2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
897
GERONTOPSIXOLOGIYA
O’tkirov Sherbek Kamol o’g’li
Qahhorov Elchinbek Shuhrat oʻgʻli
SHahrisabz Davlat Pedagogika Instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15552853
Annotatsiya. Gerontopsixologiya – keksalik davridagi psixologik jarayonlar va
ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda qarilik yoshidagi
insonlarning emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi, motivatsiyasi, kognitiv faoliyati va shaxsiy
rivojlanish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qarilik davrida yuzaga keladigan
psixologik muammolar, stress va depressiya holatlari, ularni yengib o‘tish strategiyalari ham
yoritilgan. Ishning asosiy maqsadi – keksa yoshdagi insonlarning psixologik salomatligini
ta’minlash, ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-psixologik yondashuvlarni
asoslab berishdan iborat. Mazkur mavzu zamonaviy psixologik yondashuvlar va gerontologik
tadqiqotlar asosida tahlil etilgan bo‘lib, gerontopsixologiyaning amaliy ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar: Prisbioniya, gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena,
geteroxronlik, dioptriya.
Annotation. Gerontopsychology is analyzed as a science that studies psychological
processes and their characteristics in old age. The study examined the emotional state, social
adaptation, motivation, cognitive activity and personal development processes of people in old
age. It also covers psychological problems, stress and depression that arise in old age, and
strategies for overcoming them. The main goal of the work is to substantiate scientific and
psychological approaches aimed at ensuring the psychological health of older people and
improving their quality of life. This topic is analyzed on the basis of modern psychological
approaches and gerontological research, and the practical significance of gerontopsychology
is highlighted.
Keywords:
Presbyonia,
Gerontology,
Involution,
Geriatrics,
Gerohygiene,
Heterochrony.
Kirish
: Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan
S.Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark
Tulliy Sitseron (“Katta Katon yoki keksayish haqida” asarida), I.I.Mechnikov (“Optimizm
etyudlari” kitobida), 0‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida
falsafiy fikr va mulohazalami bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846-1924)
“Keksayish” monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga molik qator g‘oyalami ilgari
surgan. 0‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga
ko‘paymadi. Yigirmanchi asming 30 - yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy - biologik
tadqiqotlarning ko‘payishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo
bo'lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Ana shu tariqa
keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan
yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu
soha bo‘yicha ingliz iilida maxsus jumallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlaming aksariyati
keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri,
aqlzakovatiga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qiiingan.
Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ontogenez psixologiyasi sohasiga
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
898
taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini
doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi.
Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena,
geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud: Gerontologiya - 234 grekcha so‘z bo‘lib -
keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya so‘zi keksaygan inson shaxsini
davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bolib, o'sishdan orqaga
qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena - keksaygan odamning salomatligini saqlash va
mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish
uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlaming turlicha
(har xil vaqt va muddatda) namoyon bo‘lishidir. Psixogerontologiya fanida gerontogenezning
evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlami
kiritadi. D.Bromley insonni qarish sikli uchta bosqichdan iborat bo‘lishini ta’kidlaydi: 1)
“ishdan, xizmatdan uzoqlashish” (iste’fo) - 66-70 yosh: 2) keksalik (70 va undan katta yosh),
3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va o‘lim) - maksimum 110 yosh. Shu bilan birga
(keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilami kiritish mumkin:
1) geteroxronlik (har xil vaqtlilik) qonuni; 2) o‘ziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.
Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar
xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davriardagilardan ajralib
turadi. Mazkur yoshdagilami shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo
iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol boimagan erkak va ayollar; b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin
ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan
odamlar. Ulaming histuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namoyon boiadi. Ulaming his-
tuyg’ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg‘usiga ega
bo’lgan, o‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror,
osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go‘zailiklaridan
bahramand bo’layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan
kishilar. Ulaming bir guruhi moddiy boylik ma’naviyat bilan qo‘shib olib borishga intilsalar,
boshqalari to‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini hotirjam,
zahmat chekmay o‘tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur
yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi.
Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlaming ham o‘zgarishiga olib
keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi
farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok,
xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hoziijavoblik, topqirlik) va aql-zakovat
(aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z
aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaiflikdan
tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko‘z yoshi quvonchdan
boisa - irodaning zaifligini ko‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, o‘kinish, tug‘yon sababli boisa his-tuyg‘uni
boshqarish imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatadi). Ayollaming tabiiy azobdan (tugish, bola tarbiyasi)
tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi 238 tashqi
qo‘zg‘atuvchilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab
sistemasining buzilishi, irodaviy zo‘riqish, aqliy tanglik holatlari). Psixologlardan I.Baylash va
D.Zabeklar keksalarda xotira, idrok, mantiqiy tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilami tadqiq
qilib, ular o‘rtasidagi korrelyatsion bogianishni (xotira - 0,20, idrok - 0,28, mantiqiy tafakkur -
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
899
0,37, eruditsiya - 0,33, nutq tezligi - 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va
Zabeklar keksalik davrida tafakkuming tanqidiyligini o‘rganishda deduksiya va sillogizmlardan
foydalanib, keksalikda tafakkuming ob’ekti torayishi va keskin rad qilish kuchayishini
aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkuming pasayishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi
sharoitga moslashuvini va dogmatizmga asoslanishini topgan. B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi
metodi asosida keksalarda xotira jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini
quyidagicha ifodalash mumkin: 1) 70-80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda
olib qolish) zaiflashadi; 2) 70-89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdoming ahamiyati
saqlanadi; 3) obrazli xotira zaiflashadi; 4) 70-89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida
ma’noning ichki aloqasi yotadi; 5) uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 6) 90 yoshda nutqning
ichki bog‘lanishi buziladi; 7) xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay
qoladi. Psixologiyada qariyalarda aqliy faollikni o‘rganishda korreksion sinov va Krepilin
sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U. Shayening uch omilli variantlari
yordamida yaratiladi. Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez
psixologiyasi, psixogerontologiya va tibbiyot psixologiyasi yo'nalishlarida o‘rganish zarur
ma’lumotlar to‘plash imkoniyatini bermoqda. Sog‘lom qariyalarda donishmandlik umming
oxirgi nafasiga qadar saqlanishi tajribalarda qayd qilindi. Psixopatologik holatlar barcha
qariyalar uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqlangan. Keksalik davrida, umuman
ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi donishmandlikda farq mavjud bo‘lsa ham, lekin qariyalar
orasidagi donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala ham jinsga xosdir. Shuning uchun ikkala
jins o‘rtasida biologik qarishda tafovut mavjud bo‘lsa-da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv
jarayonida o‘zaro yaqinlik hukm suradi. S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish
jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlaming barqarorlashuvi inson umrining
uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan
doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. Shu bilan birga iqtidorli va
aqlni peshlash mashqlari bilan shug’ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi
saqlanib, boshqa bilish fimksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi. Uzoq
umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga
bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni
farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre
“Gerontologiya asoslari” (1960) kitobidan joy olgan “Ko’zning keksalarga xos o‘zgarishi”
asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bolmagan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha,
keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni
ko‘rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko‘rish akkomodatsiyasining kuchi
pasayishi, agarda 10 yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o’lchov) teng
bo‘lsa, 40-45 yoshda, keyinchalik esa dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50-60 yoshlarda
akkomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida
barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning
kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko‘riladigan bo‘ladi.
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananevlar ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr ko:rish o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Binobarin, umumiy uzaytirishning juda ko‘p omillari bor.
Xulosa:
Yuqorida uzoq umr ko'rishning ekologik omillari ifodalandi, lekin uning
psixologik, ijtimoiy-psixologik omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman
aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala,
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
900
samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik,
psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.
REFERENCES
1.
“Gerontologiya – Vikipediya”
2.
G‘oziev E.
Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). Toshkent, “0‘qituvchi”, 1994.-
224 b.
3.
G‘oziev E.
Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent, Universitet, 1997. - 80 b
4.
G'oziev E.
Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010. - 544 b
5.
Atkinson R. L, Atkinson R. C. va boshqalar.
-
Psixologiya: Asosiy tushunchalar.
Toshkent, 2004.
