Mualliflar

  • Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.98682

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: menejer masuliyatlilik liderlik rahbarlik tashabbuskorlik xodimlarga munosabat.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu ishda menejer shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Boshqaruv jarayonida menejerning liderlik salohiyati, muloqot madaniyati, hissiy intellekti, tashkiliy va tashabbuskorlik qobiliyatlari asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.  Menejerlik faoliyatini qo’llash bo’yicha ko’nikmalar berilgan. Menejerni psixologik sifatlariga to’xtalib o’tilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

27

TASHKILOTLARDA MENEDJER SHAXSINING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

JDPU da o’qituvchi

oybekjulmurodov@mail.com

Annotatsiya:

Ushbu ishda menejer shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

yoritilgan. Boshqaruv jarayonida menejerning liderlik salohiyati, muloqot madaniyati,
hissiy intellekti, tashkiliy va tashabbuskorlik qobiliyatlari asosiy omillar sifatida ko‘rib
chiqilgan. Menejerlik faoliyatini qo’llash bo’yicha ko’nikmalar berilgan. Menejerni
psixologik sifatlariga to’xtalib o’tilgan.

Kalit so'zlar:

menejer, masuliyatlilik, liderlik, rahbarlik, tashabbuskorlik,

xodimlarga munosabat.


Menejerning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nafaqat uning individual

muvaffaqiyati, balki butun jamoaning ishlash sifati va muhitiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Shu sababli, har qanday menejer o‘zining ruhiy holati, hissiy muvozanati,
muloqot ko‘nikmalari va liderlik fazilatlarini doimiy rivojlantirib borishi lozim.

Har bir tashkilot xodimlarni boshqarishning vazifaviy tizimiga ega bo’lishiga

qaramay, bu boshqaruv bo’linma rahbarining huquq doirasiga kirgan. Tashkilotda
xodimlarni boshqarish bo’yicha asosiy tarkibiy bo’linma mеhnat rеsurslarini
rеjalashtirish, xodimlarning o’qishi, malakasini oshirishi va qayta tayyorlanishini
tashkil etishni bajaruvchi xodimlar bo’limidir. Ammo bu an'anaviy xizmatlar mеhnatni
tashkil etish va ish haqi bo’linmalari, mеhnatni muhofaza qilish bo’limi bilan tashkiliy
bog’liq emas.

Psixologik yondashuvlarning an'anaviy katta farqi xodimlarni tanlab olish

tizimida namoyon bo’ladi. An'anaviy yondashuvda tanlov bo’yicha ishning kеrakli
hajmi ko’proq darajada mavjud ishchi kuchi va unga bo’lajak ehtiyoj o’rtasidagi farq
bilan bеlgilanadi. Noaniqlik va katta tavakkalchilik bilan izohlanadigan innovatsion
faoliyatda ishchi kuchiga bo’lajak ehtiyojni bashorat qilish murakkabdir. Mavjud
xodimlar imkoniyatlarini ularning ijtimoiy jarayonlarga moslashishi nuqtai nazaridan
va malakalarining innovatsion faoliyat mazmuni darajasiga mosligini baholash zarur.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishining innovatsion turi kasbiy muvaffaqiyat
muomalasini yangicha shakllantiradi, shu sababli xodimni tanlash, qayta o’qitish va
ijtimoiy moslashtirishning alohida tizimini shakllantiradi. Yangi vaziyat noan'anaviy
ijtimoiy tеxnologiyalarni topishga majbur qiladi, xodimdan tug’ma va kеyingi olingan
sifatlarni mavjud muhit talablari bilan birlashtirish, ishga undovchisa bablarning turli-
tumanligini qabul qilishni taqozo etadi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

28

Ayni paytda bu mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ro‘y berayotgan

yangilanishva o‘zgarishlarning muqarrar tarzda odamlarning siyosiy ongi, siyosiy
madaniyati va faolligi yuksalib borishi, fuqarolik institutlari nufuzi va mavqeining
oshishi, ularga huquqlar berilishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq ekanini anglatadi.
Ma’lumki tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri bu boshqaruv qarorlari va
ularni bajarish. Boshqaruv qarorlari quyidagilar bilan ifodalanadi tashkilotdagi
ob’ektni bir davlatdan boshqasiga maqsadga muvofiq olib kelish maqsadi. Shuning
uchun boshqaruv qarorlari asosiy ijtimoiy-psixologik va tashkilotning kelajagini
belgilaydigan iqtisodiy omillar hisoblanadi. Bu borada harakatlar ijtimoiy-iqtisodiy fan
bo‘yicha boshqaruvda qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorlarning
sotsiopsixologik xususiyatlaridir.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan mulohazalar, birinchi navbatda, qaror qabul

qilishda inson omili, ikkinchidan, innovatsiyani joriy etishga qaratilgan samarali
menejment siyosatini quyidagi omillar asosida qurish mumkin:

- Mehnatga oid qonunchilikning ustuvorligi;
- Mehnat jamoasidagi ma’naviy muhitning sofligi;
- Adolatli va rivojlanishni rag‘batlantiruvchi boshqaruv;
- Guruhdagi ijtimoiy psixologik muhitning barqarorligi;

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O.E. Hayitov Boshqaruv psixologiyasi. T 2021.
2. Rahmonqulov N. Ijtimoiy psixologiya. – T 2019.
3. Xodjaeva N. Boshqaruv psixologiyasi. – T 2020.
4. Fayzullayev A.A. Menejment asoslari. – T 2021.
5.Psixologiya izohli lug’at. 2018

Bibliografik manbalar

O.E. Hayitov Boshqaruv psixologiyasi. T 2021.

Rahmonqulov N. Ijtimoiy psixologiya. – T 2019.

Xodjaeva N. Boshqaruv psixologiyasi. – T 2020.

Fayzullayev A.A. Menejment asoslari. – T 2021.

Psixologiya izohli lug’at. 2018