Authors

  • X.F Botirov
  • S. Zubaydullaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102167

Keywords:

agrosenoz almashlab ekish oʻtmishdosh ekinlar hosildorlik va sifat

Abstract

Samarqand viloyatida kartoshka donador va qumoq tuproqlarda yuqori hosil beradi. Tuproq unumdorligini yaxshilash uchun vegetasiya davrida etarli miqdorda organik oʻgʻit va ayniqsa, eng qulay va samarali koʻkat oʻgʻitlarni qoʻllash talab etiladi. Bu esa oʻz navbatida, tuproqning xossa-xususiyatlari va kartoshka hosildorligini keskin oshirishga imkon yaratadi.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

4

V-SHU‘BA

BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI

SUGʻORILADIGAN AGROSENOZDA OʻTMISHDOSH EKIN VA KARTOSHKA

HOSILDORLIGI

Botirov X.F., Zubaydullaeva S.

Sh.Rashidov nomidagi SamDU ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi.

xidir_batirov@mail.ru

Annotasiya.

Samarqand viloyatida kartoshka donador va qumoq tuproqlarda yuqori hosil

beradi. Tuproq unumdorligini yaxshilash uchun vegetasiya davrida etarli miqdorda organik oʻgʻit
va ayniqsa, eng qulay va samarali koʻkat oʻgʻitlarni qoʻllash talab etiladi. Bu esa oʻz navbatida,
tuproqning xossa-xususiyatlari va kartoshka hosildorligini keskin oshirishga imkon yaratadi.

Kalit soʻzlar:

agrosenoz, almashlab ekish, oʻtmishdosh ekinlar, hosildorlik va sifat;

Ma'lumki, sugʻoriladigan agrosenozlar mamlakatimiz dehqonchiligining oltin fondi

hisoblanadi. Aholining oʻsishi va moddiy ne'matlarga boʻlgan ehtiyojning ortishi gʻalla ekinlari
qatorida ikkinchi non - kartoshkaga ham alohida ahamiyat qaratishni taqozo etadi. Shu maqsadda
viloyatimizda 760 ming tonna atrofida kartoshka hosili etishtirilmoqdaki, bu ayni paytda
hosildorlikdagi chegarasi emas.

Hozirda paxta-gʻalla majmuida kartoshka uchun kuzgi boshoqli don, sabzavot (pomidor,

bosh piyoz), yosh tok va mevali bogʻlar oʻtmishdosh sifatida qoʻllanilmoqda. Fermer va dehqon
xoʻjaliklarida boshqa ekinlar qatori kartoshka hosildorligini oshirishda mahalliy oʻgʻitlardan
foydalanish 1,5-2,0 t/ga atrofida boʻlgani holda koʻkat oʻgʻitlardan foydalanishni etrli deb
boʻlmaydi, albatta.

Afsuski, sugʻoriladigan erlada gumus (chirindi) ning 68%i, fosfor va kaliyning esa 75%i past

ta'minlanganligi organik jumladan, koʻkat oʻgʻitlardan etarli foydalanishni taqozo etadi. Sideratlar
arzon va samarali boʻlishidan tashqari tuproqda gumus va oziq moddalar miqdoriga ijobiy ta'sir
koʻrsatib, uning xossalalarini yaxshilaydi va ekinlar hosildorligini oshiradi.

Shu munosabat bilan biz 2023-2024 yy. Oqdaryo tumanidagi “Odilbek” nomli fermer

xoʻjaligi paxta-gʻalla majmuida oʻtmishdosh ekinlarining kartoshka hosildorligi va sifat
koʻrsatkichlariga ta'siri borasida izlanishlar olib bordik.

Tadqiqot uslublari.

Tajribalar toʻrt takrorli, bir pogʻonali qilib amalga oshirildi va bunda

har bir maydonchaning umumiy sathi 100 m

2

va shundan hisoblanadigan qismi esa 50m

2

ni tashkil

etdi.Dalani tanlash, kuzatuv, oʻlchash va boshqa barcha tahlillar umumqabul qilingan uslublar
asosida, hosildorlik esa dispers usulida olib borildi.

Yozda yangi kovlangan tuganak bilan ekib bir yilda ikki hosil olishga tinim davri qisqa,

oʻsish davri 75-90 kun boʻlgan tezpishar va oʻrtatezpishar Nevskiy navi oʻrganildi. Paykal kuzgi
bugʻdoy hosilidan soʻng 20-30 iyunda kovlab olinib, vazni 30-80 gramm tuganaklardan ortigʻi 2-3
boʻlakka boʻlindi. Soʻngra 100 litr suvda 1,0 kg tiomochevina, 1,0 kg radonli kaliy, 0,5 g gibberillin
va 10 litr Roslin eritmasi nishlatuvchi va oʻstiruvchi modda eritmasi tayyorlanib, tuganaklar 5-10
daqiqa davomida ishlov berildi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

5

Shu davrda tuproqdagi oziq moddalar va ob-havo koʻrsatkichlari nisbatan yuqori hosil olishga

imkon yaratdi va kartoshkaning yaxshi oʻsib rivojlanishi uchun viloyatda qabul qilingan tavsilar
asosida amalga oshirildi. Tadqiqotlarda kartoshka tuganaklari kuzgi boshoqli don ekinlari
oʻrimidan soʻng iyul oyining boshida, erta bahorda esa aprel oyining boshida 3,0-3,2 t/ga, moyli
turp 18-20 kg/ga, koʻk noʻxat 55-60 kg/ga, aralashmasi esa ekish me'yorining teng yarmida olindi.

Kartoshka yozda ekilganda 5-7 marta sugʻorilib, shuncha qator orasiga ishlov berildi, begona

oʻt va zarakunandalarga qarshi kurash choralari olib borildi. Bu kabi agrotexnologik talablar erta
bahorda ekilganda ham amalga oshirildi. Moyli turp kartoshkadan soʻng kuz (oktyabr oyining
boshi)da sof holda urugʻlik uchun ekilganda iyul oyining boshida oʻrib olindi, aralash holda
ekilganda esa koʻkat oʻgʻiti sifatida mart oyining oxirida, urugʻlik uchun ekilganda esa iyul oyining
boshida KIR - 1,5 moslamasi bilan maydalanib, 28-32 sm chuqurlikda shudgor qilindi.

Shu davrda ular kuzdan qishga qadar 2 marta 600-650 m3/ga hisobida sugʻorilib, shuncha

marta (8-12 sm) ishlov berildi. Koʻkat oʻgʻitlar dalada qishlatilganda qayta oʻsishi fevral oyining
oxirida kuzatildi va mart oyining boshida 12-14 sm chuqurlikda birinchi ishlovdan soʻng 2 marta
(azot 120, fosfor 90 va kaliy 60 kg/ga) oʻgʻitlanib, 3 marta sugʻorildi. Shu davrda kasallik,
zarakunanda va begona oʻtlarga qarshi kurash choralari olib borildi.

Olingan natijalar.

Qayd etish lozimki, kartoshkaning maysalashi, oʻsib-rivojlanishi va hosil

elementlarining shakllanishi nafaqat sugʻorish, qarov berish yoki kasallik hamda hasharotilarga
qarshi kurashish, balki uni almashlab ekish dalasida eng maqbul oʻtmishdosh ekinlardan soʻng
joylashtirishga ham bogʻliq, albatta.

Yozda yangi kovlab olingan tuganaklar almashlab ekish dalasida kuzgi boshoqli don, ertagi

sabzavot va oraliq ekinlardan keyin joylashtirildi. Kartoshka ekishdan oldin dala oʻsimlik
qoldiqlaridan tozalanadi, sugʻorildi va oʻgʻitlandi. Shundan soʻng dala 20-22 sm agʻdarmay
haydaldi, chizel, borona va molalanib, ekishga kirishildi. Urugʻlik tuganaklar 70x15-20 sm tartibda
70-93 ming tup/ga qalinlikda, 8-10 sm chuqurlikda 25 iyunda ekildi.

N

atijalar shuni koʻrsatdiki, kartoshka kuzgi bugʻdoydan soʻng iyul oyining boshida ekilganda

24-27 kunda unib chiqdi va tuganaklar

8-10 kunda sugʻorilgach, qator oralari yumshatilib, begona

oʻtlardan tozalandi. Boshqa agrotexnik tadbirlar esa odatdagidek amalga oshirildi. Shu tariqa ekin
g

ullash davriga qadar poya va koʻp sonli barglarini, gullash fazasida esa tuganaklarini

shakllantirdi.

Tajribalarimizda kartoshkaning pishish davri oʻrtacha navlariga nisbatan 82-86 kunni tashkil

etdi. Tuganaklarning pishish davri kuzda oʻrtacha 4-5 kunga tezlashsa, bu koʻrsatkich masalan,
bahorda aksincha shuncha kun kech pishib etiladi. Kartoshka hosilidan soʻng kuzda ekilgan
sideratlardan moyli turp, koʻk noʻxat va ularning aralashmalari kuz iqlimi sharoitida qishga qadar
baravj oʻsdi va oʻrtacha 12-14 dona barglari hamda 14-16 sm ildizlari ( diametri 3-4 sm) ni
shakllantiradi.

Muhimi, ular dalada qishlatilganda erta bahordan boshlab oʻsish va rivojlanishi. Moyli turpda

mart oyida koʻp sonli barg va poyalari shakllanib, gullash, mevalash, uruqqa oʻstirilnada esa pishish
fazasini oʻtaydi.Tajribada oʻtmishdosh ekinlar nafaqat kartoshka hosili, balki tuproqda sideratlar
evaziga chirindi va oziq moddalarning ortishi kuzatildi. Kuzgi bugʻdoydan soʻng tuproqda chirindi
miqdori oʻrtacha 0, 85%, kartoshkadan soʻng esa 0, 82% ni tashkil etdi. Shunga oʻxshash
ma'lumotlar tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliy boʻyicha ham kuzatildi.

Koʻkat oʻgʻitlardan soʻng erta bahorda va ular aralashmalaridan keyin yozda kartoshka

ekilganda oʻtloqi – boʻz tuproqlar tarkibida vegetasiya boshida gumus oʻrtacha 0, 91-0, 94%


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

6

boʻlgani holda bu koʻrsatkich kartoshkaning bahorgi va kuzgi hosilidan soʻng nisbatan kam
boʻlishi kuzatildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, oʻtmishdosh ekinlar nafaqat tuproqdagi gumus yoki oziq

moddalar miqdoriga, balki tuproq xossa-xususiyatlariga hamda kartoshkaning hosildorligiga ham
ijobiy ta'sir koʻrsatdi. Bunda kartoshkadan variantlar boʻyicha oʻrtacha 25-27 t/ga, moyli turp urugʻ
hosili 2,75 t/ga, u koʻk noʻxat bilan aralash ekilganda esa 37,6-38,5 t/ga hosildorlikka erishildi.

Xulosa.

Shunday qilib, tajribalarimizda olingan natijalar shuni koʻrsatdiki, kartoshka

hosildorligi va sifatiga oʻtmishdosh ekin sifatida sideratlarning samaradorligi yuqori boʻlishi bois
tuproq tarkibidagi gumus va oziq moddalar miqdorining va bunda kartoshkadan oʻrtacha 25-27
t/ga, moyli turp urugʻidan 2,75 t/ga va u koʻk noʻxat bilan aralash ekilganda esa 37,6-38,5 t/ga
biomassa hosili olishga erishildi.


Adabiyotlar roʻyxati

1.Iminov A.A., Xatamov S.R. Tuproq unumdorligi, kuzgi bugʻdoy va takroriy ekin soyaning

hosildorligiga organo-ma'dan kompostning ta'siri”. “Ekologiya xabarnomasi”.Toshkent, 2018. 4
(205)-son. B.32-33.

2.Iminov A.A., Mirzaev Sh.F. “Kuzgi bugʻdoyda mahalliy va mineral oʻgʻitlar qoʻllashning

tuproq unumdorligiga ta'siri. ” Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi”Agro-ilm ilovasi,№3[66], 2020,
B.22-23.

3.Ostonaqulov T.E.Oʻzbekistonda tuganak mevali ekinlar. Monografiya,“Navroʻz”. –

Toshkent, 2020. – 324 b.

4.Tillaev R.Sh. Yana tuproq unumdorligi haqida. Respublika ilmiy-amaliy anjumani

materiallari,Toshkent,2014. B.5-8.

5.Xatamov S.R. Och tusli boʻz tuproqlar unumdorligi va ekinlar hosildorligiga organo-

ma'dan kompost hamda oʻgʻitlar me'yorlarining ta'siri (Andijon viloyati sharoitida). Qishloq
xoʻjaligi fanlari boʻyicha (PhD) diss.avtoref. -Tashkent. 2018. 120 b.

6.Xalikov B.M., Namozov F.B., Iminov A.A. Gʻoʻza - gʻalla qisqa navbatlab ekish

tizimlarining tuproqdagi oziqa moddalar miqdoriga ta'siri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
toʻplami. –Toshkent. 2011.B.60-62.

7

.Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari

Davlat reestri. Toshkent: 2020. – 124 b.