O’zbek oilalarida qizlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining ijtimoiy-psixologik jihatlari

CC BY f
37-40
18
1
Поделиться
Каримова, М. (2023). O’zbek oilalarida qizlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining ijtimoiy-psixologik jihatlari. Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 37–40. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23473
Мухайо Каримова, Термезский государственный педагогический институт

Студентка 2 курса магистратуры по специальности «Педагогика и психология»

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi davrda jamiyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil oshib borishi hisobiga nikohlanish koeffisenti ham oshdi. 2019-yilda FXDYO bo’limlari orqali rasman qayd etilgan nikohlar soni 310899 mingtaga yetdi. Oilaviy ajrimlar ko’rsatkichi 2017-yil 31,9 ming , 2018-yil 32,3ming, 2019-yil 31,4ming, 2020-yil 28,2 mingni tashkil etdi.


background image

o`qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki darsda
amaliy ijrochilik yetakchi o`rin tutadi, quruq bayonchilik uslubi bilan hech qanday
maqsadga erishib bo`lmaydi. Musiqa oʻqitish metodikasi pedagogikaga tayanib
tarbiyani koʻpgina omillar bilan bogʻliq jarayon, deb qaraydi. Kishining musiqa
madaniyati nafaqat maktab taʼsirida shakllanadi, balki unda oila, ommaviy axborot,
ijtimoiy munosabatlar tizimi katta rol oʻynaydi. Shu bilan birga tabiiyki, aynan
maktab oʻquvchilarining musiqiy qiziqish va qobiliyatlarining tarkib topishda,
ularda musiqa madaniyati asoslarini shakllanishida maktab hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Musiqa oʻqitish metodikasi pedagogikaga, uning metodlarni aniqlashiga
tayanadi. Metodlar ishlanmasi qoʻyidagi muammolar bilan bog`liq: ularning musiqa
tarbiyasi mazmuni bilan oʻzaro bogliqligi, oʻquvchilar ijodiy va musiqiy
qobiliyatlarining rivojlanishi, musiqiy hotira va ovoz, musiqa idrokining yosh va
individual xususiyatlari, oʻquvchilar rivojlanishidagi turli musiqiy faoliyatlarning
imkoniyatlari va boshqalar. Metodika vazifasiga shuningdek, oʻquv-tarbiyaviy
jarayonning turli shakllarini takomillashtirish ham kiradi. Jumladan, musiqa darslari,
musiqadan fakultativ mashgulotlar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
(toʻgaraklar, bayramlar, va h.k.) Qadimgi grek qo‘lyozmalarida "Musiqiy tarbiya,
bu qudratli qurol, chunki ohang va uyg‘unlik ko‘ngil tubining eng nozik joylarigacha
yetib boradi", deb yozilgan ekan.

XULOSA

Xullas, maktabda musiqani oʻqitish metodikasi fani oʻz mohiyati va mazmuni
jihatidan boʻlgʻusi musiqa oʻqituvchilarini tayyorlash tizimida oʻziga xos oʻringa
ega. Musiqa taʼlimi yangilanish yoʻliga kirayotgan ekan, bu fanning ahamiyati
yanada oshib borishi tabiiydir.

ADABIYOTLAR

1. Jahon musiqasi tarixi fanidan oʻquv qoʻllanma: Gʻarb musiqa san’atining XVIII
asrgacha shakillanish va rivojlanish davri/ G. va R. Tursunova – Toshkent 2017
2. Oʻzbek musiqasi tarixi/ T. E. Solomonova – Toshkent “Oʻqituvchi” 1891
3. Doston navolari/ B. Matyoqubov – Toshkent 2009
4. Xalilova, M. M. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUSIQA
TALIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI. Scientific progress, 1(5).
6. Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O ‘QUVCHILAR TARBIYASIDA
MUSIQA FANINING TUTGAN O ‘RNI. Scientific progress, 1(5).
7. M.B.Imonova “MUSIQANING INSON HISSIYOTIGA TA`SIRI.”Results of National
Scientific Research International Journal 2023 Volume 2| Issue 3 SJIF- 5.8, Researchbib 1
ISSN: 2181-3639 156-161 b.

8.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

9.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

O’ZBEK OILALARIDA QIZLARNI OILAVIY HAYOT HAQIDAGI

TASAVVURLARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI


background image

Karimova Muxayyo Nazar qizi, Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistanti.

Hozirgi davrda jamiyatimizda yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama
tayyorlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida aholi
sonining muttasil oshib borishi hisobiga nikohlanish koeffisenti ham oshdi. 2019-
yilda FXDYO bo’limlari orqali rasman qayd etilgan nikohlar soni 310899 mingtaga
yetdi. Oilaviy ajrimlar ko’rsatkichi 2017-yil 31,9 ming , 2018-yil 32,3ming, 2019-
yil 31,4ming, 2020-yil 28,2 mingni tashkil etdi.

Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, uning farovonligi jamiyat,

mamlakatning istiqbolini belgilab beradi. Bu borada yurtimizda ham ko’plab ishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzasida oilaning muqaddasligi haqida to‘xtalib, “

birinchi vazifa

biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda
tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur;

ikkinchi vazifa

ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilalarda ajralishlar ko‘paygani, yoshlarning turli
diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi kabi
xalqimizga xos bo‘lmagan achchiq va noxush masalalar bilan bog‘liq” ekanligi
alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Oilalardagi hayot tarzi va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati buyuk

muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda
tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo‘lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin
Naqshband, Najmiddin Kubro, Xoja Ahror Vale tariqatlarida, oilaviy turmush
qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand tarbiyasiga e’tibor,
erkak bilan ayol munosabatining o‘ziga xosligi, insoniy fazilatlarning shakllanish
me’yorlari haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqining
og‘zaki ijodida (Alpomish, Kuntug‘mish, Go‘ro‘g‘li, Oysuluv, Layli va Majnun,
Yusuf va Zulayho kabi qator o‘zbek xalq dostonlari) atroflicha bayon qilinganligi
asoslangan. O’zbek oilalarida juftiklar o’rtasida kuzatiladigan salbiy-axloqiy
xususiyatlar o‘rganilganda, er yoki xotinda uchraydigan besabrlik, o‘zgani
tushunmaslik, e’tiborsizlik, qizg‘anchiqlik, jizzakilik, uquvsizlik, bilimsizlik,
beparvolik, loqaydlik, qo‘pol muomala sababli yuzaga kelishini, ba’zi oilalarda
betakalluflik, didsizlik, uyatsizlik, munofiqlik tufayli namoyon bo‘lishini e’tirof
etdilar. Afsuski, real hayotda salbiy sifatlarni (illatlarni) orttirgan yoshlar ham
barcha fuqarolar qatorida oila quradilar. Yigit yoki qizdagi avvaldan orttirilgan
salbiy-axloqiy illatlar oila barqarorligining o‘zgarishiga, unda ziddiyatlar,


background image

kelishmovchiliklar yuz berishiga va hatto oilalarning buzilib ketishiga olib kelishi
kuzatildi.
Shaxslarda

shakllangan

salbiy-axloqiy

sifatlarni

ijtimoiy-psixologik

asoslarini o‘rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash, rivojlanish
qonuniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish oilada yuzaga keladigan
kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning oldini olishga, oilani buzilishlardan saqlab
qolib, uni barqarorligini yanada mustahkamlashga yordam beradi.
Qizalarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy muammolarni o’rganish
maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy
muammolar o`zaro munosabatlardagi kelishmovchilik, o`zini tuta olmaslik,
yoshlarda muomala madaniyatini shakklanmaganligi, turmush o`rtog`idan mamnun
bo`lmaslik, zerikarli hayot, oilaviy burchlarning taqsimlanishi, janjalkashlik, o`ta
manmanlik, xulq-atvordagi nomukamallik, moddiy qiyinchiliklar, jizzakilik kabi
oila a’zolariga xos xatti-harakatlar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqar ekan.
Yana shu narsaga amin bo`ldikki inson o`zi ideal insonni izlarkan. Ko`p holatlarda
er-xotinlarning bir-biridan qoniqmaslik (ish vazifalaridan norozilik), gumonsirash,
tanqid, tanbeh kabilar ham ko`pgina muammolarni keltirib chiqarishini bildik. Oila
a’zolari oilada bir-birini o`zaro tushunmaslik, xarakter xususiyatlarining bir-biriga
to`g`ri kelmasligida deb bilsalar, ayrimlarida ayol kishi noroziligi, tanbehlari
erkakdan o`zini ustun qo`yishi deb bildilar. Bundan shu narsa ma’lum bo`ldiki,
oilaviy muammolarning asl sababi oilalarda pedagogik va psixologik bilimlarning
yetishmasligidadir. Buning uchun mahallalarda bu borada keng qamrovli ishlarni
olib borish, mahalla yig`inlarini oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirish, qizlarni
oilaviy hayotga tayyorlash uchun avvalo ularni onalarini psixologik savodxonligini
oshirish, psixolog va pedagoglarga bo`lgan ishonchini oshirish masalalarini hal etish
lozim. Qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy hayotning chiroyli
taraflari bilan bir qatorda hayotning past-balandliklari ham mavjud ekanligini, turli-
xil murakkab vaziyatlardan shirin so’z-chiroyli muomala bilan yechim topish
mumkinligi borasida bilimlarni ham berib borish lozim. Misol uchun ko’pgina
oilalarda uchrab turadigan muammolar bilan ham tanishtirib borilsa, o’zlari katta
hayotga qadam qo’yganda qiyinchiliklarga duch kelishganda dovdirab qolishmaydi,
oqilona yo’lini tanlab bu vaziyatdan chiqa olishlari mumkin bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda turli yo’llar bilan bo’lsada, oilalarda ajrashishlar sonini
kamaytirish, oilalarning bir butunligi va barqarorligini saqlab qolish borasidagi
mexanizmlarni kuchaytirish, bu borada bo’lajak onalar ya’ni qizlarimizni ongiga
oilaviy qadriyatlarni singdirish, ularda oilaviy hayot borasida to’g’ri tasavvurlarni
shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni kuchaytirish nafaqat zamon talabi,
ayni vaqtda siz-u bizning asosiy vazifamizdir.

ADABIYOTLAR.

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiasi. 1992-y. 63-modda


background image

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 81-son 01.03.2022- yildagi “Oila va xotin
qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylar ni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
4.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -
104 b.
5. Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi:Darslik-T.:”Sharq”, 2014.272-bet.
6. Karimova V.M. Oila psixologiyasi:Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun. –
T.:”Fan va texnologiya”, 2008.152-bet
7.Fayziyeva M, Jabborov A. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.-T.:”Sharq”,2007.42-bet.
8. Jabborov I.A. Oilada farzandlarni milliy ruhda tarbiyalashning psixologik asoslari//
Shaxs ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari:
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, O‘zMU. 2019. 116-118-b.
9.Jabborov I.A. Oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik
mexanizmlar./ Psixol.f.n. ilmiy daraj. olish uchun yozilgan diss. Aftorefer.-T.,2020.13-bet
10. Eshmuradov O.E. “Oilaviy muhit va oilaviy munosabatlar psixologiyaning o’rganish
predmeti sifatida” “O’zMU xabarlari” Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy
universiteti ilmiy jurnali. 2019-yil 1/6/1-soni. 162-164-betlar.

11.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

12.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

BOLA “MEN”INI SHAKLLANTIRUVCHI MUHIM SOSIUM

Maqsuda Norbosheva, TerDU psixologiya f.f.d.(PhD)

Butun jahon bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish tashkiloti UNICEF

tomonidan «...har qanday mamlakatning kelajagi bevosita bolalarning farovonligiga
va ularning rivojlanish imkoniyatlariga bog’liq»

6

ligi qayd etilib, maktabgacha

yoshdagi bolalarni rivojlantirishni amalga oshirishning o’ziga xos psixologik
yondashuvlariga e’tibor berish, shu jarayonini tashkil etishni takomillashtirish orqali
maktabgacha yoshdari bolalar muloqotini ijtimoiy-psixologik shakllantirish, tafakkur
erkinligi, fikrlashi va muloqot faolligini tarbiyalash masalalari dolzarb
muammolardan bo’lib qolmoqda.

Bolaning kelajakdagi shaxsiyatini rivojlantirish uchun oilada hurmat, o’zaro

tushunish, hamdardlik, o’zaro yordam, qo’llab-quvvatlash va ishonch bo’lishi juda
muhimdir. Bunga munosabatlarning demokratik uslubi yordam beradi. Avtoritar
uslub oiladagi diktatni, begonalashishni, dushmanlikni, qo’rquvni ta’kidlaydi va
bolada nevrozni keltirib chiqarishi mumkin, shuningdek, xarakterning salbiy

6

Конвенция о правах ребенка.

https://www.un.org/ru/global-issues/children

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiasi. 1992-y. 63-modda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 81-son 01.03.2022- yildagi “Oila va xotin qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylar ni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.

Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 104 b.

Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi:Darslik-T.:”Sharq”, 2014.272-bet.

Karimova V.M. Oila psixologiyasi:Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun. –T.:”Fan va texnologiya”, 2008.152-bet

Fayziyeva M, Jabborov A. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.-T.:”Sharq”,2007.42-bet.

Jabborov I.A. Oilada farzandlarni milliy ruhda tarbiyalashning psixologik asoslari// Shaxs ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, O‘zMU. 2019. 116-118-b.

Jabborov I.A. Oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlar./ Psixol.f.n. ilmiy daraj. olish uchun yozilgan diss. Aftorefer.-T.,2020.13-bet

Eshmuradov O.E. “Oilaviy muhit va oilaviy munosabatlar psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida” “O’zMU xabarlari” Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali. 2019-yil 1/6/1-soni. 162-164-betlar.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов