ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1702
ABUL QOSIM MAHMUD IBN UMAR
ZAMAXSHARIYNING “AL-MUFASSAL”
KITOBIDAGI
رج فرح
Ma’qulova Madinaxon Nosirjon qizi
Oriental universiteti 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15555530
Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilshunosligining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan
yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy, uning hayoti va ijodi asarlari asosan “Al- Mufassal” kitobi
xususida yoritiladi. Asar qayerda yozilganligi qanday tartibda berilganligi ya’ni ketma-ketligi
haqida fikr yuritiladi. Shuning
رج فرح
lar haqida ham qisqacha aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Arab tili, naxv, tilshunoslik, al-mufassal, Zamaxshariy, harf so‘z turkumi,
morfologiya, bayt.
Arab tilining qonun-qoidalari tizimi-nahv ilmini yaratgan va kamolga yetkazgan olimlar
orasida bizning bobokalonimiz Mahmud Zamaxshariy muhim oʻrin egallaydi.
Alloma haqidagi maʼlumotlar asosan Oʻrta asr arab manbalarida keltirilgan. Abul Qosim
Mahmud ibn Umar Zamaxshariy 467/1075 yil 27 rajab oyi / 19 martda Xorazmning Zamaxshar
qishlogʻida tavallud topgan. Sharqda allomani chuqur hurmat va mehr bilan “Ustozul arab va l-
ajam” ya’ni “Arablar va gʻayri arablar ustozi”, “Fahru Xorazm” kabi sharafli nomlar bilan
ataganlar. Bu shaxsni “mutaziliy “(aqliy ilohiyot maktabi) olimi sifatida ham tanilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, olim oʻzining koʻplab asarlarini Makkada yozgan va xuddi shu
yerda buyuk olim sifatida eʼtirof etilgan, shuhrat qozongan. Arablarda ham bunday maqol bor:
“Agar Zamaxshariy boʻlmaganida, arablar oʻz tilini bilmas edi”. Shunga koʻra, allomaning
bunday taxsin-maqtovlarga erishishi va butun dunyoga mashhur tilshunos, grammatik olim
boʻlib tanilishiga sabab arab tili grammatikasiga bagʻishlab yozilgan “Al-Mufassal fin nahv”
asari boʻlsa, ajab emas.
1
Bu kitob arab tilining sintaksis (naxv), morfologiya (sarf) va boshqa grammatik
qoidalarni batafsil sharhlab beradi. Zamaxshariyning bu asari o‘z davrida va keyngi asrlarda arab
tilini o‘rganishda asosiy manbalardan biri bo‘lib kelgan.
Asarning asosiy xususiyatlari:
1.Mavzular:
- Arab tili grammatikasi (naxv v sarf).
- So‘z turlari, fe’llar, otlar, harflar.
- Gap tuzilishi, sintaktik qoidalar.
- Qiyosiy tahlillar va misollar.
2.Tuzilishi:
Kitob mavzular bo‘yicha batafsil (“mufassal”) qismlarga bo‘lingan. Har bir bobda
qoidalar aniq misollar bilan tushuntirilgan. Zamaxshariy o‘zining ilmiy chuqurligi va
tizimliligininamoyon etgan.
3.Ahamiyati:
- Arab tilshunosligining klassik asarlaridan biri hisoblanadi.
1
https://www.bukhari.uz/?p=15523&lang=oz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1703
- Islom dunyosida grammatika o‘qitishda asosiy dastur bo‘lib xizmat qilgan.
- Zamaxshariyning boshqa mashhur asari “Al-Kashshof” (Qur’on tafsiri) bilan birga
uning ilmiy merosini shakllantirgan.
4.Sharhlar:
“Al-Mufassal”ga keyinchalik ko‘plab sharhlar yozilgan. Masalan, Ibn Hishom (14-asr)
kabi olimlar bu asarga izohlar qo‘shganlar.
Zamaxshariyning “Al-Mufassal”, “Grammatika bo‘yicha mufassal kitob” kabi kitoblari
arab tili grammatikasining mavzulari termin sifatida ilk marta qo‘llangan. “Al-Mufassal”ning
ixchamlashtirilib, muxtasar holatga keltirilgan nusxasi “Al-Unmuzaj” (“Namuna”) nomi bilan
ataladi
2
.
Az-Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va grammatikasiga bag‘ishlangan.
Xususan, “Al-Mufassal” asari bir yarim yil ichida, 1121 yil Makkada yozilgan. “Al-
Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida
ma’lum va unda arab tili mavzulari terminlari tushunarli va to‘liq holatda berilgan, misollar ila
dadillangan. Ushbu asarning qo‘lyozmasi Toshkentda, O‘z RFA Sharqshunoslik institutida
saqlanadi
3
.
Mufassal asari o‘zidan avval yozilgan nahv ilmining toji sanalgan Sibavayhining “al-
Kitab” asariga tenglashdi, hattoki undagi masalalarning tartibi jihatidan undan o‘zib ham ketdi.
Muallif bu asarini yozishda quyidagi uslublardan foydalangan:
1.
Qoidalarning qisqa va lo‘ndaligi; Muallif murakkab qoidalarni ham qisqa jumlalar
bilan yoritib bergan va qoida matnida jumlalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.
Muallif faqatgina dalil hamda misollarni ko‘proq keltirishga harakat qilgan.
2.
Muallif avval umumiy qoidani keltirib so‘ng uni oddiymisollar bilan tushuntirgan.
Misollardan so‘ng ushbu qoidaga oyat, hadis, bayt yoki maqol bilan dalil keltirgan;
3.
Ba’zi o‘rinlarda umumiy bir qoidani keltirib so‘ng undan kelib chiqadigan
qoidalarni tushuntirgan;
4.
Takror, ko‘pirtirish hamda mavzudan chetga chiqishdan saqlangan;
5.
Nahv qoidalariga oid bahs-munozaralarni zikr qilishda chegaralangan;
6.
So‘zning etimologiyasini aniqlashga harakat qilgan. Sababi bu usul
o‘rganilayotgan qoidani tushunishni osonlashtirgan;
Az-Zamaxshariy “Mufassal” asarini boshqa nahv asarlari an’anasiga noodatiy tarzda
muqaddimadan boshladi va uni to‘rt qism asosida arab tili mavzu terminlari qo‘llagan:
1. Birinchi qism: Ismlar va unga doir terminlar yoritib berilgan;
2. Ikkinchi qism: Fe’llar va unga doir terminlar yoritib berilgan;
3. Uchinchi qism: Harflar va unga doir terminlar yoritib berilgan;
4. To‘rtinchi qism: Ism, fe’l va harflar o‘rtasidagi mushtarak qoidalar haqida berilgan.
Ushbu kitobda ilk marta arabiy terminlar qo‘llangan, masalan, “مسإ”, “ عف
ل ”, “فرح”, “ فرح
رجلا”, “ريمض”.
2
https:/www.ziyouz.com/portal-haqida/xaarita/tarix/qomusiy-olimlar- sarkardalar/Mahmud-zamaxshariy-1075-1144
3
https://arboblar.uz/uz/people/makhmud-az-zamakhshari
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1704
REFERENCES
1.
https://www.bukhari.uz/?p=15523&lang=oz
2.
https:/
www.
ziyouz.com/
portal-haqida/
xaarita
/tarix
/qomusiy-
olimlar-
sarkardalar/Mahmud-zamaxshariy-1075-1144
3.
https://arboblar.uz/uz/people/makhmud-az-zamakhshari
