Mahmud az Zamaxshariyning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari

CC BY f
81-86
41
6
Поделиться
Курбанова, З. (2023). Mahmud az Zamaxshariyning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari . Современные тенденции психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 81–86. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/psychological-service-education/article/view/23493
Зебинисо Курбанова, Термезский государственный университет

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda Mahmud Zamaxshariyning tarbiyaga oid asarlaridan biri bo’lgan “Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari) asari orqali tarbiyaning o’ziga xos talqini va bu talqinning xususiyatlari masalasi tahlil qilinadi. Allomaning asarlaridagi pand, nasihat, yaxshi xislatlar va hikmatli so’zlar ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari maqolada muallifning masalaga doir shaxsiy nuqtai nazari ham keltirib o’tiladi.


background image

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimini tubdan takomilashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040 qarori.

https://lex.uz/docs/5344692

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz
ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarori
6.

Quronov

M.

“Har

bir

ota-ona

pedagog

bo‘lish

kerak”

maqola.

http://www.adolatnashr.uz/uploads/17.Oila.2016.pdf

.

7. Jabborov X. “Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari”. Psixologiya ilmiy jurnali,
2021 yil 3-son. B.110-118.
8. Tursunmurodova G. M. “BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY
ONGNI SHAKLLANTIRISH USULLARI” “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№ 16 B 92-94.
9. Jabborov X.X. “YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING
PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI” “Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences” VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal
Impact Factor SJIF 2021: 5.423

10.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

11.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

MAHMUD AZ ZAMAXSHARIYNING AXLOQIY-TARBIYAVIY

QARASHLARI

Qurbonova Zebiniso Mamarajab qizi

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

. Ushbu maqolada globallashuv jarayonida talaba yoshlarning

ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda Mahmud Zamaxshariyning
tarbiyaga oid asarlaridan biri bo’lgan

Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab”

ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari)

asari orqali tarbiyaning

o’ziga xos

talqini va bu talqinning xususiyatlari masalasi tahlil qilinadi. Allomaning
asarlaridagi pand, nasihat, yaxshi xislatlar va hikmatli so’zlar ko’rib chiqiladi.
Bundan tashqari maqolada muallifning masalaga doir shaxsiy nuqtai nazari ham
keltirib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

Global,

pand-nasixat, ilm , o'git, umuminsoniy qadriyatlar, yaxshi

xulq, rostgo’ylik, yolg’onchilik, do’stlik, yaxshilik

Abstract:

In this article, “Atwaq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-khutab” which is one of

Mahmoud Zamakhshari’s educational works on improving the spiritual and moral
education of students in the process of globalization beads the question of the
characteristics of this interpretation is analyzed. Alloma’s works of advice, advice,
good qualities and wise words are considered. In addition, the author’s personal
point of view on the issue is mentioned in the article.

Keywords:

Global, admonition

friendship, goodness, knowledge.


background image

Ijtimoiy hayotning tobora rivoj topib yuksalishida ma’naviy hayot va tarbiyaning
o’rni beqiyosdir. Yer sharining, fan-texnika yutuqlari tufayli jamiyat ixtiyoridagi
global so’zini tahlil etib, uning bugungi kun yoshlarida tarbiya tizimi bilan
o’rganishimiz

o’rinlidir.

“Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida
“umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak,
globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri
bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni,
global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi.

Ma’anaviy axloqiy fazilatlar

hech qachon o’z -o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining
haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqaradigan sabablar va harakatga keltiradigan
kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zarurat
natijasida vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Har
qanday axloqiy fazilat u yoki bu yo’sinda insondagi xaatti-harakatni tartibga
solinishining ifodasi bo’lib insonga bo'lgan xurmat e'tibor va mehr-muhabbatni
bildiradi. Insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi qachondan boshlangan? Bunday
tarbiya inson tug'ilishdan boshlanishi kerak. Bolani oilada ham, maktabda ham
mehr-oqibat va muhabbat, go’zallik va poklik muhiti o'rab olishi kerak. Ma’naviy
axloqiy tarbiya tizimi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda talabalarning butun
ichki va axloqiy dunyosiga - kelajakka intilish, qadriyat yo'nalishlari, qiziqishlari va
ehtiyojlari, his-tuyg'ulari va ongiga ta'sir qiladi. Ularga muvofiq, inson hayotning
barcha sohalarida harakat qiladi, bu uning ijtimoiy va axloqiy yetukligini belgilaydi,
ya'ni ma'naviy kamolot. Samimiylik va mehr-oqibat, ertangi kunga ishonch va Vatan
ravnaqi yo‘lida bunyodkorlik mehnati ana shunday insonga xos fazilatlardir. Rostlik
va rostgo‘ylik, adolat va kattalarga hurmat, o‘zgalar manfaati uchun xizmat qilishga
tayyorlik – insonning mana shu fazilatlari uning ma’naviyatining eng yaxshi
o‘lchovidir.

Yangi taraqqiyot bosqichidagi ma’naviy tarbiya mazmuni ajdodlarimizning

bebaho merosini tadqiq qilish va o’rganish bilan qimmatlidir. Buyuk olim Mahmud
az-Zamaxshariy ta’limoti uning “Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab” ya’ni
(o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari) asari talabalarda maʼnaviy-axloqiy
tarbiya tizimini shakllantirishga yordam beradi. Manaviy-axloqiy tarbiya muayyan
jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor
qoidalaridir. Odob axloq talabalarning ongiga singdirish ularda axloqiy faoliyat
ko‘nikmalari hamda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Ta’lim-tarbiya, odob-axloq haqida so‘z ketar ekan biz ulug’ siymo, iste’dodli olim,

mashhur tarbiyachi

Mahmud az-Zamaxshariy ta’limotini yodga olamiz.

Mutafakkirning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy bo‘lib,


background image

1075 yil 19 martda Xorazmning katta qishloqlaridan biri – Zamaxshar qishlog‘ida
tavallud topdi. Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar, asosan, o‘rta asr arab
manbalarida keltiriladi. Otasi unchalik badavlat bo‘lmasa-da, savodli, taqvodor,
diyonatli kishi bo‘lgan va aksar vaqtini Qur’on tilovati-yu namoz o‘qish bilan
o‘tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Zamaxshariyning onasi
ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan. Alloma haqidagi manbalardan
ma’lumki, uning bir oyog‘i yog‘ochdan bo‘lib, tarixchilar bu haqda: “Bir oyog‘i
yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko‘rgan odam uni cho‘loq
deb o‘ylardi”, – deb yozganlar. Og‘ir illat tufayli u yoshligidan bir oyoq bo‘lib
qolgan va shundan so‘ng otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim
tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand
o‘sgan Mahmud otasidan o‘zini madrasaga o‘qishga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi
ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi.

Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zo‘r

iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada o‘qitiladigan ilmlarni, ayniqsa,
arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, o‘sha davrda ilm ahli
orasida qadrlangan xattotlik san’atini ham mukammal egallab, o‘z tirikchiligini
birqadar tuzatadi. So‘ng talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har
tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi. Zamaxshariy Buxoroda
o‘qishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan
shug‘ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi,
fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga
safar qiladi, maqsadlarining ushalishiga umid bog‘laydi. 1118 yili Zamaxshariy
og‘ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmati, mansab va
mol-dunyodan mutlaqo voz kechadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga,
asarlar ta’lif etishga astoydil qaror qiladi. Zamaxshariyning o‘z davri ilmlarini to‘liq
egallashga, olimlik darajasiga yetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati
benihoya katta bo‘lgan. Mana shunday ustozlardan biri – til, lug‘at va adabiyot
sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir.
Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Bu o‘lkada mutaziliylar
ta’limotining joriy bo‘lishi ham mana shu Isfahoniy nomi bilan bog‘liqdir.
Zamaxshariy Bag‘dodda shayxulislom Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad
Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Abul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan
tahsil oldi. Makkada bo‘lganida esa nahv va fiqh bo‘yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh
ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayx Sadid Xayyatiy,
lug‘at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javoliqiy kabi mashhur olimlardan
o‘rgandi. Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod
va Hijozda, ikki marta Makkada bo‘ldi. Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi,
arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari,


background image

urf-odatlarini chuqur o‘rgandi, bu mintaqa geografiyasiga oid xilma-xil
ma’lumotlarni to‘pladi. Adib ko‘p asarlarini Makkaligida yaratadi. O‘z hayotida
chuqur iz qoldirgan Makkada Zamaxshariy besh yilcha yashaydi. Shu boisdan u
Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli laqabga muyassar bo‘ladi. O‘z
davrining yirik olimi darajasiga ko‘tarilgan Zamaxshariyning Xorazmda ham,
Sharqning boshqa ko‘pgina shaharlarida ham ko‘pdan-ko‘p shogirdlari bo‘lgan,
alloma ko‘p vaqtini o‘shalarga bag‘ishlardi. U qarindosh-urug‘larining qiyin-
qistovlariga qaramasdan, hayotida biror marta ham uylanmagan. Ilmiy asarlar
yaratish va munosib shogirdlar tayyorlashni farzand o‘stirishdan a’lo deb
hisoblagan. Zamaxshariy oxirgi marta Makkadan qaytib Xorazmda bir necha yil
yashaydi va 1144 yil 14 aprelda vafot etadi.

Buyuk alloma tarbiyashunoslikka ham oid boy ilmiy adabiy meros qoldirgan.

Quyida ana shu bebaho merosidan biri bo’lgan asari “Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z
va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari)asarining tarbiyaviy
jihatini o’rganamiz. Oliy oʼquv yurtlaridagi taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali
amalga oshirish uchun talabalar bilan oʼqituvchilar oʼrtasida doimo uzluksiz taʼsir
oʼtkazish hukm surishi lozim.Oʼqituvchi bilan talabaning hamkorlikdagi faoliyati
negizida oʼquv-tarbiya jarayoni ishlarini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish muammosi yotadi.
Bu borada biz dastlab, buyuk allomamiz qoldirgan ta’lim va tarbiya borasidagi asari,
g‘oyalar va ularning bugungi kundagi ahamiyatini o‘rganishni lozim topdik.
Mahmud az-Zamaxshariy tarbiyaga oid fikr bildirar ekan insonning ma’naviy-
axloqiy qiyofasi dastlab uning yaxshi xulqi bilan ifodalaydi.

Xushsifat va yaxshi xulqlar ziynatlamagan kimsani ipak kiyimlar ziynatlay

olmaydi.Ya’ni har bir inson ming qimmatbaho ipak kiyimlar kiymasin, lekin uning
odobi xulqi qo’pol bo’lsa, ipakli kiyim ham uni go’zallashtira olmaydi. Go‘zal yuz
va chiroyli ko‘rinish ko‘ngilda shodlik paydo

qilur.

Mard mag‘lub bo‘lsa ham, tuban tushmaydi. Past (nomard) kishi o‘z

naslining balandligi bilan maqtanadi. Mard kishi mag’lub bo’lsada lekin razillik,
pastkashlik qilmaydi. Tubanlik insonlarni yolg’on gapirishga , razolatga chorlaydi.
Past nomard kishi o’zgalardan o’zini ustun qo’yguvchi va havolanib manmanlik
sari harakat qiluvchilardir.

Yaxshilik bilandur inson jamoli, oni qilurga-chi yo’qdir majoli. Yomon

yo‘ldoshga ergashsang uni yomonligi senga yuqadi. Seni xavf-xatar, nochorlikka
tushib qolishdan qo’rqituvchiga yondosh, “qo’rqma, bu ishda ziyon yo’q”
deyuvchidan saqlan Og‘zingni misvoq (tish tozalovchi vositalar) bilan pok qilding,
koshkiydi endi uni yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, bo‘xton bilan iflos qilmasang.
Agar tilingni tiymasang, jilovingni shaytonga berib qo‘yasan. Til qilichining
yarqiroqligi, uning to‘g‘ri so‘zidir. Shuning uchun tilingni faqat to‘g‘ri so‘z bilan
aylantir. Yamanliklar o‘z qilichini qinida saqlagani kabi, sen ham tilingni qilichini


background image

yolg‘onlik xatosidan saqla. Qilichning yarqirog‘ini zang yeydi.Yolg’on esa til
uchun zangdan ham yomonroqdir. Sen bilmaysanki, to‘g‘rilikning sharofatida najot
topib baxtli bo‘lishingni . Yolg‘on esa qo‘qqisdan o‘zining shumligi bilan biroz
foyda berib, so‘ng o‘ldiradi. Qo‘y, ishlar o‘z yo‘liga yursin. Yolg‘on gapirib g‘alaba
qozonganingdan, rost gapirib mag‘lub bo‘lganing ma’quldir. Rostgo‘y odamga
uning rostgo‘yligi kifoyadir. Yolg’onchiga uning

yolg‘onchiligi yetarlidir. To‘rvasi

to‘lib kelgan yolg‘onchidan idishi bo‘sh kelgan rostgo‘y yaxshidir. Agar rostgo‘ylik
odam shaklida ifodalansa, eng dahshatli armon bo‘lar. Yolg‘onchining surati esa
qo‘rqoq tulki bo‘lar edi....Va’da qilgan bo‘lsang, unga vafo qilgin yoki va’dangni
bajarishga shoshil... Chaqmog‘idan oldin yomg‘iri kelgan, va’dasidan oldin
beradigan narsasi kelgan erkakka o‘xshagin.Birovni koyimoqchi bo’lsang, xat bilan
koyi, yuzma-yuz turib koyish ko’ngil sindirur va so’z o’lchovsiz ketar. Hayvonni
silasa, shodlanib egasini tepadi, odam bolasi erkalansa, shodlanib ota-onasini azobga
qo’yadi. Insonning kiyinishiga qarama-bilimiga qara. Mardlik shunday bir ulug’
xislatki, u Allohning roziligini topishga vasiladir.

Saxovat shunday bir buyuk sifatki, uni doimo maqtov ila yod eturlar.

Nomardlik esa shunday bir illatki, uningdek xunuk bir narsani ko’rmadim. Do’stlik
va birodarlikka faqat saxovat ahligina loyiqdurlar. Ular sababli dardli dillar shifo
topur va sinik so’ngaklar bitur. Ne’matlar sendan uzoqlashganda ular
yaqinlashtirurlar, kulfatlar senga hujum qilganlarida ular kuch ato eturlar. Kimiki
hayotlik davrida man etilgan yomon ishlardan hazar qilib yurgan bo’lsa, albatta, u
o’lim paytida rohat topgusidir. Unday kishini Podshoxi olam o’z farishtalari bilan
birga qarshi oladi. Ular unga roxat va farog’atda bo’ladigan jannat uni kutayotgani
to’g’risida bashorat bergaylar. Demak, kimki savobli ishni ko’rganda xursand
bo’lib, uni darhol bajarishga shoshilsa, gunoh ishni ko’rganda uni yoqtirmay o’zini
chetga olsa hamda yomonlarni tahqirlash to’g’risidagi Allohning amriga itoat qilib,
ularga g’olib kelsa va yaxshilarga yordam ko’rsatib hojatlarini ravo etishga harakat
qilsa, bilingki, u baxtli odam ekan.Olimning tarbiyaga oid ushbu fikrlari talabalarni
ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish ma’lum o’ziga xos tarbiyaviy ta’limni
olishi bilan o’rinlidir. Quyida keltirilgan hikmatli so’zlarda g’iybatchilik
yolg’onchilik, vafosizlik kabi insondagi illatlar qoralanadi. Talabalarda qanday
axloqiy fazilatlar shakllanishi, eng avvalo, uning atrofidagi insonlari, o'qituvchilar
va kattalarga, ular uni qanday tarbiyalashiga, qanday taassurotlarni boyitishiga
bog'liq. Ma'naviy-axloqiy tarbiya har bir ishtirokchining ichki o'zgarishini o'z ichiga
olgan uzoq muddatli jarayon bo'lib, u bu erda va hozir emas, balki maktabgacha
yoshdagi bolalik davrida ham aks etgan, Bola go‘zallikni his qilsin, unga qoyil
qolsin, uning qalbi va xotirasida Vatan timsoli bo‘lgan timsollar mangu saqlanib
qolsin.


background image

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki Mahmud az-Zamaxshariyning

“Atvoq uz-zahab fi-l-mavoi’z va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin
munchoqlari) asarida tarbiyaga oid eng odilona fikr asoslari keltirilgan. Bu asar
orqali bugungi globallashuv sharoitida talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini
takomillashtirishda milliy ruhni o’zida aks etgan darslik, tarbiyaviy o’quv
qo’llanmalar yaratishda dasturulamal vazifasini bajaradi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Mahmud az-Zamaxshariy fikrlarida kishining tarbiyasiga oid muhim
fikrlar sifatida ko‘tarilgan bu masala bugungi kunda ham o’z dolzarbligini
yo‘qotmagan. Biz tarbiyashunos olim Mahmud az-Zamaxshariy “Atvoq uz-zahab
fi-l-mavoi’z va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari) asaridagi
axloqiy qarashlarni, ta’lim tarbiya jarayonida talablarning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasini shakllantirishda qo‘llasak juda yaxshi samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Rustamov A. “Mahmud Zamahshariy”. T., «Fan», 1971 32b

2.

Islomov, Z. M. (2002). Mahmud Zamaxshariy. V Buyuk allomalarimiz.

Toshkent:

Toshkent islom universiteti nashriyoti.
3.

K. Hoshimov, S. Nishonova , M. Inomova R. Hasanov.” Pedagogika tarixi”

o’quv qo’llanma, T., “O’qituvchi” 1996, 340b

4.

O.Jo’rayev, A.Muhiddinov “Mahmud Zamaxshariy” Mutafakkirlar” Bolalar

uchun risolalar turkumi. T., Tafakkur nashriyoti 2014, 38b

5.

A.Turdibayev. “Buyuk allomamiz Mahmud az-Zamaxshariyning asarlarida

yaxshilik, do’stlik, oila tarbiyasi va diniy fikrlari haqida” maqola Science and
Education" Scientific Journal 2020, Volume 1 Issue 2 , 410-418 b

6.Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies
//International Engineering Journal For Research & Development.

– 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

7.Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on
game technology //Science and Education.

– 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

Библиографические ссылки

Rustamov A. “Mahmud Zamahshariy”. T., «Fan», 1971 32b

Islomov, Z. M. (2002). Mahmud Zamaxshariy. V Buyuk allomalarimiz. Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyoti.

K. Hoshimov, S. Nishonova , M. Inomova R. Hasanov.” Pedagogika tarixi” o’quv qo’llanma, T., “O’qituvchi” 1996, 340b

O.Jo’rayev, A.Muhiddinov “Mahmud Zamaxshariy” Mutafakkirlar” Bolalar uchun risolalar turkumi. T., Tafakkur nashriyoti 2014, 38b

A.Turdibayev. “Buyuk allomamiz Mahmud az-Zamaxshariyning asarlarida yaxshilik, do’stlik, oila tarbiyasi va diniy fikrlari haqida” maqola Science and Education" Scientific Journal 2020, Volume 1 Issue 2 , 410-418 b

Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – С. 3-3.

Toshpulatov F. U., Turopova R. B. Games that develop children's interest in the profession based on game technology //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 487-491.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов