06-06-2025
1852-1854
112
16
IQTISODIY INTEGRATSIYA TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI
Iqtisodiy integratsiyalashuv zamonaviy dunyo iqtisodiyotining asosiy jarayonlaridan biri bo‘lib, u davlatlar va mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni chuqurlashtirish orqali umumiy iqtisodiy manfaatlarni oshirishga qaratilgan. Bu jarayon iqtisodiy o‘sish, barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiy integratsiyalashuv tushunchasi keng va murakkab bo‘lib, uning nazariy asoslari turli iqtisodiy maktablar va yondashuvlar doirasida shakllangan.