Authors

  • Mirjalol Azadov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.100984

Keywords:

korrupsiya korrupsiyaviy jinoyatlar korrupsiyaga oid huquqbuzarlik mansabdor shaxs poraxo‘rlik.

Abstract

Mazkur tezis korrupsiyaviy jinoyatlarning nazariy-huquqiy asoslari, tushuncha va turlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Korrupsiyaviy jinoyatlarning soddir etilishi orqali korrupsiya amalda yuzaga keladi, shu sababli ham bu turdagi jinoyatlar tushunchasini va uning tarkibiy elementlarini tadqiq qilish korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda eng asosiy usul hisoblanadi.

background image


May, 2025-Yil

964

KORRUPSIYAVIY JINOYATLAR TUSHUNCHASI VA TURLARI

Azadov Mirjalol Bahodir o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “70420123-Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens

nazorati” yo‘nalishi magistranti.

mirazadov22@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15568062

Annotatsiya. Mazkur tezis korrupsiyaviy jinoyatlarning nazariy-huquqiy asoslari,

tushuncha va turlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Korrupsiyaviy jinoyatlarning soddir
etilishi orqali korrupsiya amalda yuzaga keladi, shu sababli ham bu turdagi jinoyatlar
tushunchasini va uning tarkibiy elementlarini tadqiq qilish korrupsiyaga qarshi kurashish va
uning oldini olishda eng asosiy usul hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik,

mansabdor shaxs, poraxo‘rlik.

KIRISH

Korrupsiya zamonaviy jamiyatning eng jiddiy muammolaridan biri bo‘lib, davlat

boshqaruvi samaradorligiga, iqtisodiy rivojlanishga va ijtimoiy adolatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Korrupsiyaviy jinoyatlarning soddir etilishi orqali korrupsiya amalda yuzaga keladi, shu

sababli ham bu turdagi jinoyatlar tushunchasini va uning tarkibiy elementlarini tadqiq qilish
korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy usullaridan hisoblanadi.

METODOLOGIYA

Mazkur tezisda korrupsiyaviy jinoyatlarni o‘rganishda umumiy ilmiy va maxsus huquqiy

tadqiqot usullari qo‘llanildi. Tizimli tahlil, taqqoslash, va huquqiy-tahliliy metodlardan
foydalangan holda korrupsiya tushunchasi va turlarining nazariy asoslari o‘rganildi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda xalqaro huquqiy hujjatlar taqqoslab
tahlil qilindi.

NATIJA

O‘rganish natijasida aniqlanishicha, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi va turlariga

yondashuvlar turlicha bo‘lib, xalqaro huquqiy hujjatlarda ham, milliy qonunchilikda ham aniq va
yagona ta’rif mavjud emas. BMT Bosh Assambleyasining 1979-yil 17-dekabrdagi “Huquqni
muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining yurish-turish kodeksi”da korrupsiya
mansabdor shaxsning har qanday shakldagi manfaat evaziga o‘z vakolatlari doirasida boshqa
shaxs foydasini ko‘zlab qilgan harakati sifatida ta’riflangan [1]. Yevropa Kengashining 1999-yil
4-noyabrdagi “Korrupsiya uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlik to‘g‘risida”gi konvensiyasida esa
korrupsiya “majburiyatlarni bajarishdan og‘dirish maqsadida afzalliklar berish, qabul qilish, taklif
qilish yoki so‘rashdan iborat harakatlar” deb belgilangan [2].

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish

to‘g‘risida”gi qonunida

korrupsiya “shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy

manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi” deb ta’riflangan [3]. Ushbu ta’rif xalqaro
standartlarga mos keladi, shu bilan birga, subyektlar doirasining kengligi, maqsadlarning xilma-
xilligi, naf turlarining moddiy va nomoddiy bo‘lishi bilan ham ajralib turadi.


background image


May, 2025-Yil

965

MUHOKAMA

Korrupsiyaviy jinoyatlar borasida mavjud yondashuvlarni tahlil qilar ekanmiz, birinchi

navbatda, xalqaro tajribani alohida qayd etish lozim. Xalqaro huquqiy hujjatlarda korrupsiya
tushunchasi nafaqat poraxo‘rlik, balki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, davlat mulkini
talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va noqonuniy boylik
orttirish kabi turli shakllarda ham talqin qilinadi.

Professor V.V. Luneevning ta’kidlashicha, “korrupsiya - poraxo‘rlikdan ancha keng

bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. U mansabdor shaxs tomonidan o‘z vakolatlaridan g‘arazli maqsadlarda
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday holatlarni o‘z ichiga oladi” [4]. Bu fikr zamonaviy
korrupsiya tushunchasining evolyutsiyasini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi milliy qonunchiligida “korrupsiyaviy jinoyatlar”

tushunchasiga bevosita va aniq ta’rif berilmagan. Bu holat mazkur kategoriyadagi jinoyatlarni
aniqlash va ularni huquqiy jihatdan malakalash jarayonida muayyan noaniqlik va qiyinchiliklarni
yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunida “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik” tushunchasiga tarif berilgan bo‘lib, unda korrupsiya
alomatlariga ega va qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishlar tushunilishi
keltirilgan. Shu bois, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik” tushunchasi “korrupsiyaviy jinoyatlar”ni
ham o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan birga, “korrupsiya” va “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”
tushunchalariga berilgan ta’riflardan kelib chiqib, korrupsiyaviy jinoyatlarning mazmun-
mohiyatini belgilash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar

to‘g‘risida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan
shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 31-dekabrdagi
829-sonli qarorining 3-bandida korrupsiyaga oid jinoyatlarga – O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi 167-moddasining ikkinchi qismi “g” bandi, 168-moddasining uchinchi qismi “v”
bandi, 192

9

va 192

10

, 205, 209 – 214-moddalari, 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni

mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etish hamda 301-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar
kirishi belgilangan.

Ammo, bizning fikrimizcha ushbu belgilangan jinoyatlarning ro‘yxat amaldagi jinoyat

kodeksida nazarda tutilgan barcha korrupsiyaviy jinoyatlarni o‘z ichiga qamrab olmaydi.

Yuqorida ta’kidlangan xalqaro huquqiy hujjatlar va bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan

holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan quyidagi ijtimoiy xavfli
qilmishlarni korrupsiyaga oid jinoyatlar sifatida aytishimiz mumkin:

1)

JKning 167-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi (mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li

bilan o‘zlashtirish yoki rastrata

)

;

2)

JK 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir

etish);

3)

JK 192

9

-modda. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish;

4)

JK 192

10

-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining

xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish;

5)

JK 192

11

-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida

mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish;


background image


May, 2025-Yil

966

6)

JK 205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish;

7)

JK 206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;

8)

JK 209-modda. Mansab soxtakorligi

9)

JK 210-modda. Pora olish;

10)

JK 211-modda. Pora berish;

11)

JK 212-modda. Pora olish-berishda vositachiik qilish;

12)

JK 213-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini

o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish;

13)

JK 214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy
manfaatdor bo‘lishi;

14)

JK 214

1

-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof

ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi;

15)

JK 214

2

-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga

og‘dirib olish

16)

JK 243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish;

17)

JK 301-modda. Hokimiyatni suiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish

yoki hokimiyat harakatsizligi.

Korrupsiyaviy jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari bir necha jihatdan iborat:

birinchidan, maxsus sub’ekt – bu jinoyatlarni faqat ma’lum vakolatga ega bo‘lgan mansabdor
shaxslar sodir etishi mumkin; ikkinchidan, vakolatni suiste’mol qilish – jinoyat shaxsning o‘z
xizmat mavqeyidan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanishi orqali sodir etiladi;
uchinchidan, g‘arazli maqsad – jinoyatlar shaxsiy manfaat ko‘rish yoki o‘zga shaxslar manfaati
yo‘lida sodir etiladi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlar asosida umumiy qarashimiz shundan iboratki, korrupsiyaviy

jinoyatlar – bu mansab yoki xizmat mavqeidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, shaxsiy
manfaatlarni yoki o‘zga shaxslar manfaatlarini ko‘zlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida sodir etiladigan, shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish bilan
bog‘liq bo‘lgan, jinoyat qonunchiligida javobgarlik belgilangan qilmishlardir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят
резолюцией 34/169 Генеральной Ассамблеи ООН от 17 декабря 1979 года)

2.

Конвенция о гражданско-правовой ответственности за коррупцию (Страсбург, 4
ноября 1999 года)

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi qonuni;

4.

Лунеев В.В. Преступность XX века: мировые, региональные и российские
тенденции. М., 2005

References

Кодекс поведения должностных лиц по поддержанию правопорядка (Принят резолюцией 34/169 Генеральной Ассамблеи ООН от 17 декабря 1979 года)

Конвенция о гражданско-правовой ответственности за коррупцию (Страсбург, 4 ноября 1999 года)

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni;

Лунеев В.В. Преступность XX века: мировые, региональные и российские тенденции. М., 2005