Authors

  • Alijon Majitov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.100972

Abstract

Korrupsiya zamonaviy jamiyat uchun eng jiddiy tahdidlaridan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ijtimoiy adolat va davlatning qonuniy asoslariga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda korrupsiyaviy jinoyatlarning kriminologik tavsifi, jinoyatchi shaxsining psixologik va ijtimoiy portreti, shuningdek, ushbu jinoyatlarning oldini olish strategiyalari tahlil qilinadi.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

908

KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARNING KRIMINOLOGIK TAVSIFI VA

JINOYATCHI SHAXS MUAMMOLARI

Majitov Alijon Vali o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti “70420123-Korrupsiyaga qarshi kurashish va

komplayens nazorati” yo‘nalishi magistranti

(alijonmajidov7@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15552970

Kirish.

Korrupsiya zamonaviy jamiyat uchun eng jiddiy tahdidlaridan biri bo‘lib, u

nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ijtimoiy adolat va davlatning qonuniy asoslariga ham
salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda korrupsiyaviy jinoyatlarning kriminologik tavsifi,
jinoyatchi shaxsining psixologik va ijtimoiy portreti, shuningdek, ushbu jinoyatlarning oldini
olish strategiyalari tahlil qilinadi.

Asosiy Qism

Korrupsiya jinoyatlari – bu odatda mansabdor shaxslar tomonidan vakolatlardan shaxsiy

manfaatlar yo‘lida foydalanish orqali sodir etiladigan jinoyatlardir. Kriminologik nuqtai
nazardan, bunday jinoyatlar yuqori ijtimoiy xavflilikka ega bo‘lib, davlat institutlari faoliyatiga
putur yetkazadi.

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha

qator qonuniy asoslar yaratilgan va islohotlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, 2023-
yilda 4000 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyat qayd etilgan.amalga oshirish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.

Jinoyatchi shaxsi

– avvolo jinoyat subyektining shaxsidir. Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra

jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoyat subyekti deb topishimiz uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga
ega bo‘lishi zarur: jismoniy shaxs, shaxsning muayyan yoshga to‘lganligi (JK 17-moddaga
ko‘ra 16 yosh) hamda aqli rasolik.

Ammo jinoyatchi shaxsini tavsiflash uchun jinoyat subyektining faqat jinoyat-huquqiy

belgilari yetarli emas. Jinoyat subyektining shaxsi odamning asosan, jinoiy xulq-atvor
xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa turli xildagi ko‘rsatkichlarini ham qamrab oladi. Jinoiy xulq-
atvor, eng avvalo, odamni qurshagan borliq, muhit bilan belgilanadi. Lekin, ayni vaqtda, u
shaxsning muayyan mayllari, intilishlari, xulq-atvor motivlari va maqsadlarini ham aks ettiradi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarning muhim xususiyatlaridan biri korrupsiya xatti-

harakatlari subyektlarining o‘ziga xosligi bo‘lib, ular bir tomondan mansabdor shaxslar va
boshqa davlat va nodavlat organlari xodimlari, ikkinchidan esa har qanday jismoniy shaxslar
tomonidan sodir etilishidadir.

Jinoyatchi shaxsini o‘rganish kriminologik tahlilning muhim jihati bo‘lib, u nafaqat

jinoyat sodir etgan shaxsning yoshi, jinsi va ma'lumot darajasi, balki uning axloqiy-ruhiy
holatini ham qamrab oladi. Tahlillarga ko‘ra, ko‘pchilik korrupsionerlar o‘rta yoshdagi, yuqori
malakali, yaxshi ijtimoiy mavqega ega, ammo past axloqiy qadriyatlarga ega shaxslardir.

Korrupsiyaning omillari orasida qonunchilikdagi bo‘shliqlar, jamoatchilikning

loqaydligi, iqtisodiy bosimlar va nazorat mexanizmlarining yetishmasligi muhim o‘rin tutadi.

Korrupsiyaga Qarshi Kurash Strategiyalari
- Davlat xizmatchilarining daromad va xarajatlarini deklaratsiyalash;
- Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish;
- Xulq-atvor kodekslarini joriy qilish;


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

909

- Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish.
Xulosa.
Korrupsiya jinoyatlarining oldini olish nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy, axloqiy va

ma'rifiy choralarni talab qiladi. Jinoyatchi shaxsning chuqur o‘rganilishi asosida profilaktik
tadbirlar ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi lozim.

Korrupsiyaning maxsus oldini olish choralariga esa quyidagilar kiradi:

Davlat xizmatchilariga va mansabdor shaxslarga munosib hayot kechirish

imkonini beradigan ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish;

Davlatning mansabdor shaxslari va boshqa toifaagi xizmatchilarining

daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish;

Davlat xizmatiga kirishda kadrlar siyosati ustidan qattiq nazorat o‘rnatish;

korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash olib borayotgan shaxslar (va

ularning oila a’zolari)ning xavfsizligini ta’minlash.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda aytishimiz mumkinki, davlatning korrupsiyaning

oldini olish borasidagi siyosati ikki yo‘nalishda qurilishi kerak:

Davlat, birinchi navbatda, jinoyat-huquqiy chora-tadbirlarni qo‘llash va kriminal

profilaktika choralarini qo‘llash orqali korrupsiyaning oldini olishga majburdir. Korrupsiyaning
oldini olish tizimida asosiy urg‘u korrupsiyaga uchrashi mumkin boʻlgan sohalar ustidan
maʼmuriy, moliyaviy va ijtimoiy-huquqiy nazoratning turli shakllarini amalga oshirish
boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.

boshqa tomondan, korrupsiyaga qarshi kurashda viktimologik choralar muhim rol

o‘ynaydi. Umuman olganda, korrupsiya qurboni jamiyatning o‘zidir. Shuning uchun ham har
bir fuqaro jamiyat a’zosi sifatida korrupsiyadan nafratlanishini namoyon qilishi, har bir shaxs
yagona jamiyat a'zosi sifatida korrupsiyaga qarshi faol pozitsiyani egallashi davlat hokimiyati
vakillarining korrupsion harakatlariga sharoit yaratilishining oldi olishga xizmat qiladi.