Talabalar oila xaqidagi tasavvurlarining oila mustahkamligiga ta’siri

CC BY f
71-74
4
0
Поделиться
Эшмуродов, О. (2023). Talabalar oila xaqidagi tasavvurlarining oila mustahkamligiga ta’siri. Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 71–74. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23489
Олмосбек Эшмуродов, Термезский государственный педагогический институт

Исполняющий обязанности доцента кафедры «Психология», доктор философских наук (PhD) по психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oila munosabatlari deganda biz, ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum guruh munosabatini ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tushunamiz. Bunga eng avvalo, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin hamda shu kabi oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot munosabatlari tushuniladi. Tarixiy turmush tajribalaridan ma’lumki oiladagi eng nozik va ziddiyatli masalalardan biri bu qaynona va kelin munosabatlardir


background image

Н.Салаева тадқиқотлари натижаларига таяниб, ҳозирги ўзбек халқининг

оилавий муносабатларида этнопсихологик хусусиятларга амал қилинишига
қараб қуйидагича оила тоифаларини фарқлашни таклиф этади:

1.Урф-одатлар оилавий муносабатларда қонун даражасида қабул

қилинган оилалар.

2.Урф-одатлар оилавий муносабатларда ҳаётий меъёр даражасида қабул

қилинган оилалар:

3.Урф-одатлар оилавий муносабатларда ўз аксини топмаган оилалар

Шунингдек, ўзбек оилаларидаги ажралиш эркакларга нисбатан аёлларда,

шаҳар оилаларига нисбатан қишлоқ оилаларида муаммоли ва салбий
оқибатларни келтириб чиқариши, эр-хотин ва уларнинг яқинлари орасида
низолар ҳамда зиддиятли ҳолатларнинг кескинлашуви сақланиб қолиши,
ажралиш туфайли юзага келган, нотўлиқ оилалар болалари шахсига, уларнинг
руҳиятига жиддий салбий таъсири илмий асосланган

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1

.Ashurova. Sh. F. (2022) Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishda oilaviy

munosabatlarning o`rni “Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti ilmiy
jurnali”
2.Ashurova Sh. F. SOG`LOM PSIXOLOGIK TURMUSH TARZI TO`G`RISIDAGI
TASVVURLARNING SHAKLLANISHI (2023) “Zamonaviy ta`limda pedagogika va
psixologiya fanlari

https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8314/5746

3. Ashurova Sh.F. a healthy lifestyle in uzbek families from the point of view of islam
religion .(2022) emergent: journal of educational discoveries and lifelong learning (ejedl)

https://ejedl.academiascience.org/index.php/ejedl/article/view/369

(52-56 p)

4 Karimova M. O’smir yoshidagi qizlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari
psixologik muammo sifatida. современные тенденции психологической службы в
системе образования: теория и практика, 2022

5.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

6.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

TALABALAR OILA XAQIDAGI TASAVVURLARINING OILA

MUSTAHKAMLIGIGA TA’SIRI

Eshmurodov Olmosbek Elamanovich

Termiz davlat pedagogika instituti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti v/b,

psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Oila munosabatlari deganda biz, ijtimoiy psixologik jihatdan ma’lum guruh

munosabatini ya’ni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayonini tushunamiz.
Bunga eng avvalo, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va kelin hamda shu kabi
oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot munosabatlari tushuniladi. Tarixiy turmush
tajribalaridan ma’lumki oiladagi eng nozik va ziddiyatli masalalardan biri bu
qaynona va kelin munosabatlardir.


background image

Oila davlat va jamiyat tayanchi, balki uning asosiy negizi hamdir. Har bir

davlat va jamiyat sog‘lom turmush-tarziga intilar ekan eng avvalo, bu masalani oila
timsolida ko‘rishadi. Shu nuqtai nazardan olib qraydigan bo‘lsak, bugungi kunda
oila instituti jamiyatning barqarorlik kafolati bo‘lib qolmasdan baliki uning kelajak
istiqbolini ta’minlab bervchi omildir. Uning muqaddasligini e’tirof etish,
daxilsizligini ta’minlash har bir inson ongi va tafakkurida, faoliyat turida, hissiy
munosabatarida birinchi hayotiy zarurat ekanligini inson omili nuqtai nazarida
yondoshmoqligi zarur.

Oiladagi ijtimoiy psixologik muhitning barqarorligi ko‘p jihatdan qaynona

va kelin munosabatlarini qaysi darajada tashkil etilganligiga bog‘liq desak masalaga
to‘g‘ri yondashgan bo‘lamiz. Ushbu masalani ilmiy jihatdan tadqiq etar ekanmiz,
oila degan muqaddas dargoh aynan mana shu qaynona va kelin funksional rolni
bajaruvchi insonlarning xarakter xususiyati va dunyo qarashi timsolida, sog‘lom
yoki nosog‘lom muhitni yuzaga keltirishi oydinlashmoqda. Bugungi kun
jamiyatimiz oilalarida ma’lum ziddiyatli munosabatlar, nosog‘lom psixologik muhit
qaynona va kelin diologlarida aks etmoqda. Buning oqibatida oila a’zolori o‘rtasida
konfilikt yuzaga kelib, muqaddas atalmish oila dargohi taqdiri xavf ositida qolishi
oritib bormoqda. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, oilalarning buzilishiga sabab
bo‘luvchi ijtimoiy psixologik omillardan biri bu - aynan qaynona va kelin o‘rtasida
yuzaga kelayotgan munosabatlardagi ziddiyatdir.

Diniy bilimlar bilan to‘yinga milliy qadriyatimiz oilada ota-ona va qaynota

– qaynonaning o‘rni beqiyos ekanligini barcha davrlarda avloddan-avlodga singdirib
kelgan. Bugungi kunda insonni malohazaga chorlaydigan masalalar kun tartibida
turibdi. Nega oldingi davrlarda oilada qaynona bir nechta kelin bilan ahil yashagan,
hozirga kunda qaynona bilan bittagina kelin ham ziddiyatli munosabatlar iskanjasida
qolib ketayotganligi kuzatilmoqda? Ushbu davrda kelinlarning barchasi
qaynonasiga itoatda bo‘lib hurmat ko‘rsatgan bo‘lsa, ayni vaqtda yakka-yu yagona
kelin uning teskarisini amalaga oshirmoqda.

Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, yoshlarda yuzaki fikrlash

tarzining vujudga kelganligi, oila muqaddasligi borasida еtarli psixologik bilim va
tushunchaning sayozligi, diniy bilimlarning еtishmasligi, xususan shariat qoidalari
va axloq normalariga nopsand yondashuvni kuzatish mumkin.

Qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabatlarga putur еtishining asosiy omilini

mana shu faktorlar bilan izohlash ayni haqiqatni yuzaga chiqaradi. Ushbu masalani
yana bir tomoni borki, oilaga tashqi aralashuv jumladan er va xotin munosabatini
qaynona o‘g‘lining xotiniga ijobiy muomalasini notug‘ri talqin qilgan holda uni
tanqid qilishi, ba’zi oilalarda o‘g‘lini kelindan “qizg‘onish” holatlariga ega bo‘lgan
potologik yondashuvlarning mavjudligidir. Oqibatda kelinga nisbatan qaynonada
dushmanlik hissining paydo bo‘lishi, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lgan holda, har
bir harakatidan kamchilik izlash borgan sari ortib boradi hamda onalik fitratiga putur
еtkazadi.


background image

Bugungi kunda yoshlarni oilaga tayyorlash yuzasidan bir qator dastur va

loyihalar ishlab chiqilayotganligi barchamizga ma’lum. Qator davra suhbatlari va
ommaviy ravishda teleko‘rsatuvlar namunali tarzda keng jamoatchilikka еtkazilib
borilmoqda. Albatta bu tahsinga sazovar masala. Biroq bir achchiq haqiqatni tan
olish va ushbu masalaga psixolog nuqtai nazaridan qarash mutaxassislar e’tiboridan
chetda qolib ketmoqda.

Oila munosabatidagi muammoli masalalarni ilmiy jihatdan tadqiq etish davr

talabidan kelib chiqib, amalga oishirish lozimligi yuzasidan soha vakillari J.Usarov,
N.Eshnaev, T.Maratovlar ushub masalada to‘xtalib: “Mamlakatimizda oilani
mustahkamlash, oila bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, ayniqsa,
yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar tashkil etilib, ijtimioiy-siyosiy dasturlar ishlab chiqilmoqda. Biroq oilaviy
ajrimlar soni ortib borayotgani bu yo‘nalishdagi ishlar yangicha yondoshuv,
qolaversa ilmiy tadqiq etishni taqozo etadi”-degan ilmiy qarashni ilgari surgan.

Shu nuqtai nazarda yangi kelinlarga xonadon sohiblari qanday munosabatda

bo‘lish yuzasida diyarli umuman psixologik yondashuv yo‘qligi yuzasidan
fikrimizni bildirmoqchimiz. Bu masalaga befarq yondashuv nafaqat qaynon-kelin
munosabatlarida balki oila a’zolari bilan istalgan vaqtda ziddiyatli vaziyatni yuzaga
keltiruvchi ijtimoiy psixologik muhitga zamin bo‘lishi mumkin.

Kelin bo‘lish har bir qizning orzusi bo‘lgani kabi, boshqa xonadonga kirib

borish va undagi ijtimoiy psixologik muhitga adaptatsiya qilish haqidagi ichki
xovotir barcha narsadan ustun ekanligini bir o‘ylab ko‘rsak maqsadga muvofiq
bo‘lardi. Biz bu masalada birorta bilim va tushunchaga egamizmi? Yangi kelinda
kechayotgan kuchli ruhiy holatni hisobga olyapmizmi? Uning adabtatsiya
jarayoniga munosib sharoit yaratib beryapmizmi? Undagi kuchli depression holatni
yumshatish borasida qanday samarali psixologik munosabatni amalga oshiryapmiz?
Yangi muhit, har xil odamlar, xar xil xarakterlarni o‘rganish va ular bilan
munosabatning muvozanatli nuqtasini topish uchun qancha vaqt kerak? Bu holat
kelinlarda kuchli yashirin stress holatni yuzaga keltirishi, asabiylashishi, o‘zini
boshqarishda qiynalishi va oqibatda o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda noto‘g‘ri
gapirishi yoki xatoga yo‘l qo‘yishi masalasida biror bir mutaxassis gapirdim? Yo‘q!
Bu borada birorta yo‘l – yo‘riq ishlab chiqldimi? Yo‘q! Yangi kelin tushayotgan
xonadon sohiblar bu masalada bilim va tushunchaga еtarli darajada egami? Yo‘q!

Masalaga oydinlik kiritish vaqti еtib kelgandir. Oddiy qilib aytganda bu

msasalani majoziy ma’noda tushuntirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Tafakkur qiling kelin yosh nihol, kelin borgan xonadon u o‘nib o‘sishi lozim bo‘lgan
zamin? Xush niholni tomir otib yashnab ketishi va hosilga kirishi uchun niholni
o‘ziga ishlov berish kerakmi yoki zaminni yaxshilab tayyorlash kerakmi? Albatta
zaminni!

Xulosa qilib aytganda biz qaynona – kelin munosabatlarini bir tomonama va

noxolis o‘rganayotganligimiz tufayli, faoliyatimiz samarasiz natija berayotganligini


background image

ko‘rishimiz mumkin. Ushbu masalani yanada kengroq va har tomonlama o‘rganish
lozim deb o‘ylagan holda quyidagi takliflarni ilgari suramiz:

-Bo‘lajak kelinlar bilan to‘ydan oldin yangi muhitga moslashtirish yuzasidan

psixotrening o‘tkazish;

-bo‘lajak kelinlardagi ichki xovotir va depresson holatni bartaraf etish

yuzasidan, qaynonalar uchun psixolog tavsiya va takliflariga asoslangan zamonaviy
ommabop o‘quv qo‘llanmalarni yaratish;

-kelin tushirayotgan oila vakillarini kelin bilan munosabatini psixologik

omillar asosida yo‘lga qo‘yish;

-bo‘lajak qaynonalar maktabini tashkil etish va psixologik bilimlar

berishning maqsadli dasturini ishlab chiqish;

-kelinlarni yangi xonadonga tez moslashishi yuzasidan sog‘lom psixologik

muhitni yuzaga keltirish;

-keng jamoatchilikni ushbu masala qaynona va kelin munosabatlaridagi

ziddiyatni keltirib chiqaruvchi asosiy omil ekanligi to‘g‘risidagi targ‘ibot va
tashviqot bilan yaqindan tanishtirish;

-bu masalada davra suhbatlardan voz kechga holda, ommaviy axborot

vositalari orqali psixolog mutaxassis tavsiya va takliflarini muntazam еtakiz berishni
yo‘lga qo‘yish;

-ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy munosabatlar yuzasidan xonanda,

aktirisa hamda kino va san’at soha vakillarini fikr bildirish uchun jalb etishdan voz
kechish va faqat psixolog fikr-mulohazalarini keng jamoatchilikka еtkazish;

-bu borada (jamiyatimizda oilashunos psixolog va satsiologlar borligini

unitib qo‘ygan) jurnalistlar savodxonligini oshirish va qarshlarini to‘g‘ri tarbiyalash
lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O. Eshmuradov. Oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari

mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi 2022 yil

2. O.E Eshmuradov -

Oilaning ma’naviy-axloqiy xususiyatlari va oila mustahkamligini

ta’minlash imkoniyatlari

Academic research in educational sciences, 2021 ACADEMIC

RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
3. O.E.Eshmuradov

Oilaviy munosabatlarda shaxs moslashuvchanligi xususiyatining oila

mustahkamligiga ta’siri: doi: https://doi. 0.53885/edinres. 2021.21. 57.012

Obrazovanie i

innovatsionnыe issledovaniya …, 2021

4.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

5.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

UNDERSTANDING PROFESSIONAL IDENTITY OF FUTURE

TEACHERS AS A PEDAGOGICAL - PSYCHOLOGICAL PROBLEM

To’raxonova Mohinur Abdunazar qizi

TerDPI teacher of psychology department

Yusupova Barchinoy Aliqulovna

Библиографические ссылки

O. Eshmuradov. Oila mustahkamligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi 2022 yil

O.E Eshmuradov - Oilaning ma’naviy-axloqiy xususiyatlari va oila mustahkamligini ta’minlash imkoniyatlari Academic research in educational sciences, 2021 ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

O.E.Eshmuradov Oilaviy munosabatlarda shaxs moslashuvchanligi xususiyatining oila mustahkamligiga ta’siri: doi: https://doi. 0.53885/edinres. 2021.21. 57.012 Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya …, 2021

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов