Tabrik o’rnida

CC BY f
4-6
1
0
Поделиться
Хасанов, И. (2023). Tabrik o’rnida . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 4–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23455
Ильяс Хасанов, Термезский государственный педагогический институт

ректор в.в.б., профессор

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritish belgilab berilganligi ta’limga e’tibordan dalolat beradi.


background image

YALPI YIG‘ILISH

TABRIK O’RNIDA

Xasanov Ilyos To‘ychiyevich

TerDPI rektori v.v.b., professor

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturida

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va
kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritish belgilab
berilganligi ta’limga e’tibordan dalolat beradi.

2023

yil

1

apreldan

boshlab

maktabgacha

ta’lim qamrovini

kengaytirilganligi, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali
uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va
keyinchalik ularni ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etildi.

2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va

Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy
ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan
1 tadan namunaviy professional ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi
belgilandi.

Professional ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega

bo‘lgan, malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga
ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari
tegishincha umumiy o‘rta ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali
o‘qituvchisi, oliy ma’lumotli o‘qituvchisi hamda o‘rta maxsus ma’lumotli
o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilganligi xam be’jiz emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.07.2021 yildagi PQ-5186-sonli

qarorlariga muvofiq Xalqning bunyodkorligi jo‘sh urgan hozirgi zamonda Uchinchi
Renessansning ilmiy-ma’naviy poydevorini musatahkamlash, yoshlarni Vatanga
muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning
islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk
allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini milliy va xalqaro miqiyosda
ommalashtirish maqsadida bir qator “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston
g‘oyasini targ‘ib qiluvchi, manzil sari eltuvchi yo‘l xaritasi tuzib olindi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida 22 ta xorijiy davlatlar (AQSh,

Germaniya, Rossiya, Belorus, Gollandiya, Isroil, Italiya, Finlyandiya, Fransiya,
Chehiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va b.) ning yetakchi oliy ta’lim


background image

muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 83 ta ta’lim
yo‘nalishlari va 64 ta mutaxasissliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga bel bog‘lagan yoshlar uchun bu ulkan
imkoniyatdir. Xalqaro maydonlarda bizning olimlarimizning maqolalari, oxirgi 3
yilda xalqaro tan olingan ilmiy jurnallarda chop etilish darajasi to‘rt barobarga oshdi.

Shu bilan bir qatorda m

amlakatimizda psixologiya sohasini rivojlantirish va

psixolog kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish hukumatimiz e’tiboridagi ustuvor
masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018 yil 14

avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash,
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-
tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining

“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va
jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli
hamda 2019 yil 12 iyuldagi “O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-
quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 577-sonli qarorlariga
muvofiq x
orijiy tajribadan kelib chiqib, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat
faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritildi, respublikaning chekka
hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni
davlat granti asosida maqsadli qabul amalga oshirildi, oliy ta’lim muassasalarining
magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin
oshirildi, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida psixologiya
ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8
haftadan 15 haftaga oshirildi. Demak, sohani rivojlantirish yo‘lida salmoqli ishlar
qilinmoqda, islohotlar davom etmoqda.

Ma’lumki, Respublikamizning 10 ta oliy ta’lim muassasalarida

“Psixologiya”, 19 ta oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim
yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha 6500 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda,
jumladan, bizning institutimizda ham pedagogika va psixologiya sohasi bo‘yicha
bakalavrlar va magistrlar tayyorlanmoqda, bakalavrlar 200 nafarga yaqin bo‘lsa, 50
nafardan ortiq magistrlar tahsil olmoqda. 2021-2022 o‘quv yilidan “Psixologiya”
kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi, talabalarga ta’lim berish bilan birga ilmiy-
tadqiqotlar olib borish, maktab amaliyotchi psixologlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak
berish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasida olib borilayotgan ishlar

ko‘lamiga qaramasdan sohada zudlik bilan bartaraf etilishi talab etiladigan qator
muammolar ko‘zga tashlanmoqda.


background image

O‘ylaymizki, bugungi ilmiy-amaliy anjuman ishida uzluksiz ta’lim tizimidagi

psixologik xizmatni samaradorligini oshirish, sohaga sifatli kadrlarni tayyorlashni
takomillashtirish, jaxon standartlariga mos bo‘lgan yangicha yondoshuvlar
masalalari muhokama qilinadi. Ushbu ilmiy-amaliy anjuman uzluksiz ta’lim
tizimida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixologlar uchun mahorat maktabi
bo‘lsa, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar uchun ilmiy bahslar maydoni bo‘lishiga
ishonchim komil.

ЎЗБЕКИСТОНДА ПСИХОЛОГИК ХИЗМАТНИНГ МУАММО ВА

ЕЧИМЛАРИ

Ғ.Б.Шоумаров

Психология фанлари доктори, профессор

Жаҳонда инсон фаолиятининг барча жабҳаларида профессионаллик ва

самарадорликни таъминлаш, профессионал кадрларни тайёрлаш, қайта
тайёрлаш ва малакасини ошириш долзарб аҳамият касб этмоқда. Ҳеч кимга
сир эмаски, жамият тараққиёти йўлидаги муаммо ва масалаларни ҳал
этишдаги энг муҳим омил – бу ижодкор, замонавий билимга эга бўлган,
иқтидорли педагог ва психологлар ҳисобланади. Жаҳон таълим ва илмий
тадқиқот марказларида таълимни тизимли ислоҳ қилишнинг устувор
йўналишларини белгилаш, ўсиб келаётган ёш авлодни маънавий-ахлоқий ва
интеллектуал камол топтиришни сифат жиҳатидан янги даражага кўтариш,
таълимнинг инновацион шакллари ва усулларини жорий этиш масалаларига
оид илмий изланишларга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Бу борада,

психологларнинг касбий фаолияти самарадорлигида бевосита таъсир этувчи
психологик,

ижтимоий,

иқтисодий

омилларини

аниқлаш,

касбий

ривожланишнинг асосини белгилаб берувчи компонентларни белгилаб олиш
ва таркиб топтиришга йўналтирилган чора-тадбирларга эътибор қаратиш
зарурати кузатилмоқда.

Бугунги кунда бизнинг шароитимизда ҳам психодиагностик тадбирларда

сифат босқичига эришиш учун мавжуд тажрибаларга таяниб, тегишли
мутасаддилар томонидан бир қатор муаммоларга амалий ечим топилиши
лозим:

1.

Ҳозирда республикамизда психодиагностик методикаларнинг ягона

банки мавжуд эмас.

2.

Баъзи методикаларнинг яратилганига 100 йил бўлди. Бундай муддатда

кўпгина қисми маънан эскиради.

3.

Қўлланилаётган

методикалар

валидлилик

ва

ишончлиликка

текширилмаган.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов