Mualliflar

  • Sanjar Choriyev
  • Shavkat Jovliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102047

Kalit so‘zlar:

Grammatist kifarist Salon palestra agella pedonom Ksenofont Plutarx efeb pedogog eirans grammatika ritorika nundin.

Annotasiya

Ushbu maqolada jahon tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan, Jahon tamaddunlari ro'yxatidan o'rin olgan, o'ziga xos sivilizatsiya va madaniyatni yarata olgan qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida mavjud bo'lgan ta'lim tizimi haqida so’z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1623

QADIMGI YUNONISTONDA TA'LIM TIZIMI

Choriyev Sanjar Hamzayevich

Termiz davlat universiteti

Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

Jovliyev Shavkat Dilmurod o’g’li

Termiz davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15551522

Annotatsiya. Ushbu maqolada jahon tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan, Jahon

tamaddunlari ro'yxatidan o'rin olgan, o'ziga xos sivilizatsiya va madaniyatni yarata olgan
qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida mavjud bo'lgan ta'lim tizimi haqida so’z boradi.

Kalit so'zlar: Grammatist, kifarist, Salon palestra, agella, pedonom, Ksenofont, Plutarx,

efeb, pedogog, eirans, grammatika, ritorika, nundin.


Kirish

Ta'lim tizimi qadimgi davrlardan insoniyat taraqqiyotida muhim o'rin egallab kelgan.
Ta'lim hozirgi ko'rinishga kelguniga qadar uzoq yo'lni bosib o'tgan. Ta'lim tizimi dastlab

qadimgi Yunonistonda shakllanadi, Rim imperiyasi orqali keng hududlarga tarqaldi. Biz bugun
ushbu maqola orqali qadimgi davrda mavjud bo'lgan ta'lim tizimini Yunonistonning Afina va
Sparta polislari hamda Rim misolida o'rganamiz.

Tadqiqot natijalari

Qadimgi Yunoniston yaxlit bir markazlashgan davlat sifatida faoliyat ko'rsatmagan. Bu

hududda bir qancha polis (yunoncha, shahar)lar faoliyat ko'rsatgan. Asosan, Qadimgi
Yunoniston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida Afina va Sparta polislari muhim o'rin egallagan.

Ikkala polis bir-biriga yaqin joylashgan bo'lishiga qaramay, ikkisining nafaqat ta'lim-

tarbiya tizimi, balki, davlat boshqaruvi ham ancha farq qilgan. Ikkalasida ham davlat
boshqaruvida quldorlarning o'rni va ahamiyati juda yuqori bo'lgan. Bu qatlamlar ushbu polislarni
boshqarganlar. Afinada asosan, puldorlarning farzandlari o'qish imkoniyatlariga ega bo'lgan,
chunki, ularda davlat maktablari bo'lmagan. Puli yo'q xalqning farzandlari esa ta'lim olish
imkoniga ega bo'lmaganligi uchun ota-onasining ishlariga yordam berishgan, dehqonchilik,
hunarmandchilik kabi sohalar bilan shug'ullanishgan. Afina polisida bolalar tarbiyasiga alohida
e'tibor berilgan.

Afina ta'limi 3 bosqichdan iborat edi.

1-bosqichda

boshlang'ich ta'lim bunda asosan,

bolalar 6-7 yoshdan 14 yoshgacha tahsil olishgan. Hozirgi vaqtda yurtimizda ham bolalar 6-7
yoshdan maktabga borishadi.

2-bosqichda

esa 14 yoshdan 18 yoshgacha,

3-bosqichda

esa 18

yoshdan 20 yoshgacha tahsil olishgan

1

. Uch ta'lim bosqichidan faqat uchinchi bosqich shahar-

davlat tomonidan bepul taqdim etilgan.

1-bosqich

majburiy edi,unda asosan o'qish, yozish,

hisob-kitob o'rgatilgan. Hisob-kitobni o'rganishda bolalar "abak" ya'ni hisob taxtachasidan
foydalanishgan.

1

M.Nasaina-"Plato's Educational system in Athens-4th century".National and Kapodistrian University of

Athens,School of Philosophy 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1624

Hozirgi davrda ham yosh bolalarga matematikani o'rgatish uchun hisob taxtachalaridan

foydalaniladi. Maktablarda dars 6 soat davom etgan. Ushbu dastlabki ta'lim bosqichida bolalar
14 yoshgacha tahsil olishgan. Bu maktablar "grammatist" va "kifarist" deb nomlangan. 14
yoshdan keyin o'g'il bolalar "palestra" ba'zi adabiyotlarda kurash maktablari, ba'zilarida
gimnastika maktablari deyiladi. Bu ta'limning

2-bosqichi

bo'lib, u butunlay ixtiyoriy va asosan,

boylar uchun edi. Palestralarda asosan sport va harbiy mashqlardan tashqari, boshqa fanlar ham
o'rgatilgan. Xususan, adabiyot o'tilgan. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
adabiyotning ahamiyati yuqoridir. Sport va harbiy mashqlardan asosan, yugurish, kurash, otga
minish, disk va nayza uloqtirish, kabilar o'rgatilgan. Afina yoshlari voyaga yetganlaridan keyin
Afina fuqarolariga aylangan, siyosiy huquqlarga ega bo'lgan. Afinalik o'smirlar vatani oldida
o'smirlik qasamyodini qilishgan. Ko'p adabiyotlarda dastlabki universitetlar XIV-XV asrlarda
Italiya, Fransiya kabi davlatlarda paydo bo'lganligi haqida aniq ma'lumotlar bor. Afinada oliy
ma'lumot beradigan o'quv yurtlari bo'lganligi haqida manbalarda ma'lumotlar uchraydi. Bunday
o'quv yurtlarida ham boy oilalar farzandlari tahsil olishgan. Shunga qaramay, Yunonistondan
yetishib chiqqan ko'plab faylasuflar, olimlar boy bo'lmagan, aksincha, kambag'al bo'lishgan.

Afina strategi Solon bolalarga ta'lim va tarbiya berishda bolani o'qitish, yozish va

suzishga o'rgatish kerakligini aytib o'tgan. Platon va Aristotel jismoniy tayyorgarlik aqliy
tarbiyadan oldin bo'lishi kerakligini ta'kidlaydi. Chunki, jismoniy tarbiya bilan muntazam
shug'ullangan insonning qon aylanishi sistemasi me'yorida bo'ladi, uning yaxshi bilim olishida
ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Afinada qizlar odatda, uyda o'qish, yozish, musiqa,
raqsga tushish va uy ishlarini onalaridan o'rgangan. U davrlarda qiz bolalar ta'limiga ham uncha
e'tibor berilmagan, qiz bolalar, ayollar davlat boshqaruvi va saylovlarda ham qatnashish va ovoz
berish huquqiga ega bo'lishmagan. Lekin Afinadan yoki boshqa yunon polislaridan farqli
ravishda Spartada xotin-qizlar tarbiyasiga alohida ahamiyat berilgan. Spartaliklar faqat sog'lom
onadan sog'lom bola tug'iladi, deb hisoblaganlar. Shuning uchun qizlar Spartada uy-ro'zg'or
ishlari bilan shug'ullanmagan. Bu ishlarni ilot ayollari bajarishgan

2

.

Yunon polislari orasida Afinaning asosiy raqobatchisi Sparta polisi bo'lgan. Spartaliklar

ham Afinaliklar singari bolalariga 7 yoshgacha uylarida (ya'ni onasining qo'lida) tarbiya
berganlar. 7 yoshdan boshlab "agella" deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan
maktablarga joylashtirgan, 18-20 yoshgacha Sparta bolalari agellada ta'lim olardi. Bunday
maktablarda tartib-intizom juda qattiq bo'lgan. O'g'il bolalar yostiqsiz qattiq bo'yra ustida yotib,
ustlariga yengilgina ko'rpa yopib uxlaganlar. Ularning bittagina kiyadigan kiyimi plash
(gimatiy)bo'lgan. Ular qishin-yozin boshyalang va yalangoyoq yurishgan

3

. Agellalarda tarbiya

ishlari bilan "pedonom"lar shug'ullanishgan, ular davlat tomonidan tayinlangan. Spartalik bolalar
o'qish va yozishni o'rganishgan, ammo, afinaliklar singari ilmiy bilimlar bilan
shug'ullanishmagan, chunki, spartalik bolalar hayotga harbiy intizom bilan o'rgatilgan. Sparta
davlati harbiy davlat bo'lib, uning hududida aytarlik san'at, haykaltaroshlik durdonalari ham

2

Yu.S.Kurushkol-"Qadimgi dunyo tarixi".II qism.(R.Abdurahmonov va A.O'rozayev rus tilidan o'zbek tiliga tarjima

qilgan).Toshkent.O'qituvchi 1975.

3

Yu.S.Kurushkol-"Qadimgi dunyo tarixi".II qism.(R.Abdurahmonov va A.O'rozayev rus tilidan o'zbek tiliga tarjima

qilgan).Toshkent.O'qituvchi 1975.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1625

bo'lmagan, hamma uylar oddiy va bir-biriga o'xshatib qurilgan. Ularda ulg'aygan har bir o'spirin
asosan, askar bo'lib yetishgan. Spartada bolalar 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus "efeblar"
guruhlariga o'tkazilgan va harbiy xizmatni o'taganlar. Efeblardagi o'spirinlarga yunon afsonalari,
shu bilan birga ota-bobolari ko'rsatgan jasoratlar, qahramonlar haqida suhbatlar uyushtirilar edi.
Sparta ta'lim tizimida she'riyatning ham alohida o'rni bor. Spartaning sevimli shoiri Tirtey
(Tyrtaeus) bo’lib, uning she'rlari jasur, fidoyi askarlarni tarbiyalash uchun ideal nasihat va
daldani o'zida mujassam etgan: ''Yigitlar kelinglar, bir-biringizning yoningizda turib, jang
qilinglar, hayotga muhabbat qo'ymanglar''. Spartaning ta'lim tizimi boshqa yunon polislaridan
yuqori baholangan. Bu haqida Ksenofont va Plutarx shunday deydi:"Spartada ta'lim bolaning
tug'ilmasidan avval boshlangan". Ksenofont Sparta ta'limi yuqori ekanligini aytib: "Spartadan
tashqarida yunonlarning ta'limga bo'lgan e'tibori nisbatan past hurmatga sazovor bo'lganlarga
topshirilgan shaxsiy ishdir"

4

. Ehtimol, bunda Afina ta'limi nazarda tutilgan. Ma'lumki, ota-ona

o'z farzandiga qulni pedagog sifatida tayinlaydi. (pedagog-yunonchadan, bolani yo'lda kuzatib
boruvchi ma'nosini anglatadi). Pedagoglar bolani o'qishga olib borganlar va bolalarning xatti-
harakatlarini kuzatgan. Bundan farqli o'laroq, Spartada fuqarolarning ta'limi shunchalik yuqori
baholanganki, hukumat barcha yoshlarning ta'limini nazorat qilish uchun bir kishini tayinlagan.

Nazoratchi "pedonom" eng yuqori ijtimoiy darajaga ega bo'lganlar orasidan tayinlangan.

Plutarx ta'lim rejimidagi qo'mondonlik iyerarxiyasini quyidagicha ta'riflaydi: "Shaharning eng
oliyjanob va eng zo'r kishilaridan biri pedonom yoki o'g'il bolalar nazoratchisi etib tayinlangan
va uning rahbarligi ostida o'g'il bolalar otryadlari ''eirens'' deb ataladigan eng ehtiyotkor va
jangovar

qo'mondonlikka

birlashganlar".

Spartada

ta'limining

maqsadi,

Plutarxning

fikricha,"Sparta yoshlari qo'mondonlariga qarshiliksiz itoat etishlari, qiyinchiliklarga bardosh
berishlari va jangda g'alaba qozonishlari lozim". Spartada qizlar ta'limiga ham alohida e'tibor
berilgan. Ular asosan, uy ishlari, raqsga tushish shu bilan birga harbiy va jismoniy tarbiya
malakalariga ega bo'lgan.

Chunki, urush paytlarida yoki qo'zg'olonlar paytida erkaklar yo'q vaqtlarda qizlar, ayollar

shaharni, uyni mudofaa etishgan, shahardagi qullarni itoatda ushlab turishgan.

Qadimgi Yunonistonning ikki asosiy shahar-davlatlari yuqorida aytib o'tganimizdek,

ta'lim tizimida ikki xil yondashuv bo'yicha borishdi. Afinaliklar butun yunon dunyosidagi
sofistlarni o'zlariga jalb qilganlar. Afinaliklarning ilmga, ta'limga qiziqishi ko'plab sohalarda
namoyon bo'ladi. Bu yerda falsafa, tarix, adabiyot, she'riyat, teatr, arxitektura, muhandislik
ilmlarida ko'plab katta yutuqlarga erishgan.

Bu yutuqlarning bari ta'lim mahsulidir. Lekin nega Spartaliklar o'z farzandlarini

afinaliklar kabi ilmiy sohaga yo'naltirmadilar, bunga sabablardan biri sifatida ular Afina ta'limi
Sparta ta'lim maqsadiga zarar yetkazadi deb o'ylashdi va ular uchun ta'lim faqat harbiy intizom,
jangovarlikdangina iborat bo'lgan.

XULOSA

Afina va Sparta ta'lim tizimining hozirgi davrdagi ta'lim tizimi bilan o'xshash tomonlari

ko’p. Afina va Sparta ta'lim tizimi hozirgi ta'lim tizimining shakllanishida muhim o'rin egallaydi,

4

A.I.Mintz-"Sparta,Athens and the Surprising Roots of Common Schooling".University of Tulsa 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1626

yaqin o'tmishda va qadimgi yunon yoki rim tarbiya va ta'lim tizimining ba'zi jihatlaridan keyingi
asrlar davomida foydalanilgan.

Masalan, Spartaning ta'lim-tarbiya berish ko'nikmalaridan keyingi yillarda Fransiya va

Rossiya harbiy o'quv yurtlarida ham o’rganilgan. Qadimgi Sparta va Afinada ham o'quvchilardan
bilim olish qat'iy talab etilgan. Bu talab hozir ham butun dunyoda asosiy o'rinni egallaydi.

Chunki, ilm taraqqiyot kalitidir. Yomon tomoni shundaki, yunonlarning ham,

rimliklarning ham ta'lim tizimida ayollarning ta'lim olishi cheklanganligi bu sivilizatsiyalarning
maorifidagi kamchiligi hisoblanadi. Lekin biz qancha gapirsak ham muhokama etsak ham bu
tarix, tarixni o'zgartirib bo'lmaydi. O'sha davr mafkurasi shunday bo'lgan chunki. Biz esa tarixni
o'rganish orqali o'tmishda qilingan xatolardan saboq olib, kelgusida bu xatolarni
takrorlamasligimiz lozim.

Biroq, davrlar o'tgani sayin sekinlik bilan ta'lim tizimi ham rivojlanib bordi va

kamchiliklarga barham berilib, hozirgi zamondagi qulay ta'lim tizimi yaratildi. Qadimgi
Yunoniston ta'lim tizimi Yevropa ta'lim tizimining muqaddimasi hisoblanadi.

REFERENCES

1.

A.I.Mintz-"Sparta,Athens and the Surprising Roots of Common Schooling".University of
Tulsa 2018.

2.

E.Kenjayev-''Qadimgi dunyo tarixi".Namangan 2007.

3.

Куманетский.К-"История култури Древней Гретсии и Рима"-М.,1990

4.

M.Joyal, MCDougall,J.C.Yardley-"Greek and Roman education".New York,London 2009.

5.

M.Nasaina-"Plato's Educational system in Athens-4th century".National and Kapodistrian
University of Athens,School of Philosophy 2018.

6.

R.R.Rajabov-"Qadimgi dunyo tarixi"(Qadimgi Sharq,Yunoniston va Rim tarixi).Toshkent
2019.

7.

S.J.Aubrey Gwynn-"Roman education".Oxford at the Clarendon Press 1926.

8.

Yu.S.Kurushkol-"Qadimgi dunyo tarixi".II qism.(R.Abdurahmonov va A.O'rozayev rus
tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan).Toshkent.O'qituvchi 1975.

9.

Choriyev, SH (2024). SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN'ATDA
PARTIYA TARG 'IBOTI. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar ,
4 (5), 281-284.

10.

Choriyev, SH (2023). SURXONDARYODA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN
KEYINGI YILLARDA MADANIY HAYOT. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (9), 283-
286.

11.

Чориев, С. (2023). Сурхон воҳасида мискарлик ва зapгapлик санъати ҳaқидa айрим
мулоҳазалар. История и культура центральной Азии, 1(1), 339-341.

12.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING
AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

13.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov,

M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA

TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI.

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(1), 43-51.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1627

14.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

История и культура центральной Азии

,

1

(1), 341-344.

15.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS.

Modern Science and Research

,

2

(4), 720-722

Bibliografik manbalar

A.I.Mintz-"Sparta,Athens and the Surprising Roots of Common Schooling".University of Tulsa 2018.

E.Kenjayev-''Qadimgi dunyo tarixi".Namangan 2007.

Куманетский.К-"История култури Древней Гретсии и Рима"-М.,1990

M.Joyal, MCDougall,J.C.Yardley-"Greek and Roman education".New York,London 2009.

M.Nasaina-"Plato's Educational system in Athens-4th century".National and Kapodistrian University of Athens,School of Philosophy 2018.

R.R.Rajabov-"Qadimgi dunyo tarixi"(Qadimgi Sharq,Yunoniston va Rim tarixi).Toshkent 2019.

S.J.Aubrey Gwynn-"Roman education".Oxford at the Clarendon Press 1926.

Yu.S.Kurushkol-"Qadimgi dunyo tarixi".II qism.(R.Abdurahmonov va A.O'rozayev rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan).Toshkent.O'qituvchi 1975.

Choriyev, SH (2024). SOVET HUKIMATINING ADABIYOT VA SAN'ATDA PARTIYA TARG 'IBOTI. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar , 4 (5), 281-284.

Choriyev, SH (2023). SURXONDARYODA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI YILLARDA MADANIY HAYOT. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (9), 283-286.

Чориев, С. (2023). Сурхон воҳасида мискарлик ва зapгapлик санъати ҳaқидa айрим мулоҳазалар. История и культура центральной Азии, 1(1), 339-341.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. История и культура центральной Азии, 1(1), 341-344.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722