O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDINI REJALASHTIRISHNING
SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLARNI
BELGILAB BERISH AHAMIYATI
A.A.LAPASOV – “O‘zshaharsozlikLITI” BLI DM, Bosh direktorining shaharsozlik masalalari bo‘yicha
o‘rinbosari - institut bosh arxitektori
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirishda loyiha ishlarini
bajarilishi maqsadi, ishlab chiqishda o‘rganiladigan jarayonlar va xolatlar, funksional zonalarga taqsimlash,
erishiladigan natijalari hamda ushbu xujjatning shaharsozlik sohasidagi samaradorligi ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Demografiya, infratuzilma, regional, rekreatsion, markaz, shaharsozlik, magistral,
funksional zona va b.
Аннотация.
В данной стате рассмотрены цел реализации проектных работ при планировке
территории Республики Узбекистан, изучаемые процессы и условия при разработке, разделение на
функционалные зоны, резултаты, которые необходимо достич, и эффективност этого документ в
градостроителство.
Ключевые слова:
Демография, инфраструктура, регионалная, рекреационная, центр,
градостроителство, автодорога, функционалная зона и т.д.
Abstract.
This article discusses the purpose of implementing design work when planning the territory of
the Republic of Uzbekistan, the processes and conditions being studied during development, the division into
functional zones, the results that need to be achieved, and the effectiveness of this document in urban planning.
Key words:
Demographics, infrastructure, regional, recreational, center, urban planning, highway,
functional zone, etc.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini
rivojlantirishni rejalashtirish bu hududni funksional zonalarga taqsimlash, tabiiy, demografik,
iqtisodiy, rekreatsion zaxiralar va transport hamda muhandislik infratuzilmasi imkoniyatlarini
kompleks baholash, hududning regional tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-madaniy va
boshqa xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish, shuningdek muhit xavfsizligi va ekologik
turg‘unligini ta’minlash asosida oqilona rejali tashkillashtirilishini belgilaydigan loyiha
hisoblanadi.
1-rasm. Iqlim xolati
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sxemasi umumdavlat darajasidagi
hududiy rejalashtirishning tarmoqli hujjatlarini, hududni aholini joylashtirishning Bosh
sxemasi, sanoat, qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaliklari, transport, muhandislik tizimlari,
rekreatsion-sayyohlik va rekreatsion-kurort tizimlarini rivojlantirishning hamda tabiatni
muhofaza qilish va madaniy meros ob’ektlarining tarmoqli sxemalarini hisobga olgan holda
ishlab chiqiladi. Ushbu sxemasi 10 va 25 yillik amalga oshirish bosqichlariga ajratilgan holda
50 yillik hisobiy muddatga ishlab chiqiladi va u tasdiqlanganidan keyin 10-15 yildan so‘ng
tuzatishlar (korrektura) kiritilishi mumkin bo‘ladi.
2-rasm. Zilzilaviylik xolati
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sxemasining loyihaviy materiallari
tarkibining grafik chizmalarda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) Sxemani ishlab chiqish boshlanayotgan paytdagi holat bo‘yicha zamonaviy
foydalanish va funksional zonalashtirish sxemasi:
- Respublika, viloyatlarning chegaralari;
- urbanizatsiyalashgan hududlar (shahar aholi punktlari ko‘proq joylashgan zonalar),
- qishloq xo‘jalik hududlari, shu jumladan qishloq aholi punktlari hududlari;
- sanoat hududlari, transport va muhandislik tizimlari, maxsus vazifaga ega hududlar;
- rekreatsion hududlar (sayyohlik va kurort);
- tabiati muhofaza qilinadigan hududlar (qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, o‘rmonlar
va foydali qazilmalar joylashgan boshqa yirik maydonlar, suv toshadigan zonalar).
3-rasm. Daryo va suv o‘zanlari
b) hududni kompleks baholash sxemasi:
- hududni omillar majmui bo‘yicha u yoki bu funksiyalar uchun afzal hisoblangan
tumanlarga taqsimlash;
v) hududning shaharsozlik va iqtisodiy nuqtai nazarida baholanishining sxemasi:
- hududni nisbiy ko‘rsatkichlarda ballar yoki qiymat indekslari ko‘rinishida
shaharsozlik va iqtisodiy qiymati bo‘yicha zonalashtirish;
g) funksional zonalashtirish konsepsiyasi:
- yuqorida sanab o‘tilgan asosiy funksional zonalarni joylashtirish va ularning
muvozanatli, turg‘un rivojini ta’minlovchi rivojlanish yo‘nalishlari;
d) hududni loyihaviy tashkillashtirish va funksional zonalashtirishning hisobiy
muddatga mo‘ljallangan sxemasi:
- hududdan funksional foydalanishni shaharsozlik bo‘yicha tartibga solish zonalarini
ajratgan holda hududdan bugungi kunda foydalanish va funksional zonalashtirish sxemasidagi
shu
elementlarning
o‘zi
(urbanizatsiyalashgan
hududlarni
rivojlantirish,
kam
urbanizatsiyalashgan hududlarni shaharsozlik nuqtai nazarida o‘zlashtirishni rag‘batlantirish
yoki cheklash, tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanat manfaatlarini ko‘zlagan holda
urbanizatsiyalashmagan hududlarni shaharsozlik nuqtai nazarida o‘zlashtirishni cheklash yoki
rag‘batlantirish);
ye) 10 va 25 yildan iborat oraliq davrlarga mo‘ljallangan hududni loyihaviy
tashkillashtirish va funksional zonalashtirish sxemasi:
- asosiy sxemadagi xuddi shu elementlar, ammo ko‘rsatilgan davrlarga mo‘ljallangan
rivojlanish parametrlariga muvofiq ravishda;
j) oraliq davrlarga mo‘ljallangan funksional zonalar hududidan foydalanish tartiblari
sxemasi:
- funksional foydalanish bo‘yicha reglamentatsiyalar belgilash (aholi yashashi va hordiq
chiqarishi, har xil qurilish turlari, xo‘jalik faoliyati va foydalanishning zonaning funksional
maqsadiga mos kelishini ta’minlovchi boshqa ko‘rsatkichlar uchun);
z) hududning muhandislik ta’minoti sxemasi, bosh muhandislik inshootlari va magistral
kommunikatsiyalarni ko‘rsatgan holda, loyihaviy tashkillashtirish va funksional zonalashtirish
sxemasining nusxasida bajariladi;
i) transportni tashkillashtirish sxemasi:
- temiryo‘l liniyalari, avtomobil yo‘llarining asosiy tarmog‘ini, aeroportlar, asosiy
inshootlarga ega kemalar yuradigan daryolarni, transport yetib bora oladigan zonalarni va
transport bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rsatgan holda loyihaviy tashkillashtirish va
funksional zonalashtirish sxemasining nusxasida bajariladi.
4-rasm. Atrof-muxit holati
Tushuntirish xatida hududning shaharsozlik va funksional tashkillashtirilishi bo‘yicha
hozirgi holatining tahlili, umumdavlat darajasidagi hududiy loyihalashtirishning tarmoqli
hujjatlari tahlili (aholini joylashtirish, rivojlantirish va xo‘jalik tarmoqlari, transport,
muhandislik tizimlari, rekreatsion tizimlarni joylashtirish sxemalari, tabiat va madaniy meros
ob’ektlarini muhofaza qilish sxemalari), loyihaviy yechimlarning asoslari va xarakteristikalari,
loyihaning asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak.
5-rasm. Xududning rel’efi
Sxemaning grafikali materiallari shaharsozlikni rejalashtirishning kompyuter
texnologiyalari asosida bajarilishi va davlat shaharsozlik kadastri hamda monitoringni yuritish
maqsadlarida buyurtmachiga elektron tashuvchilarda (raqamli model ko‘rinishida) berilishi
lozim.
6-rasm. Magistral avto va temir yo‘l tarmog‘i
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish Sxemasi O‘zbekiston Respublikasi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining taqdimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi hamda tasdiqlanishga taqdim etilgunga qadar manfaatdor tarmoq
vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan, majburiy ravishda muvofiqlashtirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sxemasi belgilangan tartibda
tasdiqlangandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish
sxemalari va loyihalarini hamda shaharsozlik hujjatlarining keyingi bosqichlarini ishlab
chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda 676-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasining Shaharsozlik kodeksi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish,
jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
PF-6119-son Farmoni;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini
va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va
tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;
4. “Hududlarni rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ishlab
chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” to‘g‘risidagi ShNQ 1.03.02-04*.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Генералный_план