Текущий выпуск

Том 1 № 1 (2023): Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика
Опубликован: 29-08-2023

Статьи

43-46 139 30

Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida kamolotida o’yin terapiyasining ahamiyati

Сарвиноз Нематуллаева

O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish vazifalarini o’rganishning muammolarini F.B.Valixo’jayeva 7 , Z.Rahimova, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova, S.Bulatov, SH.Munavvarov, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar o’rganganlar.

81-86 421 75

Mahmud az Zamaxshariyning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari

Зебинисо Курбанова

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda Mahmud Zamaxshariyning tarbiyaga oid asarlaridan biri bo’lgan “Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari) asari orqali tarbiyaning o’ziga xos talqini va bu talqinning xususiyatlari masalasi tahlil qilinadi. Allomaning asarlaridagi pand, nasihat, yaxshi xislatlar va hikmatli so’zlar ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari maqolada muallifning masalaga doir shaxsiy nuqtai nazari ham keltirib o’tiladi.

74-76 364 71

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari

Мафтуна Имонова, Дилноза Таджиева

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishini, shakllanib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari, barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy ma’naviy merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga singdirib borish haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.

74-76 90 27

Understanding professional identity of future teachers as a pedagogical - psychological problem

Мохинур Тораксонова, Барчиной Юсупова

In today's globalized era, many measures are being developed by our state in order to mature young people who have new thinking, creative thinking and abilities, and all of these are based on the level of education, science and technology, and pedagogical skills. It is necessary to find out early on which profession the child has interest and ability, and to which profession his character-characteristics correspond, and show him the right direction in time. The advantage of identifying a child's ability early and guiding him in the right direction is that he will grow up to be a mature member of his profession. If we show the good sides of the profession he is interested in to the child from a young age, his interest in this profession will increase. Therefore, if the child is shown the right way from the beginning and given the right education, the future teacher will not have any problems in realizing his professional self, even if he comes with the knowledge he has received , based on his skills and abilities, he quickly finds a solution to it.

71-74 147 40

Talabalar oila xaqidagi tasavvurlarining oila mustahkamligiga ta’siri

Олмосбек Эшмуродов

Oila munosabatlari deganda biz, ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum guruh munosabatini ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tushunamiz. Bunga eng avvalo, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin hamda shu kabi oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot munosabatlari tushuniladi. Tarixiy turmush tajribalaridan ma’lumki oiladagi eng nozik va ziddiyatli masalalardan biri bu qaynona va kelin munosabatlardir

67-71 145 80

Оилада эр – хотин муносабатларини мувофиқлаштиришнинг ўзбек психологлари томонидан таҳлил қилиниши

Шахноза Aшурова

Ижтимоий-тарихий ва илмий манбаларнинг гувоҳлик беришича, ўзбек оиласининг ҳаёти, ундаги ўзаро муносабатлар, унинг урф-одатлари, анъаналари ва қадриятлари, турмуш тарзи, маданияти, тарбиявий муҳити ва меҳнат шарт-шароитлари жиддий илмий муаммолар сифатида XX асрнинг 60-70 йилларидан эътиборан ўрганила бошланди.

64-67 98 38

Professional ta'lim pedagoglarining kasbiy kompetentligining psixologik jihatlari

Камолиддин Хошбаков

Ushbu maqolada bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatda pedagoglarga qo’yilayotgan talab, pedogogning kasbiy kompetentligini oshirish bugungi kunda ta’lim tizimida pedagog qanday bo’lishi lozimligi ,uning psixologik kompetentligi qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritilgan.

60-64 83 32

Талаба ёшлардаги аттракция ҳисси табиий психологик жараён сифатида

Б Ахмедов , Ф Нарзуллаева

Инсоннинг ўспиринлик ва талабалик даврлари нафақат профессонал танлов ва касб эгаллаш учун мақбўл давр, балки бу давр ёшларнинг ўзлигини англаш, ўз қадр қимматини билиш ва бошқаларга нисбатан муносабатда бўлиш тажрибасини эгаллаш даври ҳамдир.

59-60 140 26

Pedagogika kolleji o’qituvchilari faoliyatida motiv va motivatsiya

Назокат Амирова

Pedagogik faoliyatda kasbiy motivlarning barqarorligi muhim ahamiyat kasb etib, uni rivojlantirish faoliyat turi bilan bog‘liq ko‘plab muvaffaqqiyatlarni ta’minlashi ehtimoldan holi emas. Xizmat faoliyatida motivlar rolini oshirish xuddi, tashkilotlarnikidek ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysunadi.

56-58 117 26

Oliy ta’lim talabalarida tafakkur shakllanishining psixologik sabalari

Эркин Мардонов

Mantiqiy xotiraning bir turi ham aqliy jarayondir. Demak, u eslash va eslash xususiyatiga ham ega. Demak, talabalar o‘quv jarayonida oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari tomonidan tushuntirilgan va tushuntirilgan teorema, qonun va qoidalar, kompleks xossalarni ayrim qisman holatlarga o‘tkazishda har doim deduksiya usulidan foydalanib fikr yuritadilar va ular asoslab beradilar. Psixologiyada nutq fikrlash faoliyati vositasi sifatida qaraladi. Odatda nutq fikrlash jarayonida hukm, xulosa va tushunchalar shaklida ifodalanadi. Shuning uchun hukm, xulosa va tushunchalar tafakkurning o'ziga xos shakllari deb ataladi.

52-56 135 32

Мактабгача ёшдаги бола психик тараққиётида предметли-воситали муҳитнинг ўрни

М Нарбашева

Мактабгача таълим ташкилотларида болалар фаолияти мазмунли ташкил этиш ҳамда уларнинг фаоллигини ошириш максадида турли ўйинлар, сайрлар, машғулотлар ташкил этилади. Улар махсус дастурлар асосида олиб борилади ва бунда албатта болаларнинг ёш хусусиятлари инобатга олинади. Шунингдек, болаларнинг ўзлари ташкиллаштириб ўзаро келишувлари асосида ўйнайдиган ўйинлари ҳам болаларнинг ҳар томонлама ривожланишлари, теварак атрофни билишлари учун хизмат қилади.Боланинг дунёга таъсир кўрсатишга бўлган эҳтиёжининг намоён бўлиши илк бор ўйинда шаклланади

48-52 123 27

Ўқувчиларда тафаккур операцияларни таҳлилий асослари

Эркин Мардонов

Таҳлил - бутуннинг ақлий бўлиниши. Бу унинг ҳар бир қисмини ўрганиш орқали бутунни чуқурроқ билиш истагига асосланади. Таҳлилнинг икки тури мавжуд: яхлитни қисмларга бўлиш ақлий парчаланиши сифатида ва унинг индивидуал хусусиятлари ёки томонларини бир бутун сифатида руҳий изоляция сифатида таҳлил қилиш.

46-48 183 31

Oʻquvchilarning qoʻrquvini korreksiya qilishda art- terapiya usul va vositalarining o’rni

Самигул Каюмова

Hozirgi kunda oʻquvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy barkamol, keng fikrli shaxs sifatida kamol toptirish, bugungi kunning asosiy vazifasi sanaladi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-sonli qarorida “Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida oʻzligini anglash, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va namayon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart - sharoitlar yaratishdan iborat”[1]dir deb koʻrsatilgan.

4-6 50 14

Tabrik o’rnida

Ильяс Хасанов

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amaliyotga kiritish belgilab berilganligi ta’limga e’tibordan dalolat beradi.

40-43 145 35

Bola “men”ini shakllantiruvchi muhim sosium

Максуда Норбошева

Butun jahon bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish tashkiloti UNICEF tomonidan «...har qanday mamlakatning kelajagi bevosita bolalarning farovonligiga va ularning rivojlanish imkoniyatlariga bog’liq» 6 ligi qayd etilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishni amalga oshirishning o’ziga xos psixologik yondashuvlariga e’tibor berish, shu jarayonini tashkil etishni takomillashtirish orqali maktabgacha yoshdari bolalar muloqotini ijtimoiy psixologik shakllantirish, tafakkur erkinligi, fikrlashi va muloqot faolligini tarbiyalash masalalari dolzarb muammolardan bo’lib qolmoqda.

37-40 226 41

O’zbek oilalarida qizlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining ijtimoiy-psixologik jihatlari

Мухайо Каримова

Hozirgi davrda jamiyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil oshib borishi hisobiga nikohlanish koeffisenti ham oshdi. 2019-yilda FXDYO bo’limlari orqali rasman qayd etilgan nikohlar soni 310899 mingtaga yetdi. Oilaviy ajrimlar ko’rsatkichi 2017-yil 31,9 ming , 2018-yil 32,3ming, 2019-yil 31,4ming, 2020-yil 28,2 mingni tashkil etdi.

35-37 94 21

Musiqiy tarbiya – qudratli quroldir yohud musiqiy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta`siri

М Имонова

Musiqa sadolarining inson organizmiga ta’siri haqida Gippokrat ham gapirib o‘tgan. Maxsus kuylar yordamida qadim zamonlarda tabiblar tutqanoq va bosh og‘rig‘ini davolashgan. Aytishlaricha, kor qilgan ekan. Umuman, hozir ham odamlarga musiqa yetarlicha ta’sir o‘tkazadi. Muhim — to‘g‘ri tanlov qilishda.

33-35 82 21

Ta’lim sifatini oshirishda o’smir o’quvchilar o’quv faoliyatida natijaga erishishning psixologik jihatlari

Аскаржон Холтураев

“O‘quvchilar uchun natijaga erishish-o‘quv jarayonini takomillashtirishning eng samarali usuli: V.K.Starodubseva motivlar o‘quv jarayoni va materialni o‘zlashtirishning harakatlantiruvchi kuchidir”. Muallifning fikriga ko‘ra, natijaga erishish motivatsiyasi-bu shaxsning ma’lum bir o‘rganish mavzusiga ham, butun ta’lim jarayoniga munosabatini o‘zgartirishning juda samarali jarayonidir. E.A.Kuzmin so‘zlariga va Maslova T.M so‘zlariga ko‘ra: “O‘quvchi uchun hayotda yuqori cho‘qqilarga erishish va o‘z-o‘zini rivojlantirib borishi uchun doimiy muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi zarur hisoblanadi.” Amerjanova Sh.K so‘zlariga ko‘ra, “Bugungi kunda o‘quvchining muvaffaqiyati har bir inson hayoti samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir

30-33 86 29

Олий таълим тизимида таълим сифатини оширишда психологик билимдонликнинг ўрни

Мехри Норбошева

Маълумки, кафедра олий таълимни ҳаракатга келтирувчи ва асосий вазифаларни бажарувчи механизм ҳисобланади. Олий таълим тизимида таълим жараёнининг сифат ва самарадорлигини ошириш биламизки кафедралар фаолиятига боғлиқ. Таълим жараёни самарадорлигида энг муҳим механизм кафедралар фаолиятини сифат жиҳатдан юксалтиришдир. Фикримизча, кафедра мудири компетентлиги юқори бўлиши яъни мавжуд назарий билим, кўникма ва малакаларнинг мажмуасини амалиётга тўла мустақил ва ижодий қўллай олсагина, нафақат кафедрада балки олий таълим муассасаларида таълим сифати ва самарадорлиги ошишига хизмат қилади.

27-30 136 32

Ta`lim sifatiga erishishda psixologik bilimlarning o`rni

Кутлугбек Кадыров

Bugungi zamonda boshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyani o`rganishning ham, avvalo, bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati shulardan iboratki, shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.

129 29

Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш истиқболлари

М Файзиева

Экспериментал тадқиқотларни амалга ошириш шарт шароитлари: психологик ҳимоя тизими ҳақидаги билимларни ассимиляция қилиш, айниқса, шахс ва психологик ҳимоя тизимининг ишлаш талабаларини психологик ҳимоя тизимининг қуйидаги йўналишларда ўзгаришига олиб келди: содда-табиий ва юксак ҳимоя механизмларининг кескинлиги нисбати психологик ҳимоянинг пастки қисмидир. Копинг ресурслар эса муаммоларни бартараф этишдан уларни ҳал қилишгача фаол ҳаракатларга айланди. Ўз-ўзини баҳолаш, шахс ҳис-туйғуларини бошқариш ва ўз-ўзини назорат қилиш уйғунлашган ҳолда психологик ҳимоянинг юқори даражаси бўлган конструктивликка ўтишини баҳолашга имкон берди.

21-24 138 70

Психологик хизмат – замонавий таълим тизимининг ажралмас таркибий қисми

Умарали Қодиров

Ҳозирги глобаллашув шароитида амалий психологиянинг шиддат билан ривожланиши жараёнида психологик хизмат замонавий таълим тизимининг ажралмас таркибий қисми сифатида намоён бўлмоқда.

17-21 185 44

Таълим сифатига таъсир қилаётган салбий омиллар ва уларни бартараф қилиш йўллари

Бахтиёр Иманов

Кейинги йилларда мамлакатимизда халқаро стандартлар талабларига мос келадиган олий таълим тизимини яратиш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Ҳудудларда янги олий таълим муассасаларининг ташкил этилиши, янгидан бунёд этилаётган замонавий ўқув бинолари ёшларимизга берилаётган юксак эьтиборлардан бири сифатида кўрсатишимиз мумкин. Ўқув хоналари янги замонавий конструкцияларга мувофиқ қайтадан таьмирланиб, ўқув жиҳозлари, ўқув лабораториялари, замонавий АКТ билан таъминланмоқда.

13-17 510 69

Психологик хизматнинг асосий тамойиллари

Феруза Акрамова

Психологик хизмат ўз мазмуни моҳиятига кўра инсонларга маслаҳат кўрсатишга қаратилган фаолият ҳисобланади. Психологик хизматга қўйилган тамойиллар инсон шахси билан ишлашнинг ўзига хос жиҳатларини билишни талаб этади ҳамда психологик хизматнинг самарадорлигини таъминлайди.

9-13 70 32

Таълим олувчиларда мустақил фикрлаш қобилиятини шакллантириш – таълим сифатини оширишнинг ижтимоий-психологик омили сифатида

Бахриддин Умаров

Жаҳон педагогикаси ва таълим психологиясида бугунги кун олдида турган муҳим масалалардан бири нафақат билимли, балки ижодий тафаккур соҳиби бўлган шахсни шакллантириш йўл, усул ва воситаларини излаш асосий масалалардан ҳисобланади. Ушбу масалани ижобий ҳал этишда таълим тизими ўрни келганда анъанавий дарс шаклини сақлаб қолган ҳолда, унга турли-туман таълим олувчилар фаолиятини фаоллаштирувчи, ўқувчиларни мустақил фикрлашга ундовчи интерфаол методлар билан бойитиш лозим бўлади.

6-9 94 21

Ўзбекистонда психологик хизматнинг муаммо ва ечимлари

Ғ Шоумаров

Жаҳонда инсон фаолиятининг барча жабҳаларида профессионаллик ва самарадорликни таъминлаш, профессионал кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш долзарб аҳамият касб этмоқда.