Bola “men”ini shakllantiruvchi muhim sosium

CC BY f
40-43
14
1
Поделиться
Норбошева, М. (2023). Bola “men”ini shakllantiruvchi muhim sosium . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 40–43. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23474
Максуда Норбошева, Термезский государственный педагогический институт

Кандидат психологических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Butun jahon bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish tashkiloti UNICEF tomonidan «...har qanday mamlakatning kelajagi bevosita bolalarning farovonligiga va ularning rivojlanish imkoniyatlariga bog’liq» 6 ligi qayd etilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishni amalga oshirishning o’ziga xos psixologik yondashuvlariga e’tibor berish, shu jarayonini tashkil etishni takomillashtirish orqali maktabgacha yoshdari bolalar muloqotini ijtimoiy psixologik shakllantirish, tafakkur erkinligi, fikrlashi va muloqot faolligini tarbiyalash masalalari dolzarb muammolardan bo’lib qolmoqda.


background image

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 81-son 01.03.2022- yildagi “Oila va xotin
qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylar ni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni.
4.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -
104 b.
5. Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi:Darslik-T.:”Sharq”, 2014.272-bet.
6. Karimova V.M. Oila psixologiyasi:Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun. –
T.:”Fan va texnologiya”, 2008.152-bet
7.Fayziyeva M, Jabborov A. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.-T.:”Sharq”,2007.42-bet.
8. Jabborov I.A. Oilada farzandlarni milliy ruhda tarbiyalashning psixologik asoslari//
Shaxs ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari:
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, O‘zMU. 2019. 116-118-b.
9.Jabborov I.A. Oilada er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik
mexanizmlar./ Psixol.f.n. ilmiy daraj. olish uchun yozilgan diss. Aftorefer.-T.,2020.13-bet
10. Eshmuradov O.E. “Oilaviy muhit va oilaviy munosabatlar psixologiyaning o’rganish
predmeti sifatida” “O’zMU xabarlari” Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy
universiteti ilmiy jurnali. 2019-yil 1/6/1-soni. 162-164-betlar.

11.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

12.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

BOLA “MEN”INI SHAKLLANTIRUVCHI MUHIM SOSIUM

Maqsuda Norbosheva, TerDU psixologiya f.f.d.(PhD)

Butun jahon bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish tashkiloti UNICEF

tomonidan «...har qanday mamlakatning kelajagi bevosita bolalarning farovonligiga
va ularning rivojlanish imkoniyatlariga bog’liq»

6

ligi qayd etilib, maktabgacha

yoshdagi bolalarni rivojlantirishni amalga oshirishning o’ziga xos psixologik
yondashuvlariga e’tibor berish, shu jarayonini tashkil etishni takomillashtirish orqali
maktabgacha yoshdari bolalar muloqotini ijtimoiy-psixologik shakllantirish, tafakkur
erkinligi, fikrlashi va muloqot faolligini tarbiyalash masalalari dolzarb
muammolardan bo’lib qolmoqda.

Bolaning kelajakdagi shaxsiyatini rivojlantirish uchun oilada hurmat, o’zaro

tushunish, hamdardlik, o’zaro yordam, qo’llab-quvvatlash va ishonch bo’lishi juda
muhimdir. Bunga munosabatlarning demokratik uslubi yordam beradi. Avtoritar
uslub oiladagi diktatni, begonalashishni, dushmanlikni, qo’rquvni ta’kidlaydi va
bolada nevrozni keltirib chiqarishi mumkin, shuningdek, xarakterning salbiy

6

Конвенция о правах ребенка.

https://www.un.org/ru/global-issues/children


background image

xususiyatlarini rivojlantiradi: yolg’on, ikkiyuzlamashilik, munofiqlik, hasad va
hokazo.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan

biri hisoblanadi. Ota-onalarning o’zaro bir-birlari bilan suhbatlashishi ovozlarining
past-balandligi, sizlab gapirishlari, yurish-turishlari, munosabatlarining ta’siri ostida
o’sib-ulg’ayishlari shular jumlasidandir. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib
tarbiyalash qadim zamonlardanoq o’zbek xalqining orzusi, istagi bo’lib kelgan, ota-
onalar o’z bolalarida mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o’zidan kichiklarga
shafqatli bo’lish va g’amxo’rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni
shakllantirishga harakat qiladilar. Ba’zi oilalarda ota-onalarning o’zaro
kelishmovchiliklari sababli bolalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda
bo’lib tupadigan janjal-to’polonlar, haqoratli so’zlar oilada o’sib kelayotgan
farzandlarga katta ta’sir etadi. Bolalarda ota-onaga bo’lgan hurmat yo’qoladi.

Bugungi kunda farzandlarning ehtiyoj va intilishlari asosida yuksak darajada

ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko’p. Bola har qadamda, har daqiqada
kattalardan ta’sirlanadi, o’rganadi, eshitgan, ko’pganlarini takpoplaydilar. Ota-
onalardan muloqotga kirishish madaniyatini o’pganadilar, bu napsa keyinchalik
hayot mazmunini belgilaydi. Ota-onalar bolalariga nutq madaniyatiga muvofiq
nimani qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.
Zero, so’zlashuv madaniyati inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Nutq madaniyati, bu avvalalo fikplash madaniyatidir. Ota-onalar
avvalambor bolalarning nutq madaniyatini nazorat qilib borishlari, bolalari nutqiga
jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola
nutqini takomillashtirishni to’g’ri yo’lga qo’yishlari kerak.

Oila bola uchun eng asosiy tarbiyaviy muhit bo’lib, bu muhitda shaxs

kamoloti muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarashi
shakllanadi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini
ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi.
Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk barkamol
bo’lib voyaga yetishishlari uchun beqiyos ahamiyatga ega. Bola ota-onasining xatti-
harakatlarini taqlid qilish orqali o’rganadi, hatto og’zidan nima chiqsa o’shani
qaytaradi. Oiladagi tarbiyaviy jarayon avvalo, bola bilan ota-ona o’rtasidagi doimiy
muloqot orqali amalga oshishi lozim.

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ota-ona va bola o’rtasidagi muloqot bir

sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 daqiqa muloqotda bo’lar ekan:
“Qorning ochmi? Nima yeysan?” kabilar tarzida. Bola savol bersa ayrim ota-onalar
javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan ovora, ota gazeta o’qish bilan.


background image

Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu muammo bo’lishini biz kattalar

bilishimiz, unga vaqt ajpata olishimiz kerak. Moddiy g’amxo’rlik bolaga, uning
tarbiyasi uchun, muloqoti shakllanishi uchun yetarli emas. Bolaning qalbiga quloq
sola bilishimiz muhim. Ota-ona o’rtasidagi nizolarning kelib chiqishining
sabablaridan biri bolaga e’tibop bermasligidadir. Oilada uyushtiriladigan suhbatlar
alohida diqqatga sazovordir. Odob-axloq to’g’risida uyushtiriladigan muloqotlar
farzandlarning kundalik faoliyatida, sayru-sayohatda samapali natija berishi
shubhasiz. Oilada ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlari asosida tovush va so’zlarni
aniq va to’g’ri talaffuz etish, bolaning so’z boyligini rivojlantirish bugungi kunning
zarur talabi hisoblanadi. Bolalar shaxsini oilada va ta’lim muassasalarida
rivojlantirish borasida yo’l qo’yiladigan kamchiliklar quyidagilarda kuzatilmoqda:-
ota-onalarning bolalarga beparvoliklari, so’zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat
bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda. Oilada sayrlarda,
birgalikda sayohat va o’yinlarda, bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi
yuqori darajada shakllanadi. Bolalarning nutqi va shaxs xususiyatlarini
shakllantirishda oiladagi katta-yu-kichiklar, tengdoshlari

bilan qiladigan

muomalalari ko’proq rol o’ynaydi. Farzandlarning o’z harakatlari va xulqini
boshqara bilishi diqqat, fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko’rsatadi. Oiladagi
shaxslararo munosabatlar tabiatiga ko’ra - er-xotin o’rtasidagi munosabatlar, ota-
onalarning o’z farzandlari bilan shaxslararo munosabatlarga bo’linadi. Biz tadqiq
etgan muammo esa, aynan nikoh juftligi hisoblangan er-xotin hamda farzand
tarbiyalayotgan ota-onalarning maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalari bilan
munosabatlarini o’rganishdir.Biz diqqatimizni, maktabgacha yoshdagi bolalar o’z
qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo’lgan syujetli-rolli o’yinlardagi harakatlari bilan
ular yashayotgan ijtimoiy hayotning, birinchidan, ota-ona oilasidagi rollarga va
o’zaro munosabatlarga e’tiborli bo’lishi, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni
o’zlashtirishga kirishlari qiziqtirdi. Ya’ni bu jarayonlar qanchalik dinamik bo’lsa ,
bola faol va qiziquvchan bo’ladi, ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlarga
nisbatan ko’proq, to’laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o’zlashtiradi va
fikrlaydi, demak bola bunda uning oldida ro’y berayotgan voqea-hodisalarning
kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanadi.

Bola Menini shakllantiruvshi muhim sosium – ijtimoiy muhit bunda oila

hisoblanadi. Ijtimoiy psixologiya bilan shug’ullangan olimlar fikricha, oila
shaxslararo munosabatlari tizimida “ota-ona-bola” munosabatlari tadrijiy jihatdan
birmunsha kesh va mohiyatan aniq bo’ladi, sababi ular shakl topgan er-xotin
munosabatlari zamirida paydo bo’ladi. Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolada o’ziga
nisbatan munosabat ota-ona bilan muloqoti ta’siri ostida shakllanishi isbotlandi,
ya’ni, bolalardan olingan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, ulardagi
aksariyat belgi va xislatlar avvalo onasining ta’sirida shakllanadi. Bu yoshda o’zini


background image

baholashga salbiy ta’sir ko’psatuvchi yagona omil bu – ota-ona, xususan, onaning
farzandiga bo’lgan munosabatining yaxshi emasligidir.
Bizningsha, faqat yetarli darajada ota-ona mehridan bahra olmagan bolalargina
maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalikdayoq o’z imkoniyat va qobiliyatlarini
beqaror, o’ta tanqidiy baholaydi. Bizning fikrimizsha, shubhasiz, bolaning o’zi
haqidagi tasavvurlari kamdan-kam hollarda neytral, bahosiz xarakterga ega bo’lib,
o’ziga emosional-qadriyatli munosabat bilan bog’liq bo’ladi. Bu esa maktabgacha
bo’lgan yosh davomida Men-konsepsiyasining asosan affektiv, emosional-qadriyatli
tarkibiy qismlari shakllanishi va faqat bu davrning oxiriga kelibgina asosiy e’tibor
kognitiv sohaga o’tishidan dalolat beradi. Yuqoridagidan ko’rinib turibdiki, agar u
yoki bu masala bo’yisha ota-onaning qarashlarida muvofiqlik bo’lsa, bu holat
bolaning o’zini anglash jarayoni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Конвенция о правах ребенка. https://www.un.org/ru/global-issues/children

2.

Inomova M. O’zbek oilalarida bolalarni ma’naviy-ahloqiy shakllantirishda milliy

qadpiyatlar //O’zbek oilasining etnopsixologik muammolari: Pespublika ilmiy-amaliy
anjuman matepiallari. -T., 1999.- B. 38-40.

3.

Kapimova V.M. Oila psixologiyasi. Dapslik. Pedagogika oliygoxlari talabalari uchun.

-T.: Fan va texnologiyalar, 2008. -170 b.

4.

Musupmonova O. Oilada milliy tarbiya, shaxs-milliy xapaktepini shakllantirishning

muhim vositasi //Hozipgi zamonda etnopsixologiyaning muammolari: Pespublika ilmiy-
amaliy anjuman matepiallari.-T., 1990. -B. 39- 40.

5.

Munavvapov A.K. Oila pedagogikasi. -T.: O’qituvshi, 1994. - 112 b.

6.

Norbosheva M.O.

Muloqotga o’rgatish bola shaxsini shakllantirishning o’ziga xos

shakli sifatida

. Pedagogika va psixologiyada innovasiyalar.

T

OM 5 № 4 (2022):

7.

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

8.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA

KAMOLOTIDA O’YIN TERAPIYASINING AHAMIYATI

Ne’matullaeva Sarvinoz Xushvaxt qizi TerDPI Pedagogika Instituti Pedagogika

va Psixologiya mutaxassisligi II bosqich magistranti


O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida interfaol metodlarini

amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish vazifalarini o’rganishning
muammolarini

F.B.Valixo’jayeva

7

,

Z.Rahimova,

N.Egamberdiyeva,

S.K.Annamuratova, S.Bulatov, SH.Munavvarov, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va
boshqa tadqiqotchilar o’rganganlar.

7

Dolimova Davlatoy “Bolalarni qurish-yasashga o’rgatishda interfaol metodlaridan foydalanish metodikasi(tayyorlov

guruh misolida)” Namangan-2019 6-b

Библиографические ссылки

Конвенция о правах ребенка. https://www.un.org/ru/global-issues/children

Inomova M. O’zbek oilalarida bolalarni ma’naviy-ahloqiy shakllantirishda milliy qadpiyatlar //O’zbek oilasining etnopsixologik muammolari: Pespublika ilmiy-amaliy anjuman matepiallari. -T., 1999.- B. 38-40.

Kapimova V.M. Oila psixologiyasi. Dapslik. Pedagogika oliygoxlari talabalari uchun. -T.: Fan va texnologiyalar, 2008. -170 b.

Musupmonova O. Oilada milliy tarbiya, shaxs-milliy xapaktepini shakllantirishning muhim vositasi //Hozipgi zamonda etnopsixologiyaning muammolari: Pespublika ilmiy-amaliy anjuman matepiallari.-T., 1990. -B. 39- 40.

Munavvapov A.K. Oila pedagogikasi. -T.: O’qituvshi, 1994. - 112 b.

Norbosheva M.O. Muloqotga o’rgatish bola shaxsini shakllantirishning o’ziga xos shakli sifatida. Pedagogika va psixologiyada innovasiyalar. TOM 5 № 4 (2022):

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов