Authors

  • Asadbek Yusufjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102128

Keywords:

oliy ta’lim xalqaro tajriba qabul jarayoni ijtimoiy imtiyozlar konstitutsiyaviy kafolatlar huquqiy mexanizmlar teng imkoniyatlar qiyosiy tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada fuqarolarga oliy ta’lim olish huquqini ta’minlash jarayonida beriladigan ijtimoiy imtiyozlarning konstitutsiyaviy va normativ-huquqiy asoslari tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi tajribasi, shuningdek, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasi asosida bu imtiyozlarning huquqiy tabiatini, subyektlar doirasini, ularni taqdim etish mexanizmlarini va amaliy natijalarini qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganadi. Tadqiqotda oliy ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va konstitutsiyaviy kafolatlarni real hayotga tatbiq etishdagi muammo va yechimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil natijasida oliy ta’limda ijtimoiy imtiyozlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi hamda ularning huquqiy asoslari tadqiq etiladi.

background image

1776

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

OLIY TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHDA FUQAROLARGA

BERILADIGAN IJTIMOIY IMTIYOZLAR: O‘ZBEKISTON VA XORIJIY

DAVLATLAR TAJRIBASINING QIYOSIY TAHLILI

Yusufjonov Asadbek Dadabek o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti.

e-mail:

yusufjonov.asadbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15558991

Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolarga oliy ta’lim olish huquqini ta’minlash

jarayonida beriladigan ijtimoiy imtiyozlarning konstitutsiyaviy va normativ-huquqiy asoslari
tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi tajribasi, shuningdek, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi,
AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasi asosida bu imtiyozlarning huquqiy
tabiatini, subyektlar doirasini, ularni taqdim etish mexanizmlarini va amaliy natijalarini qiyosiy-
huquqiy jihatdan o‘rganadi. Tadqiqotda oliy ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy
adolatni ta’minlash va konstitutsiyaviy kafolatlarni real hayotga tatbiq etishdagi muammo va
yechimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil natijasida oliy ta’limda ijtimoiy imtiyozlar
samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi hamda ularning huquqiy
asoslari tadqiq etiladi.

Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, xalqaro tajriba, qabul jarayoni, ijtimoiy imtiyozlar,

konstitutsiyaviy kafolatlar, huquqiy mexanizmlar, teng imkoniyatlar, qiyosiy tahlil.

СОЦИАЛЬНЫЕ ЛЬГОТЫ, ПРЕДОСТАВЛЯЕМЫЕ ГРАЖДАНАМ ПРИ

ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРАВА НА ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ

АНАЛИЗ ОПЫТА УЗБЕКИСТАНА И ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

Аннотация. В данной статье анализируются конституционные и нормативно-

правовые основы социальных льгот, предоставляемых гражданам в процессе обеспечения
права на высшее образование. На основе опыта Республики Узбекистан, а также
передовой практики Германии, Российской Федерации, США и Великобритания
проводится сравнительно-правовое изучение правовой природы этих льгот, круга
субъектов, механизмов их предоставления и практических результатов. В исследовании
особое внимание уделяется проблемам и решениям в создании равных возможностей для
высшего образования, обеспечении социальной справедливости и реализации
конституционных гарантий в реальной жизни. В результате анализа будут
разработаны предложения, направленные на повышение эффективности социальных
льгот в высшем образовании, и исследованы их правовые основы.

Ключевые слова: высшее образование, международный опыт, процесс

поступления, социальные льготы, конституционные гарантии, правовые механизмы,
равные возможности, сравнительный анализ.

PROVISION OF SOCIAL BENEFITS TO CITIZENS IN ENSURING THE RIGHT TO

HIGHER EDUCATION: A COMPARATIVE ANALYSIS OF THE EXPERIENCE OF

UZBEKISTAN AND FOREIGN COUNTRIES

Abstract. This article analyzes the constitutional and normative-legal foundations of

providing social benefits to citizens in the process of ensuring their right to higher education.
The study examines the legal nature of these benefits, the categories of eligible subjects, the
mechanisms for their provision, and their practical outcomes through a comparative legal
analysis of the experience of the Republic of Uzbekistan alongside that of Germany, the Russian
Federation, USA and UK. Particular attention is given to issues of ensuring equal opportunities


background image

1777

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

in access to higher education, promoting social justice, and effectively implementing
constitutional guarantees in real life. Based on the analysis, the article offers recommendations
aimed at increasing the effectiveness of social benefits in higher education and explores the legal
underpinnings of their application.

Keywords: higher education, international experience, admission process, social

benefits, constitutional guarantees, legal mechanisms, equal opportunities, comparative
analysis.


KIRISH.

Bugungi kunda huquqiy-demokratik davlatlarda oliy ta’limga kirishda ijtimoiy

imtiyozlarning joriy etilishi fuqarolarning ta’lim olish huquqini ta’minlovchi muhim huquqiy
mexanizm sifatida e’tirof etiladi. Bunday imtiyozlar, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj
shaxslarning oliy ta’limga kirishdagi real imkoniyatlarini kengaytirish, ularning inklyuziv
ishtirokini ta’minlash va ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Huquqiy imtiyozlarning mohiyatini chuqur anglash uchun, avvalo, “imtiyoz” atamasining

huquqiy va ilmiy asoslarini aniqlab olish muhim. “Imtiyoz” (lotincha privilegium) so‘zi “privus”
(alohida) va “lex” (qonun) iboralaridan kelib chiqib, “ayrim shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar
uchun maxsus qonuniy imkoniyat” degan ma’noni anglatadi. Huquqshunoslikda esa imtiyoz – bu
umumiy huquqiy tartibdan chekinish asosida, ijtimoiy holati yoki xizmat aloqasi bilan ajralib
turuvchi fuqarolarga qo‘shimcha yengilliklar berilishini nazarda tutuvchi huquqiy mexanizm
hisoblanadi. Bu jihat uni ijtimoiy adolat va teng huquqlilik prinsiplarini amalda ro‘yobga

chiqaruvchi vosita sifatida namoyon qiladi

1

.

Oliy ta’limga kirish imkoniyatlarining barchaga teng bo‘lishi, bu tenglik esa nafaqat

normativ-huquqiy, balki amaliy kafolatlar bilan ta’minlanishi demokratik jamiyat uchun zaruriy
shart hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ijtimoiy imtiyozlar oliy ta’lim tizimining
inklyuzivlik, adolat va barqarorlik tamoyillari bilan uyg‘unligini ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu yo‘nalishda muayyan yutuqlarga erishilgan.
Jumladan, Konstitutsiyada ta’lim olish huquqi kafolatlangan, abituriyentlar uchun

ijtimoiy mezonlar asosida turli imtiyozlar shakllantirilgan, hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj
toifalarga davlat granti asosida ajratiladigan alohida kvotalar mavjud. Shunga qaramay, amaldagi
imtiyozlar institutining tartibga solinmaganligi, normativ hujjatlardagi tarqoqlik, shaffof
baholash mezonlarining sustligi ushbu tizimni xorijiy ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish
zaruratini yuzaga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limga oid ijtimoiy imtiyozlar tizimi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 51-moddasiga

muvofiq fuqarolarga davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ta’lim olish

huquqini kafolatlaydi

2

. Ushbu norma oliy ta’limga kirishdagi teng imkoniyat tamoyilining

amaliy ifodasidir. Bunda “tanlov asosida” iborasi, bir tomondan, akademik yutuqlarga
asoslangan yondashuvni bildirsa, boshqa tomondan, imtiyozga ega ijtimoiy toifalar uchun
alohida tartib va kvotalarni huquqiy asosda belgilashga imkon yaratadi. Demak, konstitutsiyaviy
huquq sifatida davlat hisobidan ta’lim olish huquqi nafaqat umumiy asosda, balki ijtimoiy
imtiyozlar tizimi orqali ham ro‘yobga chiqarilishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida imtiyozlar

faqat qonun bilan belgilanib qo‘yilishi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shartligi
belgilab qo‘yilgan

3

. Bu me’yor, o‘z navbatida, ijtimoiy imtiyozlarning adolatli, huquqiy va

qonuniy asosda joriy etilishi zarurligini ko‘rsatadi.


background image

1778

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Oliy ta’lim olish uchun taqdim etiladigan imtiyozlar ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar va

konstitutsiyaviy kafolatlarni amalda ta’minlash vositasi sifatida qaraladi. O‘zbekiston
Respublikasida mazkur institut tizimli tarzda shakllanayotgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalariga
abituriyentlarni qabul qilish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-
quvvatlash, hududlararo tengsizliklarni yumshatish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish
maqsadida turli shakldagi imtiyozlar amaliyotga joriy etilgan.

Ayni paytda yurtimizda oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar Prezident farmonlari, qarorlari

va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari asosida huquqiy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, ular orqali
40 dan ortiq turdagi imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlar ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, hududlararo tengsizlikni kamaytirish, iqtidorli yoshlarni
rag‘batlantirish hamda ta’limga bo‘lgan umumiy kirish imkoniyatlarini kengaytirishga
qaratilgan. Biroq imtiyozlarning ko‘pligi ularni tartibga solish, baholash va shaffof qo‘llashda
muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirmoqda. Shundan kelib chiqib, mavjud imtiyozlar
institutini institutsional va huquqiy jihatdan yaxlitlashtirish, raqamlashtirish hamda ehtiyojga
yo‘naltirilgan mexanizmlar asosida takomillashtirish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

Xorijiy davlatlar tajribasi:

Germaniya Federativ Respublikasida oliy ta’lim olish

huquqi konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, unga kirishda teng imkoniyatlarni
ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Germaniya Federativ
Respublikasining Konstitutsiyasida ya’ni asosiy qonunida har bir shaxsga kasb tanlash va uni
egallash erkinligi kafolatlangan bo‘lsa, 3-moddada esa barcha fuqarolarning qonun oldida
tengligi va hech kimni jinsi, tili, dini, millati yoki kelib chiqishiga ko‘ra kamsitmaslik belgilab
qo‘yilgan

4

. Ushbu normalar oliy ta’limga kirishda ijtimoiy adolat va diskriminatsiyadan

xoli yondashuvni huquqiy jihatdan asoslaydi.

Germaniyada oliy ta’lim, ayniqsa davlat universitetlarida, asosan bepul taqdim etiladi.
Talabalar faqat “semester to‘lovi” (Semesterbeitrag) deb ataluvchi ma’muriy xizmat

xarajatlarini to‘laydilar. Oliy ta’limga kirish esa nafaqat bepul asosda amalga oshiriladi, balki
ehtiyojmand toifalar uchun ijtimoiy imtiyozlar orqali qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi. Kam
ta’minlangan oilalar farzandlari, yolg‘iz ota-onalarning bolalari, nogironligi bo‘lganlar va doimiy
yashovchi chet ellik talabalar uchun moliyaviy yordam BAföG — Ta’limni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risidagi federal qonun asosida ajratiladi. Ushbu yordam yarim grant va yarim
foizsiz kredit shaklida amalga oshiriladi

5

.

Bu imtiyozlar, avvalo, BAföG (Bundesausbildungsförderungsgesetz) — Ta’limni

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi federal qonun asosida ta’minlanadi. Ushbu qonunga
ko‘ra, Germaniyada oliy ta’lim oluvchi quyidagi toifadagi talabalar imtiyozli moliyaviy yordam
olish huquqiga ega: kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar, yolg‘iz ota yoki ona
tomonidan tarbiyalanayotganlar, nogironligi bo‘lgan talabalar, Germaniyada doimiy yashovchi
chet ellik talabalar (muayyan shartlar asosida).

Moliyaviy yordam 50% grant va 50% foizsiz kredit ko‘rinishida ajratiladi. Bu

yordamning o‘ziga xos jihati shundaki, kredit qismi mezonlarga qarab to‘liq yoki qisman
kechirilishi ham mumkin. Shuningdek, yordam miqdori talabchanlik, yashash xarajatlari va oila
daromadiga qarab aniqlanadi. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanadi va har yili Ta’lim va

tadqiqotlar vazirligi tomonidan tartibga solinadi

6

.

Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari oliy ta’lim tizimida ijtimoiy imtiyozlar

masalasida yondashuv boshqa rivojlangan davlatlardan farq qiladi.


background image

1779

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Xususan, Buyuk Britaniyada oliy ta’lim muassasalari talabalarni qabul qilish va saralash

masalalarini o‘z akademik siyosati asosida mustaqil ravishda hal qiladi, ya’ni davlat tomonidan
qat’iy standartlar bilan cheklab qo‘yilmaydi

8

. Fuqarolarning ijtimoiy toifasiga emas, balki

abituriyentlarning akademik salohiyati va shaxsiy yutuqlariga asoslangan tanlov prinsipi
ustuvorlik qiladi.

AQShda ham universitetga kirish jarayoni abituriyentning fuqaroligi yoki rezidentlik

maqomidan qat’i nazar, ularning akademik malakasi, ACT/SAT test natijalari, ijtimoiy faolligi
va boshqa individual ko‘rsatkichlariga asoslanadi

9

. Mamlakatda yagona davlat ta’lim

standarti mavjud emas va oliy o‘quv yurtlarining faoliyatiga federal hukumat tomonidan minimal
darajada aralashiladi, bu esa ularning o‘zini o‘zi boshqaruv tamoyiliga asoslangan faoliyat
yuritishiga imkon beradi. Shunga qaramay, AQSh Kongressi har yili AQSh Ta’lim departamenti
(U.S. Department of Education) orqali davlat budjetidan turli federal ta’lim dasturlarini,
jumladan, talabalar uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish tizimlarini moliyalashtiradi. Pell Grant,
Stafford Loans, Federal Work-Study kabi dasturlar aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu tizimda ehtiyoj asosida differensial
yondashuv asosiy mezon hisoblanadi.

Keyingi navbatda Rossiya Federatsiyasida oliy ta’limga kirish huquqi konstitutsiyaviy

darajada kafolatlangan bo‘lib, Konstitutsiyaning 43-moddasida har bir fuqaroning bepul ta’lim
olish huquqi, raqobat asosida qabul qilinish va davlat tomonidan imtiyozlar orqali qo‘llab-
quvvatlanishi belgilangan

10

.

Ushbu konstitutsiyaviy kafolat 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan 273-FZ-sonli

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Federal qonun orqali normativ jihatdan rivojlantirilgan bo‘lib, unda
ijtimoiy imtiyozlarning subyektlari, shakllari va tartibi belgilab qo‘yilgan

11

.

Qonunga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar (yetim bolalar, nogironlar,

harbiylar farzandlari, ko‘p farzandli oilalar vakillari) uchun oliy o‘quv yurtlarida ajratiladigan
davlat grantlarining kamida 10 foizi maxsus kvota sifatida taqdim etiladi. Shuningdek,
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiadalar va sport musobaqalari
g‘oliblari oliy ta’limga imtihonsiz yoki imtiyozli shartlarda qabul qilinadi, bu esa iqtidorli
yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi

12

.

Bundan tashqari, Rossiyada “maqsadli ta’lim shartnomasi” amaliyoti mavjud bo‘lib, bu

orqali talabalar davlat yoki xususiy tashkilotlar hisobidan o‘qitiladi va bitirgach kamida uch yil
ishlab berish majburiyatini oladi. Mazkur tizim ta’lim jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash,
bitiruvchilarning

bandligini

ta’minlash

va

kadrlar

tayyorlash

siyosatini

o‘zaro

integratsiyalashgan holda amalga oshirish imkonini beradi.

Xulosa va takliflar:

Yuqoridagi qiyosiy-huquqiy tahlillar asosida shuni ta’kidlash

lozimki, oliy ta’lim sohasida ijtimoiy imtiyozlarni joriy etish – bu nafaqat ijtimoiy adolat va
tenglikni ta’minlash vositasi, balki konstitutsiyaviy kafolatlarning real hayotdagi namoyonidir.
Germaniya modelida ehtiyojga asoslangan markazlashgan moliyaviy yordam tizimi ijtimoiy
farovonlikni kuchaytirishga xizmat qilsa, Rossiya tajribasi imtiyozlarning qonuniy asosda keng
doirada belgilanib, bandlik siyosati bilan uzviy bog‘langanini ko‘rsatadi. AQSh va Buyuk
Britaniyada esa bevosita qonuniy imtiyozlar mavjud bo‘lmasa-da, ehtiyoj asosida moliyaviy
yordam mexanizmlari orqali teng imkoniyatlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston tajribasida oliy ta’limga kirishdagi ijtimoiy imtiyozlar huquqiy jihatdan

mavjud bo‘lsa-da, ular samaradorligi, raqamlashtirilganligi, adolatli baholanishi va shaffofligi
jihatidan xorijiy ilg‘or tajribalarga nisbatan hali yetarlicha takomillashmagan.


background image

1780

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Shu bois, Germaniya, Rossiya, AQSh kabi davlatlar tajribasidan kelib chiqib,

O‘zbekiston sharoitida quyidagi yo‘nalishlar asosida tizimli yondashuvni shakllantirish zarur:

Avvalo, ijtimoiy imtiyozlarning tarqoq normativ hujjatlar asosida emas, balki maxsus,

kompleks huquqiy hujjat — “Oliy ta’limda ijtimoiy imtiyozlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan
tartibga solinishi muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuv imtiyozlarning aniqligi,
barqarorligi va huquqiy ishonchliligini ta’minlaydi. Germaniya va Rossiya tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, ijtimoiy adolat tamoyili faqat normativ aniqlik mavjud bo‘lgan sharoitda amaliy
natija beradi.

Bundan tashqari, Germaniyada muvaffaqiyatli joriy etilgan BAföG modeli asosida

O‘zbekistonda ham kam ta’minlangan va ehtiyojmand talabalar uchun ehtiyojga asoslangan
grant-kredit tizimi yaratilishi maqsadga muvofiq. Taklif etilayotgan mexanizmga ko‘ra,
moliyaviy yordamning bir qismi – qaytarilmas grant, ikkinchi qismi – foizsiz, kechiktirilgan
kredit ko‘rinishida ajratilishi ijtimoiy tenglikni amalda ta’minlashda samarali vosita bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasi tajribasidan kelib chiqib, maqsadli ta’lim shartnomalari institutini

qonuniylashtirish va uni tizimli asosda kengaytirish zarur. Bu orqali oliy ta’lim muassasalari,
davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasida uzviy hamkorlik o‘rnatilib, ta’lim jarayoni mehnat
bozori ehtiyojlariga bevosita bog‘lanadi. Ayniqsa, pedagogika, tibbiyot, axborot texnologiyalari
va muhandislik kabi strategik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashda ushbu mexanizm alohida
ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy texnologiyalarni inobatga olgan holda, imtiyozlarni raqamlashtirish asosida

boshqarish tizimini joriy etish dolzarbdir. Maxsus raqamli platforma orqali abituriyentlar o‘z
ijtimoiy holatini aniqlab, imtiyozga ega-emasligini avtomatik tarzda bilish imkoniyatiga ega
bo‘lishi, inson omiliga bog‘liq subyektivlikni kamaytiradi. Bu esa tizimning ochiqligi, shaffofligi
va fuqarolar ishonchini oshiradi.

Bundan tashqari, AQShda mavjud ehtiyojga yo‘naltirilgan differensial moliyaviy yordam

tajribasidan kelib chiqib, ijtimoiy imtiyozlar yagona shaklda emas, balki ehtiyoj darajasiga qarab
differensial yondashuv asosida belgilanishi lozim. Bu yondashuvda maxsus indekslar (oila
daromadi, yashash joyi, nogironlik darajasi, ijtimoiy holat) asosida baholovchi mezonlar ishlab
chiqilishi va adolatli taqsimotni ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Buyuk Britaniya, AQSH Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, ijtimoiy imtiyozlar tizimi

faqatgina ijtimoiy holatga tayangan holda emas, balki bilim, salohiyat va individual qobiliyat
mezonlari bilan uyg‘unlashgan holda shakllanishi lozim. Bunday yondashuv, bir tomondan,
ijtimoiy tenglik va inkluzivlikni ta’minlasa, boshqa tomondan, oliy ta’limdagi raqobatbardoshlik
va sifat mezonlariga putur yetkazmasdan rivojlanish imkonini beradi. Bu muvozanat ta’lim
tizimida ijtimoiy adolat bilan akademik mukammallik o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni
e’tiborga olish zaruriyatini taqozo etadi.

Umuman olganda, xorijiy ilg‘or tajribalar va O‘zbekistonning milliy ehtiyojlaridan kelib

chiqib ishlab chiqilgan ushbu takliflar nafaqat ijtimoiy imtiyozlar institutini huquqiy jihatdan
mustahkamlashga, balki oliy ta’limda adolat, ochiqlik va samaradorlikni ta’minlovchi barqaror
boshqaruv mexanizmini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv orqali oliy ta’lim
sohasi nafaqat konstitutsiyaviy huquqlarning amaliy kafolati, balki ijtimoiy barqarorlik va inson
kapitalining taraqqiy etgan ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

1781

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

REFERENCES

1.

Yangi

tahrirdagi

O’zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasi

30.04.2023//

https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2.

Konstitutsiyaviy huquq: darslik/ Mualliflar jamoasi.-T .:TDYU nashriyoti, 2024. 268 b.

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul qilingan sana:
23.09.2020 y.

https://lex.uz/docs/-5013007

4.

Федеральный закон Российской Федерации от 29 декабря 2012 г. № 273-ФЗ “Об
образовании в Российской Федерации” // КонсультантПлюс. – URL:

https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_140174/

5.

Bundesausbildungsförderungsgesetz (BAföG) – Federal Training Assistance Act.
Bundesministerium

für

Bildung

und

Forschung

(BMBF).

URL:

https://www.bmbf.de/bmbf/en/education/bafoeg.html

6.

Мамажонов И., Маматов Р. Государственная система образования Германии //
Экономика и инновационные технологии. – 2017. – №6. – С. 241–249.

7.

United Kingdom Department for Education. “Access and Participation Plans in Higher
Education”. URL:

https://www.officeforstudents.org.uk/

References

Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023// https://lex.uz/uz/docs/-6445145

Konstitutsiyaviy huquq: darslik/ Mualliflar jamoasi.-T .:TDYU nashriyoti, 2024. 268 b.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul qilingan sana: 23.09.2020 y. https://lex.uz/docs/-5013007

Федеральный закон Российской Федерации от 29 декабря 2012 г. № 273-ФЗ “Об образовании в Российской Федерации” // КонсультантПлюс. – URL: https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_140174/

Bundesausbildungsförderungsgesetz (BAföG) – Federal Training Assistance Act. Bundesministerium für Bildung und Forschung (BMBF). URL: https://www.bmbf.de/bmbf/en/education/bafoeg.html

Мамажонов И., Маматов Р. Государственная система образования Германии // Экономика и инновационные технологии. – 2017. – №6. – С. 241–249.

United Kingdom Department for Education. “Access and Participation Plans in Higher Education”. URL: https://www.officeforstudents.org.uk/