Mualliflar

  • Matluba Ahmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.98670

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: rasmiy ish hujjatlari ariza yozish maktab darsliklari metodika yozma nutq huquqiy ong

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab darsliklarida rasmiy ish hujjatlarini o‘qitish yoritib berilgan, shuningdek, ularni o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali usul va texnologiyalar haqida tahliliy fikr yuritilgan. Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan amaldagi darsliklardagi materiallar o‘rganilib, bu mavzuga oid taqdim etilgan topshiriqlar, mashqlar, matnlar va uni o‘qitishning sifati, ularning o‘quvchiga ta’siri tahlil qilingan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

102

MAKTAB O‘QUVCHILARIGA ISH QOG‘OZINI

O‘RGATISH AHAMIYATI (ARIZA MISOLIDA)

Matluba Ahmedova

ToshDO’TAU ona tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi

3-bosqich talabasi

matlubaahmedova03@gmail.com

/ 507275503


Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab darsliklarida rasmiy ish hujjatlarini

o‘qitish yoritib berilgan, shuningdek, ularni o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan samarali usul va texnologiyalar haqida tahliliy fikr yuritilgan. Maktab
o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan amaldagi darsliklardagi materiallar o‘rganilib, bu
mavzuga oid taqdim etilgan topshiriqlar, mashqlar, matnlar va uni o‘qitishning sifati,
ularning o‘quvchiga ta’siri tahlil qilingan.

Kalit so'zlar:

rasmiy ish hujjatlari, ariza yozish, maktab darsliklari, metodika,

yozma nutq, huquqiy ong,

Abstract:

This article explores the teaching of official documents in school

textbooks. In particular, it presents an analytical discussion on effective methods and
pedagogical technologies that can be applied during the instruction of such documents.
The study examines the content of current textbooks intended for school students,
analyzing the exercises, tasks, and texts related to the official style, as well as the
quality of their instruction. Additionally, the article evaluates the impact of these
materials on students' language competence.

Keywords:

official documents, application writing, school textbooks, teaching

methodology, written speech, legal awareness.

Аннотация:

. В данной статье рассматривается преподавание официальных

деловых документов в школьных учебниках. В частности, проводится
аналитический обзор эффективных методов и педагогических технологий,
которые могут быть применены в процессе обучения данному виду текстов.
Исследованы материалы действующих учебников, предназначенных для
школьников, проанализированы задания, упражнения и тексты, относящиеся к
официально-деловому стилю, а также качество их преподавания. Кроме того,
дана оценка влиянию этих материалов на формирование языковой компетенции
учащихся.

Ключевые слова:

официально-деловые документы, написание заявлений,

школьные учебники, методика преподавания, письменная речь, правовое
сознание.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

103

Bugungi kunda rasmiy hujjatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib

bormoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida bu borada
qilinadigan keng ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarixini chizib berar ekan, bu ishlarning
pirovard natijalarini quyidagicha ifoda etdi: “Muxtasar aytganda, har birimiz davlat
tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va
sadoqat ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz
qoidasiga aylantirishim lozim”.

1

Shuning uchun ham bu turdagi hujjatlarni oʻrgatish

maktab o‘quvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tilida ish yuritish
savodxonligini rivojlanishi bilan o‘quvchilarning rasmiy yozishmalarni to‘g‘ri tuzish,
fikrini aniq ifodalash qobiliyati ularning ijtimoiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Rasmiy hujjatlarni, jumladan, ariza
yozishni o‘rgatish, o‘quvchilarning rasmiy uslubga doir bilimlarini rivojlantirish,
hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va muammoga yechim topish
qobiliyatini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maʼlumot- axborot hujjatlari
guruhiga oid boʻlgan ariza qoʻlda yoziladigan hujjatlarning eng asosiysi hisoblanadi.
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat
mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng keng tarqalgan va
koʻp qoʻllaniladigan ish qogʻozidir. Maktab oʻquvchilaridan tortib to yuqori
mansabdor shaxs — jamiyatning barcha aʼzosi ariza yozishdan holi emas

2

. Tahliliy

maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda shikoyat, da'vo arizalari koʻproq
rasmiylashtirilmoqda. Ammo ularning yozilish qoidalari aksar holatlarda xato yozilishi
inobatga olinib, darslarda o‘rgatishga ehtiyoj bor.

Maktab darsliklarida arizaning yoritilishi.

O‘quvchilarni rasmiy ish hujjatlari,

ayniqsa, ariza yozishga o‘rgatishda o‘quv dasturi va darsliklarning o‘rni beqiyosdir.
Ona tili darsliklarida ariza yozish ko‘pincha alohida mavzu shaklida kiritilgan bo‘lib,
unda arizaning mazmuni, tuzilishi va yozilish usuli haqida ma’lumotlar beriladi. Yangi
nashrdagi darsliklarda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan topshiriqlarga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Masalan, real hayotiy
vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar, savollar, mashqlar orqali o‘quvchi ariza yozish
tajribasini amalda sinab ko‘rishga undaladi. Eski darsliklarda esa ko‘proq nazariy
tushunchalar

berilgan,

lekin

topshiriqlarning

o‘quvchining

muloqot

kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi kamroq kuzatiladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, darsliklardagi ba’zi matn va topshiriqlarda arizaning

zarur qismlari – murojaat qilinayotgan muassasa yoki shaxs, muammo bayoni, so‘rov

1

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganing 30 yilligiga

bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktabr.

2

M. Aminov, N. Mahkamov .Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma.160-bet. O‘zbekiston nashriyoti, Toshkent.

2021


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

104

yoki iltimos mazmuni, sana va imzo – to‘liq yoritilmaydi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatiladi.
Bu holatda o‘qituvchining roli yanada muhimlashadi: u darslikdagi kamchiliklarni
to‘ldirib, real va dolzarb namunalar orqali o‘quvchilar ongiga to‘g‘ri shakllangan ariza
yozish ko‘nikmasini singdirishi lozim.

Arizani o‘rgatishning samarali metodikasi.

Ariza yozishni o‘rgatish maktab

o‘quvchilarining amaliy hayotga tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish uchun o‘quvchilarning yoshiga, bilish
darajasiga, muloqotga bo‘lgan tayyorgarligiga qarab metodik yondashuvlar aniqlanishi
zarur.

3

Bu bo‘yicha quyidagi usul va yondashuvlar amaliyotda o‘zini oqlagan

1. Kommunikativ yondashuv. O‘quvchilar ariza yozishda o‘z fikrlarini aniq,

ravon va mantiqan bayon qilishlari zarur. Buni shakllantirish uchun muloqotga
asoslangan topshiriqlar — “Savol-javob”, “Guruh bilan maslahat”, “Kimga, nima
uchun yozilmoqda?” kabi usullar qo‘llaniladi. Masalan, o‘quvchilardan tasavvur qilish
so‘raladi: ular sport to‘garagiga qatnashmoqchi, bu borada maktab ma’muriyatiga ariza
yozishlari kerak. Bu orqali o‘quvchi muloqot vositasi sifatida arizaning mohiyatini
anglaydi.

2. Vaziyatli mashqlar. Bu metod o‘quvchini faol ishtirok etishga undaydi.

O‘quvchilarga turli vaziyatlar beriladi, har bir o‘quvchi berilgan vaziyatga moslab
rolga kirishadi : biri maktab direktori, boshqasi o‘quvchi, yana biri ota-ona nomidan
yozadi. Har bir rolli vaziyatga muvofiq ariza matni tuziladi va sinfda muhokama
qilinadi. Bu metod o‘quvchilarning ijodkorligini ham rivojlantiradi, qolaversa,
mas’uliyat, tushunarli bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

3. Tahlil va taqqoslash metodi. Bu metodda o‘quvchilarga to‘g‘ri va noto‘g‘ri

yozilgan ariza namunasi taqdim etiladi. Har ikki matn ustida ishlash orqali ularning
tuzilishi, til uslubi, rasmiylik darajasi, uslubiy xatolar tahlil qilinadi. O‘quvchilar
qanday xatolar ko‘p uchrashi, ularni qanday tuzatish mumkinligini o‘zlari aniqlaydi.

Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun har bir darsda ariza yozish bo‘yicha

hayotiy, real voqealarga asoslangan mashqlar berilishi zarur. Quyida maktab
o‘quvchilari uchun mos bo‘lgan amaliy vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz:

1.

O‘quvchi sport to‘garagiga yozilmoqchi.

2. O‘quvchi kasal bo‘lganligi sababli bahoni qayta olishni istaydi.
3.

Ota-onaning ish joyidan ma’lumotnoma so‘ralmoqda.

4.

Yozgi ta’til davomida tashkil etiladigan oromgohda ishtirok etish uchun

ruxsat so‘ralmoqda.

Har bir holatda o‘quvchi quyidagi savollar asosida ariza yozishga yo‘naltiriladi:

Kimga murojaat qilinyapti?

3

Mahmudov N. Rafiyev A. Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. 37-bet. Toshkent. 2015.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

105

Nima sababdan murojaat qilinyapti? Qanday iltimos yoki so‘rov ifodalanyapti?


Ariza hujjat turini o‘rgatish uchun taklif:
1.

Ariza qolipi bilan tanishtiruv.

2.

Ariza yozish namunasi

Namuna:

Toshkent viloyati Parkent tumani

1-son umumta’lim maktabi

direktori Z.Xolbo‘tayevga

shu maktabning 9-"A" sinf

o‘quvchisi Obidov Samandardan

ARIZA

Men, Obidov Samandar, 2025-yil 3-may kuni sog‘lig‘im yomonlashgani

sababli darsga qatnasha olmadim. Ushbu holat yuzasidan sababsiz dars qoldirgan
deb hisoblamaslikni so‘rayman. Ilova sifatida shifokor ma’lumotnomasini taqdim
etaman.

5-may, 2025-yil imzo S. Obidov


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

106


Bu ariza namunasi orqali o‘quvchilar tuzilma, rasmiy uslub, murojaat

madaniyatini o‘rganadilar.

3.

Amaliy topshiriq.

O‘quvchilarda ariza yozish ko‘nikmasini shakllantiruvchi namunaviy mashq va

topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz.

A. To‘ldiruv topshirig‘i: Quyidagi arizada yetishmayotgan qismlarni aniqlang va

to‘ldiring.

____________________________________________________________________
____________________________________________________________________


Men sinfdoshlarim bilan birga viloyat miqyosida o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon”

tanlovida ishtirok etmoqchiman. Ushbu tanlovga tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 kunlik
darsdan ozod qilishni so‘rayman.


__________ ____________ ___________

B. Tahliliy topshiriq: Quyidagi ikki arizani taqqoslang. Qaysi biri rasmiy uslubga

mos yozilgan? Sababini izohlang.

A: “Salom. Men kecha maktabga kelolmadim, sababi o‘zimni yomon his qildim.

Shu bois bahomni o‘zgartirsangiz yaxshi bo‘lardi.”

B: “Men, Ahmedova Matluba, sog‘lig‘im yomonlashgani sababli 17-may kuni

darsga qatnasha olmadim. Shu kun uchun sababsiz dars qoldirgan deb hisoblamaslikni
so‘rayman.”

D. Vaziyat asosida yozish: Quyidagi holatga asoslangan ariza yozing: “Siz sport

musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayapsiz va 2 kunlik ruxsat kerak.”

Xulosa qilib aytganda, maktab o‘quvchilari uchun rasmiy ish hujjatlari, ayniqsa,

ariza yozish ko‘nikmasini shakllantirish zamonaviy ta’limda muhim vazifalardan
biridir. Ariza yozishni o‘rgatish tizimli, izchil va yangicha yondashuvlar asosida
tashkil etilishi lozim. Bu ko‘nikma o‘quvchilarning yozma nutq madaniyati, huquqiy
ong va amaliy hayotga tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, darsliklarda ariza mavzusi turlicha yoritilgan: yangi darsliklar amaliy
mashqlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lsa, eski darsliklarda nazariy yondashuv
ustunlik qiladi. O‘qituvchining metodik yondashuvi esa bu jarayonda hal qiluvchi omil
hisoblanadi. Kommunikativ, vaziyatli, tahliliy yondashuvlar orqali o‘quvchilarda ariza
yozish bo‘yicha mustahkam bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Qolaversa, bu kabi
tizimli, ketma-ket topshiriqlar o‘quvchida yaxshi idrok etish, hujjatlar bilan to‘g‘ri
ishlay olish va amaliyotda o‘rinli qo‘llay olish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shu


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

107

sababli, hujjatlarni o‘rgatishda turli metod va dars ishlanmalarini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

Mahmudov N. Rafiyev A. Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. 37-bet.
Toshkent. 2015.

2.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilganing 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi //
Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktabr.

3.

M. Aminov, N. Mahkamov .Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. 160-bet.
O‘zbekiston nashriyoti, Toshkent. 2021


Bibliografik manbalar

Mahmudov N. Rafiyev A. Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. 37-bet. Toshkent. 2015.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganing 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktabr.

M. Aminov, N. Mahkamov .Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. 160-bet. O‘zbekiston nashriyoti, Toshkent. 2021