2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
74
YANGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA OSMON JISMLARI TALQINI
Mirxanova Gulandom Rustamovna
BuxDPI dotsenti, f.f.f.d. (PhD).
Murodova Farangiz Asliddin qizi
BuxDPI Tillar fakulteti 3-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15606002
Annotatsiya. Maqolada osmon jismlarining zamonaviy she’riyatda o’rganilishining badiiy
va uslubiy jihatlari mohiyatan ochib beriladi. Shaxs ruhiyatini ifodalovchi oy, yulduz, quyosh kabi
samoviy timsollarning Abdulla Oripov, Halima Ahmedova, Omon Matjon va Usmon Azim kabi bir
qator shoirlar ijodi misolida ochib beriladi.
Kalit so‘zlar: yulduz, quyosh, tasvir, tashbeh, samoviy jismlar, inson ruhiyati.
Аннотация. В статье по существу раскрываются художественные и
методические аспекты изучения небесных светил в современной поэзии. Небесные
символы, такие как луна, звезды и солнце, олицетворяющие душу человека, раскрываются
в творчестве ряда поэтов, среди которых Абдулла Орипов, Халима Ахмедова, Омон
Матжон и Усмон Азим.
Ключевые слова: звезда, солнце, образ, метафора, небесные тела, человеческая
психика.
Abstract. The article essentially reveals the artistic and methodological aspects of the study
of celestial bodies in modern poetry. Celestial symbols such as the moon, star, and sun, which
express the psyche of a person, are revealed on the example of the work of a number of poets such
as Abdulla Oripov, Halima Ahmedova, Amon Matjon, and Usmon Azim.
Keywords: star, sun, image, metaphor, celestial bodies, human psyche.
Kirish. Badiiy adabiyotda ilohiy-ramziy tasvirlar, bugungi ijtimoiy hayot bilan bog’liq
holatni zamonaviy she’riyatda tasvirlashda uchraydi. She’rlarda shaxsning ruhiyati va
kechinmalarini ko’rsastish uchun samoviy jismlari: oy, quyosh, yulduz kabi osmon jismlarining
badiiy adabiyotda tasvirlanishi namoyon bo’ladi. Buni ayniqsa Guljamol Asqarova, Zebo Mirzo,
Mehrnoz Abbosova, Usmon Azim, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Rashid Xo’jamov kabi
bir qator ijodkorlarimiz ijododa uchratishimiz mumkin. Tadqiqot obyekti va qo’llaniladigan
metodlar Abdulla Oripov, Usmon Azim, Halima Ahmedova, Omon Matjon kabi ijodkorlar ijodida
uchraydigan samoviy jismlar va ularning inson ruhiyatini ifodalashdagi badiiy ahamiyati tahlilga
olindi.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
75
Tadqiqot maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatida inson ruhiy kechinmalarining osmon
jismlari talqinida berilishini o‘rganish, hamda quyosh, yulduz va oy timsollarining she’riyatda
qo‘llanishini tahlil etishdan iborat. Tadqiqot metodi sifatida mavzuga oid manbalar bilan ishlash
va nazariy jihatdan tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish kabi usullardan foydalanildi.
Olingan natijalar va ularning tahlil. Samoviy jismlarning inson ruhiyatini ifodalovchi
talqinlarini Abdulla Oripov, Usmon Azim, Halima Ahmedova, Omon Matjon kabi bir qator
ijodkorlarning she’rlari misolida tahlilga olindi. “She’r shoir qalbida tug‘ilgan hayotiy tuyg‘ularni
ifodalaydi va shu bilan o‘quvchi yuragini rom qiladi. Shoir o‘zi yonmasa, boshqalarni
yondirolmaydi, qalb hislarida otash bo‘lmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi. Bu sehrli
otashsiz har qanday she’riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf yo‘q”, - deydi
Erkin Vohidov. Abdulla Oripov esa ana shunday yonib, haqiqatni she’rlarida ifodalaydigan
haqiqiy iste’dodli shoirdir.
Ko‘k gumbazin bir chetida
Bo‘shliqlarga urib bosh,
Miltiraydi mitti yulduz,
Tanholikdan to‘kib yosh.
Atrofida na bir yulduz
Na bulut bor, na tuman.
Yulduzlarga termulib u
Titrab turar sharsimon.
Eh, bechora, yashash nechun,
Porlamasang, kulmasang.
O‘z to‘dangdan nega uchding,
Qaytish yo‘lin bilmasang ?! [1,2006]
Mahoratli shoir bunda tashbeh, tanosib san’atlaridan o’rinli foydalangani ko’zga
tashlanadi. “Tanholikdan to’kib yosh”, “titrab turar sharsimon”, “porlamasang, kulmasang” dagi
tasvirlar insonning ruhiy holatini ifodalaydi. Bunda insonning do‘stlik va kurashuvchanligi haqida
so‘z boradi. Aynan mitti yulduz tasviri orqali shoir hali o‘z yo‘lini topa olmayotgan insonlarga
qiyos qiladi va bu so‘zimiz isobotini mana shu jumla orqali bilishimiz mumkin:
Atrofida na bir yulduz
Na bulut bor, na tuman.
Yulduzlarga termulib u,
Titrab turar sharsimon.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
76
Ya’ni u hali muallaq. Qaysi tomonni tanlashni bilmaydi, unda bo’shliq bor deb insonning
ijtimoiy hayotdagi ichki ruhiy holatini tasvirlaydi. Usmon Azimning “SHE’RLAR” saylanmasiga
kiritilgan mazkur she’rida quyosh, osmon bilan bog’liq hayotiy haqiqatning tasvirini uchratamiz.
Osmonga ham otgum tosh,
Gunohkor bo’lsa quyosh.
Gunohkor bo’lsa quyosh,
Qaytib tushmagaydir tosh.
Osmon ham bo’lib g‘anim,
Qaytib tushsa - ne g‘amim!
Bir tosh tushsa tushibdi
Tog‘day boshimga manim [2, 1995]
Bunda gunohkor, aybdor sifatida quyosh va osmonga nisbat berilyapti. Agar aybdor
quyosh bo‘ladigan bo‘lsa, toshni eritib yuboradi, ya’ni ayb yopiladi. Agar quyosh toshni eritganini
osmon dushman bo’lib aytmasa, mening g‘amim bo‘lmasdi.
Bilamizki, quyosh obrazi badiiy adabiyotda an’anaviy obraz bo‘lib, u ijodkorning kayfiyati
yoki davr nuqtayi nazari bilan turlicha ma’nolarni anglatib keladi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida
quyosh obrazi lirik qahramon ruhiyatining badiiy talqinida faol. Badiiy adabiyotda quyosh
insonlarga moddiy nur barobarida ma’naviy nur ulashuvchi ramz sifatida talqin qilinadi. Halima
Ahmedovaning “qishloqdan nima olib boray (Ukamning so‘rovi) she’ri bunga misoldir:
Kuzning oqshomida osmon xo‘mraygan,
Olisda bir yulduz titraydi dilgir.
Yechingan daraxtlar talvasasida -
Negadir quyoshdan oldim xavotir.
Bu to‘rtlik ramzlar orqali so‘zlaydi. Kuz – bu so‘nggi ilinj. Oqshom – qorong‘ulik,
tushkunlik ramzi, osmon – qalb ramzi, yulduz – umid ramzi, daraxtlar – odamlar, quyosh – olisdagi
qadrdon go‘shasi ekanini anglatadi.[3,2020]
Bu misralardan shuni tushunishimiz mumkinki, insonni doimi ilinj qaysidir jihatdan
umidlantirib turadi, u oxirgi ilinji qolguniga qadar kurashadi, kichik qilingan harakat kelajakda
katta maqsadlarga olib kelishi mumkin. Titrayotgan ana shu yulduz bir kun kelib eng yorqin nur
sovchuvchiga aylanadi. Bu she’riy to‘rtlikda tashbeh, tanosib san’atlaridan shoira mahorat bilan
foydalangan. Bu esa “osmon xo‘mraygan”, “bir yulduz titraydi dilgir”, “yechingan daraxtlar” kabi
o‘xshatishlarni ko‘rishimiz mumkin.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
77
Mana shunday mahurat egalaridan yana bir bu Omon Matjon hisoblanadi. U o‘z davrining
mahoratli shoirlaridandir. Unda hech qaysi ijodkor ahliga o‘xshamaydigan she’rlar va talqin bor.
Omon Matjon o‘z she’rlari orqali hayotning barcha bosiqchlarini qog‘ozga emas, ko‘ngilga
chizganday. Omon Matjon uslubini shunchalki o’qib bo’lamydi. Undagi samimiylik, she’rlaridagi
o’xshatmalaring o’rinli qo’llanilgani guvohi bo’lamiz. Uning “Ochiq derazalar” kitobidan olingan
“Yulduzlar” she’rida insonlar ruhiyatida o‘ychanllik bo‘lganida osmonga qarab sizga
termulishadi, yo‘qotgan narsalarini yulduzlardan izlashini tasvirlaydi.
Nega kuylamaysiz, sovuq yulduzlar,
Suluv hislar sizga emasmi, pisand?
Yoki sizdan o’zga olamdamanmi,
Istaklarim kabi emassiz xursand.
Bilaman: yo oz, yo ko‘p ulush bilan
Taqdrimimga hamroh bo‘lolmasiz hech.
Faqat o‘ychan chog‘da sizdan odamlar
Izlaydi yo’qoytgan xayolin har kech…
…Nega kuylamaysiz, sovuq yulduzlar?! [4, 1981]
Bunda shoir yulduzlarga murojaat qiladi. Bilamizki, bir yulduzning uchishi inson umri,
orzuning amalga oshishi uchun ustun vazifada ketadi. Insonlar og‘ir o‘yga tolgan vaqtga
yulduzlarga tikiladi. Barcha hislarini yulduzlarga tikilib o‘tkazadi. Xalqimizda “yulduzi yulduziga
mos kelibdi” degan gap bor. Ijodkor ham o‘z muhabbatini yulduzga o‘xshatadi. Samo jismlari
orqali shoirning kechinmalari yoritib berilyapti. Badiiy adabiyotda ko‘proq yulduz, quyosh va
oyga murojaat qilinadi. Yulduzni tumanli havoda topib bo‘lmaydi. Omon Matjonning lirik
she’rlarida peyzajik obrazlardan ko‘p foydalaniladi. Keyingi misralarda esa yorga toleyini
baxshida etgan ijodkor obrazini ko‘ramiz.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek she’riyati tezda rivojlanib qolgan jarayon emas,
yillar davomida tinimsiz qilingan mehnat o‘rganish va izlanishlar samarasidir. Muxtasar aytganda,
ko‘p tajribalarni o‘zida jamlagan o‘zbek she’riyati maktabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.
Development of
pedagogical technologies in modern sciences
,
3
(1), 76-80.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
78
2.
Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ
ТУЗИЛИШИ.
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
,
1
(2), 172-178.
3.
Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy
rivojlanishi.
Oriental Art and Culture
, (III), 326-329.
4.
Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the
Uzbek Language.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521)
,
2
(6), 589-591.
5.
Mirxanova, G. (2021). Sinonim so'zlar o'quv lug'atining megaqurilishi: Sinonim so'zlar
o'quv lug'atining megaqurilishi.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali
,
1
(1).
6.
Mirxanova, G. R. (2022). Stages of Enhancement of Synonym Dictionaries.
International
Journal of World Languages
,
2
(1).
7.
Rustamovna, M. G. (2023). Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the
Uzbek language.
8.
Mirxanova, G. R. (2021). EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
Scientific reports of Bukhara State University
,
5
(2), 96-105.
9.
Mirxanova, G. R. (2023). SYNTACTIC ANALYSIS OF WORKS OF ART IN
ELEMENTARY SCHOOL TEXTBOOKS: METHODS AND APPLICATIONS.
10.
Мирханова, Г. Р., & Сафарова, О. М. (2019). УЧЕБНЫЕ СЛОВАРИ–СРЕДСТВО
ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ.
Вестник магистратуры
, (6-5), 41.
11.
Rustamovna, M. G. Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek.
12.
Rustamovna, M. G. EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
EMERGENCE
,
5
, 24-2021.
13.
DICTIONARIES, S. a teacher of the faculty of Primary education, BSU.
SCIENTIFIC
REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY
, 96.
14.
Rustamovna, M. G. (2020). THE IMPORTANCE OF LEXICOGRAPHY IN THE
DEVELOPMENT OF EDUCATION.
В научный сборник вошли научные работы,
посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов
образовательных технологий 2020.-436 с.
, 165.
15.
Rustamovna, M. G. (2025). KONSEPTUAL YONDASHUV ASOSIDA TERMIN
TIZIMINI SHAKLLANTIRISH.
Hamkor konferensiyalar
,
1
(15), 20-22.
16.
Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH
XUSUSIDA.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
79
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 2, No. 2).
17.
Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA
SEMEMA
MASALASI.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 1, No. 1).
18.
Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA
OʻQUVCHILARNING
LINGVISTIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy
jurnali
,
1
(15), 51-56.
19.
Qizi,
S.
M.
A.,
&
Axmedova,
D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING
BILIM
EGALLASHGA
DOIR
QARASHLARINI
SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.
Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 43-46.
20.
Axmedova,
D.
(2021).
СЕМАНТИЧЕСКАЯ
СИСТЕМА
СИСТЕМА
И
МОДЕЛЬ.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
,
1
(1).
21.
Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.
Oriental Art and
Culture
, (III), 440-444.
22.
Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE
UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.
Theoretical & Applied Science
,
(2), 177-179.
23.
Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:
EXPERIENCE AND ANALYSIS.
Scientific reports of Bukhara State University
,
4
(1), 152-
160.
24.
Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS
OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 235.
25.
Sharipova, M., & Azimova, N. (2025). ERTAKLARNING JANRIY BELGILARI VA
MOTIVLAR TIZIMI.
Modern Science and Research
,
4
(4), 1149-1158.
26.
Sharipova, M., & Bakhshulloyeva, S. (2025). THE PLACE OF THE WORK OF ABDULLA
ARIPOV IN THE DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN LITERATURE.
Modern Science
and Research
,
4
(1), 388-395.
27.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
2025
JUNE
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 6
80
28.
Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA
MOTIVLAR TAHLILI.
SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR
JURNALI
,
2
(4), 343-349.
29.
Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ
КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ
ОСНОВЫ. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"
MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING
THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 18-25).
30.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ
«АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).