Ta`lim sifatiga erishishda psixologik bilimlarning o`rni
Bugungi zamonda boshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyani o`rganishning ham, avvalo, bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati shulardan iboratki, shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.