Silning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarga palliativ tibbiy yordam ko’rsatishning ahamiyati

CC BY f
85-86
0
0
Поделиться
Маматова, Н., Ашуров, А., & Абдухакимов, Б. (2024). Silning surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarga palliativ tibbiy yordam ko’rsatishning ahamiyati . Инновационные подходы к диагностике, лечению и профилактике туберкулеза и неспецефической респираторной патологии у взрослых и детей, 1(1), 85–86. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prevention-tuberculosis/article/view/30633
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsifiga ko’ra, palliativ tibbiy yordam-bu hayotga xavf soluvchi kasallik bilan bog’liq muammolarga duchor bo'lgan bcmorlar (kattalar va bolalar) va ularning oilalarini hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yondashuvdir. U erta tashxis qo’yish, og’riqni to’g’ri baholash va davolash orqali bemorlaming azoblanish ini yengillashtiradi va bartaraf qiladi, shuningdck jismoniy, ruxiy yoki psixososial muammolami xal qilib bcradi.


background image

85

SILNING SURUNKALI SHAKLLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARGA

PALLIATIV TIBBIY YORDAM KO’RSATISHNING AHAMIYATI

Mamatova Nargiza Toirjonovna, Ashurov Abduvaliy Abduxakimovich,

Abduxakimov Baxrombek Abduvaliyevich

Samarkand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shaxri

Dolzarbligi

. Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsifiga ko’ra, palliativ tibbiy yordam-bu

hayotga xavf soluvchi kasallik bilan bog’liq muammolarga duchor bo’lgan bemorlar (kattalar va
bolalar) va ularning oilalarini hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan yondashuvdir. U erta tashxis
qo’yish, og’riqni to’g’ri baholash va davolash orqali bemorlarning azoblanish ini yengillashtiradi
va bartaraf qiladi, shuningdek jismoniy, ruxiy yoki psixososial muammolarni xal qilib beradi.

Maqsadi:

Silning og’ir va surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarning palliativ tibbiy

yordam ko’rsatilishiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.

Materiallar va tekshiruv usullari.

Ushbu tadqiqotda 2020 yilda Samarqand viloyat ftiziatriya va

pulmonologiya markazining davolash bo’limlarida davolanayotgan 43 nafar ahvoli og’ir yoki o’rta
og’ir bo’lgan bemorlar ishtirok etdilar. Axvoli o’ta og’ir va sil meningiti kuzatilgan bemorlar bilan
muloqot qilish qiyin bo’lganligi uchun bunday bemorlar tadqiqotda qatnashmadilar. Bemorlarda
havotir va tushkunlikning darajasini aniqlashga yordam beruvchi A.S. Zigmond va R.P. Snaith
tomonidan ishlab chiqilgan HADS shkalasidan, uzoq kuzatuvda bo’lgan bemorlarda komorbidlik
darajasi aniqlash uchun Charlson shkalasidan, surunkali og’riqni baxolash uchun esa vizual analog
shkalasidan (Visual Analog Scale - VAS) foydalandik.

Tekshiruv natijalari va ularning muhokamasi.

Bemorlaring o’rtacha yoshi 42,1 ± 3,4 ga teng

edi. Silning klinik shakllarining uchrashi quyidagicha: 27 (62,7%) ta bemorda fibroz-kovakli sil,
12 (27,9%) ta bemorda tarqoq sil (shu jumladan generallashgan shakli ham), 4 (9,4%) ta bemorda
esa kazeoz zotiljam kuzatildi. 9 (20,9%) nafar bemorda OIV infeksiyasi aniqlandi. Barcha
bemorlarga asosiy va zahira qatoridagi dorilar bilan ximioterapiya o’tkazildi. 7 nafar bemorga
antiretrovirusli davolash ham o’tkazildi. 29 (67,4%) nafar bemorlarda yetakchi klinik simptom
sifatida nafas qisilishi, shuningdek nafas yetishmovchiligi belgilari kuzatildi. Og’riq sindromi 15
nafar bemorda qayd etildi, 7 (16,3%) nafar bemor esa bu sindrom ularda ustunlik qilayotganini
aytishdi. 4 ta bemorda to’mtoq og’riqlar, 2 ta bemorda yondiruvchi og’riqlar, 2 ta bemorda o’tkir
og’riqlar, 6 ta bemorda teshib o’tuvchi va 1 ta bemorda bosimli og’riqlar kuzatildi. 2 ta bemorda
doimiy og’riq, 13 ta bemorda davriy og’riqlar borligi aniqlandi. Og’riqni kuchaytiruvchi omillar
sifatida bemorlar quyidagilarni qayd etishdi: jismoniy faollik (4), tana holatini o’zgartirish (3),
chuqur nafas olish va yo’talish (9), isitmalash (1) va silga qarshi dorilarni qabul qilish (2). Og’riqni
yengillashtiradigan omillar sifatida esa quyidagilarni qayd etishdi: chalqancha yotish (5), og’riq
qoldiruvchi vositalarni qabul qilish (6) va yo’talni qoldiruvchi vositalarni qabul qilish (8). Ikki nafar
bemor esa xech bir vosita og’riqni yengillashtirmaganini aytishdi. Keyingi o’rindagi klinik belgi
sifatida yo’tal (13 (30,2%) ta bemor “azob beruvchi yo’tal” deb ta’kidlashdi), anoreksiya, varaja,
uyqusizlik, holsizlik holatlari kuzatildi. Deyarli barcha bemorlar (41 (95,3%) nafar bemor)
stasionarga yotqizilganlaridan so’ng kasallik belgilari yengillashganini qayd etishdi.

Xulosa.

Silning og’ir shakllari bilan kasallangan bemorlar ularda mavjud bo’lgan yo’ldosh

kasalliklari tufayli bir vaqtning o’zida bir nechta mutaxassis, ya’ni terapevt, infeksionist, kardiolog,
endokrinolog, jarrox, nevrolog yordamiga muhtoj bo’lishadi. Shuningdek, bunday bemorlarda
havotir va tushkunlik holatlari yaqqol rivojlanganligi uchun psixoterapevtning ko’magi ham kerak
bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, silning og’ir va surunkali shakllari bilan kasallangan bemorlarni
davolash tibbiy va psixologik tadbirlarni o’z ichiga olgan palliativ yordamni talab etadi.

Аdabiyotlar ro'yxati

1.

Ташпулатова, Фатима Кудратовна, et al. "Уровень комплаенса у больных с
лекарственно устойчивым туберкулезом." Медицина: вызовы сегодняшнего дня.


background image

86

2016.

2.

Ташпулатова, Ф., Галиулин, Т., Шамшиева, Н., Курбанов, А., & Кулдошов, А. (2023).
Переносимость

химиотерапии

больными

лекарственно-чувствительным

туберкулезом легких. Педиатрия, 1(1), 232-235.

3.

Alimovich, Khakimov Mirazim, et al. "Clinical Course of Nephrotuberculosis in the Elderly
Age." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6882-6887.

Библиографические ссылки

Ташпулатова, Фатима Кудратовна, е1 а1. "Уровень комплаенса у больных с лекарственно устойчивым туберкулезом." Медицина: вызовы сегодняшнего дня.2016.

Ташпулатова, Ф., Галиулин, Т., Шамшиева, Н., Курбанов, А., & Кулдошов, А. (2023). Переносимость химиотерапии больными лекарственно-чувствительным туберкулезом легких. Педиатрия, 1(1), 232-235.

Alimovich, Khakimov Mirazim, et al. "Clinical Course ofNephrotuberculosis in the Elderly Age." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6882-6887.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов