarni yanada rivojlantirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf
etish orqali o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Bundan tashqari, rivojlangan davlatlarda ona tilida tinglab tushunish faqat til darsining
bir bo‘lagi emas, balki har bir fan bo‘yicha bilim olishning asosiy vositasi sifatida
qaraladi. Bu esa o‘quvchilarning umumiy aqliy rivojlanishi, savodxonligi va shaxsiy
o‘sishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
113
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. Asilova G. Tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda autentik
materiallarning o‘rni, Toshkent, 2023, №4, B. 45–52.
2. Field, J. (2008). Listening in the Language Classroom. Cambridge University
Press.
3. Kasimova, M. A. (2024). Sun’iy intellekt orqali xorijiy til o‘rganuvchilarining
motivatsiyasini oshirish. Foreign Languages in Uzbekistan ilmiy-metodik jurnali.
https://journal.fledu.uz/wp-content/uploads/sites/3/2024/03/malika-
abduvakilovna-kasimova-metodika.pdf
4. https://www.britishcouncil.org/exam/ielts
5. https://www.coe.int/en/web/common-european-framework-reference-language