Воздействие городской транспортной инфраструктуры на окружающую среду и важность снижения загрязнения воздуха

CC BY f
80-83
2
3
Поделиться
Рузметов, И., & Рахимов, С. (2023). Воздействие городской транспортной инфраструктуры на окружающую среду и важность снижения загрязнения воздуха. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 80–83. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27244
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Известно, что влияние глобального изменения климата на здоровье человека обусловлено, прежде всего, увеличением содержания в атмосфере загрязняющих веществ и аллергенов в результате повышения температуры воздуха, что увеличивает риск заболеваний сердца, системы кровообращения и заболеваний, передающихся воздушно капельным путем. увеличивать. Болезни и избыток пыли в воздухе приводят к увеличению заболеваемости аллергией и бронхиальной астмой. Особенно в последние годы часто появляется информация, связанная с ухудшением экологической ситуации в городах. Улучшения благосостояния населения в регионах можно добиться за счет устойчивого развития городов и решения их экологических проблем.

Похожие статьи


background image

SHAHAR TRANSPORTI INFRASTRUKTURASINING ATROF-MUHITGA

TA’SIRI VA HAVONING IFLOSLANISHINI KAMAYTIRISHNING AHAMIYATI.

RUZMETOV ILXOM QODIROVICH., RAXIMOV SARVAR IBRAGIMOVICH

Urganch Davlat universiteti

Annotatsiya:

Ma'lumki, global iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri, birinchi navbatda, havo

haroratining ko'tarilishi natijasida atmosferada ifloslantiruvchi moddalar va allergenlarning ko'payishi bilan bog'liq
bo'lib, bu yurak, qon aylanish va havo-tomchi kasalliklarining kuchayishiga olib keladi. Kasalliklar va havodagi ortiqcha
chang miqdori allergiya va bronxial astma bilan kasallanishning ko'payishiga olib keladi. Ayniqsa, so'nggi yillarda
shaharlardagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan bog'liq ma'lumotlar tez-tez paydo bo'lmoqda. Hududlarda aholi
farovonligini oshirishga shaharlarning barqaror rivojlanishi va ularning ekologik muammolarini hal etish orqali erishish
mumkin.

Kalit so'zlar:

Ekologiya, transpotr, infratuzilma, global, inson, salomatlik, atmosfera, ifloslanish, allergiya,

bronxial astma.

Aннотация:

Известно, что влияние глобального изменения климата на здоровье человека обусловлено,

прежде всего, увеличением содержания в атмосфере загрязняющих веществ и аллергенов в результате
повышения температуры воздуха, что увеличивает риск заболеваний сердца, системы кровообращения и
заболеваний, передающихся воздушно-капельным путем. увеличивать. Болезни и избыток пыли в воздухе
приводят к увеличению заболеваемости аллергией и бронхиальной астмой. Особенно в последние годы часто
появляется информация, связанная с ухудшением экологической ситуации в городах. Улучшения благосостояния
населения в регионах можно добиться за счет устойчивого развития городов и решения их экологических
проблем.

Ключевые слова:

Экология, транспорт, инфраструктура, глобальный, человек, здоровье, атмосфера,

загрязнение, аллергия, бронхиальная астма.

Annotation:

It is known that the impact of global climate change on human health is primarily due to an increase

in the content of pollutants and allergens in the atmosphere as a result of rising air temperatures, which increases the
risk of heart disease, circulatory system diseases and airborne diseases. increase. Diseases and excess dust in the air
lead to an increase in the incidence of allergies and bronchial asthma. Especially in recent years, information related to
the deterioration of the environmental situation in cities has often appeared. Improving the well-being of the population
in the regions can be achieved through the sustainable development of cities and solving their environmental problems.

Key words:

Ecology, transport, infrastructure, global, human, health, atmosphere, pollution, allergy, bronchial

asthma.

Kirish.

Bugungi kunda poytaxtimiz Toshkent shahrida va viloyatlar markazlaridagi

shaharlarda transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.

Shaharlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda quyidagi masalalarini hal qilish

muhim hisoblanadi:

transportlar harakatini boshqarishning intellektual “aqlli svetofor” hamda “aqlli chorraha”

tizimlarini joriy etish;

velosipedlar harakatlanishlari uchun yo’laklarni qurish;

shahar jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yangi yo’nalishlarni tashkil
etish, yangi dizayn asosida avtobus bekatlarini qurish, tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilish;

yuk avtomobillarning shaharga kirishini ma’lum vaqt oralig’ida hamda ularning vaznini
hisobga olgan holda ayrim cheklovlarni joriy etish;

shahar ko’chalarida tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida yo’l bo’ylarida pullik to’xtash
joylarini tashkil etish;

chorrahalarning o’tkazuvchanligini oshirish maqsadida ularni qayta loyihalashtirish.

Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’satishi bilan birga

qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari
yo’l-transport hodisalari natijasida ko’plab insonlarning halok bo’lishlari yoki tan jarohatlarini
olishlari, shuningdek, yo’l-transport hodisalari natijasida yetkazilgan moddiy zararlar [3].

Shahar ko’chalari, aholi yashash joylardagi yo’l mintaqasida yuqori darajadagi

shovqinlarning yuzaga kelishi, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko’chalarda to’xtab turuvchi
avtomobillar tomonidan harakat bo’laklarining to’sib qo’yishlari, transportlarning chorrahalarda
ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin pasayib ketishidan iboratdir.


background image

Mamlakatimizda iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo’l-qurilish sohasining roli muhim

hisoblanib, iqtisodiyotni mustahkamlash va O’zbekistonni jahon hamjamiyatida nufuzini oshirish
maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport infrastrukturasini a’lo
darajada rivojlantirishni taqazo etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo’llarini ustuvor
tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.

Avtomobil atrof-muhit va insonga ekologik xavfsizlik jihatidan ta’sir ko’rsatadi, chunki

ishlab chiqarilayotgan gazlar tarkibida inson sog’ligi uchun zararli komponentlar mavjud.
Atmosfera havosining faqat to'xtatilgan qattiq moddalardan ifloslanishi yiliga 21 000 tagacha
qo'shimcha o'limga sabab bo'lishi mumkin. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalar
(sanoat ob'ektlari hududlari, yirik transport uzellari va avtomobil yo'llarining joylashuvi va boshqalar)
atrofida ifloslantiruvchi moddalar yuqori konsentratsiyali hududlarda o'smalar va boshqa turdagi
kasalliklarning ko'payishiga olib keladi

Avtomobil ichki yonuv dvigatelidan atmosferaga chiqaradigan asosiy chiqindi gazlar

quyidagilardan iborat: SO, azot oksidlari, yonmay qolgan uglevodlar, aldegidlar, oltingugurt
birikmalari, qo’rg’oshin birikmalari va qurumlar [2].

Uglerodlar (II) oksid (SO) geomoglobin hosil qiluvchi faol markazlar ishini to’xtatib qo’yadi,

buning oqibatida inson organizmida oksidlanish jarayonlari buziladi, bu esa inson o’limiga olib
kelishi mumkin. Uglerod (II) oksidining havoda hajm bo’yicha miqdori 0,01% dan ortiq bo’lganda
organizm sezilarli darajada zaharlanadi.

Bunda birinchi bosqichda bosh og’rig’i paydo bo’ladi, yurak urishi tezlashadi, nafas

qisadi, odam qayd qiladi. Ikkinchi bosqichda odamni uyqu bosib, keyin xushidan ketishiga olib
kelishi mumkin. Haydovchilar, yo’lovchilar, yo‘l harakati xizmati xodimlari, katta shaharlardagi
piyodalar ana shunday zaharlanishga duchor bo’lishlari mumkin.

Surunkali zaharlanish bosh og’rig’i, quloq shang’illashining paydo bo’lishida, nafas

olishning qiyinlashishida, umumiy holsizlanish va hayot tonusining pasayishida namoyon bo‘ladi
[5].

Azot oksidlari. Azot (II) oksid NO

2

hamda va N

2

O

5

oksidi juda xavfli hisoblanadi. Oksid

(azot angidrid) nam bilan birikib, kuchli zaharli nitrat kislotani hosil qilishi mumkin. Azot (II)
oksidi ko’zning shilliq pardasini, o’pkani yallig’lantiradi, yurak qon tomir tizimida tuzatib
bo’lmaydigan o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Azot oksidlarining juda kam miqdori ham xavfli
hisoblanadi.

Uglevodorodlar. Yonmay qolgan uglevodorodlar bir nechta yuz kimyoviy birikmalar

aralashmasidan iboratdir. Aralashma yoqimsiz hidga ega bo’lib, ko’pgina surunkali kasalliklarni
keltirib chiqaradi.

Qurum. Qurumning o’zi odam organizmi uchun zaharli emas, biroq qator zaharli

uglevodorodlarni keltirib chiqaruvchi sifatida xavfli. Aldegidlar nafas olish yo’llari va shilliq
pardalarni yallig’lantiradi, asab tizimini, jigar va buyrakni shikastlantiradi.

Oltingugurt birikmalari ham aldegidlar singari insonni zaharlaydi. Avtomobillardan

chiqayotgan uglerod oksidi va uglevodorod chiqindi gazlarining miqdori GOST 17.2.2.03-87 «
Нормы и методы измерений содержания окиси углерода и углеводородов в отработавших
газах автомобилей с бензиновыми двигателями. Требования безопасности» ga ko’ra
quyidagi me’yordan oshmasligi kerak [1].

Dvigatel valining

aylanishlar chastotasi,

min

-1

Oksid uglerodining

ruxsat etilgan

miqdori, hajm

ulushida, %

Uglevodorodning ruxsat etilgan miqdori, hajm

ulushida, mln

-1

Dvigetaldagi silindrlar soni

4 gacha

4 dan ko’p

n

min

1.5

1200

3000

n

max

2.0

600

4000


background image


Avtomobillardan chiqayotgan tutunning miqdori GOST 17.2.2.01-84 «Дизели

автомобильные. Дымность отработавших газов» ga ko‘ra aniqlanadi.

Dizel avtomobillarining 1988 yil 1 yanvargacha chiqarilganlarida ruxsat etilgan tutun

miqdori 1-jadvalda keltirilgan

1-jadval

Tekshiriladigan rejim

Chiqindi gazlardagi ruxsat etilgan tutun

me’yori, %

Tez harakatlanish rejimi
Tezlashishdagi rejim:
a) purkagichli dizellarga
b) purkagichsiz dizellarga

45

50
40


Dvigatelning normal («установивщихся») ish rejimida shartli ravishda chiqarilgan gazlar

G

o.g

sarfiga qarab, dizel avtomobillarining 1988 yil 1 yanvardan yildan keyin

chiqarilganlarida ruxsat etilgan tutun miqdori 2-jadvalda keltirilganidan oshmasligi kerak.

2-jadval

Shartli chiqarilgan (chiqindi) gazlar
sarfi G o.g , dm 3 /s

42
gacha

50

75

100

125

150

175

200

200
dan
katta

Chiqindi gazlarning ruxsat etilgan
tutun me’yori, %

60

56

50

45

41

39

37

35

34


Avtomobillarning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish yoki yo’qotish bo’yicha

quyidagi asosiy tadbirlar bajariladi:

- avtomobilning shunday tuzilishini (konstruksiyasini) yaratish kerakki, u atmosferani

ishlab chiqarilayotgan gazlarning zaharli komponentlari bilan kamroq ifloslantirsin va
shovqinning yanada kam darajada bo‘lishini ta’minlasin;

- avtomobillardan foydalanish, ularni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish usullarini, ishlab

chiqarilayotgan gazlardagi zaharli komponentlar miqdorini hamda avtomobillar tomonidan
chiqarilayotgan shovqinning darajasini kamaytirish maqsadida dvigatellarni takomillashtirish;

- avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurishda hududning ekologik muvozanatini

buzmaydigan talablarga rioya qilish;

- transport oqimlarining optimal harakatlanish jarayonlarini ta’minlovchi harakatni

boshqarish va tashkil etish vositalari va usullaridan (tez va sekin harakatlanuvchi avtomobillarning
harakatlanish tasmalarini ajratish,qo‘shimcha tasma qilish, svetoforlar oldida to‘xtashlarni
kamaytirish va boshqalar).

Avtomobillarning atrof-muhitni ifloslantirishini kamaytirish usullari.

Ichki yonuv

dvigatellarining atmosferani ishlab chiqarilgan gazlar bilan ifloslantirishini kamaytirish usullarini
ikki guruhga ajratish mumkin:

chiqindilarning zaharliligini pasaytirish;

chiqindilar hajmini kamaytirish.

Chiqindilarning zaharliligini kamaytirish usullarini to’rtta asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

ichki yonuv dvigatelining tuzilishini (konstruksiyasini), ishlash jarayonini, ishlab chiqarish

texnologiyasini hamda maxsus moslamasi va ularning tizimini o’zgartirish;

boshqa turdagi yoqilg’i qo’llash yoki yoqilg’ining fizik-kimyoviy holatini

o’zgartirish;

chiqindilarni zaharli komponentlardan qo’shimcha moslamalar yordamida tozalash;

an’anaviy dvigatellarni yangi kam zahar chiqaruvchi qurilmalar bilan almashtirish.

Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili, atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarning mavjudligi va

ularni o'rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ma'lumki, atmosferada turli xil
ifloslantiruvchi moddalarning to'planishi nafas a'zolarida patologik jarayonlarning rivojlanishiga va


background image

kuchayishiga va ular bilan ovqat hazm qilish tizimi va endokrin tizim kasalliklarining rivojlanishiga
olib keladi. Oxirgi 10 yil ichida havoni ifloslantiruvchi moddalarga ta'sir qilish yurak-qon tomir
tizimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi aniqlandi [4]. Atmosferaning ifloslanishi, o‘z navbatida, aholining
umr ko‘rish davomiyligining qisqarishiga, shuningdek, o‘lim darajasining oshishiga olib keladi. Bu
holat, ayniqsa, yirik shaharlar uchun xosdir.

Xulosa va takliflar.

Atmosfera havosining sifatini yaxshilash uchun, birinchi navbatda, yirik

sanoat va transport shaharlarida havoning sezilarli darajada ifloslanishiga olib keladigan chiqindilarni
kamaytirish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.

Shaharlarda havoning ifloslanish darajasini pasaytirish muammosini hal qilish uchun

quyidagilar zarur:

shaharlarda faoliyat yuritayotgan yirik va o‘rta sanoat korxonalarining atmosfera havosini

ifloslantiruvchi chiqindilari ustidan nazoratni kuchaytirish;

sanoat korxonalarida asbob-uskunalar, texnik vositalar, mashinalarni modernizatsiya qilish;

shaharlar ichidagi transport tizimlari infratuzilmasini takomillashtirish, zaharli transport

vositalarini chiqarish standartlariga rioya qilish talablarini kuchaytirish;

shaharlarda atrof-muhitning ekologik holatiga kamroq zarar etkazadigan ekologik toza

transport turlariga o'tish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan aralashmalar va gazlardan tozalash uskunalari faoliyati,

ruxsat etilgan chiqindilarning tavsiya etilgan me'yorlariga rioya qilish talablariga rioya etilishi va
atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarning joriy etilishi ustidan qat'iy
nazorat qilish;

meteorologik ko'rsatkichlar gigiyenik talablarga javob bermaydigan sharoitlarda chiqindilarni

tartibga solish bo'yicha ustuvor chora-tadbirlarni sanoat ishlab chiqarishi tomonidan amalga oshirish;

shaharlar va aholi punktlarining turmush sifati va ekologik farovonligini oshirish, aholi

salomatligiga jiddiy zarar etkazuvchi ishlab chiqarish ob'ektlari ustidan nazoratni kuchaytirish, ularni
aholi punktlaridan uzoqroqda joylashtirish dasturlarini amalga oshirish;

sanoat korxonalarini joylashtirishda tabiiy muhitga (hududning iqlimi, ob-havosi, shamol

yo'nalishi), iqtisodiy va demografik (aholi zichligi, demografik salohiyat, aholi punktlari rel'efining
tuzilishi) ga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.

shaharlar va boshqa aholi punktlarida yashil tabiatni mustahkamlash, shaharlar atrofida yashil

devorlar qurish, shuningdek, ekologik ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish
maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Бозоров Б. И. Экологическая безопасность автотранспортных средств. Ташкент 2015. 104 с.

2.

Azizov Q.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Toshkent Yozuvchi, 2012 182 bet.

3.

A. T. Xotamov, Q.T. Usmonov "Shahar hududini kompleks obodonlashtirish" O'quv qo'llanma. O'zR Oliy va o'rta
maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent TAQI, 2014 yil

4.

Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish. O'zbekiston respublikasi davlat
arxitektura va qurilish qo'mitasi. Toshkent 2019 yil

5.

Бабков В. Ф, Андреев О.В, Проектирование автомобилних дорог. 1-qism. A.R. Qodirova tomonidan
mualliflashtirilgan o'zbek tilidagi tarjimasi. Toshkent.

6.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY
INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and
Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

Библиографические ссылки

Бозоров Б. И. Экологическая безопасность автотранспортных средств. Ташкент 2015. 104 с.

Azizov Q.X. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Toshkent Yozuvchi, 2012 182 bet.

A. T. Xotamov, Q.T. Usmonov "Shahar hududini kompleks obodonlashtirish" O'quv qo'llanma. O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent TAQI, 2014 yil

Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish. O'zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi. Toshkent 2019 yil

Бабков В. Ф, Андреев О.В, Проектирование автомобилних дорог. 1-qism. A.R. Qodirova tomonidan mualliflashtirilgan o'zbek tilidagi tarjimasi. Toshkent.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов