Перспективы развития строительной отрасли сегодня

CC BY f
451-453
2
1
Поделиться
Санжарбек, Н., & Машарипова, С. (2023). Перспективы развития строительной отрасли сегодня. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 451–453. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27473
Нурмухамедов Санжарбек, Ургенчский государственный университет
«Технический» факультет, кафедра «Строительство»
Севара Машарипова, Ургенчский государственный университет
«Технический» факультет, кафедра «Строительство»
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье описаны разработки и инновации в сфере строительства, в частности вопросы национальных строительных стандартов, модернизации производства, выпуска новых видов качественных строительных материалов, работ на основе новых технологий, расширения объемов экспорта.


background image

BUGUNGI KUNDA QURILISH SOHASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Stajor o’qituvchi NURMUXAMEDOV SANJARBEK ILXAMOVICH., magistrant MASHARIPOVA SEVARA BEKTURDI

QIZI

Urganch davlat universiteti “Texnika” fakulteti

“Qurilish” kafedrasi

Annotatsiya :

Ushbu maqolada qurilish sohasidagi bo’layotgan rivojlanishlar, yangiliklar haqida xususan

milliy qurilish me’yorlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallarini
ishlab chiqarish, yangi texnologiyalar asosida ish yuritish va eksport hajmini kengaytirish masalalari yoritilgan.

Аннотация:

В данной статье описаны разработки и инновации в сфере строительства, в частности

вопросы национальных строительных стандартов, модернизации производства, выпуска новых видов
качественных строительных материалов, работ на основе новых технологий, расширения объемов экспорта.

Abstract

:This article describes the developments and innovations in the field of construction, in particular, issues

of national construction standards, modernization of production, production of new types of high-quality construction
materials, work based on new technologies, and expansion of export volume.

Kalit so‘zlar:

Qurilish, investitsiya, innovatsion g‘oyalar, ishlab chiqarish, qurilish materiallari, qurilish-

montaj, loyiha, texnologiya.

Ключевые слова:

Строительство, инвестиции, инновационные идеи, производство, строительные

материалы, строительно-монтажные работы, проект, технология.

Key words:

Construction, investment, innovative ideas, production, building materials, construction-assembly,

project, technology.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi PQ-60-son Farmoni
hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir
Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan
izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohani yanada taraqqiy ettirish, jahon tajribasini
qo‘llash, invsetitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari
sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqarildi.Unga ko‘ra, 2026 yilga borib qurilish materiallarining
eksporti 1,084 mlrd dollarga yoki 2021 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshiriladi. Asosiy turdagi qurilish
materiallarining importi 2020 yilga nisbatan 60 foizga kamayib 2026 yilda 185,6 mln dollarni tashkil
etadi. Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd dollarlik invenstitsiyalar jalb qilinadi. Yangi investitsiya
modelini amalga oshirish natijasida 2021-2025 yillarda 4,5 mln kub metr gazbeton bloklari,
gipskarton listlari – 85 mln kv metr, temir-beton mahsulotlari – 8,6 mln kub metr, keramogranit – 4,5
mln kv metr, tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit va boshqa) mahsulotlari – 1,9 mln kv metr kabi
yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi va 19,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi [1].

Muhokama va natijalar.

O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda yangi sanoat ob’ektlari,

turar-joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy-maishiy ob’ektlarni qurish hamda
mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ularda ilg‘or
arxitektura va zamonaviy, yuqori texnologiyali qurilish materiallari qo‘llanildi. Xususan bunga misol
qilib Urganch shahrida qurilayotgan yangi 5 qavatli bino “Urganch Karvon Shopping Centre” savdo
majmuasi,1600 o’rinli o’quv binosi va 800 o’rinli talabalar turar joyiga ega bo’lgan Urganch davlat
universitetining Texnika fakulteti binosi, Urganchda yer resurslari davlat kadastri boshqarmasining
yangi binosi,

yangi davlat xizmatlari markazi,

Urganch shahrining qoq markazida joylashgan 25

metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o’rnatildi. Bu keng ko’lamli ishlar shaharni
rivojlantirishda

katta hissa qo’shadi. Qurilish sohasida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan aholini

sifatli qurilish materillari bilan ta’minlash, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash orqali, import
hajmini kamaytirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga tushirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, pirovardida ichki bozorda qurilish
materiallari narxining oshib ketishining oldini olish va ularni arzonlashtirish soha rivojida muhim
omil bo‘lmoqda

.


background image

Ijtimoiy soha ob’ektlariga hozirgi kunda, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon,

mahalliy xom ashyolardan tayyorlangan zamonaviy qurilish materiallari zarurligi dolzarb
masalalardandir. Qurilish ishlari qiymatining 55-60 foizi qurilish materiallarini tashkil etadi.
Respuplikamizda zamonaviy arxitektura yangi, sifatli, arzon, yengil va zilzilabardosh, innovatsion
qurilish materiallarini talab etmoqda. 2017 yilga qadar tarmoqda 7 ming 995 korxona faoliyat
yuritgan bo‘lsa, hozirda mamlakatimizda 10 ming 552 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
korxona faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
2018 yilda ularning soni 180 dan oshib ketdi. Bugungi kunda qurilish korxonalarida ishlab
chiqarilgan keramik plitkalar, santexnika, keramika mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari,
pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan qoplovchi buyumlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar
singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston,
Afg‘oniston bozorlarida talab ortib bormoqda. Shu o‘rinda, arxitektura-qurilish sohasini
boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish,
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon
orqali o‘tgan davr mobaynida qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy
shaharsozlik uslublari, me’yorlari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi
sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga
to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar ochib berildi. Jumladan: shaharsozlik faoliyati,
loyiha va pudrat xizmatlari bozori, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish
tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan
rivojlantirishning o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlari belgilanmagan; texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib
borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng
qo‘llash e’tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob’ektlarni qurish
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli
investitsion loyihalarni, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga
oshirishda, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-
xususiy sheriklikdan foydalanishga yetarlicha e’tibor berilmagan

2

.

Ushbu muammolarni izchillik bilan bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-sonli Qarori qabul qilingan.Unga ko’ra:
Arxitektura-qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishda bir qator
vazifalar belgilab berildi

3

. Xususan:

shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy

siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish,
resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan
innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihaqidiruv tashkilotlarining ish

samaradorligini oshirish va hududiy 47 tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy,
takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil
etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va

yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash,
qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini
amalga oshirish;

arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan
chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirishga ko‘maklashish.


background image

Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb

qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‘i kadrlarini professional tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan
tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-sonli farmoni
qabul qilindi. Bugungi kunda talab etilayotgan sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarish turlarini
kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda
mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish vazifalari belgilangan

4

.

Xulosa

qilib shularni aytish mumkinki, qurilish sohasini takomillashtirish va rivojlanish istiqbollari

quyidagilarga bevosita bog‘liqlikda uzviy ravishda amalga oshiriladi. Mahalliy xom ashyo chuqur
qayta ishlanadi, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish
hajmi ko‘paytiriladi va ularning turlari kengaytiriladi, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish
materiallariga bo‘lgan ichki talab qondiriladi. Qurilish materiallarini sifatli va qurilish ishlariga
yaroqli arzon, zamonaviy o’zimizda ishlab chiqarilgan mahalliy xom ashyolardan keng foydalanishni
yo’lga qo’yish ham dolzarb masalalar desak mubolag’a bo’lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida»

23.05.2019 №PQ-4335-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
02.04.2018 y., 06/18/5392/0982-son; 23.05.2018 y., 06/18/5445/1245-son).

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini

tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-sonli qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018 y.,
07/18/3646/0981-son).

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni

takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-sonli farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 15.11.2018 y., 06/18/5577/2187-son).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 23.05.2019 №PQ-4335-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018 y., 06/18/5392/0982-son; 23.05.2018 y., 06/18/5445/1245-son).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-sonli qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018 y., 07/18/3646/0981-son).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-sonli farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2018 y., 06/18/5577/2187-son).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов