Til korpuslarini yaratish jarayonida avtomatlashtirishni o’rgatish tamoyillari

CC BY f
19-23
4
1
Поделиться
Камалов, А. (2022). Til korpuslarini yaratish jarayonida avtomatlashtirishni o’rgatish tamoyillari. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(02), 19–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/15148
Азизбек Камалов, Нукусский государственный педагогический институт

Факультет турецких языков, кафедра узбекского языка учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirish, concordance, “elektron” o’qituvchi, multimediya, virtual dastur, CALL, BASIC, avtomatizatsiya, kognitivintellektual yondashuv, avtomatik korrektorlar, speller, audio va vizual effektlar, interaktiv multimodal kutubxona, virtual ensiklopedia.


background image

19

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

TIL KORPUSLARINI YARATISH JARAYONIDA

AVTOMATLASHTIRISHNI O’RGATISH TAMOYILLARI

Azizbek Kamalov

Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O’zbek tili kafedrasi

o’qituvchisi

Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirish, concordance, “elektron”

o’qituvchi, multimediya, virtual dastur,

CALL, BASIC,

avtomatizatsiya, kognitiv-

intellektual yondashuv, avtomatik korrektorlar, speller, audio va vizual effektlar,

interaktiv multimodal kutubxona, virtual ensiklopedia.

Avtomatizatsiya so’zi lotincha “o’zi harakatlanadi” degan ma’noni bildiradi.

So’zning ma’nosidan tushunilib turibdiki, tizim o’zi harakatlanishiga asoslangan,

turli operatsiyalar bajarishga yo’naltirilgan va shu tamoyilda ishlashiga moslab

programmalashtirilgan mexanizmlar yig’indisidir. Hammaga ma’lumki, yirik

korporatsiyalarda,

aytaylik,

avtomobil

ishlab

chiqaruvchi

zavodlarda

avtomatizatsiya tizimi keng yo’lga qo’yilgan. Ushbu tizim optimalligi uchun

jamiyatning boshqa sohalariga ham asta-sekinlik bilan tatbiq etilmoqda. Hozirda til

o’rgatishning avtomatik tizimlari ishlab chiqilgan. Til o’rgatishning

avtomatlashganligi shu bilan izohlanadiki, u maxsus o’quv dasturlari yordamida

amalga oshiriladi.

Til o’rgatishda kompyuterdan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar XX

asrning 60-yillarida Stenford (Russian-Program) va Nyu York universistetlarida

(Das Deutche Program) o’tkazildi. XX asrning 70-80-yillarida til o’qitishda

kompyuterdan foydalanishga bo’lgan qiziqish kuchaydi va hatto alohida

yo’nalishning yuzaga kelishiga olib keldi: Computer Assisted Language Learning

(CALL). CALL bo’yicha 1-xalqaro konferensiya 1985 yil 12-13 noyabrda


background image

20

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

Budapesht shahrida o’tkazildi.2-xalqaro konferensiya 1989 yil 15-17 noyabrda

bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyalarda kompyuter yordamida xorijiy tillarni

o’rgatishning yangi metodlari taklif etildi, o’qituvchi lingvistik avtomatlar

xususida qimmatli mulohazalar o’rtaga tashlandi, o’qitishda audio va video

vositalardan foydalanish samarali ekanligi ta’kidlandi.

O’qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv mavjud:

1)bixevioristik yondashuv – mavjud an’anaviy o’qitish tizimining barcha

jabhalarini e’tiborga oluvchi o’qitish mexanizmlari, bunda grammatikaning

ma’lum bo’limi tugagandan so’ng, uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek,

leksik minimumlar bo’yicha bilimni nazorat qilishga yo’naltirilgan dasturiy

ta’minotga asoslangan o’qitish tizimi. Bunda bixeviorizmning “stimul-reaksiya-

mustahkamlash” formulasiga asoslaniladi. O’qitish usullari “stimul” (turtki)

vazifasini bajaradi, o’rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi. 2)

kognitiv-intellektual yondashuv – CALL (CALL Software) uchun universal

dasturiy ta’minotlar yaratish, o’qitish tizimini lug’at bazasi, grammatika bo’yicha

qo’llanmalar, tizimni avtomatik korrektorlar, speller bilan ta’minlash, audio va

vizual effektlar bilan boyitish kabi amaliy ishlar majmuidir

Tillarni

avtomatik

o’qitish

tizimi

hisoblangan

kompyuter

lingvodidaktikasida quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalaniladi: a) Close the

gap – Bo’sh kataklarni to’ldiring topshirig’i. Bunda semantika + grammatika

sohalarini o’rganish ko’zda tutiladi; b) krossvordlar va leksik o’yinlar; c) elektron

pochtadan foydalanib bajariladigan mashq (turli xatlar yoki elektron hikoyalar

tuzish asosida - maze) word-hunting; d) matnlarning avtomatik tarjimasi va tahriri

bo’yicha mashqlar; e) grammatikaning turli bo’limlari bo’yicha diagnostik testlar

o’tkazish; f) CD-ROMda standart o’qitish kurslaridan foydalanish. Ingliz tilini

o’rgatishga mo’ljallangan quyidagi oquv dastrulari mavjud: TOEFL tizimi – ingliz

tilini avtomatik o’qitishga mo’ljallangan eng rivojlangan xalqaro dastur. U


background image

21

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amal qiladi, u inglizcha Test Of English

as a Foreign Language so’zlarining qisqartmasi bo’lib, ingliz tilidan xorijiy til

sifatida sinov standarti hisoblanadi. Bu tizim ingliz tilini o’rgatish bilan birgalikda

o’zlashtirilgan bilimlarni diagnostika qila olish imkoniyatiga ham ega. IELTS –

TOEFL tizimiga o’xshaydigan avtomatik til o’rgatish va bilimlarni diagnostika

qilish tizimi. U grammatika, lug’at, o’qib va eshitib tushunish, to’gri jumla qurish

kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi. ENGLISH FOR ALL (Hamma uchun

ingliz tili) – O’zbekistonda yaratilgan avtomatik o’qitishga asoslangan o’quv

dasturi. Unda o’quvchiga ingliz tilidagi tovushlar va ularning talaffuzi audio

effektlar yordamida tushuntiriladi, qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi,

mashqlar va testlar yordamida bilimni tekshiradi. Ushbu o’quv dasturining afzal

tomoni shundaki, unda o’qitish tizimi video effektlar bilan ham boyitilgan, ingliz

tilida multfilmlar kiritilgan va inglizcha qo’shiqlar karaoke bilan ta’minlangan

WAY TO PERFECTNESS (Mukammallik uchun yo’l) – ingliz tilini

avtomatik tarzda o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi bo’lib, bunda ham

multimedia bilan ta’minlangan. Ushbu dasturning yuqoridagilardan farqli tomoni

shundaki, unda dastur “elektron” (“virtual”) o’qituvchi bilan ta’minlangan

REWARD – bir necha yil davomida o’qitishga mo’ljallangan til o’rgatish

tizimi. PROFESSOR HIGGINS - АНГЛИЙСКИЙ БЕЗ АКЦЕНТА - fonetik

trenirovka, ingliz tilida aksentsiz talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi tizim.

REPETITOR ENGLISH - Moskvadagi ingliz tilini o’rgatuvchi xalqaro markaz

tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy metodlar

va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda o’rgatishga

mo’ljallangan.

EURO PLUS – uch yil davomida ingliz tilini bosqichma-bosqich

(Elementary, Intermediate, Upper intermediate, Advanced English) tizimli tarzda

o’rgatishga asoslangan avtomatik o’qitish tizimi. Bugungi kunda o’qitishni


background image

22

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish, haqiqatan ham, o’quv faoliyatining

samaradorligini oshiradigan, o’rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat

va qiziqishni shakllantiradigan ta’limiyelektron ishlanmalarni yaratishning

umumiy va xususiy mezonlarini belgilash zarurati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda

Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron

ishlanmalarni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-metodik

tadqiqotlar olib borilmoqda. Konsepsiyada ishlanmalarning mohiyati, ularni

yaratish, tekshirish va qo’llash tartibi belgilanadi. Mutaxassislarning fikricha,

ta’limiy-elektron ishlanmalar asosan texnik, pedagogik, metodik talablarga javob

berishi zarur. Ular shunday talablarga mos kelsagina, ta’lim jarayonida

qo’llanilishi mumkin.Til o’qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib yangi

effektlar bilan boyib bormoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter

lingvodidaktikasini yangi dastruriy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar

diagnostikasi bilan boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan

sanaladi.

Adabiyotlar

1. Abdullayev Y. Statistika nazariyasi. – Toshkent, 2002.

2. Анисимов А.В. Компьютерная лингвистика для всех: Мифы. Алгоритмы.

Язык. – Киев: Наукова думка, 1991.

3. Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase the

effectiveness of the educational process.

4. Апресян Ю.Д. Идеи и методы современной структурной лингвистики. –

М.: Просвещение, 1966. 4. Ахманова О.С. Словарь лингвистических

терминов. – М.: СЭ,1966

5. Ибрагимов, А. Т. (2015). Влияние экологических факторов при занятиях

физической культурой и спортом. Молодой ученый, (11), 1884-1885.


background image

23

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

II-to‘plam

6. Раджапов, У. Р., & Мирахмедов, Ф. Т. (2018). Строго регламентированные

методы при обучении движениям и воспитании физических качеств.

Молодой ученый, (5), 185-187.

QORAQALPOQ ETNOMADANIYATI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI

ESTETIK TARAFDAN TARBIYALASH

Bekbosinov Dinmuhammed

Nukus davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qaraqalpoq xalqi madaniyati va siyosiy hayoti

haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

madaniyat, siyosiy hayot, qoraqalpoq, tarix, adabiyot, urf-odatlar,

Qoraqalpoq xalqi katta va boy tariga ega xalqlar sirasiga ega.

Qoraqalpog‘iston noyob va boy madaniy merosga eda. Bu uning qadimiy tarixi,

boy va unumdor yerlari, tarixiy qazilmalari va yodgorliklarida o‘z aksini topgan.

Bundan tashqari qoraqalpoq xalqining xalq og‘zaki ijodi ham madaniy

meroslarining eng katta qismini tashkil qiladi. Og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan

dostonlarida vatanparvarlik, vatanni sevish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan tuproqni asrab

avaylash, ota-onaga hurmat va oilaga sadoqat kabi tushunchalar o‘z ifodasini

topgan. Bunday g‘oyalar e’tirof etilgan asarlarning mualliflari esa xonliklar

davrida chuqur iztirobga tushgan, azob uqubatlarni tortgan xalq vakillari edi. Ular

sirasiga Ajiniyoz, Berdaq, Kunxo‘ja kabi adabiyot namayondalarini kiritishimiz

mumkin. Bu shoirlarning asarlarida va o‘sha davrda ijod qilgan jirovlarning

Библиографические ссылки

Abdullayev Y. Statistika nazariyasi. – Toshkent, 2002.

Анисимов А.В. Компьютерная лингвистика для всех: Мифы. Алгоритмы. Язык. – Киев: Наукова думка, 1991.

Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase the effectiveness of the educational process.

Апресян Ю.Д. Идеи и методы современной структурной лингвистики. – М.: Просвещение, 1966. 4. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – М.: СЭ,1966

Ибрагимов, А. Т. (2015). Влияние экологических факторов при занятиях физической культурой и спортом. Молодой ученый, (11), 1884-1885.

Раджапов, У. Р., & Мирахмедов, Ф. Т. (2018). Строго регламентированные методы при обучении движениям и воспитании физических качеств. Молодой ученый, (5), 185-187.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов