1832
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
SINCHINING BADIIY TAHLIL MAHSULI
(QOZOQBOY YO‘LDOSHNING ADABIY-TANQIDIY QARASHLARI)
Yo‘ldasheva Mohinur Akram qizi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-kurs magistranti.
M. Abdullayeva
Ilmiy rahbar: (f.f.d., prof).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15567850
Annotatsiya. Olim, sinchi, kuchli metodist - Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlari,
tahliliy fikrlarining izchilligi, ilmiy dalillarga asoslanishi boshqa adabiyot tanuvchilardan farq
qiladi. Biz ushbu maqolada Q.Yo‘ldoshning adabiy-tanqidiy qarashlarini, olimning ba’zi
ijodkolarning ijodini tekshirishda foydalangan madaniy-tarixiy yondashuv asosida o‘rganishga
harakat qildik.
Kalit so‘zlar: madaniy-tarixiy yondashuv, tanqid, tahlil, ijodkorlar, asar, metod, olim,
o‘zbek adabiyotshunosligi.
Adabiyot va ijodkor munosabati doimo adabiyot tanuvchilar hamda sinchilarning
e’tiborini o‘ziga jalb etib keladi. O‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchilarning adabiyot, ijod va
ijodkor, so‘z mas’uliyati, hayot va haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishda ijodkor mahorati, ijod
qonuniyatlari haqidagi fikr- qarashlarini maxsus o‘rgangan olimlar, sinchilar ko‘p. Ular ichida Q.
Yo‘ldosh badiiy ijodga chuqur yondashadigan, har bir detalgacha ko‘zdan qoldirmay tahlil
qiladigan sinchi sifatida ajralib turadi. O.Sharafiddinov aytganiday: “Tanqidchilik talanti uch
narsadan tashkil topadi. Bularning birinchisi – adabiyotdagi go‘zallikni, g‘oyaviy va badiiy
boylikni his qila bilishdir. Umuman olganda “tanqid badiiy asarni emotsional qabul qilish
jarayonni idrok etish san’atidir”. Ikkinchidan – fikrlash qobiliyatidir. Tanqidchi o‘qigan asarini
chuqur tahlil qila bilishi, asardagi voqea hodisalarni, xarakterlarni hodisalarni hayotdagi jonli
odamlar bilan taqqoslay bilishi va bu taqqoslardan jamiyat hayoti uchun zarur hamda manfaatli
xulosalar, umumlashmalar chiqara olishi kerak. Nihoyat, uchinchi unsuri sifatida so‘z san’atiga
nisbatan ehtirosli, otashin muhabbatni aytish” ni ta’kidlab o‘tadi. Xuddi shu uch jihatga ega
bo‘lgan, barcha asarlarga ijobiy yondoshadigan tanqidchi – Q. Yo‘ldoshdir.
Dunyo adabiyotshunosligida ijodkorlarning adabiyot va uning mohiyati to’g‘risidagi
qarashlari turli darajada tadqiq qilingan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda yuz berayotgan sifat
o‘zgarishlari nazariy xulosa va to’xtamlarni yangidan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Binobarin, ijodkorning adabiy-estetik qarashlari va ularning ijodida namoyon bo‘lishiga
oid masalalarni adabiyotshunoslikning ilg‘or tamoyillari hamda metodlari asosida tahlil qilish
milliy adabiyotshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Biz mazkur maqolada
olimning “So‘z yolqini” kitobidagi bir nechta ijodkorlar ijodiga bildirgan munosabatini, turli
metod va yondashuvlari asosida ko‘rib chiqamiz. Bulardan madaniy-tarixiy yondoshuv asosida
tahlil qilingan asarlarga diqqat qaratamiz. Olimning o‘zi bu yondashuv haqida “Madaniy-tarixiy
yondashuv san’at asarida milliy ruhni aks ettirishda “muhit”, ya’ni tabiat, iqlim, “sotsial omil”,
ya’ni ijtimoiy sharoitga xos jihatlarni ko‘ra va ko‘rsata bilish hal qiluvchi o‘rin tutishini hisobga
oladi”
1
, deydi. Olim Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasini aynan shu metod
asosida tahlilga tortadi. Jumladan:
“Mehmon qo‘li ko‘ksida so‘rab boshladi:
-Yaxshimisiz aka...
1
Yo‘ldoshev Q. Yo‘ldasheva M. Badiiy tahlil asoslari – Toshkent: 2016 – B.232.
1833
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Otamiz qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
-Shukur-shukur, — dedi.
— Bola-chakalar o‘syaptimi?
— Shukur...
— Nevara-chevaralar katta bo‘lyaptimi?
— Shukur…
— Chopqillab-chopqillab yurishibdimi?
Otamiz qo‘li ko‘ksida bo‘ldi. Egik boshini irg‘ab utira berdi”.
Bunda olim farzandsizlik o‘zbek uchun tengsiz fojia ekanini madaniy -tarixiy yondoshuv
orqali ko‘rsatib o‘tgan. Ya`ni o‘bekka xos milliy ruhni talqin qilgan. Bunda o‘zbekdan boshqa
hech qaysi millatda tanimagan odamga bola – chaqa haqida bu qadar sinchiklab so‘ramasligi,
hamda farzandsiz Qoplonning qanchalik iztirob chekganini tahlil qilgan. T.Murodning barcha
asarlarida o‘zbekga xos urf-odat, xalq og‘zaki ijodining eng yorqin namunalarini, o‘zbekning
hayotida katta yoshli kishida bo‘lgan hurmatni, umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, xalqning milliy
ruhini aks etganini tahlillar asosida ochib beradi. Olim bir qator badiiy asarlarni shu yondashuv
asosida tekshirib, milliy-mental xususiyatlarni yoritishga harakat qilgan. Jumladan, badiiy
adabiyot jamiyat va xalq oldidagi ijtimoiy muammolarni hal etishga xizmat qilishi kerak deb
hisoblaydigan P.Qodirovning asarlarini o‘rganishda ham ushbu yondashuvdan foydalanadi.
Madaniy-tarixiy yondoshuv san’at asarida milliy ruhni “muhit” yani tabiat, ijtimoiy
sharoitga xos jihatlarni ko‘rsatishga xizmat qiladi. P.Qodirovning “Qora Ko‘zlar” romanida
inson, oila, halollik, e’tiqod, to‘g‘rilik kabi ma’naviy muammolarni o‘ziga hos insonlar taqdiri
misolida aks ettiradi. “Yulduzli tunlar” romani ham ayni shu yondashuv asosida tahlil qilingan.
Olimning o‘zi aytganidek: “Men madaniy -tarixiy yondoshuvni to‘g‘ri deb bilmayman,
sababi har qanday inson she’r yoki roman yozolmaydi. Bobur, “Boburnoma” asarlari
P.Qodirovdan oldin ham bo‘lgan, ammo aynan P. Qodirovgina u haqida ya’ni “Yulduzli tunlar”
romanini yoza oldi” – deydi. Shu sababdan P. Qodirov “Yulduzli tunlar” romanida ilk bor tarixga
murojaat qiladi. Ya’ni o‘ktam yigit, tortmagan azobi qolmagan hukmdor, salohiyatli sarkarda,
tadbirkor padshoh, tengsiz iste’dodga ega shoir ulug‘ qomusiy olim – Bobur shaxsiyati va hayot
yo‘li milliy adabiyotda ikkinchi marta badiiy tadqiq etildi.
Bunday yondashuvda har qanday xalq o‘z taraqqiyot tarixining turli bosqichlarida
turlicha iqtisodiy-maishiy darajada bo'libgina qolmay, uning ruhiyati, binobarin san'atida ham
aynan davr va sharoitga mos belgilar mavjud bo‘ladiki, sinchi badiiy asarni ilmiy tekshirishda
aynan shu jihatlar qanchalik aks etganini aniqlagandagina matnning asl qiymatini belgilay oladi.
Adabiyotda o‘zi istaganday yozish erki bor bo‘lgan Zulfiya Qurolboy qizing ijodini olim
tahlil qilish davomida ham shu yondashuv ko‘zga tashlanadi. "Armon fasli"da o'zligini saqlash,
o‘z qiyofasiga ega bo'lish imkonidan mahrum odam, uni hamisha turlanib-tuslanib, eshilishga
majbur etadigan turmush va shu turmush o‘g‘ushida tirikchilik o'tkazishga mahkum shaxslarning
sezgilari ulkan bilgichlik va xayrixohlik bilan tasvirlangan". Asardagi insonlarning o‘zi istagan
va istamagan holda jamiyatga moslashib yashash hamda jamiyat va turmush qiyinchiliklariga
chidashga majbur bo'lgani, umumiy qilib aytadiganda, odam o‘z erkiga ega emas u jamiyat va
muhit xohlaganday yashashga majburdir. Buni esa Zulfiya Qurolboy qizi o'zining romanida
ochiq aks ettirdi.
Madaniy-tarixiy maktab vakillari jamiyat tarixi bilan adabiyot tarixini o‘zaro teppa-teng
hodisalar deb hisobladilar. Shoir, yozuvchi M.Ismoiliyning "Marra" hikoyasini tahlil qiladi.
Asarda jamiyat, xalq ijtimoiy tuzum, urush va undan keyingi oqibatlar tilga olinadi.
1834
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Madaniy-tarixiy yondashuv aynan shuni, ya’ni asarni faqat iste’dodlar emas balki xalq,
tabiat, muhit yaratishini isbotlashga yo‘naltiriladi. M.Ismoiliy ham aynan shu tabiiy muhitdan
kelib chiqib hikoyasini yozgan. Q.Yo‘ldosh esa shu metod orqali bitikda persanajlar tabiatidagi
shaxsiy jihatlarni ko‘rsatishdan ko‘ra obrazlar vositasida davrga xos belgilarni aks ettirishga
urinish ustuvorlik qilishini aniqlaydi. Asarda oddiy ketmonchi Qodir va sho‘roning sodiq
yugurdagi amaldor Ochil o‘rtasida qarama-qarshilik ildizi, ularning odam sifatidagi
o‘zgachaliklaridan emas, balki davr talabiga munosabatidan qidiriladi. Tuzum uchun bir odam
hayoti, uning taqdiri sariq chaqalik qimmatga ega emasligi, odam har qanday sharoitda ham o‘zi
va o‘zligiga xiyonat qilmay yashay olishi kerakligi o‘zaro keskin qarama-qarshi tabiatli shaxslar
qismati misolida aks ettirishga urunganligini tahliliy yo‘sinda asar mazmunini ochib beradi.
Q.Yo‘ldosh milliy adabiyot tarixi, jahon adabiyoti, adabiyot nazariyasiga doir qarashlarni
puxta o‘rgangan adibning adabiy-tanqidiy qarashlari faqat bir ijodkor shaxsining emas, balki u
yashab o‘tgan davrdagi ko‘pchilik san’atkorlarga xos tafakkur tarzi xususiyatlarini aks ettirishi
bilan e’tiborlidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Q.Yoldoshning adabiy-tanqidiy qarashlari, tahliliy yo‘sinlari juda
keng qamrovlidir. Yuqorida tilga olingan jihatlar muayyan ijodkorning adabiy-tanqidiy
qarashlarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega ilmiy vazifa ekanini ko‘rishimiz mumkin. Biz
ijodkorning tanqidiy qarashlarini birgina metod orqali ko‘rib chiqdik. Ammo olim ijodkorlarning
ijodini juda ko‘p yondashuvlar asosida tahlilga tortgan.
Bundan tashqari, olimning adabiy-tanqidiy qarashlarini ayni vaqtda milliy hodisaga
jahoniy o‘lchovlar bilan yondashish namunasi sifatida ham qabul qilsak bo‘ladi. Badiiy asar
mohiyatini anglash-tushunishda adabiy tanqidning o‘rni g‘oyat muhim hisoblanadi. Chunki
muammo to‘g‘ri qo‘yilgandagina asarning to‘laqonli tahliliga erishish, uning zamiridagi
mazmunni kashf etish mumkin. “Adabiy tanqid jamiyat va adabiyot hodisalarini haqqoniy
baholash orqali xalqning ma’naviy saviyasini yuksaltirish, estetik didini tarbiyalash, komil
insonni shakllantirishdek ezgu ishga katta yordam beradi”. Qozoqboy Yo‘ldoshning adabiy-
tanqidiy merosida badiiy asarni tushunish, uning ifoda uslubi, g‘oyaviyligi, obrazlar tizimi
tahliliga oid tadqiqotlar haqidagi maqolalari ham salmoqli o‘rin tutadi.
REFERENCES
1.
Abdullayeva M. “Mumtoz tarixiy poetika”. – T.: G‘afur G‘ulom, 2023. – 368 b.
2.
Адабиёт назариyaси. 2 жилдли. II жилд. –Тошкент: “Фан”, 1979.
3.
Йўлдош Қ. Ёниқ сўз. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006.
4.
Йўлдош Қ., Йўлдош М. Бадиий тахлил асослари. –Тошкент: Камалак, 2016.
5.
Йўлдош Қ. Сўз Ёлқини – Тошкент: Ғовур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижойий
уйи. 2018.
