1869
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
MOLIYA BOZORINING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
Yusupova Zilola
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15569992
Annotatsiya. Mazkur maqolada moliya bozorining zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va
roli atroflicha yoritilgan. Moliya bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida, moliyaviy
resurslarning samarali taqsimlanishini, investitsion jarayonlarni faollashtirishni hamda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi strategik funksiyalarini bajaradi. Maqolada moliya
bozorining asosiy segmentlari - kapital bozori, obligatsiyalar bozori, valuta bozori va boshqa
tarmoqlarining o‘zaro aloqadorligi hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatadigan bevosita ta’siri
tahlil qilingan.
Kalit so`zlar: bozor, moliya bozori, fond bozori, savdo tizimi, aksiyadorlar, investitsiya
va boshqalar.
Аннотация. В статье дается комплексный обзор роли и места финансового
рынка в современной экономике. Финансовый рынок, являясь важным компонентом
экономики, выполняет стратегические функции по обеспечению эффективного
распределения финансовых ресурсов, активизации инвестиционных процессов и
макроэкономической стабильности. В статье анализируются взаимосвязи основных
сегментов финансового рынка — рынка капиталов, рынка облигаций, валютного рынка и
других секторов — и их непосредственное влияние на экономический рост.
Ключевые слова: рынок, финансовый рынок, фондовый рынок, торговая система,
акционеры, инвестиции и т. д.
Abstract. This article provides a detailed description of the place and role of the financial
market in the modern economy. Finance is an important part of the economy, its strategic
functions in ensuring the efficient allocation of resources, the activation of investment processes
and macroeconomic stability. The article analyzes in more detail the interrelationships and
economic growth of the main segments of the financial market - the capital market, the debt
market, the foreign exchange market and other sectors.
Keywords: market, financial market, stock market, trading system, shareholders,
investments, etc.
Zamonaviy sharoitda rivojlangan moliya bozorisiz hech bir davlat iqtisodiyoti samarali
faoliyat yurita olmaydi. Moliya bozori iqtisodiyotda kechayotgan turli jarayonlar bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy tushuncha sifatida qaraladi. Bu holat uning
mohiyati, tuzilmasi hamda bajaradigan funksiyalariga oid turli qarashlar mavjudligiga sabab
bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliya bozori keng ma’noda – moliyaviy resurslar, vositalar va
xizmatlarni sotib olish hamda sotish orqali faoliyat yurituvchi institutsionallashgan iqtisodiy
makon sifatida talqin qilinadi. Tor ma’noda esa, moliya bozori – vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘larini jalb qilish va ularni qayta taqsimlash, shuningdek, bozor ishtirokchilari o‘rtasida
qimmatli qog‘ozlar muomalasini ta’minlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida tushuniladi.
Moliyaviy aktivlarga quyidagilar kiradi: pul mablag‘lari (milliy va xorijiy valyutalar),
tijorat va aksiyadorlikka asoslangan korporativ hamda davlat qimmatli qog‘ozlari, bankdan
tashqari moliyaviy vositachilarning instrumentlari (masalan, investitsiya fondlari, pay fondlari,
1870
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
investitsiya banklari), qimmatbaho metallar, sug‘urta va pensiya mahsulotlari. Aynan shu
aktivlar moliya bozoridagi operatsiyalarning obyekti hisoblanadi.
Moliyaviy aktivlarning turlariga qarab moliya bozori quyidagi segmentlarga bo‘linadi:
pul bozori, kredit bozori, fond bozori, valyuta bozori, sug‘urta bozori, shuningdek oltin va
qimmatbaho metallar bozori. Bu segmentlar birgalikda yagona milliy moliya bozorini
shakllantiradi.
Moliya bozorining har xil sohalarida shakllanayotgan iqtisodiy munosabatlar o‘zining
murakkab va rang-barang xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu esa har bir bozor segmentining
o‘ziga xos tuzilishi va noyob funksiyalariga ega ekanini ko‘rsatadi. Masalan, fond bozorida
moliyaviy operatsiyalar asosan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar orqali amalga oshiriladi. Bu
qog‘ozlar qarz majburiyatlarini (masalan, obligatsiyalar) yoki korxona ustav kapitalidagi
ishtirokni va foyda olish huquqini tasdiqlovchi moliyaviy aktivlar sifatida namoyon bo‘ladi
1
.
Qimmatli qog‘ozlar
– oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida
muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlaridir (aksiya,
obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va b.). Ular taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari
qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar
maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning
roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi
koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.
Aksiya
– bu o‘z egasining (aksiyadorining) aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
belgilanmagan dividendlar shaklida olish, aksi- yadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish
huquqlarini ta'minlay- digan emission qimmatli qog‘ozdir. Bunda aksiya egasi aksiyadorlik
jamiyati faoliyati tugatilgandan so‘ng ham, o‘z ulushiga egalik qilish huquqini saqlab qoladi.
Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga bo‘linadi. Imtiyozli aksiyalar ularning egasiga
boshqaruvda ishtirok etish huquqlarini ma'lum darajada cheklash bilan belgilangan daromadga
ega bo‘lishini anglatadi.
Obligatsiyalar –
bu doimiy daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular qarz
majburiyatlari toifasiga kiradi. Oddiy qilib aytganda, obligatsiya bu – uning egasiga (investorga)
belgilangan muddatda nominal qiymatini (asosiy qarzni) va odatda oldindan belgilangan foiz
(daromad) miqdorini emitentdan (ya'ni qarz oluvchidan) olish huquqini beruvchi moliyaviy
hujjatdir.
Obligatsiyalardan olinadigan daromad faqat foiz shaklida bo‘lmasligi mumkin – ba’zi
holatlarda ular chegirma asosida sotiladi, bu esa obligatsiyaning real daromadliligini ta’minlaydi.
Shunga ko‘ra, obligatsiyalar ikki turga bo‘linadi:
•
Foizli obligatsiyalar
– har yili yoki boshqa davrlarda investorga foiz to‘lanadi,
•
Diskontli obligatsiyalar
– ular nominal qiymatidan arzon narxda sotiladi, investor esa
muddat oxirida to‘liq nominal summani oladi
2
.
Muhim jihati shundaki, obligatsiya egasi kompaniyaning mulkiy ulushiga ega bo‘lmaydi,
ya’ni boshqaruvda yoki foyda taqsimotida ishtirok etmaydi. U faqat emitentning kreditori (qarz
beruvchisi) sifatida tan olinadi.
1
Bouchaud J. P., Gefen Y, Potters M, Wyart M. Fluctuations and Response in Financial Markets: The subtle nature
of ‘random’ price changes // Quantitative Finance. Vol. 4. 2004. P. 176.
2
Mandel E. The Formation of the Economic Thought of Karl Marx. London: New Left Books, 1971. P. 67.
1871
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Obligatsiyalardan tashqari, boshqa qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli
qog‘ozlarga emissiyasiz chiqariladigan veksellar, depozit sertifikatlari hamda jamg‘arma
sertifikatlari kiradi.
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar o‘z navbatida nomli (ismli) va taqdim etuvchiga
yozilgan (pred’yavitel) turlarga bo‘linadi. Ular hujjatli yoki hujjatsiz shaklda chiqarilishi
mumkin. Hujjatli shaklda egalik huquqi maxsus qog‘oz hujjati orqali tasdiqlanadi, hujjatsiz
shaklda esa bu huquq qimmatli qog‘ozlar egalari reestriga yozuv kiritish orqali belgilanadi. Har
ikki holatda ham qimmatli qog‘ozlar depozitariy orqali maxsus depo hisobvarag‘ida yuritiladi.
Bazaviy aktivlar (aksiyalar, obligatsiyalar) asosida hosilaviy yoki derivativ qimmatli
qog‘ozlar yuzaga keladi. Bular konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar, turli opsionlar,
fyucherslar, davlat qimmatli qog‘ozlari yoki aksiyalar indekslariga bog‘langan moliyaviy
vositalarni o‘z ichiga oladi. Ba’zan asosiy aktivlar sifatida valyutalar yoki xomashyo (tovarlar)
ham ishlatiladi.
Qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lish xususiyatiga ko‘ra bir nechta bozor
segmentlari mavjud: aksiyalar bozori, obligatsiyalar bozori va hosilaviy (derivativ) moliyaviy
vositalar bozori.
Qimmatli qog‘ozlar aylanmasining tabiati bo‘yicha fond bozori ikki bosqichga ajratiladi:
birlamchi va ikkilamchi bozorlar.
•
Birlamchi bozor
da qimmatli qog‘ozlar birinchi marotaba emissiya qilinib, sotuvga
chiqariladi. Bu bosqichda mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri emitentga yo‘naltiriladi.
•
Ikkilamchi bozor
esa investorlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarini ifodalaydi va
emitent bu bosqichda ishtirok etmaydi. Ushbu bozor moliyaviy aktivlarning likvidligini
saqlashda muhim ahamiyatga ega, chunki u aktivlarni tezda va minimal xarajat bilan pulga
aylantirish imkonini beradi.
Ikkilamchi bozor o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: uyushgan bozor (fond birjalari) va
uyushmagan yoki birjadan tashqari bozorlar.
Fond birjasi – ikkilamchi bozorning asosiy institutsional komponenti bo‘lib, unda faqat
maxsus talablarga javob beradigan, ya’ni yuqori sifatli va rasmiy ro‘yxatga kiritilgan qimmatli
qog‘ozlar savdoga qo‘yiladi
3
.
Moliya bozori iqtisodiyotda murakkab va muhim tizim bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishni
moliyalashtirish, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash va kapital oqimlarini tartibga solishda
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U orqali ichki va tashqi investorlarning mablag‘lari to‘planib, ularni
xo‘jalik subyektlari va davlat o‘rtasida samarali taqsimlash amalga oshiriladi. Bu jarayon ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish, ilmiy-texnik dasturlarni moliyalashtirish hamda ijtimoiy chora-
tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Moliya bozori turli moliyaviy vositalar va institutlar yordamida ishlaydi. Mablag‘larni
jalb qilish uchun bozorda rivojlangan birja, birjadan tashqari savdo tizimi, ishonchli buxgalteriya
hisobi va risklardan himoya mexanizmlari zarur. Shuningdek, moliya bozori investorlar uchun
turli investitsiya imkoniyatlarini yaratib, ularga kapital bo‘yicha daromad olish va
korxonalarning moliyaviy natijalarida ishtirok etishni ta’minlaydi.
Bu bozor faqatgina takror ishlab chiqarishda emas, balki davlat moliyasini boshqarishda,
jumladan byudjet taqchilligini inflyatsiyasiz qoplashda ham katta ahamiyatga ega. U vaqtincha
bo‘sh turgan kapitalni samarali taqsimlab, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.
3
Fama E. F., French K. R. The Capital Asset Pricing Model: Theory and Evidence// Journal of Economic
Perspectives. Vol. 18. Number 3. Summer, 2004. P. 25-46.
1872
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Moliya bozori faoliyati hajmi va xarakteriga ko‘ra milliy, mintaqaviy va xalqaro
darajalarga bo‘linadi:
•
Milliy moliya bozori
— mamlakat ichidagi pul oqimlarini boshqaradi va jahon moliya
tizimi bilan aloqalarni o‘rnatadi. Uning rivojlanishi iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyasi, valyuta-kredit tizimi, fond bozori va soliqqa tortish tizimi kabi omillarga bog‘liq.
•
Mintaqaviy moliya bozori
— ma'lum bir hududdagi davlatlar pul-kredit siyosatini
muvofiqlashtirish va moliyaviy institutlarni tashkil etish orqali hududiy iqtisodiy hamkorlikni
ta’minlaydi.
•
Xalqaro moliya bozori
— davlatlar va xalqaro kompaniyalar o‘rtasidagi kapital,
valyuta va kredit aloqalarini boshqaradi. Bu bozorlarda eng yirik birjalar, banklar va moliyaviy
institutlar joylashgan
4
.
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy bozorlar nafaqat kapitalni taqsimlovchi mexanizm,
balki butun iqtisodiy tizimni harakatga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ularning
barqaror va samarali faoliyati iqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va ijtimoiy farovonlikka
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, moliyaviy bozorlarning rivojlanishi davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur.
REFERENCES
1.
Barclays банк. Annual Report. 2011 – London, 2012. - P. 170.
2.
Bouchaud J. P., Gefen Y, Potters M, Wyart M. Fluctuations and Response in Financial
Markets: The subtle nature of ‘random’ price changes // Quantitative Finance. Vol. 4.
2004. P. 176.
3.
European Central Bank Report , 2011. –Fr/M., 2012.
4.
Fama E. F., French K. R. The Capital Asset Pricing Model: Theory and Evidence//
Journal of Economic Perspectives. Vol. 18. Number 3. Summer, 2004. P. 25-46.
5.
Fisher I. The Theory of Interest, as determined by Impatience to Spend Income and
Opportunity to Invest it. New York: Macmillan, 1930. Part II. Chapters 6-8.
6.
I. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf
еtishning yo‘llari va choralari. T.:“O‘zbekiston”, 2009. 4 b.
7.
Mandel E. The Formation of the Economic Thought of Karl Marx. London: New Left
Books, 1971. P. 67-78.
8.
9.
4
Mandel E. The Formation of the Economic Thought of Karl Marx. London: New Left Books, 1971. P. 78.
