Globallashuv davrida kompyuter lingvistikasining rivojlanish istiqbollari

CC BY f
10-15
12
1
Поделиться
Камалов, А. (2022). Globallashuv davrida kompyuter lingvistikasining rivojlanish istiqbollari. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(02), 10–15. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/15146
Азизбек Камалов, Нукусский государственный педагогический институт

факультет турецких языков, кафедра узбекского языка учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tayanch so’z va iboralar: , sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, ekspert tizimlari, lingvistik bosqich , sun’iy tilli interfeys, concordance, biokompyuter, semiotik va biologik yondashuv, intellektual (ratsional) agent, artificial intelligence, multimodal corpus, corpus testi, bilimlar injenerligi


background image

10

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

GLOBALLASHUV DAVRIDA KOMPYUTER LINGVISTIKASINING

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Azizbek Kamalov

Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O’zbek tili kafedrasi

o’qituvchisi

Tayanch so’z va iboralar: , sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, ekspert tizimlari,

lingvistik bosqich , sun’iy tilli interfeys, concordance, biokompyuter, semiotik va

biologik yondashuv, intellektual (ratsional) agent, artificial intelligence,

multimodal corpus, corpus testi, bilimlar injenerligi.

Insoniyat uchinchi ming yillikning boshida axborot asriga qadam qo’ydi. Bu

bilan bog’liq holda informatsion jamiyat konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu

konsepsiyaning asoschisi amerikalik futurolog olim E.Toffler hisoblanadi. U

jamiyatni turli bosqichlarga bo’lib o’rganishni taklif etib, sivilizatsiyaning uch

to’lqinini ajratdi: a) birinchi to’lqin – industrial jamiyatgacha bo’lgan davr (qishloq

xo’jaligi sivilizatsiyasi).Bunda asosiy boylik yer va tabiatdan olingan zahiralar

hisoblanadi; b) ikkinchi to’lqin – industrial sivilizatsiya. Bunda asosiy boylik

ishlab chiqarish vositalari sanaladi; c) uchinchi to’lqin – postindustrial sivilizatsiya

(informatsion jamiyat). Bunda kapital va mehnat o’z o’rnini informatsiya va

bilimga bo’shatib beradi. Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri

uchun bugungi kunda dastlabki manba, ya'ni axborot olish hayotiy zaruriyatga

aylandi. Shuning uchun jahon bozorida ma'lumot oltindan ham qimmatliroq

baholanadi. Mazkur axborotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga

yetkazishning qulay usullariga bo’lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Demak,

kimki mazkur qulay usullarni ishlab chiqsa, ularga egalik qilsa, mana shu odam

dunyodagi eng boy odam bo’ladi. Ma'lumki, dunyodagi eng boy-badavlat kishi Bill


background image

11

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

Geyts hisoblanadi. Nima uchun dunyodagi eng boy kishi kompyuter, ya'ni

axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash sohasining vakili? Bu savolga Billi

Geytsning o’zi shunday javob beradi: "Kim axborotga ega bo’lsa, u hamma

narsaga ega bo’ladi" yoki uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur: "Axborot

dunyodagi eng katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki

ushbu boyliklar axborot vositasida qo’lga kiritiladi".

2003-yil dekabrda Jenevada (Shveytsariya) informatsion jamiyat qurish

muammosiga bag’ishlangan Butunjahon Sammiti bo’lib o’tdi. Unda shunday shior

o’rtaga tashlandi: “Informatsion jamiyat qurish – yangi mingyillikning global

chaqirig’idir”. Sammitda ikki muhim hujjat qabul qilindi: Informatsion jamiyat

qurish prinsiplari to’g’risidagi Deklaratsiya hamda information jamiyat qurish

bo’yicha ish Rejasi. Mazkur hujjatlarda belgilanishicha, endilikda jamiyatning

taraqqiyoti kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib qoladi.

Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter lingvistikasi informatsion

texnologiyalarning istiqbolini belgilovchi eng muhim yo’nalish sanaladi hamda u

informatsion jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Olimlar

kompyuterlarni intellektual jarayonlar avtomatizatsiyasini yuzaga chiqaruvchi

muhim vosita sifatida baholadilar. Qisqa vaqt ichida kompyuterlarning

teoremalarni isbotlashda, rasm chizishda, shaxmat o’yinida foydalanilishi sun’iy

intellekt bo’yicha izlanishlarning ilk samarasidir. Asta-sekinlik bilan insonning

aqliy faoliyatini modellashtiruvchi dasturlarning yaratilishi muayyan sohalardagi

murakkab masalalarni yechuvchi ekspert tizimlarining yuzaga kelishiga olib keldi.

Lekin shuni ta’kidlash zarurki, hali hanuz inson miyasining analogi bo’la oladigan

dastur yoki tizim yaratilgani yo’q. Kompyuter lingvistikasi fanining eng istiqbolli

yo’nalishlaridan biri sun’iy intellekt hisoblanadi. Virtual qomus hisoblangan

Wikipedia sahifalarida sun’iy intellektga (artificial intelligence) shunday ta’rif

berilgan: “Sun’iy intellekt bu – kompyuter yoki robotning shunday xususiyatiki, u


background image

12

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

asosan insonning aqliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni, xususan,

fikrlash, nutq mazmunini anglash, ma’lumotlarni umumlashtirish kabilarni

yechishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu termin mazkur xususiyatlarga ega bo’lgan

sistemalarni ishlab chiqish bilan bog’liq kompyuter texnologiyalarining bir

bo’limiga nisbatan ham ishlatilmoqda”. Sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar olib

brogan olim Jon Makkarti shunday yozadi: “Sun’iy intellekt – intellektual

mashinalar, intellektual kompyuter dasturlar yaratish texnologiyasi va bu haqidagi

fan. Intellektual sistema strukturasi 3 asosiy blokni o’z ichiga oladi: bilimlar bazasi,

masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys”

Ekspert tizimlari modelida, intellektual informatsion tizimlarda, ba’zi

mashinalarda, hayvonlarda va odamlarda intellektning turlicha darajalari va

ko’rinishlari mavjud. Mazkur turlichalik bilimlar bazasi va qanday operatsiyalarni

bajara olishiga bog’liq. Intellektni bunday talqin qilishdan ko’rinib turibdiki, sun’iy

intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson

intellektual faoliyatining ko’plab qirralarini o’z ichiga olgan, modellashtirilgan

tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda “artificial intelligence”

terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956 yilda Darmut universitetidagi

konferensiyada qo’lladi va shundan buyon terminning o’ziga bo’lgan tanqidlarga

qaramay ishlatilib kelinmoqda. Rossiya sun’iy intellekt assotsiatsiyasi Peterburg

bo’limi boshlig’i T.A.Gavrilovning yozishicha, ingliz tilidagi artificial intelligence

birikmasi fantastik antropomorf bo’yog’iga ega emas, u rus tiliga muvaffaqiyatsiz

tarjima qilingan. Intelligence so’zi “aql bilan hukm chiqarish, fikr yuritish

qobiliyati” ma’nosini anglatadi, u rus tiliga “интеллект” deb noto’g’ri tarjima

qilingan. XX asrning 70-yillariga qadar sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar

kibernetika hamda informatika doirasida olib borilgan. XX asrning 80-90

yillaridan boshlab sun’iy intellekt juda ko’plab fanlarning o’rganish obyektiga

aylandi. Jumladan, neyrolingvistika, psixologiya, informatika, neyrofiziologiya,


background image

13

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

epistemologiya (falsafadagi bilish haqidagi ta’limot), kognitologiya, kognitiv

lingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi fanlar ham o’z doirasida sun’iy intelekt

muammosi bilan shug’ullanadilar. Sun’iy intellekt tizimlarni yaratish muammosiga

uch xil asosiy yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin.

• Quyi (inglizcha Top-Down AI), semiotik yondashuv – ekspert tizimlari,

bilimlar bazasi, mantiqiy hukm chiqarish tizimi, yuqori darajadagi psixik

jarayonlar (tafakkur, nutq, emotsiya, ijod kabi)ni imitatsiyasi va analogi bo’lgan

tizimlarni yaratish;

• Yuqori (inglizcha Bottom-Up AI), biologik yondashuv – neyron tarmoqlarini

o’rganish, biologik unsurlarga asoslangan holda intellektual salohiyatni

modellashtirish va natijada neyrokompyuter yoki biokompyuterlarni yaratish.

• Semiotik va biologik yondashuvning sintezi bo’lgan umumlashtiruvchi

gibrid tizimli yondashuv – sun’iy intellektning yakuniy maqsadi bo’lishi lozim.

Mazkur yondashuvlardan tashqari yana simvolli, mantiqiy, agentga yo’naltirilgan

yondashuvlar ham mavjud. Simvolli yondashuv, asosan, simvolik mantiq

qoidalarini tizimga tatbiq etish bilan bog’liq bo’lib, bu ko’proq tizim qoidalarni

ishlab chiqishda, hisoblashda (hukmning chin yoki yolg’onligini baholashda)

samara beradi. Mantiqiy yondashuv predikatlar tilidan foydalanish asosida sun’iy

intellekt tizimini bilimlar bazasining mantiqiy modellari bilan ta’minlash uchun

xizmat qiladi.

Semantik tarmoq tizimi quyidagi munosabatlarni o’rnatish orqali yaratiladi: 1.

To’plam va obyekt o’rtasidagi munosabat (muayyan obyekt aniq to’plamga

mansub bo’ladi) tasnif munosabati deyiladi. Masalan, “Sharik it hisoblanadi” holati

kabi. Ba’zan ushbu munosabat Member Of, Instance Of deb ham yuritiladi. 2. Tur

va jins o’rtasidagi munosabat AKO — «A Kind Of», «Subset Of» («turlaridan

biri») deb ataladi. Masalan:"It hayvon hisoblanadi" holati kabi. Sistem

leksikologiyada tur uchun giponim (it), jins uchun giperonim (hayvon), tur-jins


background image

14

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

munosabati uchun giponimiya terminlari qabul qilingan. 3. Butun va qism

o’rtasidagi munosabat sistem leksikologiyada meronimiya termini bilan ataladi.

Masalan, kompyuter – butun; monitor, klaviatura, sichqoncha, protsessor kabilar –

qismdir. Butun uchun xolonim, qism uchun meronim atamalari ishlatiladi. Demak,

motor – avtomobil uchun meronim, avtomobilning o’zi esa motor uchun xolonim

sanaladi. Bilimlar strukturasiga oid tayanch tushunchalardan yana biri freym

hisoblanadi. Freym – (inglizcha frame – “karkas”, “ramka”, “skelet” ma’nolarini

anglatadi) sun’iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda ko’p kuzatiladigan,

tipik) vaziyatlarni gavdalantirishning bir usuli sanaladi. Ya’ni freymga

modellashtirilayotgan hodisa, vaziyat va jarayonlarni umumlashtirilgan holda

joylashtirish mumkin. Freym — mavhum obraz modeli bo’lib, muayyan obyekt,

voqea-hodisa, vaziyat va jarayonlarning formal tavsifi demakdir (masalan,

restoranga borish, shifokor qabulida bo’lish, ma’ruzlarga qatnashish, tug’ilgan kun,

futbol o’yini kabi tipik vaziyatlar). Dastlab “freym” termini XX asrning 70-

yillarida Marvin Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o’z ichiga

oluvchi bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan. Shundan so’ng freym

semantikasi konsepsiyasi (frame semantics) amerikalik tilshunos Charlz Fillmor

tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsiyaga ko’ra so’zlar, so’z birikmalari,

gaplar, matn ma’nosi sahnalar bilan uyg’unlashtrilgan, shartlangan bo’ladi. Bir

freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy qismi bo’lishi mumkin.

Adabiyotlar

1. Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – М.:

ВЦП., 1991.

2. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 1992.

3. Белоногов Г.Г. Компьютерная лингвистика и перспективные

информационные технологии. - М.: Русский мир, 2004.


background image

15

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

4. Рассел С., Норвиг П. Искусственный интеллект: современный подход

/Artificial Intelligence: a Modern Approach / Пер. с англ. и ред. К.А. Птицына.

2-е изд. - М.: Вильямс, 2006.

5. Ибрагимов, А. Т. (2016). Комплексное использование аэробики и

шейпинга в учебных занятиях по физической культуре со студентками.

Молодой ученый, (4), 778-780.

6. Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase

the effectiveness of the educational process.

7. Раджапов, У. Р., & Мирахмедов, Ф. Т. (2018). Строго

регламентированные методы при обучении движениям и воспитании

физических качеств. Молодой ученый, (5), 185-187.



THE INFLUENCE OF EXTERNAL ENVIRONMENTAL FACTORS

ON A PERSON

Tajibayeva M.K.

Nukus State Pedagogical Institute

Jiemuratov Makhmud

Graduate student of Nukus State Pedagogical Institute

I will not be mistaken if I say that nature is the basis of our life. Man can never

live without nature, because he is an integral part of nature. The world in which we

live and surrounds us is as kind and lively as our mother. In every particle of the

sun, in every div of the soil, we feel the loving touch of nature as a mother to us.

It embodies thousands of elements necessary for man in every aspect. What is the

state of our beautiful nature today? Who is responsible for this? How can this be

Библиографические ссылки

Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. – М.: ВЦП., 1991.

Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 1992.

Белоногов Г.Г. Компьютерная лингвистика и перспективные информационные технологии. - М.: Русский мир, 2004.

Рассел С., Норвиг П. Искусственный интеллект: современный подход /Artificial Intelligence: a Modern Approach / Пер. с англ. и ред. К.А. Птицына. 2-е изд. - М.: Вильямс, 2006.

Ибрагимов, А. Т. (2016). Комплексное использование аэробики и шейпинга в учебных занятиях по физической культуре со студентками. Молодой ученый, (4), 778-780.

Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase the effectiveness of the educational process.

Раджапов, У. Р., & Мирахмедов, Ф. Т. (2018). Строго регламентированные методы при обучении движениям и воспитании физических качеств. Молодой ученый, (5), 185-187.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов