“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
7
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI
AYRIM MUAMMOLAR
(tarbiya koloniyalarining tarbiyalanuvchilari misolida)
Hayitov.M.R
TDPU mustaqil tadqiqotchisi
Annatatsiya.
Mazkur maqolada tarbiya koloniyasi o‘quvchilarning biologiya fanini
o‘qitishdagi o‘qitish metodikasini takomillashtirish yo‘llari dolzarb muammolarni yoritib berilgan
.
Tayanch so‘zlar:
tarbiya koloniyalar, motivatsiya yetishmovchiligi, tabiiy obyektlar, elektron
resurslar, psixologik bosim, standart dars metodlari, virtual laboratoriyalar, ekologik loyihalar.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’limga berilayotgan e’tibor barcha taraqqiy
etgan va taraqqiy etayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishi uchun poydevor ekani qayd
qilingan.Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida mamlakatimizda hatto davlat
siyosati
darajasidagi chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu borada muxtaram
prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan,
yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz
tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan
insonlar boʻlib kamol topishi,
baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini
safarbar etamiz” degan da’vatlari bejiz aytilgani yo‘q. Shu boisdan, ta’limning
sifatli va samarali ravishda tizimli tashkil etilishini, oʻquvchilarni tabiatda
ro‘y beradigan voqea va
jarayonlarni to‘g‘ri baholay oladigan, mantiqiy va
kreativ fikrlay oladigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga boy shaxs
sifatida tarbiyalash alohida ahamiyatlidir.
Ta’lim har bir insonning hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ammo tarbiya koloniyalarida
tarbiyalanayotgan o‘quvchilar uchun ta’lim jarayoni odatdagi muhitdagidan ancha murakkab.
Ularning psixologik holati, ijtimoiy ajratilganligi va ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari bir
qator muammolarni yuzaga keltiradi. Ushbu muammolarni aniqlash va ularning yechimlari
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Biologiya fani tabiiy fanlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi va insonning atrof-
muhit bilan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya koloniyasida
tarbiyalanayotgan o‘quvchilar uchun biologiya fanini o‘qitish o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega bo‘lib,
bu o‘quvchilarning psixologik holati, ijtimoiy muhit va ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
bilan bog‘liq.
Tarbiya koloniyalarida tashkil qilinayotgan darslardagi dolzarb muammolar quyidagilar
sanladi.
1.
Ta’limga bo‘lgan qiziqishdagi muammolar:
►
o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi pastligi;
►
o‘qishga bo‘lgan ishonchning shakllanmaganligi;
►
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini anglash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojining pastligi;
►
o‘quvchilarning aksariyati ta’limning kelajakdagi ahamiyatini teran anglab yetmaydi;
►
motivatsiya yetishmovchiligi sababli o‘qish jarayoniga sust yondashadilar.
2.
Dars mashg’ulotlarini tashkil etishdagi metodik va didaktik muammolar:
►
amaliy mashg‘ulotlarning yetishmovchiligi (laboratoriya jihozlari, tabiiy obyektlar bilan
ishlash imkoniyatlarining cheklanganligi);
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
8
►
dars jarayonida innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarning yetarlicha
qo‘llanilmasligi;
►
moddiy-texnik ta’minotning yetishmovchiligi;
►
biologiya fanini o‘qitish uchun kerakli jihozlar va vizual materiallarning kamligi;
►
elektron resurslardan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi.
3. Ta’lim jarayonidagi ijtimoiy va pedagogik muammolar:
►
o‘qituvchilarning tarbiya koloniyalaridagi o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha maxsus
tayyorgarlikka ega emasligi;
►
o‘quvchilarning ko‘pchiligi og‘ir hayotiy sharoitlardan kelib chiqqanligi sababli psixologik
bosim ostida bo‘lishlari;
►
ijtimoiy moslashuvning zaifligi, jamiyatdan ajralganlik hissi ta’limga bo‘lgan e’tiborni
pasaytiradi;
►
tarbiyalanuvchilarning jamiyatdan ajralganligi va kelajakda kasb-hunarga yo‘naltirish
muammolari;
►
o‘quvchilarning tabiat va ekologiyaga bo‘lgan munosabatini shakillan-tirishdagi
muammolar;
►
standart dars metodlari tarbiya koloniyasidagi o‘quvchilar uchun mos kelmasligi bois,
ko‘proq amaliy va interaktiv yondashuvlar talab etiladi;
►
darsdan tashqari ta’limiy ishlarni samarali tashkil etishning murakkabligi.
4. Ta’lim jarayonidagi mavjud muammoni hal etish yo‘llari;
√
individual yondashuv: o‘quvchilarning psixologik holatini inobatga olgan holda,
motivatsiyani oshiruvchi maxsus ta’lim metodlarini tanlash va pedagogic amaliyotga tadbiq etish;
√
amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish: imkoniyatlar darajasida biologik ob’yektlarni
o‘rganish uchun tajribalarni ko‘proq o‘tkazish;
√
raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish: virtual laboratoriyalar, animat-siyalar va
interaktiv dasturlar orqali o‘quv jarayonini qiziqarli qilish;
√
ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish: biologiya darslari orqali tabiat bilan bog‘liq ekologik
loyihalarda qatnashish va bu orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
√
o‘qituvchilar malakasini tizimli tartibda oshirish: tarbiya koloniyasida o‘qitish metodikasiga
ixtisoslashgan muassasalar bilan hamkorlikda ularni kelajak rejalari ustida ishlashga undovchi
seminar va treninglar tashkil etish.
Xulosa.
Tarbiya koloniyasida tarbiyalanayotgan o‘quvchilarning ta’lim olishi bilan bog‘liq
muammolar kompleks yondashuvni talab qiladi. Ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun
pedagogik yondashuvlarni yangilash, motivatsiyani oshirish va ijtimoiy moslashuvga yo‘naltirilgan
dasturlarni amalga oshirish zarur. Bu o‘quvchilarning kelajak hayotiga tayyorgarlik ko‘rishiga
yordam beradi va ularni jamiyatga muvaffaqiyatli qayta integratsiya qilishga zamin yaratadi.
Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish borasida umumta’lim maktablari bilan bir
qatorda mamlkatimizda faoliyat yuritayotgan tarbiya koloniyasining ham o‘rni beqiyos. Boisi
o‘quvchilarimizni kam qismi bo‘lsa ham mazkur muassasalarda ta’lim olmoqda. Biz bu jihatni hech
qachon e’tibordan chetda qoldirishga haqqimiz yoq. Tarbiya koloniyalarida tarbiyalanuvchilarni har
tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetkazish, ularni qanoatlantiradigan ta’lim-tarbiya jarayonini
loyihalashtirish, provard natijada esa bu muassasalardagi tarbiyalanuvchilarni mustaqil, mantiqiy,
tizimli ravishda kreativ fikrlash layoqatini shakllantirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari
uchun juda muhimdir.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
9
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019 - уil 29-аprеldаgi “О‘zbеkistоn
Rеspublikаsi хаlq tа’limi tizimini 2030 уilgасhа rivоjlаntirish kоnsеpsiуаsini tаsdiqlаsh to‘gʻrisidа”
PF-5712-sоn fаrmоni. https://lех.uz/uz/ dосs/-4312785
2. Rаxmаtоv U.E. Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаri biоlоgiyа fаni o‘qituvchilаrini kаsbiy
kоmpetentligini tаkоmillаshtirish. Pedаgоgikа. Ilmiy –metоdik jurnаl. 2017. – № 6–sоn. – B.52–
59.
3. Mаvlоnоv О., Tilоvоv T., Аminоv B. Biоlоgiуа (Оdаm vа uning sаlоmаtligi): Umumiу
o‘rtа tа’lim mаktаblаrining 8 - sinfi uсhun dаrslik. –T., 2019. –192 b.
4. Hayitov.M.R
“Tarbiya koloniyasi o‘quvchilarining biologiya fanidan kreativ qobiliyatlarini
shakllantirish”
Муғаллим Ҳем Узлуксиз Билимлендириў 2023 yil, 6/6-сон. 945-948-b.
5. Sаpаrоv K. А. vа bоshqаlаr Biоlоgiуа: Umumiу o‘rtа tа’lim mаktаblаrining 10 - sinfi
uсhun dаrslik. –T.:
“Zukkо”, 2022. – 200 b.
