Authors

  • Zuxra Maʼmurova
  • Baxtiyor Axtamov
  • Sitora Toshova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102119

Keywords:

Mimivirus Pandora viruslari tirik vaksinalar jonsizlantirilgan vaksinalar toksikoinfeksiya.

Abstract

Odamlarning virusli, bakteriyali kasalliklarining kompleks yondashuv va oldini olish chora tadbirlari bir necha yildan buyon ko’rib kelinmoqda. Virus va bakteriyalar o'simliklardan tortib odamlargacha turli xil organizmlarga hattoki, ko’z ilg’amas darajadagi hujayralarga ham surunkali kasalliklarni yuqtirishi mumkin bo'lgan kichik patogenlardir. Ular hujayralarga kirib, o'z resurslarini o'zlarining ko'payishlari uchun ishlatib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradilar. Bunga qarshi antibiotik, emlashlarni yaratish dolzarb masala bo’lib kelmoqda. Quyidagi maqolada odamlarning virus-bakteriyali kasalliklari haqida so’z boradi.

background image

1755

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

MURAKKAB TUZILISHGA EGA BOʻLGAN INSON VIRUS-BAKTERIYALI

KASALLIKLARI VA ULARNING PROFILAKTIKASI

Maʼmurova Zuxra

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Biologiya va q.x.m.t” kafedrasi oʻqituvchisi.

Axtamov Baxtiyor

Toshova Sitora

2-bosqich talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15558886

Annotatsiya. Odamlarning virusli, bakteriyali kasalliklarining kompleks yondashuv va

oldini olish chora tadbirlari bir necha yildan buyon ko’rib kelinmoqda. Virus va bakteriyalar
o'simliklardan tortib odamlargacha turli xil organizmlarga hattoki, ko’z ilg’amas darajadagi
hujayralarga ham surunkali kasalliklarni yuqtirishi mumkin bo'lgan kichik patogenlardir. Ular
hujayralarga kirib, o'z resurslarini o'zlarining ko'payishlari uchun ishlatib, turli kasalliklarni
keltirib chiqaradilar. Bunga qarshi antibiotik, emlashlarni yaratish dolzarb masala bo’lib
kelmoqda. Quyidagi maqolada odamlarning virus-bakteriyali kasalliklari haqida so’z boradi.

Kalit soʻzlar: Mimivirus, Pandora viruslari, tirik vaksinalar, jonsizlantirilgan vaksinalar,

toksikoinfeksiya.

Abstract. An integrated approach and preventive measures for viral and bacterial

diseases of humans have been considered for several years. Viruses and bacteria are small
pathogens that can infect various organisms, from plants to humans, and even cells at an
invisible level, causing chronic diseases. They enter cells and use their resources for their own
reproduction, causing various diseases. The creation of antibiotics and vaccines against this is
an urgent issue. The following article will discuss viral and bacterial diseases of humans.

Keywords: Mimivirus, Pandora viruses, live vaccines, inactivated vaccines,

toxicoinfection.


Kirish

Viruslarga berilgan ta’rif ham viruslar haqidagi bilimlarni ko’payib, boyib borishi bilan

o’zgarib, aniqlashib bordi. Avvallari virus “yuqumli kasalliklar zahari” yoki “chechakka
o’xshash kasallik qo’zg’atuvchi zahar” degan ma’noni bildirgan va bu tarifni birinchi marta aniq
asoslab bergan olim qadimgi grek vrachi Gippokrat edi. U meditsina tarixini o’rganish
jarayonida o’z asarlarida tepki (svinka) kasalligini to’liq tavsiflaydi, ya’ni kasallik simptomlari
va ularning rivojlanish bosqichlari, yuqumliligi, ayniqsa, yosh bolalarda bu kasallkni o’tash
jarayoni kabi xususiyatarini o‘rgarish borasida aniq ma’lumotlar berdi. Viruslar bilan ishlashning
o'ziga xosligi shunda bo'ldiki, ular uchun mikrobiologiyaning tadqiqot metodlarining hammasi
ham to'g'ri kelmadi, viruslar bilan ishlash uchun mutlaqo yangi metodik ishlanmalar zarurligi
ma'lum bo'la boshladi. Ularni har tomonlama o'rganishda zamonaviy texnikani, fizika, ximiya,
kristallografiya, genomika, proteomika metodlarini keng ko'lamda qo’llash viruslar olamining
noma'lum bo’lgan va kutilmagan qonuniyatlarini ochib berdi. (1)

Bir necha yillar avval gorin tifi va dizenteriya oshgozon-ichak yo'llari kasalliklari ichida

asosiylari bo'Igan bo'lsa, hozirgi kunda birinchi o'rinni virus kasalliklari (masalan, yuqumli
gepatit, gripp, OITS viruslari va ularning yangi shtammlari) egalladi. O'ta xavfli kasalliklar
(Ebola, Zika va h.)ni, avval ma'lum bo'lmagan va fan va texnikani rivojlanishi, yangi metod-larni
yaratilishi bakteriyalar va viruslar olamini bir-biri bilan bog'lovchi yangi zanjir bo'lgan, bakterial
filtrdan o'ta olmaydigan, mikroorganizm-lardek Gram bo'yicha bo'yaladigan Mimi-, Mega- va


background image

1756

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Pandora viruslarini ochilishiga olib keldi. Ikkinchidan virusologiyaning rivojlanishiga onkogen
kasalliklar tabiatining ochilishi natijalari katta rol o'ynadi, uchinchi dan biologiyaning
fundamental muammolarini organik dunyoning eng sodda tuzilgan vakillari bo'lgan - viruslar
modelida yechilmoqda.

Parazit qurt gelmintlari bilan aloqa qilish va artropodlar bilan aloqa qilish orqali

tarqaladigan ko'plab inson kasalliklaridan tashqari, ko'plab kasalliklar ba'zi hayvonlarning
chaqishi va zahari bilan yuqadi; zaharli yoki kasal oziq-ovqat hayvonlari ham kasalliklarni
yuqtiradi. It tishlashi to'qimalarga jiddiy shikast yetkazishi mumkin, shuningdek, virusli kasallik
bo'lgan bakterial infektsiyalar va quturishni yuqtirishi mumkin. Kasal kalamushning tishlashi
odamga bir nechta kasalliklarni, shu jumladan vabo, salmonellyoz, leptospiroz va kalamush
isitmasini yuqtirishi mumkin. Mushuklarning tirnalgan kasalligi mushuk tishlashi orqali yuqishi
mumkin va o'lik herpes B virusi maymun chaqishi bilan tarqalishi mumkin. Zaharli ilonlar va
baliqlarning chaqishi insonning katta noqulayligi va o'limini hisobga oladi. Ma'lum bo'lgan 200
ilon turidan 2500 ga yaqini inson kasalligiga olib kelishi mumkin. Dunyo bo'ylab ilon chaqishi
o'limi uchun bitta taxmin yiliga 30,000 dan 40,000 gacha, ularning aksariyati Osiyoda. Oziq-
ovqat uchun bexosdan ishlatiladigan zaharli yovvoyi hayvonlarga kuydirgi tayoqchasi va
salmonellyoz, trichinoz va baliq-tasma qurti infektsiyasining qo'zg'atuvchisi bo'lgan hayvonlar
kiradi. Har xil turdagi baliqlarning go'shti inson uchun zaharli hisoblanadi. Misol uchun, yapon
pufferlarida zaharli kimyoviy birikma tetrodotoksin mavjud; scombroid baliq porti Proteus
morganii, bu oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi; va kefal va surmullet asabiy
buzilishlarga olib kelishi mumkin. Issiqlik, sovuq va nurlanish pishmagan shakllarini o'ldirishda
samarali bo'ladi. Trichinella spiralis, go'shtda trichinozning qo'zg'atuvchisi va ba'zi antibiotiklar
oziq-ovqatning yomonlashishini oldini olishga yordam beradi. (2)

Yuqorida keltirilgan virus-bakteriyali kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik ishlar

olib borilgan va hozirgi vaqtda qo’llanilib kelinmoqda. Bulardan:

Immunitet va emlash ishlari:
Immunitet – lotincha (immunitas) - biror narsadan xalos bo’lish, qutilish, ozod bo’lish

degan ma’noni bildiradi, ya’ni immunitet deganda organizmning, o’zidan irsiy jihatdan yot
xususiyatlari bilan farq qiladigan tirik tanachalar va moddalardan himoyalanish uchun
ko’rsatadigan kompleks reaksiyasi va odam organizmining turli zararli tasirlardan (fizikaviy,
ximiyaviy, biologic agentlardan) himoyalanishi tushuniladi. Yuqumli kasalliklar patologiyasida
organizmining mikrob yoki uning immunitet deb, odam toksiniga nisbatan chidamliligiga
aytiladi. Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar hozirgi paytda yuqumli
kasalliklarning oldini olish uchun vaksinalarning quyidagi turlari ishlatiladi:

-tirik vaksinalar;
-jonsizlantirilgan vaksinalar;
-kimyoviy vaksinalar;
-anatoksinlar.
Tirik vaksinalar - patogenlikga virulentlik xususiyatlari yuqotilgan, lekin immunologik

xususiyatlari saqlab qolingan bakteriya, rikketsiya va viruslardan tayyorlanadigan vaksinalardir.

Ular jonsizlantirilgan vaksinalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Organizmga

yuborilgan tirik vaksinalar ko’paya boshlaydi va limfa tugunlariga, bazan esa ichki
organlargacha ham kirib bora oladi. O’z navbatida organizm ham bunga javoban maxsus
reaksiya bilan, ya’ni antigenga qarshi antitelo hosil qilish reaksiyasi bilan javob qaytaradi. (3)


background image

1757

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Emlash natijasida yuqotiladigan infeksiya jarayon bir necha hafta davom etadi. Organizm

bu vaqt mobaynida bir marta yuborilgan vaksinaga javoban kuchli va davomli immunitet hosil
qilib ulguradi. Jonsizlantirilgan vaksinalarda esa buning uchun organizmga ikki-uch marotaba
yuborish kerak bo’ladi. Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda
qo’llaniladi: chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, isitma, o’lat,
sariq, isitma, qora oqsoq, poliomiyelit, kuydirgi. Tirik vaksinalar 4-8°C (2-10°C)dan yukori
bulmagan xaroratda saklanishi lozim.

Jonsizlantirilgan vaksinalar-ularni konservalash uchun tozalangan kuchsiz fenol va

mergiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 qayta yuborilgandan
so’nggina immunitet hosil qiladi. Hozirgi bu turdagi vaksinalar ich terlama, ko’kyo’tal, ensefalit
kabi kasalliklarga qarshi emlash uchun foydalaniladi.(4)

Kimyoviy vaksinalar-bakteriyalardan ularning tarkibida joylashgan eruvchi antigenlarni

toza holda ajratib olish uchun murakkab kimyoviy va fermantativ ishlov berish yo’li bilan
olinadi.

Antitoksinlar-formalin yordamida mikroorganizmlar toksinlarini zararsizlantirib olinadi.
Ular toksikoinfeksiya kasalliklari-difteriya, qoqshol, botulizm kabi kasalliklarga qarshi

profilaktik emlash uchun ishlatiladi. (5)

Ko’rib turibmizki hozirgi kunda insoniyatga yuqayotgan va tarqalayotgan yuqumli

kasalliklar tobora avj olib rivojlanmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri ekologiyaning
yomonlashuvi, ishlab chiqarish fabrikalari, zavodlari ko’payib borishi aholi va iqtisodiyot uchun
foydali, biroq tabiatning so’nib borishiga olib kelmoqda, oqibatda ayni yuqorida sanab o’tilgan
kasalliklar urchiydi. Bunga qarshi kurashish veterenariya, meditsina, virusolog va bakteriolog
olimlar zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Profilaktik yondashuv talab etadigan yuqumli
kasalliklar o’zimizdan ham sanitariya qoidalariga rioya qilishimizni talab etadi.

REFERENCES

1.

Virusnie bolezni rasteniy, M., 1967; Virusnie bolezni selskoxozyaystvennix rasteniy, L.,
1974.(3)

2.

2.Virusnie bolezni rasteniy, M., 1967; Virusnie bolezni selskoxozyaystvennix rasteniy, L.,
1974. Sulton Alimuhamedov. (1)

3.

3.https://www.researchgate.net/publication/287409674_Prospects_of_prevention_of_infect
ious_diseases_in_plants_animals_and_humans(2)

4.

4.E.E.Qobilov, F.I.G’aybullayeva, M.A.O’rinova “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya
asoslari” Samarqand 2019.(5)

References

Virusnie bolezni rasteniy, M., 1967; Virusnie bolezni selskoxozyaystvennix rasteniy, L., 1974.(3)

2.Virusnie bolezni rasteniy, M., 1967; Virusnie bolezni selskoxozyaystvennix rasteniy, L., 1974. Sulton Alimuhamedov. (1)

4.E.E.Qobilov, F.I.G’aybullayeva, M.A.O’rinova “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari” Samarqand 2019.(5)