Mualliflar

  • Niyozova Yulduz Saydullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.98679

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: pedagogika nutq madaniyati sog’lom muhit innovatsiya pedagogik mahorat tarbiya xarakter.idrok ruhiy holat

Annotasiya

Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

40

ZAMON TALABLARIGA MOS RAVISHDA BOLALARNI SOG’LOM

RUHIY MUHITDA TARBIYASHNING DOLZARB USULLARI

Niyozova Yulduz Saydullayevna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 6-umumta‘lim maktabi

amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi

qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki
maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga
maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab
uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday
qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch
sifatida qarashga o‘rganib boradi.

Kalit so’zlar:

pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya,

pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter.idrok, ruhiy holat

KIRISH

Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual-

psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan
xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik
hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan
va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik
xususiyat yigʼindisi tushuniladi.Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning
birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy
qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z
bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida
erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida
qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda
berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.

O‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi

shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs
boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila
tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga
molik. Maktab bolani kengroq jamiyatga kirishiga yordam beradi. Maktabda bola
oʼzining individual qobilyati va qiziqishiga qarab kengroq bilimga ega boʼla boshlaydi.
Maktabda bolaning olgan taʼlim tarbiyasiga qarab dunyoqarashi kengaya boshlaydi va
shu bilan birga uning ochilmagan qirralari yaʼni xar xil soxaga boʼlgan qiziqish va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

41

qobilyatlari namoyon boʼla boshlaydi. Qiziqish qobilyat bolaning individual
hususiyatlari qatoriga kiradi. Qiziqish va qobilyatdan tashqari, temperament va
xarakter ham individual hususiyatlar qatoriga kiradi.

Har bir bolaning oʼziga yarasha individual hususiyatlari mavjud boʼladi.

Individual xususiyatlarga toʼxtalib oʼtamiz;

Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga
asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni birbiridan ajratib
bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.

Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom etadi, ammo

bu ayniqsa bolalik davrida intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o’sha paytda
shaxsning ma’naviy rivojlanishining poydevori yaratiladi, bu ta’lim sifatining
ahamiyatini oshiradi, jamiyat mas’uliyatini oshiradi, bu ta’lim jarayoni uchun

ma’lum koordinatalar tizimini belgilaydi, bu umuminsoniy va ma’naviy

qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishni o’z ichiga oladi; ijodiy
fikrlashni rivojlantirish; yangi narsalarga intilish va nostandart vaziyatlarda hayotiy
muammolarni maqbul yechimini topish qobiliyati, yuqori ijtimoiy faollikni,
fidoiylikni, jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish; doimiy o’z-o’zini tarbiyalash
va kasbiy fazilatlarni shakllantirish zarurati; mustaqil ravishda qaror qabul qilish
qobiliyati rivojlanadi.

Shunday qilib, inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham

psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida
o’ziga munosib o’rin egallaydi. Shaxsning ma’naviy sifatlariga ega bo’lishi, unda
ma’naviy bilimlarnin egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila
asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit
farzandlarning yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishishlari uchun beqiyos ahamiyatga
egadir. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri
ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga uni
tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni
ijtimoiy-foydali mehnatga, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida
tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom
turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

42

faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat na’munasini
ko’rsatadi.

Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning

ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos
xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday hislat psixologik qarama-qarshilik hamda
xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munasabatlardan toliqqan inson
organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil
iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlaridan
biridi

Bugungi

kunda

jamiyatimizda

olib

borilayotgan

siyosatning

asosiy

maqsadlaridan biri-barkamol avlodni tarbiyalashdir. O’zbekiston Respublikasi
1Prezidenti I.A.Karimov va hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga
nisbatan g’amxo’rlik qilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi uchun butun
imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan, yurtboshimiz oilaning jamiyatda tutgan
o’rni va ahamiyati to’g’risida shunday deydi: «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila
muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini
shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini
anglaydi, his etadi».

Oila- kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarsi,

axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.

Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishishiga

o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotirlanish, muloqotdagi
samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik - bu
xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqqunicha
shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan
onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi.Chunki aynan oilada individual
qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy me’yorlar shakllanadi. Oila inson deb
ataluvchi binoning faqat poydevorini qo`yish bilan cheklanmasdan, balki uning
so`nggi g`ishti qo`yilgunicha javobgardir. Negaki, oila omili insonga butun umri
davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni
egallaydigan jamoa hisoblanadi. Axir oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan
jamiyatga tayyorlashdir. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-
ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi. Ota-ona — san`atkor, bola — san`at asari,
tarbiya jarayoni esa san`atning o`zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng milliy
qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimizning azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-
odatlari, an`analari (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug`,
mahallaning ham ta`siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba`zan oilaning
tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ`ibot-tashviqot ishlarining kamligi
natijasida oila a`zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

43

diniy oqimlar ta`siriga berilish, ma`naviy buzuqlik yo`liga kirish) paydo bo`lishi
tashvishlanarli hollardan biridir.Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish,
tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki
shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval, oilada amalga oshadi. Oila- bu maskanning
ahamiyatini anglash uchun

«Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o’zi kifoya.

Ya’ni har qanday bola o’z oilasida o’zlashtirgan tajribalaridan hayoti davomida
foydalanadi va uni keyinchalik farzandlariga ham o’rgatadi. Oiladagi tarbiya orqali
shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulq
namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv
jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy
hayotga kirib boradi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o’rganadi.

Har qanday jamiyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog’lom oila muhitiga bog’liqdir.

Sog’lom oila muhitida sog’lom avlodlar tarbiyalanadi va voyaga yetadi.

Ma’lumki, dunyoga kelgan go’dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga

oshadi. Aynan shu maskan quchog’ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy
me’yorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib

boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a’zolarining o’zaro

munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Keyin bolalar bog’chasi, maktab va ko’cha kabi
ijtimoiy muassasalar inson hayotiga kiradi. Shular zaminida u boshqa kishilarning
xulq-atvori, xatti-harakatlarini o’rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga
kirishishi, muloqotda bo’lishining usul va shakllarini o’rganib boradi va bu
tushunchalari uning o’smirlik va balog’at yillarida ham saqlanib qoladi.

Oilada olib boriladigan ijtimoiy ta’lim jarayoni ham ikkita asosiy yo’nalishda

o’tadi. Bir tomondan, ijtimoiy tajribani egallash bolaning ota-onasi, aka-uka va opa-
singillari bilan to’g’ridan-to’g’ri o’zaro munosabati jarayonida yuzaga keladi. Ikkinchi
tomondan, ijtimoiylashuv boshqa oila a’zalarining bir-biri bilan ijtimoiy o’zaro
ta’sirining xususiyatlarini kuzatish orqali amalga oshiriladi.

Bolaga nisbatan ota-onalar xatti-harakatlarining to’rtta parametrlari o’rganilgan:

nazorat, yetuklik talabi, aloqa, yaxshi niyat. Nazorat: ya’ni bolaning faoliyatiga ta’sir
ko’rsatishga urinish. Bolaning ota-onalarning talablariga bo’ysunish darajasi aniqlash.
Yetuklikka talab: Ota-onalar bolalarni aqliy qobiliyatlari chegarasida, yuqori ijtimoiy
va hissiy darajada harakat qilishiga majburlash unga bosim o’tkazish. Aloqa: ota-
onalar tomonidan boladan imtiyoz olish, uning fikrini yoki biror narsaga munosabatini
tushuntirish uchun e’tiqodlardan foydalanish. Yaxshi niyat: ota-onalar bolaga
qanchalik qiziqish ko’rsatish ya’ni maqtov, uning muvaffaqiyatlaridan xursandchilik,
iliqlik, sevgi, g’amxo’rlik va unga mehr qo’yish kabilar.

Oilaning roli bolani jamiyatga bosqichma-bosqich kiritishdan iborat bo’lib, uning

rivojlanishi insonning tabiatiga va u tug’ilgan mamlakat madaniyatiga mos keladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

44

Bolaga insoniyat to’plagan ijtimoiy vazifani, u tug’ilib o’sgan mamlakat madaniyatini,
uning axloqiy me’yorlari va xalq urf-odatlarini o’rganish otaonalarning bevosita
vazifasidir.

Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o’rni va funksiyalarini, qadr-qimmatini

anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib Vatan tuyg’usini
tom ma’noda his qila olmaydi. Aynan har bir inson, “Vatan”, “xalq” tushunchalarining
mohiyatini dastlab ana shu maskanda o’zlashtiradilar.

Binobarin, oilaning o’zi Vatanning bir bo’lagidir. Oila sha’nini himoya qilish ,

uni saqlash to’g’risidagi qayg’urishning Vatanning sha’nini, el-yurt manfaati uchun
kurashish tuyg’ulari bilan uzviy bog’liq bo’lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan
ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo’lishi lozim. Bu ish asosan har bir o’zbek
oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush
tarzining ajralmas bo’lagiga aylantirish, muloqot madaniyatining sharqona
ko’rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg’unlashtirish, mehnat tarbiyasi, uning
farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga
erishishi orqali amalga oshirish mumkin.

Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-onalar turli tarbiya

vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantirishadi, jazolashadi, uning uchun
namuna bo‘lishga harakat qilishadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq
va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash va
taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs sifatida
shakllanishiga ijobiy ta’sir qilish mumkin. Bolani boshqa yo‘1 bilan amalda o‘zgartirib
bo’lmaganida jazolashdan ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehtiyoj
tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun iloji boricha qilgan xatti-harakati
uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash adolatli, lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi
lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo‘rquv paydo qilishi mumkin. Bolaning qilgan
xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali bo‘ladi. Ko‘proq jazolanadigan,
baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoqlashadi, emotsional befarq bo‘lib qoladi hamda
yuqori agressivlikni namoyon etadi.

Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.
Ommoviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy

mavzulardagi maqolalar, ko’rsatuv eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy
adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan
suhbatlarbolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faillik, mas’ullik,
e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi. Oila muhitida bolalarga ularning
burchlari to’grisidagi ma’lumotlarni berib borish, o’z navbatida huquqlaridan
foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi. Bolalarning
ota-onalari bilan o’zaro munosabati ularni mashq qilish va ijtimoiy ko’nikmalarni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

45

takomillashtirishga imkon beradi, keyinchalik bu tengdoshlari bilan muloqotda juda
foydali bo’ladi.

Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida

birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga , jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi.
O’ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi. Ikkinchidan, har tomonlama
yetuk, barkamol, aqlli, sog’ va salomat shaxs bo’lib yetishish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ya’ni, oila va uning sog’lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga o’ziga
o’xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli
bo’lish, muomalada axloq-odob me’yorlariga bo’ysunishga o’rgatadi, psixologik
jihatdan tayyorlaydi.

XULOSA

Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, oʼz imkoniyatlari haqida oz

boʼlsa-da tasavvurga ega boʼla boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar feʼl-atvori haqida
oldin ota-onalari, keyin esa atrofdagilari oʼz munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi
taʼsir natijasi oʼlaroq, har bir insonda oʼziga-oʼzi baho berish qobilyati shakillana
boshlaydi. Qaysidir bola oʼziga juda yuqori baho bersa, yana qaysidir bola oʼzi haqida
salbiy fikrga ega boʼladi. Oʼziga yuqori baho bergan bolalar ham past baho beradigan
bolalar ham taʼlim dargohida bilim olishga qiynaladi. Yuqori baho bergan bolalarning
qiynalishini sababi shundaki, uning oʼzi haqidagi fikri real imkoniyatlaridan koʼra
ilgarilab ketgan boʼladi. Bunday bolalar atrofdagilaridan norozi boʼlishadi, ularning
oʼzi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o;zgartirgandan soʼnggina u bilim olishga
qiynalmaydi. Ularning oʼzi haqidagi fikirlarini oʼzgartirish ham qiyin kichadi. Buning
uchun oʼzgalarning yutigʼini koʼrib, u bilan oʼz imkonyatlarini taqqoslash,
atrofdagilarining unga nisbatan toʼgri muomila qila olishi muhum ahamiyatga ega
ekanligini tushuntirish darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION OF
THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION
LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO
ACCOUNT REGIONAL

FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
2.

Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT YOUTH
IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY-
TECHNICAL LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald
pedagogiki. Nauka i

Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

46

3.

Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES
IN MODERN EDUCATION.

Теория и практика современной науки

, (5), 29-

31.

4.

KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE
IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION OF THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO ACCOUNT REGIONAL

FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.

Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT YOUTH IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY-TECHNICAL LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald pedagogiki. Nauka i

Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.

Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.

KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT

Internet materiallari