“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
153
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA
OILA VA TA’LIM MUASASASI INTEGRATSIYASI
Shokirova Madinabonu Shomurod qizi
Zarmed universiteti o'qituvchisi
+998936877746
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Boshlang’ich sinflarda zamonaviy ta'lim-tarbiya
jarayonida oila va maktab integratsiyaning ahamiyati, ayniqsa maktab va ota-ona,
o’qituvchi va o’quvchi, o’qituvchi va ota -ona hamkorligining zarurati, unda amalga
oshirilayotgan amaldagi islohotlar va keyingi samarali takliflarga misollar keltirilgan.
Tayanch tushunchalar:
integratsiya, ta’lim-tarbiya, oila, oilaning jamiyatdagi
o‘rni, oilaning maktab bilan aloqasi, jamoa, ota-ona, shakl va metod, shaxs tarbiyasi.
Аннотация:
В данной статье рассматривается значение интеграции семьи и
школы в современном образовательном и воспитательном процессе в начальных
классах. Особое внимание уделяется необходимости сотрудничества между
школой и родителями, учителем и учеником, а также учителем и родителями.
Приведены примеры проводимых реформ в этой области и эффективные
предложения для дальнейшего совершенствования.
Ключевые слова
: Интеграция, образование и воспитание, семья, роль
семьи в обществе, связь семьи со школой, сообщество, родители, формы и
методы, воспитание личности.
Annotation:
This article discusses the importance of integration between family
and school in the context of modern educational and upbringing processes in primary
school. It emphasizes the necessity of cooperation among schools and parents, teachers
and students, and teachers and parents. The article also highlights ongoing educational
reforms and provides examples of effective practices and recommendations for further
improvement.
Keywords:
Integration, education and upbringing, family, the role of the family
in society, family-school relationship, community, parent, forms and methods,
character development.
Bugungi zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida integratsiyaning ahamiyati tobora
ortib bormoqda. Ayniqsa boshlang’ich sinflarda tarbiya jarayonida oila va maktab
o’rtasidagi integratsiya o'quvchilarning ta’lim-tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish va ular
orasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Yangi O‘zbekistonning ta'lim sohasidagi
islohotlari, jumladan, boshlang’ich ta'limni rivojlantirish, o‘qituvchilarning ta’limiy va
tarbiyaviy malakasini oshirish, oila va ta’lim muasasasi o’rtasidagi munosabatlarni
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
154
integratsiyalash, o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash kabi tadbirlar bu jarayonni
yanada samarali qilmoqda.
Bundan
tashqari, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga
oshirilayotgan islohotlar, ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu strategiya, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish,
ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, oilaviy va milliy qadriyatlarimizni asrab-
avaylash kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ta'lim-tarbiya
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, ota-onalar va o’qituvchilar
o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash barkamol avlod tarbiyasiga
qaratilgan e'tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bu esa o‘quvchilarning jismonan va
ma’nan rivojlanishini ta'minlashda, shuningdek, ularni zamonaviy jamiyatning faol
fuqarolari sifatida shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ta'lim-tarbiya
tizimida
amalga
oshirilayotgan
ushbu
o‘zgarishlar,
mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratishga
xizmat qiladi va barkamol avlodni tarbiyalashda yangi imkoniyatlar ochadi.
Maqolaning asosiy mavzusi boshlang’ich sinflarda oila va maktab faoliyatini
integratsiyalash ya’ni o’quvchi, ota-ona va o’qituvchi o’rtasidagi munosabatni to’g’ri
yo’lga qo’yishdan iborat.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy,
ma`naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning
jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan hissiyotlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida
ko`riladigan chora-tadbirlar yig`indisi. Tarbiya jarayoni-ota-ona, o`qituvchi va
o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik
jarayoni.
Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik
jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi tarbiya yaxshi
yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila gullab-yashnaydi. Farzand tarbiyasini qachondan
boshlamoq kerak?, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga
turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning
tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan
burchlarimizdandir
Oiladagi muhit ota-ona o‘z ma’suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo‘ladi.
Bolalarning odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda ta’lim
muasasasining ham ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham o’zaro integratsiyalash
jarayoni juda muhimdir. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan
xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
155
boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak.
Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun
uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir
qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat
bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona
tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga
salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan
boladan “ma’naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilib
ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa
bolaning tarbiyasiga, tengdoshlari, ustozlari bilan munosabatida ham o’z ta’sirini
ko’rsatadi.
Bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, oila va jamiyatning o‘rni beqiyosdir.
Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo, tarbiyalanishi zarur. Abu
Lays Samarqandiy «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini
ta’riflab: “Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya
ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi”, - degan edi. Ibn
Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi. Kimga qanday pand-u nasihat
qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil”, - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog
olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning
mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan
hamkorlik jarayonidir. Boshlang’ich sinflarda tarbiyaning maqsadi - har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirish, ma’nan axloqli insonni tarbiyalash.
Oilada va maktabda bola shaxsini tarbiyalash jarayonini integratsiyalash bu-ikki
tomon uchun ham muhim hisoblangan tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan
bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
✓
tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda
ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
✓
jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos "komil
inson”ni tarbiyalash;
✓
madaniy va axloqiy tarbiya orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini
ta’minlash;
Tarbiyada integratsiya qonuniyatlari - bu ikki tomonning ya’ni oila va
maktabning ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va shaxsning
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
156
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalarni o’zaro mustahkamlashdir. Bu
integratsiyalash jarayonida bolalar o‘z navbatida tarbiyalanib boradi hamda ota-onalar
bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarning mazmuni quydagicha bo’ladi:
✓
bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi
qonunlarga asoslanib jarayonni boshqarish;
✓
maktab va oiladagi tarbiya muhitini o’rganish;
✓
maktablarda ota-onalar jamoatchiligini tashkil etish shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va
umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari
jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila
tarbiyasiga chambarchas bog‘laydilar. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy
ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi:
1. “Tarbiyaning zamoni”.
2. “Badan tarbiyasi”.
3. “Fikr tarbiyasi”.
4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.
Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o‘zida “Maktabgacha ta’lim”, “Oila” va
“Jamiyat” nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani “davlat ichra kichik davlat”-
deb ataymiz. Unda yangi inson, ya’ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi.
Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo‘ladi. Shu sababli
ota - onalar farzandning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol
va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota- onaning o‘zi yuksak axloqiy
fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota- onalar o‘z shaxsiy ishi deb
bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota-onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi
va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh- urug‘lar oldidagi javobgarligi.
Shuning uchun ham ota-ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu
ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor
hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy
vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga
oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota-onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan kishilardir,
ya’ni obro‘li ota-onalardir.
Bunday odamlar o‘z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta’limda
ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. Ilmiy
manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan
birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi
odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning
ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning
ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
157
topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu
o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta
ekanligini ko‘rsatib beradi.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi. O‘zbekistonda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlar "Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" yo‘nalishidagi
shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o‘quv bilim yurtining asosiy vazifalarini
mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan
oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro xabarlashuvlar o‘quvchini to‘la o‘rganishga, ta’lim
va tarbiyada shu o‘quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga
yordam beradi. Sinf rahbari o‘z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini
kundalikka yozib borsa, undagi to‘plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o‘rganish bilan
shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash
yo‘llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik
talablar qo‘yib bo‘lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Boshlang’ich sinflarda oila va maktab o’rtasidagi munosabat sinf rahbariga
bog’liqdir. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g‘oyat keng, ko‘p
qirrali bo‘lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar
joylardagi va o‘quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham
yaqin aloqada bo‘lishni taqozo etadi.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga
oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni
hal qiladi:
1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab
boradi;
2. O‘quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo‘yishga
erishadi;
3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga
faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
4. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik
madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi;
5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi
tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o‘quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan
hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-
birlariga qanchalik ko‘p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog‘liq. Ana shu
maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
− o‘quvchining o‘quv mehnatiga tavsifnoma, o‘qishdagi muvaffaqiyati va
muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
158
− o‘quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o‘quvchining jamoa
hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning
bor-yo‘qligi, sababi, ularga o‘zining munosabati.
− o‘quvchining o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida vujudga
kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
− o‘quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar
berish. Oilaga o‘quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o‘z
navbatida farzandi haqida o‘z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga
quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
✓
farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti,
dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
✓
belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
✓
o‘quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf
hayotidagi turli voqealarga baholari.
✓
ota-onaning ayrim o‘qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan
iltimoslari va takliflari. Sinf rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro
xabarlashuvlar o‘quvchini to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o‘quvchi uchun
eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o‘z
kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi
to‘plangan ma’lumotlarni vaqtivaqtida o‘rganish bilan shularga asoslanib tegishli
xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo‘llari, keyingi rejalarni
belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo‘yib bo‘lsa,
tarbiya albatta samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan
ishlari tajribasida shaxsiy, sinfsinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan.
Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi
faoliyatinnig asosiy yo‘nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda
ularni maktab talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan
maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo‘llari, uslub va
shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi o‘zgarishlar, rejalar haqida
maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq
eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o‘tkazish ommaviy ishning
turlaridir. Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror
topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o‘z
qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy
ishlarning vazifasini va yo‘nalishini belgilab beradi.
Maktabda ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar
bilan bog‘liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag‘ishlangan
majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag‘ishlangan
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
159
majlislar. Bu majlislarning har biri o‘z maqsadiga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog‘liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota-onalar sinfi
saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.
Ko‘pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari
tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda.
Maslahatlar ko‘proq shaxsiy ish shakli bo‘lib, unga sinf rahbari ota yoki onaga
farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar
yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o‘zining shaxsiy suhbatini, oilani
o‘rganish va kuzatish asosida to‘plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o‘tkaziladigan
ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g‘oyatda muhim. Agar
bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri
yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
Maktablarda integratsion hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o’quvchilar va ota-
onalarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo‘lishi lozim.
Hamkorlik tadbirlarining mavzulari “Sog‘lom avlod uchun”, “Ota-onangga rahmat",
“Odobinga balli”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Mehr chashmasi”, “Qizlar ibosi”, “Bir
yigitga qirq, hunar oz”, “O‘g‘lim posbonim”, “Oila saboqlari”, “Oila etikasi”, “Oila
baxti - Vatan baxti”, “Sportchi oila”, “Oilamiz ohanglari”, “Vatan ostonadan
boshlanadi”, “Biz kimmiz” kabi tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar oila va maktab o’rtasidagi
o’zaro hamkorlikni mustahkamlaydi va tarbiya jarayonini amalga oshirishda ko’prik
vazifasini bajaradi. Tarixdan ko‘pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib
jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan. “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo
mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” A. Avloniyning ushbu
so‘zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz
mumkin. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaning asosi oil ava maktabda integratsion
muhitni yaratish, kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash
sanatining qirralari, shakl va yo‘llarini o’rgatadi hamda uzluksiz va uzviy ta’lim-
tarbiya muhitini yaratadi. Bu esa, yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda
ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni
aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib,
insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini
shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Abdullayeva.B.S., Tursunova M.B., Xaydarova M.X., BOSHLANG‘ICH
TA’LIMDA TARBIYA FANI, dasrlik, Toshkent-2022.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-2, May -2025
160
2.
Muhammadjonova F.M., SUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS,
SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS” April 26, 2024 408
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA TURLARI VA METODLARI
3.
Rahmonova.D.I. SINF RAHBARINING OILA VA JAMOATCHILIGINI BILAN
FIAMKORLIGINI TASHKIL ETISh, Образование и наука в ХХI веке, 2020.
4.
М.Шокирова, “Семейно-школьное сотрудничество в современных условиях
начального образования” ―Raqamli transformatsiya sharoitida ta‘lim
oluvchilarni kasbga yo’naltirish: muammolar, yechimlar‖ mavzusida Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2024-yil 10-dekabr.