300
2.
Бахтияровна, З. Суюнова, С. Кузибаевич Амиров. "Важность показателей
микроклимата на молокозаводе".
Международный журнал инноваций в области
инженерных исследований и технологий
, № 1, 2020, стр. 1-6.
3.
Dilafruz, M., Hasan, M., Bobur, D., &Zulfiya, S. (2023). THE SIGNIFICANCE OF
THE ORGANIZATION OF COWS MILKING IN INCREASING DAIRY PRODUCTIVITY.
4.
Bakhtiyarovna, S. Z., &Kuzibaevich, A. S. The Importance of Microclimate Indicators
in the Dairy.
InternationalJournalofInnovationsinEngineeringResearchandTechnology
, (1), 1-6.
5.
Raimova, F., Yakhaev, B., &Suyunova, Z. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ В РАЦИОНЕ ДОЙНЫХ КОРОВ КОРМОВОЙ ТЫКВЫ СОРТА
СУТОФЕНТОВ, УНИВЕРСАЛЬНОЙ ПРОБИОТИКОВОЙ ДОБАВКИ “ПРОБИОКОРМ”
И ПРЕМИКСА “NOVAMILK”.
Статьи ssuv. uz
,
3
(3).
6.
Yaxyayev, B. S. (2023). GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARGA OZUQAVIY QO
‘SHIMCHALARDAN
FOYDALANISHNING
SAMARADORLIGI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 183-190.
7.
Суюнова, З. Б., Намозов, М., Исломова, Ў., Рахматова, Д., &Эшмўминова, М.
(2023). ГОЛШТИН ЗОТЛИ СИГИРЛАРИНИНГ СУТ МАҲСУЛДОРЛИГИНИ
ОШИРИШДА ЭТОЛОГИК КЎРСАТКИЧЛАРГА БОҒЛИҚЛИГИ.
AMALIY VA TIBBIYOT
FANLARI ILMIY JURNALI
, 137-143.
6. Нендисса Д. Р., Алимгожаевич И. К., Сапаев И. Б., Каримбаевна Т. М.,
Бахтияровна С. З., Абдулла Д., ... и Шарифовна А. Г. (2023). Устойчивый выпас скота в
Казахстане, практика, проблемы и экологические соображения.
Caspian Journal of
Environmental Sciences
,
21
(4), 977-988
UOʻK: 636.085:637.11
Tajriba guruhlaridagi sigirlarning klinik koʻrsatkichlari
R.G.Pardayev, U.T.Raximov, A.B.Tuygunov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada turli seleksiyaga mansub qora-ola zotli sigirlarning fasllar
kesimida klinik koʻrsatkichlari (tana harorati, yurak urushi va nafas olishi) to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Fasl, klinik koʻrsatkich, qora ola, tana harorati, yurak urushi, nafas olishi.
Summary. This article presents clinical parameters (data on div temperature, heart rate
and respiration) of black-and-white cows of different selections.
Key words: Season, clinical indicator, black spot, div temperature, heart rate,
breathing.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son
“Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi, 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi, 2020-yil
29-yanvardagi PQ-4576-son “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2022-yil 8-fevraldagi
PQ-120-son “O‘zbekiston
Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlartirish bo‘yicha 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli
me’yoriy huquqiy hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi.
301
Respublikamizda 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan go‘sht (tirik vaznda)
2725998 tonnani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 3,40 foizga ko‘p bo‘lgan. Jami ishlab
chiqarilgan go‘shtning 159228 tonnasi yoki 5,84 foizi fermer xo‘jaliklarida, 2395920 tonnasi
yoki 87,90 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida, 170850 tonnasi yoki 6,26 foizi
qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda yetishtirilgan bo‘lsa, 2022-yilda
respublikamizda jami 11629434
tonna sut sog‘ib olingan. Bu koʻrsatkich o‘tgan yilga nisbatan
3,20 foizga oshgan. Jami sog‘ib olingan sutning 632193
tonnasi, yoki 5,43 foizi fermer
xo‘jaliklarida, 10861417
tonnasi, yoki 93,39 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida
hamda 135824
tonnasi, yoki 1,18 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlarda ishlab chiqarilgan.
Qora-ola zotiga mansub qoramollar respublikamizning barcha viloyatlarida urchitiladi.
Mazkur zotga mansub qoramollar umumiy soniga nisbatan, asosiy qismi Toshkent, Farg‘ona,
Namangan, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida, Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm
viloyatlarida nisbatan kam urchitiladi. Bu zot golland zotini mahalliy mollar bilan
chatishtirishdan kelib chiqqan [3].
Tadqiqotning maqsadi.
Chetdan keltirilgan va mahalliy qora-ola zotiga mansub
qoramollarning klinik koʻrsatkichlarini fasllar kesimida maxsus tadqiqotlar yordamida
o‘rganish.
Tadqiqot usullari.
Tadqiqot bo‘yicha tajribalar qismi 2021-2023-yillar davomida
Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Siyob-Shavkat-Orzu” mas’uliyati cheklangan
jamiyatning qoramolchilikka ixtisoslashgan fermasida olib borildi. Tajriba uchun Polsha
davlatidan keltirilgan qora-ola zotiga mansub (I-guruh) va qora-ola zotining O‘zbekiston xili
(II-guruh) sigirlar tanlab olingan.
Tadqiqot natijalari.
Biz tajriba guruhidagi sigirlarning klinik ko‘rsatkichlarini o‘rganish
uchun har guruhdan 5 boshdan sigir tanlab oldik va yilning fasllari kesimida ularning klinik
ko‘rsatkichlarini o‘rgandik hamda olingan natijalarni quyidagi 1-jadvalda havola qildik.
1-jadval
Tajriba guruhlaridagi sigirlarning klinik ko‘rsatkichlari (n=5)
Ko‘rsatkichlar
Guruhlar
I (X±Sx)
II (X±Sx)
Kuzda
Tana harorati,
0
С
38,3±0,01
38,2±0,01
Yurak urushi, (1 daqiqada)
64,6±0,02
64,5±0,05
Nafas olishi, (1 daqiqada)
26,8±0,01
26,5±0,01
Qishda
Tana harorati,
0
С
38,1±0,01
38,0±0,02
Yurak urushi, (1 daqiqada)
63,5±0,03
63,1±0,04
Nafas olishi, (1 daqiqada)
25,3±0,01
25,1±0,01
Bahorda
Tana harorati,
0
С
38,3±0,01
38,1±0,01
Yurak urushi, (1 daqiqada)
64,8±0,03
64,2±0,03
Nafas olishi, (1 daqiqada)
26,2±0,02
26,0±0,01
Yozda
Tana harorati,
0
С
38,6±0,02
38,6±0,01
Yurak urushi, (1 daqiqada)
66,8±0,04
66,7±0,05
Nafas olishi, (1 daqiqada)
27,7±0,02
27,5±0,01
Ma’lumki, klinik ko‘rsatkichlarni asosiysi bu hayvonning tana haroratidir. Tana harorati
to‘g‘ri ichak orqali aniqlanadi. Har bir bosh sigirning tana haroratini oʻlchash uchun 5-10
302
daqiqa vaqt ketdi. Tana harorati odatda sigirlarda o‘rtacha 37,5 – 39,5
0
C oralig‘ida bo‘lishi
lozim.
Sigirlarning nafas olish tezligini aniqlash uchun sigirlarni bosh tomonidan ko‘krak va
qorin bo‘shlig‘ini ko‘tarilib (nafas olganda) va pasayishiga (havo chiqarganda), ayrimlarini
burun bo‘shlig‘idan havoni kirib chiqishiga qarab aniqladik. Nafas olish ayrim ilmiy
manbalarda o‘rtacha 12-25 marta deb ta’kidlangan. Lekin O‘zbekistonning issiq iqlim
sharoitida bu ko‘rsatkich 15-20 foiz yuqori bo‘ladi.
1 daqiqada sigirlarning yurak urish sonini dum arteriyasini va pastki jag‘ arteriyasini
tashqaridan bosib ko‘rish yo‘li bilan aniqladik. Buning uchun dum asosini yoki pastki jag‘
arteriyasini barmoqlar bilan bosib turdik. Umuman yurak urishi 1 daqiqada 60-80 marta bo‘lishi
aniqlangan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, I-guruhdagi Polsha seleksiyasiga mansub
bo‘lgan sigirlar tana harorati bo‘yicha o‘z tengqurlari II-guruhdagi sigirlardan kuzda 0,01
0
C,
yurak urushi bo‘yicha 0,01 daqiqa, nafas olishi bo‘yicha 0,3 daqiqa, qishda tana harorati
bo‘yicha 0,01
0
C, yurak urushi bo‘yicha 0,4 daqiqa, nafas olishi bo‘yicha 0,2 daqiqa, bahorda
tana harorati bo‘yicha 0,02
0
C, yurak urushi bo‘yicha 0,06 daqiqa, nafas olishi bo‘yicha 0,2
daqiqa, yozda tana harorati bo‘yicha bir xil, yurak urushi bo‘yicha 0,1 daqiqa, nafas olishi
bo‘yicha 0,2 daqiqa yuqori bo‘lgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, klinik ko‘rsatkichlar fasllar kesimida tahlil qilinganda,
hayvonlarning kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha guruhlarda yoz oyida oshganligi
kuzatilgan. Xususan, tana harorati qish fasliga nisbatan yoz faslida mutanosib ravishda
guruhlarda: 0,03 va 0,05
0
C, yurak urushi 3,3 va 3,6 daqiqa, nafas olishi 2,4 va 3,0 daqiqaga
ko‘p bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotlar, yoz faslidagi issiq havo harorati sigirlarning klinik statusiga ta’sir
qilib, bu ko‘rsatkichlarni oshishiga sabab bo‘lganligini koʻrsatadi.
Bunday fikrlarni Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida maxsus fiziologik tajribalar
o‘tkazgan O.A.Basonov va boshqalar (2010), A.B.Bakay va boshqalar (2013),
A.I.Shendakovlar (2014) ham qayd qilishgan.
Hayvonlarni va ayniqsa import yo‘li bilan olib kelingan qoramollarni, yangi sharoitga
moslashish, ya’ni iqlimlanish xususiyati tez va maqsadga muvofiq kechishi uchun ularni olib
kelish tadbirini kuz oylarining oxiri, yoki qish faslida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bahor oylarida tashqaridan olib kelingan hayvonlarni yaylovga chiqarmaslik chorasini ko‘rish
kerak, agar chiqishi lozim bo‘lganda, dastavval yaylovni yaxshilab dezinfeksiyalab, eski imorat,
qishloq, qo‘ton bo‘lgan joylarni sanitariya jihatdan tozalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa.
Shunday qilib, o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar, sigirlarning kelib chiqishidan
qat’iy nazar, barcha guruhlardagi sigirlarda yilning yoz faslida boshqa fasllarga nisbatan tana
harorati, yurak urushi va nafas olish tezligi, biroz yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu esa yozda
bo‘ladigan issiq havo harorati ta’sirida hayvonlar organizmida yurak-qon tomir sistemasi jadal
faoliyat ko‘rsatkganligidan va organizmda moddalar almashinuvi jarayoni jadal kechganligidan
dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Farmoni. // Toshkent. 2022
yil. 28 yanvar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576 sonli qarori. //
Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.
3. Nosirov U.N. Qoramolchilik. Toshkent 2001. 364 b.
303
4.
Tursunmurodovich R. U. et al. RESPUBLIKAMIZDA CHORVACHILIK VA
PARRANDACHILIKDAN OLINGAN MAHSULOTLAR //AMALIY VA TIBBIYOT
FANLARI ILMIY JURNALI. – 2023. – С. 1-6.
5.
Пардаев Р. Г. и др. ТАЖРИБАДАГИ БУҚАЧАЛАРНИ ОЗИҚЛАНТИРИШ
//AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. – 2022.
– С. 830-833.
UOʻK: 338.636
SIMMENTAL ZOTLI SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGINING ISHLAB
CHIQARISH TIPLARIGA BOG‘LIQLIGINI OʻRGANISH
M.Jumanazarova, A.Axrorov, Z.Ochildiyev,
U.Abdug‘afforov, E.Abduraupov-
talabalar
F.R.Sattorov-
q.x.f.f.d. (PhD)
Samarqand veterinariya meditsinasi chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
Annotation. In this research work has been defined the milk productivity of Simmental
breed dependence of cows brought from abroad.The lactation of diary typc cows in
comparasion to diary –meat cows type productivity was 672,5 kg ,butter yield amount 20,2
kg. Respectively the ontcome of production compared to diary-meat type cows were higher as
958,7 and 29,4kg. It is also had been pointed out to wcrease the number of diary type cows in
livestock.
Kalit so‘zlar: simmental, zot, sigir, mahsuldorlik, tana tuzilishi, tip.
Kirish.
Keyingi yillarda respublikamizning naslchilik bazasini mustahkamlash va yuqori
mahsuldor podalar yaratish maqsadida Yevropaning qoramolchiligi rivojlangan ko‘plab
mamlakatlaridan naslli qoramollar keltirilmoqda. Bu qoramollar mahsuldorlik xususiyatlari
bo‘yicha yuqori irsiy salohiyatga ega.
Chetdan keltirilgan qoramollar odatda sermahsul bo‘lib, ular to‘la qiymatli oziqlantirish
hamda asrash sharoitlariga talabchan bo‘ladi. Shunday qoramol zotlaridan biri simmental
zotidir. Bu zot qo‘sh mahsuldor bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan.
Sigirlari sermahsul bo‘lib sutining yaxshi sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Ulardan
foydalanib yuqori mahsuldor sutbop podalar yaratishda tana tuzilishi xillarini hisobga olib
podalarni shakllantirish sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib
hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi.
Chetdan keltirilgan simmental zotli sigirlarning sut mahsuldorlik
xususiyatlarini ishlab chiqarish tiplariga bog‘liqlikda o‘rganish hisoblanadi.
Tadqiqot uslullari.
Tadqiqotlar simmental zotli turli ishlab chiqarish tipiga ega sigirlarda
olib borildi. Sigirlarning sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari zootexniyada umumiy qabul qilingan
usullarda o‘rganildi.
Tadqiqotlar natijalari.
Tadqiqotlar Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi
“K.Eldor” naslchilik xo‘jaligining qoramolchilik podasida o‘xshashlik belgilari talablari asosida
sigirlarning kelib chiqishini, tana tuzilishi xilini, tirik vaznini, fiziologik holatini hisobga olgan
holda III laktatsiyadagi sigirlarda o‘tkazildi.
1-jadval
Turli tipdagi sigirlarning sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Guruhlar
I
II
III
Х
±S
х
C
v
,%
Х
±S
х
C
v
,%
Х
±S
х
C
v
,%
