06-06-2025
1855-1860
41
9
AFG‘ONISTON O‘ZBEKLARI NUTQIDA BOLALAR QO‘SHIQLARINING O’ZIGA XOS IFODASI
Maqolada Afg‘oniston o‘zbeklari bolalar qo‘shiqlarining madaniy va ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Og‘zaki ijod orqali yosh avlodning tarbiyasi, axloqiy qadriyatlari va jamiyatdagi o‘rni ifodalanadi. “Oq terakmi, ko‘k terak?” va “Yo Ramazon” qo‘shig‘lari misolida bolalarning ijtimoiy kamoloti, qobiliyatlari va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish muhimligi ta’kidlanadi. Maqola xalq og‘zaki merosining bolalar tarbiyasidagi roli hamda uning madaniy yodgorlik sifatidagi o‘rni haqida so‘z yuritadi.