Ta`lim sifatiga erishishda psixologik bilimlarning o`rni

CC BY f
27-30
2
1
Поделиться
Кадыров, К. (2023). Ta`lim sifatiga erishishda psixologik bilimlarning o`rni . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 27–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23469
Кутлугбек Кадыров, Термезский государственный педагогический институт

Декан факультета педагогики и искусства, доктор педагогических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi zamonda boshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyani o`rganishning ham, avvalo, bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati shulardan iboratki, shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.


background image

куч ишлатишни рад этади. Маъмурий тазйиқ ёшларни ёт таъсирлардан асраб
қололмайди. Бунинг ягона йўли - ўқувчи Билан муносабатда гуманистик
тамойилларни жорий этиш, эркин фикр алмашиниш муҳитини яратилишидир.

Очиқ ахборот коммуникaцияси жараёнида ёшлар онгига таъсир этаётган

ёт ғояларга қарши ҳимоя воситаларини ишлаб чиқишдан аввал ёшларнинг
ижтимоий хулқда кўзга ташланадиган энг муҳим ҳолатлардан бири
ташвишланиш, нимадандир чўчиш ваш у туфайли ижтимоий муносабатлардан
ўзини олиб қочишга интилиш ҳисларини намоён бўлишидир. Чунки агар,
психологик ҳимоя ҳолатининг моҳиятидан келиб чиқадиган бўлса, бу шахс-
ички кечинмаларини ифодаловчи шундай ҳолатки, унда одам ички руҳий
мўътадилликни

асраш

учун

ўзидаги

хавотирланиш,

қўрқув

ва

хадиксирашларини босишга, улардан халос бўлишга интилади. Психологик
ҳимоя-шахсни

турли

салбий

таъсирлардан

асрашга,

психологик

дискомфортни бартараф этишга хизмат қилади.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати

1. В.

Г. Каменская Психологическая зашита и мотивaция в структуре

конфликта. – СПБ.: Децтво-пресс, 1999. – 147 с.
2. Й.С. Романова Графические методи в практической психологии. – СПб.:
Реч, 2001. – 416 с.
3. Р.Лазарус. Теория стресса и психофизиологические исследования
// Эмоционалний стресс. – Л.: Медицина, 1970. – С. 54-76.

5.

В.А.Ташликов Психологическая зашита у болних неврозами и
психологическими расстройствами. – СПб., 1992. – 22 с.

6. Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication

technologies //International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. –

С. 3-3.

7.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based
on game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

TA`LIM SIFATIGA ERISHISHDA PSIXOLOGIK BILIMLARNING O`RNI

Qodirov Qutlug’bek Bekmurodovich

Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va san`at fakulteti dekani,

pedagogika fanlari doktori, dotsent

Bugungi zamonda b

oshqa fanlarni o`rganish kabi, psixologiyani

o`rganishning ham, avvalo, bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati bor.

Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati shulardan iboratki, shu bilan birga
psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil
turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik,
harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.
Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda psixologiyaning
ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o`quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan,


background image

shu materialni bolalar qanday o`zlashtirayotganini - ko`ruvchilar qanday idrok
etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini, ubrda diqqat-e`tibor. hissiyot
qanday namoyon bo`layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu
jarayonlar qanday ro`y berayotganini bilish lozim. Hozirgi paytda ishlab chiqarish,
ishlab chiqarish ta`limi va mehnatni tashkil etishning har xil turlarida
psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy
bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining shakllanishida katta ahamiyatga egadir.
Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar ongidagi
har xiI diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol bo`lib xizmat
qiladi. Odam psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni va boshqa kishilar
psixikasini bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini
yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Biz psixologiyani o`rganib, voqelikning g`oyat

katta va sifat jihatdan o`ziga xos sohasi - psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz.

Hozirgi zamonda oliy ta`lim, kollej, texnikum o`quv rejalariga o`qituvchilar

uchun zarur bo`lgan pedagogik psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy
psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya singari fanlar kiritilmaganligi
ma`lum. Ayni paytda psixologiyaning o`qituvchilar uchun mutlaqo zarur bo`lgan
bu sohalari bo`yicha yetarli bilim olmagan bitiruvchilarning 90 foizdan ortiqrog`i
maktablarga o`qituvchilik qilish uchun borishmoqda. Pedagoglarning asosiy
vazifalari tushuntirish, uqtirish va shu usullar yordamida o`quvchilarga bilim berish
va tarbiyalashdan iborat. Ta`lim jarayoni qisman, tarbiya jarayoni esa, asosan,
ongostiga ta`sir o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Ongostiga ta`sir qilmay ham
ta`lim va tarbiya tadbirlarini o`tkazish bo`ladi. Lekin bunda tadbirlarning
samaradorligi juda past bo`lib qoladi. Ta`im-tarbiya jarayonida uqtirishning
muhimligi shundaki, o`quvchilarda uning yordamida ijobiy sifatlarning zarurligiga
ishonch hosil qilish orqali bu sifatlar ongostiga singdiriladi. Bu ishlarga faqat pand-
nasihat qilish yo`li bilan erishib bo`lmaydi.

Hozir zamonda ta`lim tizimimizda o`quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini

rivojlantirishga ham alohida talablar qo`yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari,
prezident maktablarini tashkil etishdan ko`zlanayotgan asosiy maqsadlarimizdan
biri ham ijodkorlikni rivojlantirishdir. Ijod qilish inson ruhiyatining faolligini aks
ettirishi psixologiyada isbotini topgan hisoblanadi. Shu talab va maqsadga mos
ravishda psixologiya va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish
uslubiyati, texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e`tibor berilishi kerak edi.
Ammo, lekin hozircha psixolog va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani
tezroq va atroflicha tadqiq etishga intilish sezilishi ko`rimsiz holatda turibdi.
Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo`yicha jahon psixologiya fanida
mavjud xulosalarga ko`z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik yana o`sha ongostida
shakllanishi va rivojlanishi ma`lum qilinadi. Ijod maktablarimizda ishlayotgan


background image

o`qituvchi va murabbiylarda esa ongostining tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi
bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga e`tibor berilmayapti desak, mubolag`a
bo`lmaydi. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan
psixologlarning kamligi bilan bog`liq bo`lishi ijtimoiy hayotimizda o`z isbotini
topmoqda. Ijodkorlikning doimiy yo`ldoshi, “ukasi” (agar shunday ta`rif berish joiz
bo`lsa) bo`lgan bir hodisa bor. Bu ilhomdir(Alloh taborak va taolo tomonidan
berilgan ilohiy ne`mat). Ta`lim sifatini oshirishda, agar o`quvchilarda ijodkorlikni
shakllantirish jarayonida ularda ilhom uyg`otish muammosini hal qila olsak,
oldimizga qo`yilgan maqsadning yarmiga yetgan hisoblanamiz. Bu vazifani bajarish
uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u bilan ishlashimiz zarurdir. Bu ham
o`z-o`zidan ayonki, psixologik bilim, psixoologiya naqadar katta kuch, qudratli
qurol ekanligan dalolatdir.

Psixologiyaning mamlakatimizda eng kam rivojlangan, endigina oyoqqa turib

kelayotgan sohalaridan biri sport psixologiyasidir. Bu yo`nalish bo`yicha Jismoniy
tarbiya va sport universitetida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu universitetning
mazkur yo`nalishini tamomlagan mutaxassislarning nazariy tayyorligini bilmadim-
u, lekin men bilganlarim amaliy jihatdan o`z yo`nalishi bo`yicha ishlashga to`la
tayyor emasligi o`z tasdig`ini ko`rsatmoqda. Sportchi mahorati o`zi tanlagan sport
turidagi zarur ko`nikmalarni qanchalik puxta egallashiga bog`liq. Ko`nikmalar esa
barcha darslik va qo`llanmalarda takrorlanayotganidek, zarur amallarni ko`p marta
takrorlash natijasida shakllanadi. Sportchi zarur ko`nikmani shakllantirish uchun uni
yuzlab va minglab marta takrorlaydi. Bu ko`nikmalar ongda emas, ongostida
shakllanadi. Shuning uchun murabbiy yoki jamoa psixologi ongostiga ta`sir
o`tkazish usullaridan xabardor bo`lsa, zarur ko`nikmalarni shakllantirish jarayonini
bir necha marta tezlashtirish mumkin. Yuqoridagi aytilgan kamchiliklarning
mavjudligi va tez tugatilmayotgani sabablaridan biri, bizningcha, yurtimizda
psixologiya bo`yicha yagona ilmiy-metodik markazning yo`qligida. Aytaylik,
Rossiyada yoki Yevropa davlatlarida psixologiya bo`yicha o`nlab ilmiy-tadqiqot
institutlari va markazlari ishlab turgan paytda, mamlakatimizda psixologiya
bo`yicha birorta ham ilmiy-tadqiqot instituti yoki shunday institutning o`rnini bosa
oladigan markaz yo`q. Ana shunday ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinsa va unda
tegishli bilim va malakaga ega bo`lgan olim va mutaxassislar jamlansa, bu sohadagi
ishlarimiz ancha jonlangan bo`lar edi. Muxtaram prezidentimiz shu muammo
yuzasidan ham to`xtalib o`tdilar va bizning mamlakatimizda ham Psixologiya

universitetini tashkil qilishimiz kerak degan fikrlarni aytib o`tdilar.

Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Aholiga psixologik xizmat ko`rsatish
va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi

e`lon qilindi. O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash


background image

tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”

07.06.2019 yildagi 472-sonli qarori ham bu sohadagi

islohotlarning yorqin misolidir. Nafaqat sport, balki, ta`lim-tarbiya, tibbiyot
va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida ham psixologiya fanida vujudga kelayotgan
yangiliklarni o`rganish va imkon boricha amaliyotga tadbiq qilish Yangi
O`zbekistonning tezroq shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi, deb ishonch
bilan aytish mumkin.

Adabiyotlar:

1. Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova SH.A., Mavlonov M.
M,To`ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 .
2. Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008.
3. G`oziev E. G`. Umumiy psixologiya. 1-2 tom. T., Fan, 2002.
4. G`oziyev E. G`., “Ontogenez psixologiyasi”. T.: Noshir. 2010
5. regulation.gov.uz/uz/d/25665
6.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies

//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

7.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on

game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШДА

ПСИХОЛОГИК БИЛИМДОНЛИКНИНГ ЎРНИ

Норбошева Мехри Ачиловна психол.ф.н., доцент

ТерДПИ Психология кафедраси мудири

Маълумки, кафедра олий таълимни ҳаракатга келтирувчи ва асосий

вазифаларни бажарувчи механизм ҳисобланади. Олий таълим тизимида
таълим жараёнининг сифат ва самарадорлигини ошириш биламизки
кафедралар фаолиятига боғлиқ. Таълим жараёни самарадорлигида энг муҳим
механизм кафедралар фаолиятини сифат жиҳатдан юксалтиришдир.
Фикримизча, кафедра мудири компетентлиги юқори бўлиши яъни мавжуд
назарий билим, кўникма ва малакаларнинг мажмуасини амалиётга тўла
мустақил ва ижодий қўллай олсагина, нафақат кафедрада балки олий таълим
муассасаларида таълим сифати ва самарадорлиги ошишига хизмат қилади.
Кафедралар фаолиятини жонлантириш, илмий салоҳиятини ошириш,
замонавий таълимни йўлга қўйишда сўзсиз кафедра мудирининг ўз касбига ва
лавозимига яроқлилиги ҳамда лойиқлигига боғлиқдир. Чунки, педагог
кадрларни бошқаришда кафедра мудири ҳақиқий эталон бўлсагина жамоада
муваффақиятларга эришилади. Фикримизча,олий таълимда кафедра мудири
жамоа раҳбари сифатида барча соҳа(ўқув, илмий, маънавий, услубий,
ташкилий каби)ларда ҳар бир топшириқни сифатли бажариш ва бажартириш
учун бошқараётган жамоа билан “тил топиша олиши” яъни самарали

Библиографические ссылки

Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova SH.A., Mavlonov M. M,To`ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 .

Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O’z.FMJ., 2008.

G`oziev E. G`. Umumiy psixologiya. 1-2 tom. T., Fan, 2002.

G`oziyev E. G`., “Ontogenez psixologiyasi”. T.: Noshir. 2010

regulation.gov.uz/uz/d/25665

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов