Musiqiy tarbiya – qudratli quroldir yohud musiqiy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta`siri

CC BY f
35-37
7
1
Поделиться
Имонова, М. (2023). Musiqiy tarbiya – qudratli quroldir yohud musiqiy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta`siri . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 35–37. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23472
М Имонова, Термезский государственный педагогический институт

Преподаватель кафедры психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Musiqa sadolarining inson organizmiga ta’siri haqida Gippokrat ham gapirib o‘tgan. Maxsus kuylar yordamida qadim zamonlarda tabiblar tutqanoq va bosh og‘rig‘ini davolashgan. Aytishlaricha, kor qilgan ekan. Umuman, hozir ham odamlarga musiqa yetarlicha ta’sir o‘tkazadi. Muhim — to‘g‘ri tanlov qilishda.


background image

O‘quv faoliyati natijalarga erishishning psixologik qoidalari ham e’tiborga

olinib, unda mashg‘ulotlarni samarali kechishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan,
ma’lum darajada o‘qituvchi tomonidan ongli ravishda tuzilgan, yuqori natijalarga
erishishni o‘z ichiga olgan, tashqi vaziyatlar alohida e’tiborga olinadi.

Адабиётлар:

1.

Маслоу А. Мотиватсия и личност / А. Маслоу. – СПб.: Питер, 2008.

2.Роджерс К. Фрейберг Дж. Свобода учится М.: Смысл, 2002..
3.Парсонс Т. Структура сотсиалного действия / Гл.
Персоне Т. О структуре сотсиалного действия. М.: Академический Проект,
2000
4.Серова Л.К. Психология личности / Л.К. Серова. – М.: Советский спорт,
2007.
5.Горская Г.Б.Психологическая теория учебной деятелности: актуалные
направления развития / Г.Б. Горская Теория и практика физической културы.
Научно-теоретический журнал. - 1999.
6.Яковлев Б.П. Основы психологии / Б.П. Яковлев. - М.: Советский спорт,
2014.
7.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies

//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

8.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

MUSIQIY TARBIYA – QUDRATLI QUROLDIR YOHUD MUSIQIY

TARBIYANING SHAXS SHAKLLANISHIGA TA`SIRI

Imonova M.B., Termiz davlat Pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi

o`qituvchisi

Musiqa sadolarining inson organizmiga ta’siri haqida Gippokrat ham gapirib

o‘tgan. Maxsus kuylar yordamida qadim zamonlarda tabiblar tutqanoq va bosh
og‘rig‘ini davolashgan. Aytishlaricha, kor qilgan ekan. Umuman, hozir ham
odamlarga musiqa yetarlicha ta’sir o‘tkazadi. Muhimi — to‘g‘ri tanlov qilishda.
Kayfiyat bizga bog‘liq bo‘lmagan hissiyot. Uni bizga tinglayotgan musiqamiz
yaratadi - uning ohangi, to‘lqini, jarangi. Ovoz to‘lqinlari butun vujudimizga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. Inson qulog‘i 20Gs dan 20000Gs gacha bo‘lgan to‘lqin
oralig‘idagi ovozlarni eshitish xususiyatiga ega. Hatto biz eshita olmaydigan
tovushlar ham bizga o‘z ta’sirini ko‘rsatar ekan. Gohida xursandmiz, gohida
g‘amgin yoki birdan qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi. O‘zimiz ham tushunmay qolamiz
atrofimizda bo‘layotgan narsalarni. Bularni hammasidan inson ongiga ta’sir
ko‘rsatuvchi qurol sifatida foydalansa bo‘ladi. Musiqa ongimizga biz bilgandan
ko‘roq ta’sir qilar ekan. Cholg‘u asboblaridan chiqadigan tovushlarni inson
organizmiga bo‘lgan ta’siri qadimdan ma’lum. Tovushlardagi to‘lqin chastotasi 432
Gs. Bu chastotaning tanlanishi bejiz emas, eramizdan 1800 yil avval ham ma’lum
bo‘lgan, chunki butun borliqning tebranish to‘lqiniga mos tushar ekan. Musiqiy


background image

sozlar rezonansi inson ichki a’zolari rezonansiga mos tushar ekan. Agarda ohang
kasal a’zo rezonansiga mos tushib qolsa, albatta, o‘sha organ tuzalish ko‘maklashar
ekan. Musiqa ruhiy holatni aks ettiradi va ruhiy holatni to'ldiradi. Bu hayotning bir
qismi va u odamning holatining faqat bir qismini aks ettiradi. Musiqaning miyaga
ta'siri

haqidagi

tadqiqotlar

shuni

ko'rsatdiki,

yoqimli

qo'shiqlarni

tinglashda, dofamin tanada ishlab chiqariladi... Bu sevish, eyforiya va zavqlanish
uchun javob beradigan gormon. Yoqimli va odamga yoqadigan musiqa uning
haqiqiy ichki dunyosini aks ettiradi. Shu sababli ham maktab o`quvchilari aniq
fanlar yoki gumanitar fanlarga nisbatan musiqa madaniyati fanini juda yaxshi
ko`rishadi. Musiqa madaniyati darsida o`quvchilar o`zlarini juda erkin his qilishadi,
dars topshiriqlari qiyinchilik tug`dirmaganligi uchun maroq bilan topshiriqlarni
bajarishadi.Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning
ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan
bogʻliqdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish,
hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi
sifatida roli juda muhimdir. Maktabda musiqa taʼlim-tarbiyasi inson maʼnaviyatini
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Zero, u eng avvalo musiqiy madaniyatlilik
darajasini shakllantirishi bilan ahamiyatli. Madaniyat - maʼnaviyat koʻrsatgichi
sifatida keng qamrovli tushuncha boʻlib, bahs-munozaraga mavzu boʻladigan
muammolardan biridir. Musiqa madaniyatini toʻgri yoʻlga qoʻyilishi tufayli insonda
muayyan musiqiy bilim, tushuncha, malaka va koʻnikmalar shakllanib, ular oʻz
navbatida shaxsning musiqiy –maʼnaviy dunyoqarashini tarkib toptiradi. Shaxsning
musiqa madaniyati- qobiliyat, bilim, malaka, koʻnikma, musiqiy asarlarini baholay
olish singari sifatlar majmuida namoyon boʻladi, maʼnaviy yuksalish omili boʻlib
xizmat qiladi. Shu bois, tarbiyaning ushbu turini tarkib toptirishning eng avvalo
oiladan boshlamoq maqsadga muvofiqdir. Keyinchalik bu jarayon oʻrta maktab,
oʻquv-tarbiyaning oʻrta maxsus va oliy bosqichlarida takomillashtirib boriladi.
Albatta, maktabda musiqani oʻqitish metodikasi fani musiqiy madaniyatni tarkib
toptirishda asos boʻlib xizmat qiladi.

Musiqa oʻqitish metodikasi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqdir. Metodika

musiqashunoslik bilan bogʻliq qaysikim, soʻngi paytlarda musiqa asarlarining tahlil
etishni takomillashtirishga yana ham koʻproq eʼtibor berilayotganligini taʼkidlash
oʻrinli. Musiqashunoslik nazariyasi musiqa tarbiyasining mazmun va metodlarining
ishlanmalarida bevosita taʼsir koʻrsatadi. Oʻzining muammolarini hal etishda
metodika psixologiya faniga tayanadi. Masalan: oʻquvchilar musiqa idroki
rivojlanishini, ularning ijodiy, musiqiy qobiliyatlarini bola ruxiyati qonuniyatlarini
bilmay turib anglab boʻlmaydi. Shuningdek metodika oʻquvchilarga u yoki bu
materialni, uning hajmi, metodlardan foydalanish samaralari masalalarini
psixologiya bilan bogʻliq holda hal etadi. Oʻquvchilarning kuylash malakalarini
ularning oʻziga xos ovoz apparati tuzilishi masalalarini oʻrganishda metodika
fiziologiya sohasidagi tadqiqotlarga tayanadi. Musiqa darslarida aksariyat
o`quvchilar o`qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, unga ergashadi, andoza oladi,


background image

o`qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki darsda
amaliy ijrochilik yetakchi o`rin tutadi, quruq bayonchilik uslubi bilan hech qanday
maqsadga erishib bo`lmaydi. Musiqa oʻqitish metodikasi pedagogikaga tayanib
tarbiyani koʻpgina omillar bilan bogʻliq jarayon, deb qaraydi. Kishining musiqa
madaniyati nafaqat maktab taʼsirida shakllanadi, balki unda oila, ommaviy axborot,
ijtimoiy munosabatlar tizimi katta rol oʻynaydi. Shu bilan birga tabiiyki, aynan
maktab oʻquvchilarining musiqiy qiziqish va qobiliyatlarining tarkib topishda,
ularda musiqa madaniyati asoslarini shakllanishida maktab hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Musiqa oʻqitish metodikasi pedagogikaga, uning metodlarni aniqlashiga
tayanadi. Metodlar ishlanmasi qoʻyidagi muammolar bilan bog`liq: ularning musiqa
tarbiyasi mazmuni bilan oʻzaro bogliqligi, oʻquvchilar ijodiy va musiqiy
qobiliyatlarining rivojlanishi, musiqiy hotira va ovoz, musiqa idrokining yosh va
individual xususiyatlari, oʻquvchilar rivojlanishidagi turli musiqiy faoliyatlarning
imkoniyatlari va boshqalar. Metodika vazifasiga shuningdek, oʻquv-tarbiyaviy
jarayonning turli shakllarini takomillashtirish ham kiradi. Jumladan, musiqa darslari,
musiqadan fakultativ mashgulotlar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
(toʻgaraklar, bayramlar, va h.k.) Qadimgi grek qo‘lyozmalarida "Musiqiy tarbiya,
bu qudratli qurol, chunki ohang va uyg‘unlik ko‘ngil tubining eng nozik joylarigacha
yetib boradi", deb yozilgan ekan.

XULOSA

Xullas, maktabda musiqani oʻqitish metodikasi fani oʻz mohiyati va mazmuni
jihatidan boʻlgʻusi musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash tizimida oʻziga xos oʻringa
ega. Musiqa taʼlimi yangilanish yoʻliga kirayotgan ekan, bu fanning ahamiyati
yanada oshib borishi tabiiydir.

ADABIYOTLAR

1. Jahon musiqasi tarixi fanidan oʻquv qoʻllanma: Gʻarb musiqa san’atining XVIII
asrgacha shakillanish va rivojlanish davri/ G. va R. Tursunova – Toshkent 2017
2. Oʻzbek musiqasi tarixi/ T. E. Solomonova – Toshkent “Oʻqituvchi” 1891
3. Doston navolari/ B. Matyoqubov – Toshkent 2009
4. Xalilova, M. M. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA
TALIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI. Scientific progress, 1(5).
6. Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O ‘QUVCHILAR TARBIYASIDA
MUSIQA FANINING TUTGAN O ‘RNI. Scientific progress, 1(5).
7. M.B.Imonova “MUSIQANING INSON HISSIYOTIGA TA`SIRI.”Results of National
Scientific Research International Journal 2023 Volume 2| Issue 3 SJIF- 5.8, Researchbib 1
ISSN: 2181-3639 156-161 b.

8.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

9.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

O’ZBEK OILALARIDA QIZLARNI OILAVIY HAYOT HAQIDAGI

TASAVVURLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Библиографические ссылки

Jahon musiqasi tarixi fanidan oʻquv qoʻllanma: Gʻarb musiqa san’atining XVIII asrgacha shakillanish va rivojlanish davri/ G. va R. Tursunova – Toshkent 2017

Oʻzbek musiqasi tarixi/ T. E. Solomonova – Toshkent “Oʻqituvchi” 1891

Doston navolari/ B. Matyoqubov – Toshkent 2009

Xalilova, M. M. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TALIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI. Scientific progress, 1(5).

Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O ‘QUVCHILAR TARBIYASIDA MUSIQA FANINING TUTGAN O ‘RNI. Scientific progress, 1(5).

M.B.Imonova “MUSIQANING INSON HISSIYOTIGA TA`SIRI.”Results of National Scientific Research International Journal 2023 Volume 2| Issue 3 SJIF- 5.8, Researchbib 1 ISSN: 2181-3639 156-161 b.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов