ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1683
XIX ASRNING 2-YARMIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI IJTIMOIY HAYOT VOZEH
ASARLARI MISOLIDA
Saodat Abdullayeva
Buxoro Davlat tibbiyot instituti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15555403
Annotatsiya. XIX asrning 2-yarmidagi Buxoroning siyosiy-ijtimoiy hayoti amir
Nasrulloxon(1826-1860) hamda amir Muzaffarxonlar(1860-1885)ning nomlari bilan ko’zga
tashlanadi. Fikr yuritilayotgan davr tarixini, xalqning turmush tarzi, ijtimoy hayotini
o’rganishda esa ular bilan hamnafas bo’lgan zamondosh olimlarning bizgacha yetib kelgan
asarlari muhim rol o’ynaydi. XIX asr oxiridagi Buxoro amirligidagi axloqiy qadriyatlar haqida
ma'lumot beruvchi asarlar orasida bir necha muhim manbalar mavjud. Ushbu davrda yozilgan
asarlar, ayniqsa, Buxoro amirligining axloqiy qadriyatlari, diniy qarashlar va madaniy
an'analari haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etgan. Ushbu maqolada ijtimoiy sohaning asosiy
metodlaridan chuqur tahlil qilish hamda tarixiylik usuli asosida aniqlangan ma’lumotlardan
foydalanilgan holda Vozehning asarlari misolida amirlikdagi ijtimoy hayot qisman bo’lsada
yoritib beriladi. Aynan fikr yuritilayotgan davr tojik adabiyotida ko’zga koʻringan
namoyandalardan biri Rahmatulloh Vozehdir. Vozeh qalamiga mansub bir necha mashhur
asarlardan xususan, “Aqoid un nisa” risolasidan foydalanib Buxoro xalqining ijtimoiy tarixi
bayon etiladi. Olimning boshqa zamondosh shoirlardan farqini ham aynan Buxoro amirligidagi
ijtimoiy hayotni ochiqchasiga, hech qanday oshirib yozishlarsiz, xolis va haqqoniy bayon
etganligida, kamchiliklarni yashirmaganligida ko’rish mumkin.
Kalit so’zlar: Rahmatulloh Vozeh, Anoid un-nisa, madrasa, Qur’on, hadis, shariat, qori,
ayollar, g’usl,jamiyat, Buxoro amirligi
Аннотация. Политическая и общественная жизнь Бухары второй половины XIX
века отмечена именами Эмира Насруллы-хана (1826-1860) и Эмира Музаффар-хана (1860-
1885). Написанные в этот период произведения содержат важную информацию,
особенно о нравственных ценностях, религиозных взглядах и культурных традициях
Бухарского эмирата. В данной статье с использованием основных методов социальных
наук, глубокого анализа и данных, определенных на основе историцистского метода,
дается частичный обзор общественной жизни в эмирате на примере произведений
Возеха. На примере ряда известных произведений Возеха, в частности трактата «Акоид
ун ниса», описывается социальная история бухарского народа. Отличие ученого от
других современных ему поэтов можно увидеть в его откровенном, беспристрастном и
правдивом описании общественной жизни Бухарского эмирата, без каких-либо
преувеличений и сокрытия недостатков.
Ключевые слова: Рахматулла Вазе, Анаид ун-Ниса, медресе, Коран, хадис, шариат,
чтеец, женщины, полное омовение, общество, Бухарский эмират.
Abstract. The political and social life of Bukhara in the second half of the 19th century is
highlighted by the names of Emir Nasrullah Khan (1826-1860) and Emir Muzaffar Khan (1860-
1885). The works written during this period, in particular, provided important information about
the moral values, religious views and cultural traditions of the Bukhara Emirate.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1684
This article, using the basic methods of in-depth analysis of the social sphere and the
information determined on the basis of the historicist method, partially sheds light on the social
life of the emirate using the example of Vozeh's works. Using several famous works by Vozeh, in
particular the treatise "Aqoid un nisa", the social history of the Bukhara people is described. The
difference of the scientist from other contemporary poets can be seen precisely in the fact that he
openly, without any exaggeration, objectively and truthfully described the social life of the
Bukhara Emirate, and did not hide its shortcomings.
Keywords: Rahmatullah Wazeh, Anaid un-nisa, madrasa, Quran, hadith, Sharia, reciter,
women, ghusl, society, Bukhara Emirate.
Kirish
XIX asr oxiridagi Buxoro amirligidagi axloqiy qadriyatlar, o'sha davrning jamiyat
tuzilishi, diniy, madaniy va siyosiy holati bilan chambarchas bog'liq edi. Bu davrda Buxoro
amirligi o'zining mustaqil davlat sifatida, shuningdek, islom dini va Sharq adabiyotining ta'sirida
rivojlanib borgan.
Buxoroning axloqiy qadriyatlari asosan diniy-islomiy ta'limotlar, an'anaviy Sharq
madaniyati va jamiyatdagi ijtimoiy tuzilmalar bilan belgilangan. Islom dini Buxoro amirligidagi
axloqiy qadriyatlarning asosini tashkil etardi. Qur'on, hadis va shariat qonunlari asosida yashash,
musulmonlarning hayotida muhim o'rin tutgan. Axloqiy fazilatlar, masalan, halollik, poklik, sabr,
yaxshilik, vafodorlik va odob bu davrda juda katta ahamiyatga ega bo'lib, jamiyatda ularga amal
qilish talab qilinardi. Davrining ilg’or va ma’rifatparvar mualliflaridan biri Vozeh taxallusi ostida
ijod qilgan asl ismi Rahmatulloh ibn Muhammad Ashur Buxoriy sanaladi. Bo’lajak shoir 1817-
yilda Buxoroda Ashur Muhammad oilasida dunyoga keladi. Ta’limning dastlabki bosqichini ota-
onasidan o’rgangan shoir, Qoriyon deb nomlanuvchi maktabda savodini chiqarib, ilm dengiziga
sho’ng’iydi hamda dinimizning muqaddas kitobi Qur’oni karimga bo’lgan qiziqishi bois qorilar
maktabida Qur’onni yod oladi hamda Qori degan unvonga ega bo’ladi. Diniy va dunyoviy ilm
olish uchun madrasalar va ilmiy markazlari ham anchagina salmoqli bo’lgan. Vozeh 1844-yil 27
yoshida madrasani muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan so’ng yosh ilm ixlosmandi ba’zi
dunyoviy ilmlarni chuqurroq o’rgana boshlaydi. Bu ilmlar orasida tasviriy san’at, tarix, tibbiyot,
geometriya, munajjimlik, mantiq hamda munajjimlik singari sohalar mavjud edi. Vozeh uch
tilda: tojik, arab va o’zbek tillarida she’rlar yozgan. Adabiy-tarixiy manbalarga asoslanib shuni
ta’kidlash mumkinki, Vozehning har uchala tilda yozgan she’rlari adabiyot ahliga manzur
bo‘lgan. Bu adibning asarlarida soxtalik yo’qligini, xolisligini hamda shoirning mahorati
zamondosh davr shoirlari Xoja Aʼzam Shariy, Afzal Maxdum Pirmastiy tomonidan yuqori
baholangan.
Manbalar va metodlar
.
Tadqiqot qilinayotgan mavzu ya’ni amirlikdagi ijtimoy hayot bilan yaqindan tanishish
uchun Vozeh tomonidan yaratilgan asarlarni bir necha guruhlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin.
Ilk guruhga olim tomonidan yozilgan va bugungi kungacha ko’p tadqiq etilgan uning
mashhur asari "Tuhfat-ul-ahbob fi taskiratul ashob" tazkirasi kiradi. "Tuhfat-ul-ahbob" XIX
asrning ikkinchi yarmidagi ko'zga yaqqol tashlanadigan ilmiy va adabiy asarlardan biridir va
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1685
muallifning qaydlariga ko'ra, 1871 yilda tugallangan. So’nggi guruhga "Aqoid-un-niso" asarlari
Vozehning hajman kichik asarlaridan biri bo‘lib, uning yozilgan yili aniq ma'lum emas.
Taxminlarga ko’ra asar 1882-1883 yillar davomida yozilgan bo’lishi mumkin.
Muallifning so‘ziga ko‘ra, asar «ayollarning holati va xatti-harakatlari» haqida bo‘lib, 16 ta
kichik bobdan tashkil topgan. Muallif 16 bobda o‘sha davrda ayollarning xurofiy va salbiy
odatlarini, islomiy shariat nuqtai nazaridan, hazilomuz tarzda bayon etadi. Asar hajviy xarakterga
ega bo‘lib, unda o‘sha davr ayollarining ishlar, xulq-atvor va noto‘g‘ri fikrlari masxara qilinadi.
Bu asar mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, XIX asr Buxoroda ayollar o‘rtasida bir qancha
xurofiy urf-odatlar, urf-odatlar amal qilgan.
O‘rganilayotgan mavzu umumiy tarzda, ba’zan alohida ijodkor yoki davr misolida ilmiy
nazardan o‘tkazilgan va bu borada yaxshi tadqiqotlar yaratilgan.
Natija va muhokama
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi Markaziy Osiyodagi muhim madaniy,
siyosiy va intellektual markazlardan biri bo'lib, ushbu davrda axloqiy qadriyatlar jamiyatning
ijtimoiy va madaniy hayotida muhim rol o'ynagan. Bu qadriyatlar o'z navbatida o'sha davrning
diniy, siyosiy va intellektual an'analari bilan chambarchas bog'liq edi. Bunday axloqiy
qadriyatlarni anglashda muhim manba sifatida Qori Rahmatullohi Vozehning
“Tuhfat-ul-Ahbob
fi Tazkira-t-al-As'hab”
(Do'stlarning sovg'asi: Shaxsiyatlar biografiyasi) asari xizmat qiladi.
Uning
Tuhfat-ul-Ahbob
asari nafaqat taniqli shaxslarning biografiyasi sifatida, balki
Buxoro jamiyatidagi qadrlangan fazilatlar va axloqiy printsiplarni ifodalovchi asar sifatida ham
ahamiyatlidir. Keyingi davr olimlari bu asardan juda ko’p marotaba foydalanganliklari asarning
qiymati qanchalik ulug’ ekanligini ko’rsatadi. Maqolaning asosiy mazmuni olimning “Aqoid-un-
niso” risolasi orqali ochib beriladi. "Aqoid-un-niso" ning Muqaddima qismida ulamo, fuzalo va
fuqarolarning ismlari to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi. O‘z davri ijtimoiy ahvoli haqida gapirar
ekan Qori Rahmatulloh Vozeh ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni yetarli darajada
ta’minlanmaganligi, ularning erkinligi o‘z qo‘lida emasligi, savodxonlik darajasi pastligi haqida
to‘xtalib o‘tadi. Muallif XIX asrda yashab o‘tgan Bibishoh Zaynab, Bibiqalmoq Allogo‘y,
Bibixol Jo‘yboriy kabi ayollar haqida to‘xtalib, ular misolida ayollar muammolarining yechimini
taklif qiladi.Mazkur davrda ayollar orasida ilm-fanga umrini baxshlaganlar ozchilikni tashkil
qilganligi sababli, ular barmoq bilan sanoqli edi. Ayollar ko‘pchiligi savod chiqarishni, o‘qishni
xoxlaydi, lekin ulaning erki, ixtiyori o‘z qo‘lida emas.Yosh qiz-juvonlar ko‘pchiligi uy-ro‘zg‘or
ishlari, qaynota, qaynona, er va farzand tarbiyasiyu xizmatidan ortmaydi. Vozeh oiladagi yoshi
ulug‘ ayollarni hurmat qilish kerakligiga e’tibor qaratgan. Ma’rifatparvarning bu g‘oyalari yosh
avlodda kattalarga hurmatda bo‘lish va kelin -qaynona o‘rtasidagi munosabatlarnitartib solishda
yordam beradi. Qori Rahmatulloh Vozeh “Aqoid un-niso” asarida xotin-qizlar masalasiga
tanqidiy yondashib, jamiyatda ayollarning o‘rni yo‘qligi, ularning sha’ni va kelajagi uchun
jamiyat qayg‘urmasligi haqida ma’lumot beradi. Oilada ayollarning huquqi cheklanganligi uchun
aksariyat ayollar hayotlarini turli xil duoxonlar, ins - jinslarga ishonish, ko‘r-ko‘rona tabobat
amallarini bajarish kabi mazmunsiz, foydasiz ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar.Vaholanki tarixdan
ma’lumki sharq ayollari azaldan o‘zlarini emas balki, farzandlarini aqlli dono va albatta buyuk
bo‘lishini istab harakat qilganlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1686
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmidagi Buxoro amirligidagi axloqiy
qadriyatlar Islomiy prinsiplarga, ilmiy an'analarga va ijtimoiy odatlarga asoslanib shakllangan.
Vozehning
Tuhfat-ul-Ahbob
asari ushbu qadriyatlarni o'zida aks ettiradi, shu bilan birga,
o'z zamonasining axloqiy standartlarini ko'rsatib beradi. Ilmga hurmat, shaxsiy halollik, diniy
e'tiqod, jamiyatga mas'uliyat va adolat kabi qadriyatlar Buxoro jamiyatining axloqiy asoslari
bo'lib, Vozeh asari orqali bu qadriyatlar nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyatning umumiy
madaniy va ijtimoiy hayotida ham ta'sir ko'rsatgan.
REFERENCES
1.
Ebrahim Hudoyor.Vazeh Bukharayi and his significant role in Persian literary biography
writing in Transoxiana // “Literary art” scientific journal.-Volume12,Issue3 -
September,2020.
https://doi.org/10.22108/liar.2020.122171.1826
2.
Akyuz Murat. Qarirahmatullah Vozeh and His Antology Namedtohfe-Tul Ahbab Fi
Tadhkira-Tul As’hab// Journal of Social Research and Behavioral Sciences.- 2020, Volume
6, Issue 11, p. 102-113
3.
Собрание восточных рукописей академии наук Узбекской ССР / под ред. проф. А.А.
Семенова. Т.1. Ташкент, 1952. –С. 377-378.
4.
Ҳодизода Р. Адаби¸ти точик дар нимаи дуввуми асри Х1Х. –Душанбе: Дониш, 1968.
– 294 с
5.
“XXI asr: fan va taʼlim masalalari” ilmiy elektron jurnali. №2, 2024 yil ISSN: 2181-9874
SJIF 2022: 6.698 DOI: 10.5281/zenodo.13996355
6.
: Неъматзода Т. Дар бораи Возеҳ ва асари ў “Савонеҳ ул-масолик фй фаросих ул-
мамолик”. – Сталинобод: Нашр. Давл. Точик., 1957. – 48 с.; Неъматзода Т. Возеҳ. –
Дешанбе: Ирфон, 1965. – 230 с.
7.
XХІІ Международной научно-практической интернет-конференции «Проблемы и
перспективы развития науки в начале третьего тысячелетия в странах Европы и
Азии»
http://conferences.neasmo.org.ua/uploads/conference/file/25/conference_30-
8.
Парвизҷон Махамадзода Ахмадҷонов ҚОРӢ РАҲМАТУЛЛОҲИ ВОЗЕҲ ВА
АНЪАНАИ ТАЗКИРАНИГОРӢ ДАР НИМАИ ДУЮМИ АСРИ XIX Academic
Research in Educational Sciences/ DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1472-1476/
https://ares.uz/storage/app/media/2021/Vol_2_No_12/1472-1476.pdf
