1837
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM
OLISHINI RIVOJLANTIRISH METODI
Aliyev Dilshod
Buxoro Davlat Universiteti magistranti.
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15569839
Annotatsiya. Ushbu maqolada axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan
holda innovatsion yondashuv asosida talabalarning musta’qil ta’limini rivojlantirish usullari
hamda shakllari haqida bir muncha fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Kreativlik, innovatsion yondashuv, mustaqil ta’lim, talabalarni
rivojlantirish metodlari, o‘zlashtirish, motivatsiya, yo‘naltirish, jalb etish, tajribalarni boyitish.
METHOD OF DEVELOPING STUDENTS' INDEPENDENT LEARNING BASED ON
AN INNOVATIVE APPROACH
Abstract. This article discusses some ideas about the methods and forms of developing
independent learning of students based on an innovative approach using information and
communication technologies.
Keywords: Creativity, innovative approach, independent learning, student development
methods, mastery, motivation, guidance, engagement, enrichment of experiences.
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА
ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННОГО ПОДХОДА
Аннотация. В статье рассматриваются некоторые идеи о методах и формах
развития самостоятельного обучения студентов на основе инновационного подхода с
использованием информационно-коммуникационных технологий.
Ключевые слова: Креативность, инновационный подход, самостоятельное
обучение, методы развития учащихся, мастерство, мотивация, руководство,
вовлеченность, обогащение опыта.
KIRISH.
Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir
qilishiga shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti
talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim
omil hisoblanadi. Qaysi sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish –
talaba faoliyatining ta’lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim
orttirish asosi hisoblanadi. Ta’lim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta’lim
olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil
ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni
shakllantirish lozim.
Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha
bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada va auditoriyadan tashqarida ijodiy hamda
mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki
jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning
mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.
Adabiyotlar tahlili va mushohada.
Kreativlik (lot, ing. “create” – yaratish, “creative”
yaratuvchi, ijodkor) individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi
1838
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini
ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlari, zehni o‘tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili
sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, “kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari
surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni
aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-
qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi”.
1
Kreativ yondashuv deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu
metodlar qo‘llanganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim
oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
– asosiy e’tibor ijodiy ishga qaratilishi;
– ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
– o‘qish shiddati ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
–ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Talabalarning mustaqil ishlari oliy ta'limda ilm olish jarayonining asosiy va muhim
tashkil etuvchisi hisoblanadi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bunga umumiy ta'lim vaqtining
yarmidan ko‘pi ajratiladi. Fan bo‘yicha o‘quv maqsadlariga erishish uchun bu ulkan zahira
hisoblanadi. Afsuski, amalda undan to‘la foydalanilmaydi, ba'zan o‘qituvchining e'tiboridan
chetda qolib ketadi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mustaqil ishni tashkil qilishning juda ko‘p
usullari ishlab chiqilgan.
Talabalarning mustaqil ta'limini – talabaning o‘quv predmetiga aylantiradigan bilish
faoliyati, kasbiy rivojlanishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi shakllanadi, o‘qituvchi
tomonidan bilvosita nazorat qilinib, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirishga hamda
bo‘lajak mutaxassisning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu ta'rifda biz uchun quyidagi xususiyatlar muhim ahamiyatga ega:
- talabalarning bilish faoliyati;
- o‘qituvchi tomonidan bilvosita rahbarlik;
- talabalar o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini shakllantirish;
- kasbiy bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish:
- mutaxassisning kasbiy mahoratini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish kompetensiyalari shakllantirish;
1
Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. – СПб.:
СПГУТД, 2006.
1839
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Talabalar mustaqil ta'limini faollashtirish – talabalar mustaqil ta'limining har bir
bo‘g‘inini qamrab oluvchi chora-tadbirlar tizimi: talabalarning ijodiy bilish faoliyati, rahbariyat
tomonidan mustaqil ta'limlarni takomillashtirish, mustaqil ta'limlarning faol shakl va usullaridan
foydalanish va mutaxassis shaxsining kasbiy sifatlarini takomillashtirishdir.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, mustaqil ta'limni tashkil etish jarayonlarini quyidagi
bosqichlarda amalga oshirish mumkin.
Mustaqil ishni tashkil qilish bosqichlari
Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va uni faollashtirish psixologlar, pedagoglar,
hamda uslubshunoslar tomonidan pedagogik muammo sifatida muhokama qilinayotgan holatlar
ham juda ko‘p. Bunday tadqiqotlar ta'lim oluvchilarning o‘quv jarayonidagi mustaqil ta'limning
didaktik maqsadlarini umumiy ko‘rinishda shakllantirishga imkon yaratadi.
Olib borilgan izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy monografiyalar va
elektron ta'lim resurslari asosida bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil
ta'limni faollashtirish uchun didaktik ta'minoti boyitiladi. Bunda talabalarning mustaqil ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari (motivatsiya, yo‘naltirish, jalb etish va tajribalarni
boyitish) kengaytiriladi.
Talabalarda mustaqil ishlash metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi kasbiy
va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o‘z-o‘zini anglash, baholash va boshqarish kabi
tarkibiy qismlarni rivojlantirish va turli ta'lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada,
umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi
lozim:
- aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalani ajratib olish va
ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologiktafakkurni rivojlantirish;
- bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi sifatida
pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikka oid bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ijobiy
munosabatda bo‘lishga erishish;
- bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv- pedagogik va ishlab
chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish;
- muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamdardlik, bolalani sevish va
boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish hisoblanadi.
XULOSA.
Talabalarning fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etishda, avvalo, ularning
mustaqil bilim olishlari uchun ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hamda ta’limiy
yondashuvlarni hisobga olish zarur. Talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida bilim,
ko‘nikmalarini shakllantirishga kreativ yondashuvning mohiyati shundan iboratki, talablarni
bilimlarni chuqurroq egalashga, mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni mustaqil ta’lim
olishga yo‘naltirish zamonaviy ta’lim tizimining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Bu
jarayonda raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar, muammoli o‘qitish, loyihaviy ishlar va
reflektiv yondashuvlar katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ta’limni rivojlantirish orqali talabalar
nafaqat o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, balki tanqidiy va tizimli fikrlash, muammo yechish,
vaqtni samarali boshqarish kabi hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Mazkur maqolada tavsiya etilgan metodlar va yondashuvlar talabalarning bilimga ega
bo‘lish jarayonini faollashtirib, ularni o‘z-o‘zini rivojlantirishga undaydi. Shu orqali innovatsion
pedagogik usullar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
1840
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Kelajakda ta’lim jarayoniga yanada ko‘proq texnologik va metodik yangiliklarni joriy
etish orqali mustaqil ta’lim madaniyatini shakllantirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
REFERENCES
1.
Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития
креативности. – СПб.: СПГУТД, 2006.
2.
Muslimov N.A., Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil
ta’limni tashkil etish. Metodik qo‘llanma. – T.: TDPU, 2006. – 46 b.
3.
Аметов, Б. Т. (2021). Возникновение И Распространение Ударной Волны В
Твердом Теле. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI,
1(6), 42-44
4.
Zamira, E., Xalima, D., & Kizlargul, K. (2021). Integrated approach in teaching a foreign
language.
ACADEMICIA:
AN
INTERNATIONAL
MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL, 11(1), 448-452
5.
Furkatovna, S. A., Jurabekovna, T. M., & Mamurjonovna, T. P. (2021). Gender aspects
of politeness strategy in speech acts. Linguistics and Culture Review, 5(S2), 1488-1496.
