Mualliflar

  • G‘aniyeva Yulduz Ravshan qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.98707

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar:davlat xaridlari korporativ xaridlar elektron platforma byudjet mablag‘lari tender kichik biznes O‘zRTXB.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat va korporativ xaridlar tizimining zamonaviy holati, huquqiy asoslari, elektron xaridlar platformasining joriy etilishi, shuningdek, davlat xaridlari orqali budjet mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmlari yoritilgan. Tahlillar asosida amaldagi tizimda mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

162

DAVLAT XARIDLARIDA MOLIYAVIY MUNOSABARLARNI TASHKIL

ETISH VA UNING MEXANIZMLARINI TAHLIL QILISH

G‘aniyeva Yulduz Ravshan qizi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat va korporativ

xaridlar tizimining zamonaviy holati, huquqiy asoslari, elektron xaridlar
platformasining joriy etilishi, shuningdek, davlat xaridlari orqali budjet
mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmlari yoritilgan. Tahlillar asosida
amaldagi tizimda mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

davlat xaridlari, korporativ xaridlar, elektron platforma, byudjet

mablag‘lari, tender, kichik biznes, O‘zRTXB.

ORGANIZATION OF FINANCIAL RELATIONS IN PUBLIC

PROCUREMENT AND ANALYSIS OF ITS MECHANISMS

G‘aniyeva Yulduz Ravshan qizi

Student of Tashkent State University of Economics

Abstract:

This article discusses the current state of the public and corporate

procurement system in the Republic of Uzbekistan, its legal foundations, the
introduction of electronic procurement platforms, and mechanisms for the efficient use
of budget funds through public procurement. Based on the analysis, existing problems
in the current system and proposals for their resolution have been developed.

Keywords:

public procurement, corporate procurement, electronic platform,

budget funds, tender, small business, UzRCE (Uzbek Republican Commodity
Exchange).

Kirish.

Hozirgi kunda davlat va korporativ xaridlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishida muhim o‘rin egallab, davlat muassasalari hamda budjet va maqsadli
jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni zarur mahsulot hamda
xizmatlar bilan maqbul narxlarda va o‘z vaqtida ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy
omillardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Davlat xaridlarining
iqtisodiyotdagi o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritganda, Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir:

“Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini

sotish uchun Internet tarmog‘ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

163

xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy
mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi,”

1

– degan fikrlari bugungi islohotlar

yo‘nalishini aniq ko‘rsatib bermoqda.

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish uchun bir qator ustuvor

yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etish lozim: mavjud qonunchilik bazasini
takomillashtirish va yangi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, budjet tashkilotlarida
xarid jarayonlarini samarali tashkil etish va boshqarish uchun zamonaviy uslubiy
asoslarni yaratish, hamda ushbu jarayonlar uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning
malakasini oshirish shular jumlasidandir. Ayniqsa, davlat xaridlarining huquqiy
asoslarini mustahkamlash maqsadida "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini
ishlab chiqish zarurati ham ilmiy doiralar, ham biznes vakillari tomonidan faol qo‘llab-
quvvatlanmoqda.

2

Ma’lumki, davlat xaridlari turli shakllarda amalga oshiriladi: tender savdolari,

tanlov asosida xarid, elektron auksionlar, elektron kataloglar orqali savdo, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shartnomalar, shuningdek, kapital qurilish bo‘yicha tanlov savdolari mavjud.
Shu bois, yaratilayotgan qonuniy asoslar har bir turdagi xarid qachon va qanday
hollarda qo‘llanilishini aniq belgilab berishi, shuningdek, har bir bosqichning tartib-
taomillarini to‘liq bayon etib, elektron xarid tizimlarini tartibli va shaffof tashkil
etishga, ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga xizmat
qilishi lozim. Bu esa, mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini yanada yaqqol
namoyon etadi.

Tahlil va natijalar.

Davlat budjetini bajarishga qaratilgan g‘aznachilik xizmati institutini

rivojlantirish va mustahkamlash budjet maglag‘laridan foydalanish samaradorligini
ancha oshiradi. Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzurida tashkil etilgan
G`aznachilik tuzilmasining malakali kadrlar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini
barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni xalq ta’limi va sog`liqni saqlash sohasida
budjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini moliyalashtirish mexanizmini yanada
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Davlar
xaridini samarali boshqarish orqali budjet mablag‘larini iqtisod qilish uchun
mahsulotlarni vositachilarsiz aynan ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan, chetdan
keltiriladigan tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlar oshishini oldini
oladi.

Davlat xaridlari jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: rejalashtirish,

xarid usulini tanlash, e’lon berish, takliflarni qabul qilish va baholash, g‘olibni

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. — Toshkent: «O’zbekiston»

NMIU, 2019. – 51 b.

2

O‘zbekistonRespublikasining 22-aprel 2021-yildagi 684-sonli qarori


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

164

aniqlash, shartnoma tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish. Har bir bosqichda
shaffoflikni ta’minlash muhim bo‘lib, bu korrupsiyaning oldini olish, raqobat muhitini
shakllantirish hamda budjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Davlat xaridlarining samaradorligi bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning

eng muhimlaridan biri elektron davlat xaridlari tizimining joriy etilishidir. Elektron
platformalar orqali xaridlarni amalga oshirish shaffoflikni oshirish, vaqt va mablag‘ni
tejash hamda korrupsion xavflarni kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu
tizim tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoit yaratib, davlat xaridlarida
ularning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Budjetdan mablag‘ oluvchilar 2011-yilning 1 aprelidan Hukumat

komissiyasining 2011-yil 15-fevraldagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasining

3

2-ilovasiga

ko‘ra kichik biznes subyektlari orqali amalga oshiriladigan tovar(ish, xizmat)lar
bo‘yicha davlat xaridlarini ularga o‘rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdorlaridan
kam bo‘lmagan tarzda kichik biznes subyektlari orqali amalga oshirishlari kerak.

Budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar to‘liq (100 foiz miqdorda) kichik biznes

subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar bo‘yicha maxsus axborot
portaliga savdo o‘tkazish yoki elektron savdo o‘tkazish to‘g‘risida e’lonlarni
joylashtirishda, e’lon shartida faqatgina kichik biznes subyekti qatnashishi
mumkinligini ko‘rsatib o‘tishlari lozim. Bunda, portalning axborot bazasida tegishli
ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda, tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar budjetdan
mablag‘ oluvchilarga ushbu e’lonlar bo‘yicha savdoda qatnashish uchun tegishli
statistika yoki soliq organlari tomonidan tasdiqlangan tovar (ish, xizmat) etkazib
beruvchining kichik biznes subyektiga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim
qilishlari lozim. O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi va uning hududiy
bo‘linmalari to‘liq (100 foiz miqdorda) kichik biznes subyektlari tomonidan amalga
oshiriladigan xaridlar bo‘yicha maxsus axborot portaliga joylashtirilgan talabnomalar
bo‘yicha elektron savdolarda faqat kichik biznes subyektlari ishtirok etishlarini
ta’minlaydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligi va O‘zbekiston Respublika tovar-

xom ashyo birjasining ma’lumotlar bazasini elektron bog‘lash yo‘li orqali budjetdan
mablag‘ oluvchilar birja tomonidan markazlashgan tartibda avtomatik tarzda
buyurtmachi sifatida ro‘yxatdan (akkreditatsiyadan) o‘tkaziladi.

Budjetdan mablag‘ oluvchilar O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo

birjasida tashkil etilgan elektron savdolarda agentlar (brokerlar) orqali yoki mustaqil
ravishda qatnashadi.

3

elektron ko’rinishda G‘aznachilikning saytida joylashtirilgan (www.treasury.uz)


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

165

Budjetdan mablag‘ oluvchilar va agentlar orasidagi munosabatlar ular o‘rtasida

tuzilgan topshiriq shartnomasiga ko`ra belgilanadi. Topshiriq shartnomasida quyidagi
shartlar bo‘lishi lozim:

1)

Agentlarga xizmat uchun to‘lovlar (Iqtisodiyot va moliya vazirligi va hamda

O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi tomonidan belgilangan miqdorda);

2)

Birjaning vositachilik xizmati (elektron savdolarda tuzilgan bitim

summasining 0,05 foizi miqdorida);

3)

Savdo o‘tkazish haqidagi e’lonlar maxsus axborot portalga joylashtirganligi

uchun to‘lovlar (e’lonlar agentlar orqali maxsus axborot portaliga joylashtirilgan
hollarda – O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi hamda Iqtisodiyot va
moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan miqdorda).

Bundan tashqari, topshiriq shartnomasida shartnoma maqsadi, buyurtmachi va

agentning majburiyatlari, tomonlarning javobgarligi, hisob-kitob qilish tartibi,
shartnomaning amal qilish muddati va boshqa bir qanchashartlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Budjetdan mablag‘ oluvchi va agent o‘rtasida tuzilgan topshiriq shartnomalari asosiy
shartnoma vazifasini o‘taydi va ular Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligi va
uning hududiy bo‘linmalarida ro‘yxatga olinmaydi, ya’ni faqatgina ularning hisobi
yuritiladi. Topshiriq shartnomasida narx belgilanmaydi.Budjetdan mablag‘ oluvchilar
agentlar bilan topshiriq shartnomasini tuzayotganda ularga rahbar va bosh
hisobchining imzo namunalari kartochkalarini keyinchalik birjaning hududiy
bo‘linmalariga yetkazib berish uchun taqdim qiladilar.

Quyidagi rasmda davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning hajmi

keltirilgan bo‘lib, unda xaridlar hajmini keskin ortganini ko‘rishimiz mumkin.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

166

1-rasm. Davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning hajmi (2020-2024)

4

Tanlov va boshqa tanlov savdosining hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, tanlov

savdolari o‘tkazish usuli va uslublari qo‘llanishining maqsadga muvofiqligi va
asoslanganligini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish
qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi (Davarxitektqurilish).

Tanlov savdolarini ochishda, ekspertiza xulosasi tanlov komissiyasining

e’tiboriga yetkaziladi. Ekspertiza tomonidan ijobiy xulosa berilganidan so‘ng, ochiq
tanlov savdolari o‘tkazilayotganda, ommaviy axborot vositalarida e’lon chop etiladi,
yopiq tanlov savdolari o‘tkazilayotganda potentsial ishtirokchilarga taklifnomalar
yuboriladi.

Tanlov savdolari jarayonida ishtirok etishga taklifnomalarni jo‘natish bo‘yicha

e’lonlarni chop ettirish, pudratchilarni muddatida tayyorgarlik ko‘rishlari va o‘z
talabnomalarini taqdim etishlari uchun yetarli bo‘lgan muddatda, lekin e’lon chop
etilgan kundan e’tiboran kamida 30 kalendar kun va taklifnoma jo‘natilgan kundan
e’tiboran 35 kundan kam bo‘lmagan muddatlarda buyurtmachi bilan kelishilgan holda
amalga oshiriladi.

Ekspertiza tomonidan berilgan ijobiy xulosa matbuotda tender savdosi

to‘g‘risidagi e’lonni chop ettirishga asos bo‘ladi.

Tanlov savdosi hujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tanlov

savdolarini tashkillashtirish va o‘tkazish buyurtmachi (investor) mablag‘laridan
amalga oshiriladi.

4

Muallif tomonidan tovar xom-ashyo birjasai ma’lumotlari asosida tuzildi.

0

50000

100000

150000

200000

250000

300000

2020

2021

2022

2023

2024

Н

аз

ван

ие

о

си

Название оси


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

167

1-jadval

“O‘zbekiston Respublikasi TXB” AJning 2021-2023-yil faoliyat yakunlari

to‘g‘risida ma’lumot

5

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov

birligi

2021-yil

2022-yil

2023-yil

Bitimlar hajmi, jami

mlrd.

so‘m

87 307,7

137

881,9

146 839,7

Birja savdolari, jami

mlrd.

so‘m

74 479,4

100

315,4

103 887,7

shu jumladan: yuqori likvidlik

mahsulotlar (PQ-4484)

mlrd.

so‘m

67 212,1

89 786,9

80 551,3

birja savdolarining O‘zRTXB

bitimlarining umumiy hajmidagi
ulushi

%

85,3

72,8

70,7

yuqori likvidlik mahsulotlarning

O‘zRTXB bitimlarining umumiy
hajmidagi ulushi

%

77,0

65,1

54,9

birja savdolarida ishtirok etgan

ishlab

chiqaruvchilarning

qo‘shimcha daromadlari

mlrd.

so‘m

7 577,8

10 687,3

3 750,0

KXT

subyektlari

tomonidan

sotib olingan mahsulotlarning
hajmi

mlrd.

so‘m

20 088,8

24 382,2

21 968,1

sotilgan

mahsulotlarning

umumiy

hajmida

KXT

subyektlarini xarid qilish ulushi

%

23,0

17,7

15,0

KXT

subyektlari

tomonidan

sotib olingan mahsulotlarning
hajmi

mlrd.

so‘m

12 920,4

5 334,3

5 319,0

sotilgan

mahsulotlarning

umumiy

hajmida

KXT

subyektlarini sotish ulushi

%

14,8

3,9

3,6

Ko‘rgazma-yarmarka savdolari

bitimlarining hajmi

mlrd.

so‘m

1 496,7

501,7

289,1

Eksport

mlrd.

so‘m

770,0

631,2

25,9

Davlat

xaridlari

bo‘yicha

tuzilgan bitimlarning hajmi

mlrd.

so‘m

11

027,4

36 748,4

42 254,1

budjet mablag‘larini tejalishi

mlrd.

so‘m

1 724,6

5 837,4

7 878,8

boshlang‘ich bahoga nisbatan

budjet mablag‘larini tejalishi

%

13,5

13,7

15,7

5

Muallif tomonidan tovar xom-ashyo birjasai ma’lumotlari asosida tuzildi.

www.uzex.uz/uz-latn/pages/statistics


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

168

“O‘zbekiston Respublikasi TXB” AJning 2021-2023 yil faoliyat yakunlarini

umumlashgan holda quyidagicha aks ettirish mumkin .Yani jadvalga ko‘ra
"O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ faoliyatiga ko‘ra, 2021-yildan
2023-yilgacha bo‘lgan davrda umumiy bitimlar hajmi 87,307.7 milliard so‘mdan
146,839.7 milliard so‘mgacha o‘sgan bo‘lsa-da, birja doirasidagi bitimlarning ulushi
85.3% dan 70.9% gacha pasaygan. Birja savdolari hajmi esa ushbu davrda 74,479.4
milliard so‘mdan 103,887.7 milliard so‘mgacha, yuqori likvidlik mahsulotlar bo‘yicha
bitimlar hajmi 67,212.1 milliard so‘mdan 80,551.3 milliard so‘mgacha oshgan. Shu
bilan birga, ko‘rgazma-yarmarka savdolari hajmi 1,496.7 milliard so‘mdan 289.1
milliard so‘mgacha kamaygan. Eksport, davlat xaridlari va byudjet mablag‘larini tejash
bo‘yicha ko‘rsatkichlarda ham o‘zgarishlar kuzatilgan.

2-rasm.“O‘zbekiston Respublikasi TXB”

AJning 2021-2023yil faoliyat yakunlari(mlrd/so‘m)

6


Rasmdan ko‘rinadiki, xaridlar asosan birja savdolari orqali bajarilgan, 2022-yilga

kelib ko‘rgazma-yarmarka savdolari bitimlarining hajmi yildan yilga pasayib borgan
eng past koʻrsatkichni koʻrsatib.Lekin Davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan bitimlar hajmi
2022-yilda sezilarli oshib 2023-yilda oʻsish surʼati biroz sekinlagan.Bu paytda esa
korporativ xaridlar boʻyicha tuzilgan bitimlar hajmida deyarli oʻzgarish boʻlmagan.

Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan doimiy

nazorat o‘rnatilgani davlat budjeti mablag‘lari va boshqa markazlashtirilgan
manbalardan maqsadli va oqilona foydalanishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

6

Muallif tomonidan “O’zbekiston Respublikasi TXB” AJning ma’lumotlari asosida tuzildi

0

20000

40000

60000

80000

100000

120000

2021

2022

2023

Birja savdolari hajmi

Ko'rgazma-yarmarka savdolari

davlat xaridlari bo'yicha tuzilgan bitimlar

korporativ xaridlar bo'yicha tuzilgan bitimlar


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

169

Xususan, davlat tovarlari (ishlar va xizmatlar) xaridi uchun ajratilgan mablag‘larning
samarali ishlatilishini ta’minlashda nazorat tizimi alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat xaridlari jarayonida tender (tanlov, konkurs) savdolarining ochiq va

shaffof tarzda o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega. Tender savdolarining qonuniy va
adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston

Iqtisodiyot va moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi qoshida

maxsus nazorat bo‘limi faoliyat yuritadi. Agar savdolarda ishtirokchilar o‘zaro kelishib
olish yoki korrupsiya yo‘li bilan g‘olibni aniqlashga urinish holatlari aniqlansa,
qonunchilikka muvofiq ravishda ushbu korxona va tender ishtirokchilariga nisbatan
qat’iy choralar qo‘llanadi. Bundan tashqari, ushbu tender natijalari bekor qilinib, u o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatiga xalaqit beruvchi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlat xaridlari jarayonida kichik biznes subyektlarining faol ishtirokini ta’minlash
uchun qulay shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yaratish muhim yo‘nalishlardan
biridir.

Davlat xaridlarida kichik biznes vakillarining ishtirokini oshirish orqali xususiy

sektor uchun tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
imkoniyatlari kengaymoqda. Bu esa halol raqobatni kuchaytirib, davlat xaridlari
bo‘yicha tenderlarda kichik biznes subyektlariga afzallik yaratmoqda. Shuningdek,
tegishli vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo
birjasi tomonidan kichik biznes vakillarini malakasini oshirish kurslarini tashkil etish,
davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tashkilotlarni bepul akkreditatsiya qilish va kichik
biznes uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish ham xususiy sektor uchun
yaratilgan imtiyozlardir.

Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga doimiy nazorat

o‘rnatilishi, davlat byudjeti mablag‘lari va markazlashtirilgan manbalardan maqsadli
foydalanishning muhim omili bo‘ladi. Davlat xaridlarini amalga oshirish samaradorligi
doimiy ravishda tahlil qilib boriladi va ularni takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Bularning barchasi kichik biznes subyektlarini faol jalb etish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratmoqda. Natijada, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish,
shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.



background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-2, May -2025

170

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi.- O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2023 y.,
2.O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi
O‘RQ-684-son Qonuni
3. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –
48 b.
4. Burxonov U. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “infoCOM.uz”, 2010.
5.

www.stat.uz

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasi rasmiy sayti)

6. O’zbekiston Respublikasi TXB” AJning ma’lumotlari.
7.

www.uzex.uz/uz-latn/pages/statistics

8. elektron ko’rinishda G‘aznachilikning saytida joylashtirilgan (www.treasury.uz).

Bibliografik manbalar

O‘zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi.- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2023 y.,

O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni

Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

Burxonov U. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “infoCOM.uz”, 2010.

www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasi rasmiy sayti)

O’zbekiston Respublikasi TXB” AJning ma’lumotlari.

www.uzex.uz/uz-latn/pages/statistics

elektron ko’rinishda G‘aznachilikning saytida joylashtirilgan (www.treasury.uz).