SHAHAR YO‘LLARI QOPLAMASI RAVONLIGINI MOBIL ILOVALARDA
BAHOLASH
Stajyor o‘qituvchi ALLANAZAROV SH.B
1
, stajyor o‘qituvchi KENJEBAEVA N.M
1
, magistr AITMANOV A.A
1
Qoraqalpoq davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqaloda shahar yo‘llari qoplamalarining ravonligini baholaydigan mobil ilovalar o‘rganib
chiqildi. Yo‘llar qoplamalarining ravonligini baholovchi mobil ilovalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar:
shahar yo‘llari, ravonlik, mobil ilova, proval, nivelir, roadlab pro.
Аннотация:
В статье рассматриваются мобильные приложения, оценивающие ровность городских дорог.
Разработаны рекомендации для мобильных приложений, оценивающих гладкость дорожного покрытия.
Ключевые слова:
городские дороги, беглость, мобильное приложение, , нивелир, roadlab pro.
Abstract:
The article discusses mobile applications that evaluate the smoothness of city roads. Recommendations
have been developed for mobile applications that evaluate the smoothness of road surfaces.
Key words:
city roads, fluency, mobile application, roadlab pro.
Respublikamizda umumiy ravishda yuk va yo‘lovchi tashishning 90 foizga yaqin hajmini
avtotransport ulushi tashkil qiladi. Bu mamlakatimizda yo‘l-transport infratuzilmasini yanada
mustahkamlash masalasi nechog‘lik dolzarbligidan dalolat beradi. Аvtomobil yo‘llarini taʼmirlash,
yo‘llardagi harakat sharoitini yaxshilash, yangilarini qurish va ularni jahon andozalariga
moslashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “Yo‘l
xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoyishida
Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini taʼminlaydigan xalqaro transport yo‘laklarini barpo
qilish, tranzit va viloyatlar oralig‘ida ishonchli transport aloqasini taʼminlash, respublikaning tashqi
integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, Buyuk Ipak Yo‘lini
qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo‘l siyosatining ustuvor vazifalari etib
belgilangan. Ushbu vazifalarning amaliy yechimi mavjud avtomobil yo‘llari tarmog‘ining transport-
foydalanish sifatlarini oshirish, yo‘llarning texnik va foydalanuv holatlarini yo‘ldan foydalanuvchilar
talablariga muvofiqlashtirish, avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini taʼminlash,
yo‘llarni saqlash ishlarini samarali tashkil qilishni talab qiladi [1,2].
Yo‘l qoplamasining ravonligini baholash yo‘llarni qurish, saqlash va ta’mirlashda muhim
vazifadir. Yo‘l qoplamasining ravonligini transport sifatiga, xavfsizlikka, shovqinning ifloslanishiga,
transport vositalarining yoqilg‘i sarfiga va odamning qulayligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shunday
qilib, yo‘l sirtining notekisligini baholash yo‘llarning yaroqliligi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash
uchun juda muhimdir.
Yo‘l qoplamasining ravonligini baholash, yo‘l foydalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlash
uchun juda muhimdir. Avtomobilning optimal barqarorligini ta’minlash va baxtsiz hodisalar va
to‘qnashuvlar xavfini kamaytirish uchun silliq va bir xil yo‘l qoplamasi zarur. Boshqa tomondan,
notekis yo‘l qoplamasi avtomobilning siljishi, boshqaruvni yo‘qotishi va baxtsiz hodisalar ehtimolini
oshiradi.
4R176a- “Nukus temiryo‘l stantsiyasiga” avtomobil yo‘lining PK00+00-4+00 oralig‘I
tanlandi. Nivelir va mobil ilovalar yordamida olingan natijalar shuni ko‘rsatadi.
Eksperiment uchastkamizdan Nivelir yordamida olingan natijalar bilan uch xil mobil ilovada
olingan natijalarni tahlil qilib, mobil ilovalardan olingan natijalarni Nivelir natijalariga solishtiramiz.
Nivelir yordamida har 25 sm dan olingan natijalarni (1-ilova) ProVAL programmasi
yordamida olingan IRI ko‘rsatkichlari va grafigi. (1va 2-rasm)
1-rasm ProVAL dasturi da olingan IRI ko‘rsatkichi
2-rasm ProVAL dasturi da olingan chiziqli grafik
1-grafik
O‘lchash joyi
IRI
Izoh
M
PK
100
0-1
5.8
Qoniqarli
200
1-2
4.6
Qoniqarli
300
2-3
2.5
Yaxshi
400
3-4
4.1
Qoniqarli
2-grafik Nivelirda olingan natijalarning IRI grafigi
Turli xil harakat sharoitlarida yo‘l qoplamalarning ravonligi “Road lab pro” dasturida olingan
natijalarni tahlil qilish uchun dasturning o‘zidagi talablariga asosan baho berish uchun quyidagi 1-
jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
2-jadval
Road lab pro dasturida ravonlikni baholash uchun bo‘yicha IRI ko‘rsatkichlari
Yo‘l qoplamalarning ravonligi “Road
lab pro” dasturi yordamida Xalqaro
ravonlik indeski IRI bo‘yicha baholash
Road lab pro” dasturidagi Xalqaro
ravonlik indeski IRI bo‘yicha
me’yorlari
A’lo
IRI<2: a’lo
Yaxshi
2<IRI<4: yaxshi
Qoniqarli
4<IRI<6: qoniqarli
Qoniqarsiz
IRI>6: qoniqarsiz.
Izoh;
“RoadLab Pro” dasturidan olingan
Qoplama ravonligini o‘lchash maqsadida tadqiqot obiekti bo‘lgan Nukus shahridagi 4R-176a
(Nukus temir yo‘l stanstiyasiga) 0-0.4 km qismida qoplama ravonligini yuqorida keltirilgan “Road lab
pro” dasturi va Cobalt avtotransporti yordamida o‘lchash ishlarida olib borilib baholandi va olingan
natijalar quyidagi jadvallarda keltirilgan (2-jadval) .
3-Jadval
RoadproLab dasturida olingan IRI ko‘rsatkichlar
O‘lchash joyi
Avtotransport
tezligi
IRI
Izoh
M
PK
100
0-1
48.68
5.4
Qoniqarli
200
1-2
50.16
5.2
Qoniqarli
300
2-3
42.74
2.8
Yaxshi
5,8
4,6
2,5
4,1
100
200
300
400
IR
I ko
‘r
ssatki
ch
i (
mm/km)
Yo'l bo'lagi, m
Yo'l bo'lagi, m
400
3-4
45.28
4.7
Qoniqarli
3-
grafik. “RoadlabPRo” dasturida olingan IRI qiymatining chiziqli grafigi
RoadBounce Pro ilovasi yordamida tadqiqot uchastkasida, olingan natijalarning jadvali va
grafigi quyidagicha
4-Jadval
“RoadBounce” dasturida olingan IRI ko‘rsatkichlar
O‘lchash joyi
Avtotransport
tezligi
IRI
Izoh
M
PK
100
0-1
45.56
6.2
Qoniqarsi
z
200
1-2
42.41
8.6
Qoniqarsi
z
300
2-3
51.21
3.2
Yaxshi
400
3-4
49.28
4.3
Qoniqarli
6,2
8,6
3,2
4,3
0-1
1-2
2-3
3-4
IR
I q
iy
mati
(
mm/km)
Yo‘l bo‘lagi PK+
5,4
5,2
2,8
4,7
0-1
1-2
2-3
3-4
IR
I q
iy
mati
(
mm/km)
Yo‘l bo‘lagi PK+
4-grafik. “RoadBounce” dasturida olingan IRI qiymatining chiziqli grafigi
Totalpave ilovasi yordamida tadqiqot uchastkasida, olingan natijalarning jadvali va grafigi
quyidagicha
5-Jadval
“Totalpave” dasturida olingan IRI ko‘rsatkichlar
O‘lchash joyi
Avtotransport
tezligi
IRI
Izoh
M
PK
100
0-1
49
5.6
Qoniqarli
200
1-2
51
4.2
Qoniqarli
300
2-3
50
2.8
Yaxshi
400
3-4
46
4.5
Qoniqarli
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki hozirgi vaqtda ravonlikni o‘lshovchi mobil ilovalar
juda ham ko‘p, va har birining o‘ziga yarasha o‘lshach usullari bor. Lekin biz izlanishlarning natijasi
sifatida eng maqbul keladigan mobil ilovani taklif etmoqchimiz. Izlanishlar davomida bir qancha
mobil ilovalarni ishlatib kordik, mobil ilovalarning ko‘chiligi pullik yoki natija olishi yetarlicha va
aniq emas. Yo‘llarning notekisligi transportning umumiy sifatiga ta’sir qiluvchi yo‘l iqtisodiyotining
ajralmas qismidir. Xavfsizlikni yaxshilash, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va ohir-oqibat avtotransport
boshqaruvchilariga, atrof-muhitga ham foyda keltirish uchun yo‘lning yaxshi holatini saqlab qolish
juda muhimdir. Bunga erishish uchun manfaatdor tomonlar o‘rtasida yaqin hamkorlik va tegishli
texnologiyalardan foydalanish zarur. Yo‘l menejerlari yo‘l qoplamasi xususiyatlari va transport
intensivligi ma’lumotlari asosida yo‘l tarmog‘ini boshqarish bo‘yicha foydali ko‘rsatmalarni ishlab
chiqish uchun qurilish va texnik xizmat ko‘rsatish usullarini samarali baholashlari kerak. Ushbu
amaliy yondashuv yo‘lning ravonligi haqida samarali tavsiyalar beradi, umumiy avtotransport
xarajatlarini kamaytiradi va yo‘l tarmog‘ining xavfsizligini oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovichning 2017 yil 14-fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini
boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoyishi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
Investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarni boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini
joriy etish to‘g‘risida» 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qarori
3.
Jo’rayev M. B., Tugalov B. Q., Xolbekov S. R. ARMATURA QURILISH MATERIALLARIGA DOIR XAVFSIZLIK
TALABLARINI BELGILASHDA TEXNIK REGLAMENTLARNING AFZALLIKLARI //Conferencea. – 2022. – С. 72-77.