Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari

CC BY f
74-76
25
1
Поделиться
Имонова, М., & Таджиева, Д. (2023). Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 74–76. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23492
Мафтуна Имонова, Термезский государственный педагогический институт

Термезский государственный педагогический институт

Дилноза Таджиева, Термезский государственный педагогический институт

Учащийся начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda milliy tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishini, shakllanib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari, barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy ma’naviy merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga singdirib borish haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.


background image

Summary

In today's rapidly developing era of science and technology, the teacher must

be ready for new modern education, because new different methods and technologies
are being developed every day, which requires strong knowledge, skills and
competence from the teacher of today . is enough. It is necessary to master these
methods and technologies and be able to use them effectively in a wide range of
activities.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 dagi PQ-289-sonli “Pedagogik

taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
2. Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik, O’zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
- Т.: “Iqtisod-moliya”, 2011, -420 b.
3. Turg‘unboyev K., Tolipov M., Oxunov I., “Ijtimoiy pedagogika asoslari”, Toshkent
“Fan va texnologiya” 2008 yil

4.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

5.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA MILLIY TARBIYANI

PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISHI QONUNIYATLARI

Imonova Maftuna Baxtiyor qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi

Tojiyeva Dilnoza Pardayevna

Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi talabasi

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda milliy tarbiyani pedagogik va

psixologik rivojlanishini, shakllanib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga ta`sir
ko`rsatuvchi omillar, jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson
bo‘lishlari, barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy ma’naviy
merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod ongiga
singdirib borish haqida fikr va mulohazalar yoritilgan.

Kalit so`zlar:

shaxs, tarbiya, milliy tarbiya, urf-odat, meros, qadriyat, bilim,

malaka, ko`nikma, psixologik qonuniyatlar.

Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy ahamiyat

berilishi lozimligini bildiradi. Har bir shaxsning kim bo‘lishligi yoshlik paytidanoq
bilina boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlar, xulq-atvor, qadriyatlar


background image

insonga butun umri davomida hamroh bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda
yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari uchun harakat qilinadi.

Mustaqil yurtimiz milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari qadam qo‘ydi. Har

bir davlatning rivojlanishi uchun oldiga qo‘ygan maqsadiga, albatta, yosh avlodiga
bergan mukammal bilimi, milliy tarbiyasi bilan erishadi. Muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida: “Yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi
oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari, avvalambor uning
farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi”, deya yosh avlod
tarbiyasiga bo‘lgan betakror fikrlarini bildirganlar. Kuzatishlarimiz shuni
ko‘rsatmoqdaki, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa
fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning
xarakterida, psixologik qonuniyat sifatida namoyon bo‘lmayapti, mazkur
fazilatlarga nisbatan amaliy odatlar sifatida shakllanmayapti. Buning oqibatida
ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon
bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigitqizlarning hayotda
o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ayrim
o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga
safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli
rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tahlil va natijalar.

Yoshlarning tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar ijobiy va

salbiyga bo‘linadi. Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy
qoluvchi, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo‘lini
ko‘rsatib beruvchi dini — Islomda yoshlarning tarbiyasiga oid ko‘plab oyat va
hadislar vorid bo‘lgan. Mana shu oyat hadislarga og‘ishmasdan, to‘laligicha amal
qilinsa, Allohning tavfiqi bilan, o‘sib o‘nayotgan farzandlar chiroyli xulqli, odobli,
tarbiyali bo‘lib o‘sadilar va umrlarining oxirigacha shunday yashaydilar. Ulardan
barcha mamnun bo‘ladi, insonlarning hurmatiga, muhabbatiga sazovor bo‘lishadi.
Islom diyni hech kimni hech qachon yomonlikka chaqirmaydi balki doimo yaxshilik
qilishga, go‘zal xulqlar bilan xulqlanishga, halol yashashga chaqiradi. Bu
tarbiyaning islomiy ko‘rinishi. Buni ijobiy tarbiya deyiladi.
Endi salbiy tarbiya qanday bo‘ladi, nimadan kelib chiqadi? Salbiy tarbiya bu ijobiy
tarbiyaning aksi bo‘lib, uning salbiy ekanligi faqatgina ta'lim orqali bilinadi. Uning
kelib chiqishi johillik sababidan, qaysarlik va bo‘yinsunmaslikdan, havoi nafsga
berilib ketishdan kelib chiqadi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida,
yoshlar orasida mashhurlik darajasiga erishgan «Ommaviy madaniyat» deb
ataluvchi ofat yoshlarning orasiga chuqur singib ketgan bo‘lsa-da, uning yoshlar
tarbiyasiga salbiy ta'sirlari mana endi endi muhokama qilinmoqda. «Ommaviy
madaniyat»ni yoshlarning yurish turishida, salomlashishida, ayniqsa kiyinishida


background image

yaqqol ko‘zga tashlansa-da, ko‘pchilik bunga oddiy holdek yondoshib, «bu moda,
zamonning talabi shunday» deb bahona izlashadi.
Shu munosabat bilan bugungi globalashuvning shiddatli va axboriy sharoitida milliy
tarbiyaning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish orqali oiladada farzand
tarbiyasi uchun tayanch fazilatlarni shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni
odatlantirish, tarbiyada tushuntirish/ko‘rsatish/o‘rgatish/namuna bo‘lish kabi
ta’sirchan pedagogik-psixologik usullarni isloh qilish va shu orqali milliy, ma’naviy
tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy tarbiya
haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya
biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari inson e’tiborini tortadi. Ko‘plab olimlar
o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar
olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lutolar ilmiy asoslandi, lekin bularning
ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin
oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand
tarbiyasiga e’tiborsizlik, uning psixologik qonuniyatlarini bilmaslik illati millatning
ma’naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati bir qator qarorlarda jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli [2],
2019 yil 3-maydagi PQ- 4307-sonli[3], 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-sonli
Qarorlari[4] va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-
dekabrdagi 1059-sonli[5] qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur
tahdidlarni yuzaga keltiruvchi pedagogik, psixologik omillar bo‘yicha tadqiqotlar
olib borish, mazkur tahdidlarga nisbatan psixologik-g‘oyaviy kurash olib borish
vazifasi qo‘yildi.

Respondentlardan “Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun

nima halaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan so‘rovnomaga ko`ra “Ota-onalar
tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi mas’uliyatini anglamaydi” javobiga
viloyatlar kesimida Buxoro 44 % , Toshkent 50 % , Samarqand 53 % , Sirdaryo 57%,
Jizzax 57,4 %, Navoiy 60 % natijalarni ko`rsatgan.
Oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik tahdidi aholi orasida boshqa
tahdidlarga nisbatan xabardorligi pastligi bo‘yicha 55% ya’ni salbiy ko‘rsatkichga
ega. Bu aholining oilada yoshlar tarbiyasi, milliy tarbiya bilan bog‘liq ishlarda
sustkashliklar ko‘p ekanligini, yoki tarbiya masalasiga past munosabatda ekanligini
ko‘rsatadi. Bu illatning salbiy oqibatlaridan ko‘pchilik behabar.
Qolaversa

ota-onalarni

farzand

tarbiyasi

mas’uliyati

to‘g‘risida

Konstitutsiyamizning

64-moddasida ota-onalar

o‘z farzandlarini voyaga

yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, degan qoida mustahkamlab
qo‘yilgan. Bundan tashqari, farzandining tarbiyasi bilan qiziqmagan, yetarlicha


background image

g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagan ota-onalar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bilan ayblanadilar.
Muqaddas islom diynimizda

“Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlingizni

yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang…”. (Tahrim 6) deb bayon
qilinadi. Oyati karimada Alloh taolo insonni avvalo o‘zini to‘g‘rilab olmoqligini va
shundan so‘ng ahliga ta'lim va odob berishligini bayon qilmoqda. Shunday ekan
o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ularning ongiga ta'sir qiluvchi har qanday salbiy
holatlardan himoya qilish iymonli kishilarning burchi ekan.

Ibn Mas'ud r.a dan rivoyat qilinadi : Nabiy s.a.v dedilar: “Qiyomat kuni odam
bolasining qadami to undan besh narsa haqida: umrini nimaga sarflagani, yoshligini
nimaga ketkazgani, molini qayerdan kasb qilib olgani va qayerga sarflagani,
bilganiga qanday amal qilgani haqida so‘ralmagunicha, Robbi huzuridan
uzilmaydi”. Termiziy rivoyat qilgan.
Boshlang‘ich ta’lim o‘zuvchining shakllanishi, rivojlanishi uchbun muhim davr
hisoblanadi. Bu davrda bolaga berilgan bilim va ko‘nikmalarni tizimli ravishda olib
borish bevosita yangi talablar asosida yaratilayotgan darsliklarga ham borib taqaladi.
Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarning darsliklarida berilgan mavzular
o‘quvchilarda milliy tarbiyaning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarining milliy tarbiyasida uning muomala odobi, tarbiya qoidalariga rioya
qilishi hamda boshqalarga nisbatan munosabatlarining barcha ko‘rinishlarida
namoyon bo‘ladi. Maktabda milliy tarbiyani shakllantirish jarayonida boshlang‘ich
o‘quvchilarining axloqiy sifatlari tarkib topadi va ilk axloqiy sifatlar shakllantiriladi.
Jumladan, odamiylik, jonkuyarlik, mehribonlik, g‘oyaviy sodiqlik, kechirimlilik,
to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, andishalilik, yaxshi, mehr-oqibatlilik, muomala. Shu
sifatlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantirishda turli xil usul va
vositalarni ishlab chiqib, ta’lim tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, unga mos
ishlanmalar yaratish, milliy tarbiyalashda bolalarning yoshini hisobga olgan holda
didaktik materiallar tanlash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mos holda pedagogik
va psixologik ta’sir ko‘rsatish usullarini tanlash bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan hisoblanadi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, milliy urf-odat va an’analarimiz, boy
ma’naviy merosimizga yo‘g‘rilgan o‘zbekona milliy tarbiyamizni kelajak avlod
ongiga singdirib borish ustuvor ahamiyat kasb etdi. Shu narsa ahamiyatliki, milliy
tarbiya xususiyati tarbiyada rag‘batlantirishning ustuvor bo‘lishini taqozo etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy tarbiyalash metodikasida uch masala –
tushuntirish, rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Bularga amal qilmasdan kutilgan
samaraga erishib bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinfda asosiy masalalardan biri o‘quvchilarning og‘zaki
savodxonligini o‘stirish va nutqini ravon qilish hisoblanadi. Bu ko‘nikma bilimni


background image

talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim va
ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun
boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani
barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi.
Xozirgi kunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni milliy tarbiyalash jarayoniga
yangicha yondashuv metodologik samaradorlikni oshirish taqozo etadi. Biz esa
milliy ruhda tarbiya berishning bugungi davr talabiga xos bo‘lgan shakllarini kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarimiz ongiga singdirib borishimiz zarur. Eng muhimi
yurtimiz kelajagini mustahkamlash uchun kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni
milliy ruhda tarbiyalash orqali ularda milliy tafakkur, milliy ong, milliy mafkura,
o‘zligimizga bo‘lgan hurmat, milliyligimizning bugungi ko‘rinishlarini saqlash va
davom ettirish kabi ko‘plab jarayonlarni amalga oshiramiz. Maktabda milliy
tarbiyaning tub mohiyatini yetkazib berish hamda bunyodkor g‘oyalarga undovchi
milliy mafkuramizni rivojlantirish biz pedagog kadrlarning asosiy vazifamiz deb
hisoblaymiz. Zero, o‘zlashtirishning pastligi o‘qituvchilarni hamisha qiynaydigan
dolzarb masalalardan biridir.

Xulosa

. Oilada farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk

inson bo‘lib yetishidagi ota–onaning sa’yi- harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand
tarbiyasi uning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Demak, bola
oilada jamiyatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va
axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra kamol topib boradi.
Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga
muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa milliy fazilatlarga yo‘g‘rilgan milliy tarbiya
bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi.
Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa milliy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi,
farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni
ma’nan, ruxan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga,
o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib
unishining asosidir.

REFERENCES

1

. Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish,

pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor
yig‘ilishi

https://www.xabar.uz/talim/shavkat-mirziyoyev-maktablarda-qanday

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-
sonli//https://lex.uz/docs/3360950.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son
Qarori

https://lex.uz/docs/4320700

.


background image

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimini tubdan takomilashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040 qarori.

https://lex.uz/docs/5344692

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz
ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori
6.

Quronov

M.

“Har

bir

ota-ona

pedagog

bo‘lish

kerak”

maqola.

http://www.adolatnashr.uz/uploads/17.Oila.2016.pdf

.

7. Jabborov X. “Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari”. Psixologiya ilmiy jurnali,
2021 yil 3-son. B.110-118.
8. Tursunmurodova G. M. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY
ONGNI SHAKLLANTIRISH USULLARI” “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№ 16 B 92-94.
9. Jabborov X.X. “YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING
PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI” “Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences” VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal
Impact Factor SJIF 2021: 5.423

10.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

11.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

MAHMUD AZ ZAMAXSHARIYNING AXLOQIY-TARBIYAVIY

QARASHLARI

Qurbonova Zebiniso Mamarajab qizi

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

. Ushbu maqolada globallashuv jarayonida talaba yoshlarning

ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda Mahmud Zamaxshariyning
tarbiyaga oid asarlaridan biri bo’lgan

Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab”

ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari)

asari orqali tarbiyaning

o’ziga xos

talqini va bu talqinning xususiyatlari masalasi tahlil qilinadi. Allomaning
asarlaridagi pand, nasihat, yaxshi xislatlar va hikmatli so’zlar ko’rib chiqiladi.
Bundan tashqari maqolada muallifning masalaga doir shaxsiy nuqtai nazari ham
keltirib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

Global,

pand-nasixat, ilm , o'git, umuminsoniy qadriyatlar, yaxshi

xulq, rostgo’ylik, yolg’onchilik, do’stlik, yaxshilik

Abstract:

In this article, “Atwaq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-khutab” which is one of

Mahmoud Zamakhshari’s educational works on improving the spiritual and moral
education of students in the process of globalization beads the question of the
characteristics of this interpretation is analyzed. Alloma’s works of advice, advice,
good qualities and wise words are considered. In addition, the author’s personal
point of view on the issue is mentioned in the article.

Keywords:

Global, admonition

friendship, goodness, knowledge.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi https://www.xabar.uz/talim/shavkat-mirziyoyev-maktablarda-qanday

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli//https://lex.uz/docs/3360950.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarori https://lex.uz/docs/4320700.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomilashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040 qarori. https://lex.uz/docs/5344692

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori

Quronov M. “Har bir ota-ona pedagog bo‘lish kerak” maqola. http://www.adolatnashr.uz/uploads/17.Oila.2016.pdf.

Jabborov X. “Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari”. Psixologiya ilmiy jurnali, 2021 yil 3-son. B.110-118.

Tursunmurodova G. M. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY ONGNI SHAKLLANTIRISH USULLARI” “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali № 16 B 92-94.

Jabborov X.X. “YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI” “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов