“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
201
RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Qizlarxon Imomova
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi
Samixboyevna@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tilida ravishlarning ma’no turlari lingvistik
jihatdan tahlil qilingan. Ravishlar gapda harakatning tarzini, joyini, vaqtini, sababini,
maqsadini
va
miqdorini
ifodalovchi
muhim
so‘z
turkumi
sifatida
o‘rganilgan.shuningdek, ravish so‘z turkumining muammoli masalalari, tilshunoslik
sohasida izlanish olib borgan olimlarning fikrlari kiritib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
ravish so‘z turkumi, holat ravishi, miqdor-daraja ravishi, maqsad
ravishi, sabab ravishi, o‘rin-payt ravishi.
Tilshunoslikning muammoli masalalaridan biri ravish hisoblanadi.Taniqli
tilshunos olim V.V.Vinogradov ravish so‘z turkumiga “mustaqil so‘zning hech bir
guruhiga sig‘may qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan” deb baho bergan edi. Uning
ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida
qayd etilgan. Sharq va g‘arb tilshunosligi ravishni ma’no va vazifasi jihatidan emas,
balki boshqa birortasiga xos bo‘lmagan belgi – o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan
farqlaydi. Biroq o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan
ko‘plab ilmiy adabiyot va darslikda ravishning o‘zgarmaslik tabiati inobatga
olinmagan.
1
Asosan harakatning,qisman predmetning holat,miqdor va belgisini ifodalovchi
so‘zlar ravish so‘z turkumini tashkil etadi.Ravishlar gapda hol vazifasini bajarib,ko‘p
hollarda fe’lga bog‘lanib keladi.Shuningdek,ravish so‘z turkumi o‘rin,payt ma’nolarini
ifodalashi bilan ot so‘z turkumiga,holat va miqdorni ifodalashi bilan esa sifat hamda
son so‘z turkumlariga yaqin. D.Yuldashevaning fikricha, ravishlarga bir qator otlar va
sifatlar juda yaqin turadi. Kecha kunduz, tong, oqshom kabi payt otlari; barvaqt, bir
mahal, kech kabi payt sifatlari; atrof, tegra, o‘rta, ichkari, tashqari, o‘ng, chap, old, orqa
kabi o‘rin otlari; oldin, keyin, yuqori, past, baland kabi o‘rin sifatlari; oz, ko‘p, mo‘l,
butun, to‘la kabi miqdor sifatlari shular jumlasidandir.
2
Ra’no Sayfullayeva ravishning
yuqoridagi mustaqil so‘z turkumlaridan farqli jihatini so‘z o‘zgartiruvchi,shakl
yasovchi qo‘shimcha bilan birika olmasligida,deb tavsiflaydi.Tilshunoslik kitoblarida
ravish so‘z turkumiga kiruvchi so‘ngra,ko‘tara,ostin-ustun so‘zlari tarkibidagi
1
R.Sayfullayeva, Hozirgi o'zbek adabiy tili,Tosh-2009.
2
Yuldasheva Dilorom ,O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi Buxoro-2021.420-b
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
202
qo‘shimchalar qadimgi davrda keng iste’molda bo‘lgan hamda ravish tarkibida qotib
qolgan.
Ravish so‘z turkumi holat, miqdor-daraja, o‘rin-payt, maqsad, sabab kabi ma’no
turlariga bo‘linadi.
Ravishlarda ikki leksemaning juft holda ishlatilishi anchagina uchraydi; bunda
asosan “umumlashtirish” ma’nosi ifodalanadi:
1) Holat ravishlari juft holda ishlatiladi: ochin-to‘qin, ochiq-oydin, to‘la-to‘kis,
eson-omon || omon-eson, uzil-kesil, apil-tapil kabi;
2) Payt ravishlari juft holda ishlatiladi: yozin-qishin, erta-kech, tun-kun, avval-
oxir kabi. Ayrim juft leksemalardan “chama”, “taxmin” ma’nosi ifodalanadi: erta-
indin, bugun-erta kabi;
3) O‘rin ravishlari juft holda ishlatiladi: ostin-ustun, oldin-keyin (oldinketin);
nari-beri kabi.
3
Holat ravishi.
Harakatning holatini, tarzini bildiradi va qanday?,qay holda?,qay
tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: mardlarcha, to‘satdan, astoydil, majburan, ustma-
ust, ketma-ket.
Miqdor-daraja ravishi.
Miqdoriy sifat va darajani bildirgan ravishlar miqdor-
daraja ravishlari hisoblanadi hamda qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lishi bilan son so‘z
turkumiga yaqinlashadi. Biroq son bilan «noaniq miqdor» belgisi ostidagi noto‘liq
ziddiyatda belgili a’zo sifatida yuzaga chiqadi.
4
Miqdor-daraja ravishlarini ichki semantik ottenkalariga ko‘ra shunday
guruppalarga bo‘lish mumkin:
1)kuchaytiruv;
2)kuchsizlantiruv.
Kuchaytiruv ma’nosini ikki yo‘l- tasdiq yoki inkor yo‘li bilan anglatish mumkin:
eng, juda, g‘oyat, nihoyatda, yanada, tag‘in, mutlaqo, tamomila, tamoman… kabi
ravishlar tasdiq ma’nosini ifodalaydi.Xech,sira,asti,aslo,zinhor,hargiz kabilar inkor
ma’nosini ifodalaydi.
Kuchsizlantiruv ma’nosini bildiruvchi ravishlar quyidagilar: arang, zo‘rg‘a,
hiyla, xiyol, sal, picha, oz, ko‘p, kam, qisman, bir oz, sal-pal, oz-moz kabi.
5
O‘rin-payt ravishi.
Qayerga?, qayerdan?, qayerda? so‘roqlariga javob bo‘lib,
harakatning
yuz
berish
o‘rnini
bildiradi.Masalan:uzoqda,orqada,yaqindan,u
yerda,olg‘a, ichkari, har taraf.
3
Sh.Raxmatullayev,Hozirgi o‘zbek adabiy tili, Tosh-2006.476-B
4
R.Sayfullayeva, Hozirgi o'zbek adabiy tili,Tosh-2009.414-b
5
X . Комилова. Ш . Ш оаодураҳмонов, Ҳ . Ғозиев А . С. ПУШКИН НОМИДАГИ ТИЛ ВА АДАБИЁТ ИНСТИТУГИ
ҲОЗИРГИ ЗАМОН ЎЗБЕК ТИЛИ.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
203
Maqsad ravishi.
Harakatning nima maqsadda bajarilganini bildiradi:
ataylab,jo‘rttaga, qasddan, azza-bazza.
Sabab ravishi.
Fe’ldan anglashilgan harakatning sababini bildiradi:
noilojlikdan,chorasiz,bekordan-bekorga.
Bir qancha tilshunoslarning fikricha,ravish gapda kesim bilan bitishib, uni aniqlab
kelishidan tashqari,o‘zi ham boshqa so‘zlarni boshqarib kelishi mumkin.Bunda ravish
o‘ziga taalluqli so‘zlar bilan birikmali gap bo‘lagini tashkil etadi:
1.Shoir ko‘rsatgan joydan ko‘ra quyiroqqa tiz cho‘kdi. (Oybek).
2.Shahar bilan birga uning quruvchilari ham o‘sib bordi. (P.Qodirov).
Ravishlar ma’no turlarini o‘rganish orqali so‘zlarning gapdagi funksiyasi, ma’no
ohangi va uslubiy xususiyatlari chuqurroq anglashiladi.Kontekstga qarab ravishlar
ko‘p ma’nolilikka ega bo‘lishi, ularning funksional imkoniyatlari kengayishi mumkin.
Shu bois ravishlarning semantik tahlilini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni uslubiy
jihatdan sinchiklab tahlil qilish lingvistik izlanishlar uchun muammoli masala bo‘lib
qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.R.Sayfullayeva, Hozirgi o'zbek adabiy tili,Tosh-2009.414-B
2.Yuldasheva Dilorom ,O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi Buxoro-2021.420-B
3.Sh.Raxmatullayev,Hozirgi o‘zbek adabiy tili, Tosh-2006.476-B
4.X . Комилова. Ш . Ш оаодураҳмонов, Ҳ . Ғозиев А . С. ПУШКИН
НОМИДАГИ ТИЛ ВА АДАБИЁТ ИНСТИТУГИ ҲОЗИРГИ ЗАМОН ЎЗБЕК
ТИЛИ.
5.https://upraktika.uz/promo/material/content/topic/3133
6. Ғуломов А., Қосимова Н. Она тили методикаси. – Бухоро: Университет, 2004.