Mualliflar

  • Azimova Nodira Xikmatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.98696

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ertak ifodalilik mutolaa ohang faoliyat ma’naviy yuk mulohaza ijod fikrlash doirasi badiiy adabiyot.

Annotasiya

Ushbu maqolada ertaklar bolalarning so‘z boyligini oshirishi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynashi ochib berilgan. Ertak tanlashda bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va ertakni nutqni rivojlantirish maqsadlariga moslashtirish muhim ekanligi tavsiflab berilgan. Ertakni qiziqarli va interaktiv tarzda yetkazish esa bolalarning nutqiy faolligini oshirishga xizmat qilishi izohlangan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

216

ERTAKLAR ASOSIDA BOLALARNING NUTQINI O'STIRISH USULLARI

Azimova Nodira Xikmatovna

Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi,

Zarmed universiteti o’qituvchisi

Nodira Khikmatovna Azimova

Independent student of Bukhara State University,

Zarmed University teacher

Азимова Нодира Хикматовна

Независимый исследователь Бухарского государственного

университета, Преподаватель Университета Зармед

Annotatsiya

Ushbu maqolada ertaklar bolalarning so‘z boyligini oshirishi, fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishi va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynashi ochib berilgan.
Ertak tanlashda bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va ertakni nutqni
rivojlantirish maqsadlariga moslashtirish muhim ekanligi tavsiflab berilgan. Ertakni
qiziqarli va interaktiv tarzda yetkazish esa bolalarning nutqiy faolligini oshirishga
xizmat qilishi izohlangan.

Kalit so’zlar:

ertak, ifodalilik, mutolaa, ohang, faoliyat, ma’naviy yuk, mulohaza,

ijod, fikrlash doirasi, badiiy adabiyot.

Abstract

This article reveals that fairy tales play an important role in increasing children's

vocabulary, developing thinking skills, and enhancing their creative potential. It is
described that when choosing a fairy tale, it is important to take into account the child's
personal characteristics and adapt the fairy tale to the goals of speech development. It
is explained that presenting a fairy tale in an interesting and interactive way serves to
increase children's speech activity.

Keywords:

fairy tale, expressiveness, reading, tone, activity, spiritual load,

reflection, creativity, frame of mind, fiction.

Аннотация

В статье показано, что сказки играют важную роль в увеличении словарного

запаса детей, развитии мыслительных навыков и повышении их творческого
потенциала. Описано, что при выборе сказки важно учитывать личностные
особенности ребенка и адаптировать сказку к целям развития речи. Объяснено,
что представление сказки в интересной и интерактивной форме способствует
повышению речевой активности детей.

Ключевые слова:

сказка, выразительность, чтение, тон, активность,

духовная нагрузка, рефлексия, творчество, настрой, художественная литература.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

217


Ertaklarning o‘z o‘qilish ohangi bor. Har bir pedagog – tarbiyachi mashg’ulotga

tayyorlanish jarayonida shu ohangni topib olishi lozim. Uning qaysi qismi yo‘g‘on
ovozda, qaysi bo‘lagi siniq ohangda, qay o‘rinlari mayinlik va qay biri qat`iyat bilan
o‘qilishi kerakligini oldindan belgilab qo‘ygan ma`qul. Asarning o‘qilish ohangi va
ifodaliligi faoliyatning yarim muvaffaqiyati sanaladi. Tarbiyachi mutolaasi bilan
bolalar ko‘nglini bezovta qila olishi, ularning inon-ixtiyorini to‘laligicha o‘ziga qaratib
olishi mumkin. Butun diqqat-e`tibori matnga qaratilgan bola boshqa narsalarga
chalg‘imaydi. Bunga ehtiyoj ham qolmaydi. U bor vujudi bilan yoqimli ohangda
o‘qilayotgan ertakni tinglaydi.

Ertak matni mazmuni yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlarning har birida bolalar

diqqatini qaratishi, uning shuuridan o‘tishi, ko‘ngliga o‘rnashib qolishi kerak bo‘lgan
lavhalar, fikrlar bo‘lishi zarur. Asarning badiiy jihatidan go‘zal chiqqan o‘rinlari savol-
topshiriqlarda o‘z aksini topishi, ularning har biriga badiiy, axloqiy, ijtimoiy, ma`naviy
yuk qo‘yilishi, ularning har biri bolalarni asar matnini shunchaki takrorlashga emas, u
haqda o‘ylashga, mulohaza yuritishga, tasavvur qilishga yo‘naltiradigan tarzda bo‘lishi
zarur.

Yana shuni alohida ta`kidlash joizki, tarbiyachining savol-topshiriqlariga

guruhdagi hamma bolalar javob berishlari shart emas. Ma`lumki, Xudo har kimga har
xil qobiliyat va imkoniyat ato qilgan. Bilimlarni har bir bola o‘z imkoniyati doirasida
o‘zlashtiradi. Boladan imkoniyatidan ortiqcha bilimni talab qilish uni ta‘lim olishdan
bezdirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun tarbiyachi savollariga javob berolgan
bolalarni rag‘batlantirishi, buning uddasidan chiqolmaganlarni esa zo‘rlamagani
ma‘qul. Ular boshqa – o‘z imkoniyatlari doirasidagi topshiriqlarni bajarishlari va shu
asosda rag’batlantirib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tayyorlov guruh yoshidagi bolalar ijodiy ishlarni jon-dili bilan bajaradilar va

bundan olam-olam zavq oladilar. Shu zavq, shu yoqimli tuyg‘ular uni muhim
taraqqiyot sari tortadi. Shu zavqni qayta tuyish ehtiyoji uni rivojlanish sari yetaklaydi.
Tarbiyaning mana shu xili bola tabiiy taraqqiyoti bilan hamohang kechadi. Bu
jarayonda bolalar tasavvurini, xayolparastligini rag‘batlantirish va ularning ijodiga
imkoniyat yaratib berish kerak. Bola uchun qiziqarli bo‘lgan har qanday faoliyat –
foydali. Bola nimani xohlasa, nimaga qiziqsa, shuni qilib ko‘rishi kerak. Odatda, yosh
bolalar o‘z imkoniyatlari doirasidan tashqaridagi ishlar bilan shug‘ullanishni xush
ko‘radilar. Bu ular uchun o‘sish, rivojlanishning yagona yo‘lidir. Bolalar shuning
uchun ham kattalarning ishlariga ko‘p aralashadilar, qo‘llaridan kelmaydigan
narsalarni qilishga chiranadilar. Bu ularning tabiatidagi rivojlanish, o‘sish sari tabiiy
intilishidir.

Bolalarni ijodga undashning yo‘llari juda ko‘p. Masalan, Tayyorlov guruh

rejasida berilgan ”Tulki va turna” ertagining nomini aytmasdan undagi beshta tanish


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

218

so‘zni aytish: «tulki», «turna», «likopcha», «ko’za», “mehmondo’st” hamda begona
oltinchi so‘z «g’or» ko‘magida yangi ertak tuzish vazifasini topshirish mumkin. Yoki
«A.Navoiy», «H.Boyqaro», «Non», «Vazir», «Donishmand» va begona so‘z «uchar
gilam» ko‘magida yangi ertak to‘qishga undash mumkin. Yoxud tugagan ertakni
davom ettirish, qahramonlarning keyingi hayotini tasavvur qilishni talab etish ham o‘ta
foydali ijod turi hisoblanadi. Tarbiyachi yoki ota-ona shunday o‘yin-topshiriqlar
yordamida shakllanayotgan shaxsning yangi narsaga munosabatini o‘rganadilar, uning
yangi, begona so‘zdan foydalana bilish qobiliyatini shakllantiradilar.

Bolalar kichik yoshdan anglashlari kеrakki, insonning ichki dunyosi, ma'naviy

qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, madaniyati uning tili orqali namoyon
bo'ladi. Chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, fahm-
farosati, fikrlash doirasining kеngligi yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor
emasligi uning nutqida o'z aksini topadi. Kimning tili boy bo'lsa, kim so'zlarni adabiy
til asosida to'g'ri, aniq, ravon, ifodali va tushunarli talaffuz qilsa, o'z ona tiliga chuqur
hurmat va ehtirom bilan qarasa, u bilimli sanalib, kishilar orasida obro'-e'tibor
qozonadi. Hayotni kuzatar ekanmiz, so'z boyligi kam, tili qashshoq, so'zlari
qovishmagan, o'z fikrini aniq ifoda eta olmaydigan yoshlar ham uchrab turishiga guvoh
bo'lamiz. Ba'zi yoshlar orasidagi ruscha, ayrimlari esa ko'pchilik tushunmaydigan
so'zlarni qo'shib odamlar orasida gapiradilar. Yoshlikdan badiiy adabiyotga mеhr
qo'yish, uni o'qishga ko'nikma hosil qilish va ko'p o'qish va o'z fikrlarini kеrakli joyda
to'g'ri ayta bilishi yuksak ma'naviyatlilikni, boy, go'zal, ta'sirchan tilga ega bo'lishni
ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.F.Qodirova, Sh.Tashpulatova. Bolalar bog‘chasida metodik ishlar (darslik). -T.:
«Voris nashriyot», 2012.
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. –Т.: Mumtoz so‘z, 2010.
3. Bahodirova N. Eshitib anglash boshqacha. ― “Yoshlar ovozi” gazetasi.
15-son.
4. To’rabekova A.M., Nasriddinova N.A. Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’qitish
metodikasi (Monografiya) – “Guliston”, 2021

5. Azimova N. X., Gulyamova S. U. B. MTTlarda nutq o’stirish mashg’ulotlarida
maqollardan foydalanish texnologiyasi //Scientific progress. – 2023. – Т. 4. – №. 2. –
С. 49-51.

Bibliografik manbalar

F.Qodirova, Sh.Tashpulatova. Bolalar bog‘chasida metodik ishlar (darslik). -T.: «Voris nashriyot», 2012.

Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. –Т.: Mumtoz so‘z, 2010.

Bahodirova N. Eshitib anglash boshqacha. ― “Yoshlar ovozi” gazetasi.

-son.

To’rabekova A.M., Nasriddinova N.A. Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’qitish metodikasi (Monografiya) – “Guliston”, 2021

Azimova N. X., Gulyamova S. U. B. MTTlarda nutq o’stirish mashg’ulotlarida maqollardan foydalanish texnologiyasi //Scientific progress. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 49-51.